Ta'limga oid (Perevod)
42.5K subscribers
2.23K photos
495 videos
384 files
2.33K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta'lim muassasalarida oʻqituvchilar bilan bir yillik mehnat shartnomasi tuzish qonunchilikka zid!

So‘nggi paytlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar bilan sentabrda bir yillik mehnat shartnomasi tuzib, avgustda muddati tugagani sababli ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu masalada 10 nafarga yaqin professor oʻqitivchilar haq-huquqlarini tiklab sudga da’vo arizasi kiritishdi.

OTM rektorlari tomonidan Mehnat kodeksining 112–113-moddalaridagi muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslari bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarorida belgilangan tanlov tartibini adashtirib notoʻgʻri talqin qilinmoqda!

Qonuniy asos bo‘lmasa, bir yillik mehnat shartnomasi ham nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

O‘quv yilining tugashi esa o‘z-o‘zidan xodimni ishdan bo‘shatishga asos bo‘lmaydi. Bunday buyruqlar sudda bekor qilinib, o‘qituvchilar ishga tiklanishi mumkin.

Manba

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤2😁2👍1🥰1
📣DIQQAT, E’LON!

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish uchun imtihon sanasi belgilandi


👨‍💻 2027-2028-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

📆 Unga ko‘ra, mazkur imtihon 2026-yil 7-noyabr kuni bir smenada boʻlib o‘tadi.

🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

✅@Axmadjanoov – ta'limiy blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👌2
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarining
22 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:


➡️Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➡️Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➡️Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➡️Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➡️Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➡️Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➡️Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
☑️bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
☑️magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

📑Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (22.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

❌ Ushbu tartib uyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

◀️ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
◀️tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5⚡1
O‘zbekistonda 220 mingdan ortiq talabalalar 19 yoshdaligi ma’lum qilindi

Statqo’m ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan talabalar soni 1,5 mln nafarni tashkil etgan.

Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti:

17 yosh va undan kichiklar — 37 074 nafar;
18 yosh — 200 578 nafar;
19 yosh — 220 598 nafar;
20 yosh — 207 146 nafar;
21 yosh — 179 230 nafar;
22 yosh — 116 890 nafar;
23 yosh — 81 400 nafar;
24 yosh — 60 409 nafar;
25 yosh — 49 377 nafar;
26–29 yosh — 136 855 nafar;
30–34 yosh — 122 742 nafar;
35–39 yosh — 69 224 nafar;
40 yosh va undan kattalar — 53 483 nafar.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁9❤2👍1
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar

✅ Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
⚡️Aytishlaricha, bugun 5 ta davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlarni lavozimidan ozod etilgan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17😁8❤6
⚖️ DXXga ishga kirmoqchi bo'lganlar uchun asosiy talablar

⏺Oliy ma'lumot: DXXga ishga kirish uchun oliy ma'lumot talab qilinadi. Ko'pincha yuridik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, harbiy fanlar, xorijiy tillar yoki boshqa tegishli sohalardagi mutaxassisliklar afzal hisoblanadi (harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi kerak)

⏺Maxsus tayyorgarlik: Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishi kerak. Bu tayyorgarlik DXXning o'ziga xos talablari va faoliyat yo'nalishlariga mos keladi. Unda jismoniy tayyorgarlik, maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati va xavfsizlik choralariga rioya qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

⏺Jismoniy va psixologik tayyorgarlik: DXXning ko'p vazifalari yuqori jismoniy va psixologik chidamlilikni talab qiladi. Nomzodlar tibbiy va psixologik ko'rikdan o'tishi lozim.

⏺Qonunchilik va xavfsizlik sohasidagi bilimlar: Davlat xavfsizligi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, hamda razvedka va kontrrazvedka faoliyatlari bo'yicha chuqur bilimlar talab qilinadi.

⏺Maxfiylikni saqlash qobiliyati: DXX xodimlaridan yuqori darajada maxfiylik va davlat sirlarini saqlash qobiliyati talab qilinadi. Buning uchun maxsus ishonchlilik tekshiruvidan o'tkaziladi.

⏺Tillarni bilish: O'zbek tilini mukammal bilish talab etiladi. Xorijiy tillar, ayniqsa, rus, ingliz, va boshqa strategik tillarni bilish katta afzallik hisoblanadi.

⏺Xarakter va psixologik xususiyatlar: Xavfsizlik xizmati xodimlari yuqori darajadagi intizom, mas'uliyat, sinchkovlik va stressga chidamli bo'lishi kerak.

⏺Ish tajribasi: Ba'zan boshqa davlat idoralarida, jumladan harbiy xizmatda yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash tajribasi afzal ko'riladi.

📊DXXga ishga kirish jarayoni qattiq seleksiya va ko'p bosqichli tekshiruvlarni o'z ichiga oladi, bu jarayonda har bir nomzodning yuridik, jismoniy va psixologik holati sinovdan oʻtadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
📢 Xalqaro ilmiy anjuman uchun maqolalar qabul qilinmoqda!

2026-yil 4-dekabr kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY FANLAR: NAZARIY VA AMALIY TADQIQOTLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


👨‍🏫 Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlarni mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishlari mumkin.

📄 Anjuman axborot xati bilan quyidagi havola orqali tanishing:

🇺🇿 O‘zbek tilida:
🇷🇺 
Rus tilida:
🇬🇧 
Ingliz tilida:

⏰ Maqola va tezislarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 1-dekabr
📅 Anjuman sanasi: 4-dekabr, 2026-yil
👍 O‘tkazilish joyi: Namangan davlat chet tillari instituti
🌐 Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari
📥 Telegram: @Jaxongir_Ergashev_official
☎️ Telefon: +998943037121
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
⚡️Erkinjon Turdimov beshta rektor ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

"Avvalo, men hali beshta rektor emas, bittasini ham ishdan olmadim. Yig‘ilishda beshta emas, to‘rtta rektorni qattiq ogohlantirdim.

Vazirlikda maxsus ishchi guruh tuzildi. Bu masala bilan ana shu katta va nufuzli guruh shug‘ullanadi. Qaysi rektor qolish-qolmasligi ishchi guruhning haqqoniy xulosasi asosida bo‘ladi.

Tasavvur qiling, maqtalgan institutning saralangan 10 nafar talabasidan ularning bilim darajasini aniqlovchi standart test oldik. Ishonasizmi, saralangan, rektorning o‘zi eng a’lochi talabalarim, deb olib kelgan 10 talabaning birortasi aqalli “uch” baho ololmadi. Mana, sizga ta’limning sifati!" – E.Turdimov


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤11🔥3👏3
⚡️Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilar tarkibidagi huquqshunoslik, menejment, axborot texnologiyalari va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qildi.

👉 Batafsil ma'lumot

Nomzodlar hujjatlarini hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishi so‘raladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
⚡️Qishki “perevod” jarayonlari boshlanishiga 2 oy qoldi

Arizalar har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha faqat onlayn — transfer.edu.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Qishda faqat 2 ta uzrli sabab bilan o’qishni ko’chirishga ruxsat etiladi.

Kerakli hujjatlar: reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi hamda uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat.

📹 Batafsil videoda (VIDEO)

Kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlarga muvofiq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bir nodavlat oliygohidan boshqasiga hamda nodavlat oliygohidan davlat oliygohiga ham uzrli sabab bilan oʻqishni koʻchirish mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2
Ta'limga oid (Perevod)
⚡️Erkinjon Turdimov beshta rektor ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etdi "Avvalo, men hali beshta rektor emas, bittasini ham ishdan olmadim. Yig‘ilishda beshta emas, to‘rtta rektorni qattiq ogohlantirdim. Vazirlikda maxsus ishchi guruh tuzildi. Bu…
⚡️E.Turdimov yigʻilishda ogohlantirgan rektorlar birin-ketin ishdan ketmoqda

Avvalroq Turdimov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda 5 ta rektor ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin keyinchalik vazirning oʻzi bu xabarlarni rad etib, 4 nafar rektorni ogohlantirgani haqida aytib oʻtdi.

Biroq, haqiqatdan ham yigʻilishda lavozimidan ozod etilgani aytilgan quyidagi OTM rektorlar rasman turli sabablar bilan ishdan ketgani ma'lum boʻldi, jumladan:

🔴Toshkent kimyo texnologiyalar instituti rektori – oʻz xoxshiga binoan;
🔴Buxoro davlat universiteti rektori – boshqa ishga oʻtish munosabati bilan;
🔴Namangan davlat pedagogika instituti rektori – oʻz xoxshiga binoan.
🔴Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori – lavozimidan ozod etildi;
🔴Samarqand davlat chet tillari instituti.

Hozirda vazir tomonidan ogohlantirish berilgan deya tarqalgan roʻyxatda koʻrsatilgan quyidagi ikkita OTM rektori hozircha lavozimida qolmoqda:

▶️Namangan davlat chet tillari instituti;

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5😁2
⚡️Aytishlaricha, quyidagi davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlari ham lavozimidan ozod etilgan:

▶️Guliston davlat pedagogika instituti;
▶️Navoiy davlat universiteti;
▶️Samarqand davlat chet tillari instituti.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🤣8
🏆 Toşkent AI Hackathon: Ro’yxatdan ötişga atigi bir kun qoldi!

Toşkent AI Hackathon’da qatnaşiş uçun 13-noyabrgaça ariza topşiring.

17–19-noyabr kunlari jamoalar sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yeçim yaratadi. Eng kuçli loyihalar mualliflarini quyidagi sovrinlar kutmoqda:

🥇 1-örin — Apple MacBook Air. 1-örinni olgan jamoaning HAR BIR A’ZOSI alohida Apple MacBook Air bilan taqdirlanadi.

🥈 2-örin — 20 000 000 söm

🥉 3-örin — 10 000 000 söm

⚡️ Maxsus nominatsiyalar:
🔛 “Eng qiziqarli taqdimot”;
🔛 “Eng dolzarb ijtimoiy loyiha”

Yönalişlar: farmatsevtika va soğliqni saqlaş, ta’lim, tadbirkorlik

❗️ Muhim: hakatonda faqat jamoa bölib qatnaşiş mumkin. Jamoasiz röyxatdan ötgan bölsangiz, jamoadoşlaringizni ham röyxatdan ötkazing. Har bir iştirokçi alohida röyxatdan ötadi va arizasi tasdiqlanişi kerak.

👥 Kimlar qatnaşa oladi:
• 16 yoşdan katta yoşlar;
• Toşkent şahri va Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçilar;
• pasport yoki ID-kartaga ega bölganlar.

🤔 Röyxatdan ötiş 13-noyabrda yopiladi. Şoşiling eventflow.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
❗️Umumta’lim taşkilotlarining faol musiqa fani öqituvçilariga har oylik ustamalar tölanadi


Hukumatning 2026-yil 11-noyabrdagi 617-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy örta ta’lim muassasalarining örnak körsatgan xodimlarini rağbatlantirişning direktor jamğarmasini taşkil etiş va uning mablağlaridan foydalaniş tartibi töğrisida”gi nizomga tegishli özgartirişlar kiritildi.

⏺️ Xususan, umumiy örta ta’lim taşkilotlarining musiqa fani öqituvçilariga öquvçilarning çolğularni ijro etişi darajasidan kelib çiqib quyidagi miqdorda har oylik ustamalar tölanişi belgilandi:

👉 95 - 100 ball — 20 foiz miqdorida;
👉 90 - 94 ball — 18 foiz miqdorida;
👉 85 - 89 ball — 16 foiz miqdorida;
👉 80 - 84 ball — 14 foiz miqdorida;
👉 75 - 79 ball — 12 foiz miqdorida;
👉 70 - 74 ball — 10 foiz miqdorida;
👉 65 - 69 ball — 8 foiz miqdorida;
👉 60 - 64 ball — 5 foiz miqdorida.
👉 60 balldan past bölganda ustama qöllanilmaydi.

➡️ Umumiy örta ta’lim taşkilotlari maktablari öqituvçilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar Direktor jamğarma mablağlari hisobidan ta’lim muassasasi direktorining buyruği asosida tayinlanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Nodavlat oliygohlar
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlariga ajratilgan grant imtihonlari natijasi shu hafta e'lon qilinishi kutilmoqda

Joriy yilning 28-oktabr kuni xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratilgan 1 452 ta maqsadli davlat granti o‘rniga o‘tkazilgan saralash imtihonlari natijalari shu hafta e’lon qilinishi kutilmoqda.

Аmaldagi tartibga muvofiq, saralash natijalarida belgilangan minimal o‘tish balidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan talabgorlar natijalari ketma-ketligi asosida ajratilgan kvotalar doirasida davlat grantiga tavsiya etiladi.

Natijalar talabgorlarning shaxsiy kabinetlarida shakllanadi.

✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️ Rasman: Xorijiy va nodavlat OTMlar uçun ajratilgan grant imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

📝 Özbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga ajratilgan maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlaş uçun ötkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

🌎 Test sinovlarida iştirok etgan talabgorlar öz natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali körişlari mumkin.

🗓️ Tanlov natijalari qaydnomalari tegişli oliy ta’lim taşkilotlariga taqdim etiladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
⚡️Oʻqishini koʻchirishni istagan davlat oliygohi talabalari uchun post!

Soʻnggi vaqtlarda botimizga oʻzi xoxlamagan yoʻnalishga oʻqishga kirib qolgan va orzusidagi yoʻnalishga oʻqishini koʻchirish imkoni bor-yoʻqligini soʻrab murojaat qilayotgan talabalar koʻpaymoqda. Shu kabi holatdagi talabalar uchun umumiy post yozib qoʻya qolishni ma'qul koʻrdik.

Oʻqishni koʻchirish tegishli qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi, va sizda quyidagi variantlar mavjud:

▶️Ichki perevod – Agarda siz oʻzingiz istamagan yoʻnalishga oʻqishga kirib qolgan boʻlsangiz, yozgi qabul jarayonida mos yoki turdosh yoʻnalishga oʻqishni koʻchirish uchun ariza yozishingiz mumkin. Oliy ta'lim muassasasi arizangizni koʻrib chiqib, ijobiy xulosa bersa oʻqishingiz koʻchirilishi mumkin (arizalar boʻyicha yakuniy xulosa OTM tomonidan qabul qilinadi) noturdosh yoʻnalishlar boʻyicha ariza davlat komissiyasi tomonidan xulosa beriladi.

▶️Keyingi yil abituriyent sifatida qaytadan oʻzingiz istagan yoʻnalishga hujjat topshirishingiz mumkin. Agarda oʻqishga qabul qilinsangiz, hozirda oʻqiyotgan ta'lim muassasangizdan chetlashtirilish boʻyicha murojaat qilasiz hamda 1-kurs sifatida oʻqishga qabul qilingan yoʻnalishingizda ta'limni boshlaysiz.

▶️Keyingi yil xususiy oliygohlardan biriga orzuyingizdagi yoʻnalishga hujjat topshirasiz hamda 1-kurs sifatida oʻqishni boshlashingiz mumkin.

▶️Davlat oliygohidan xususiy oliygohga oʻqishni koʻchirish. Ariza 15-iyulda boshlanadigan qabul jarayonida onlayn beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍3🥰1
⚡️2027/2028-o‘quv yilidan mahkumlarga oliy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, “Yangi hayot” dasturi doirasida mahkumlar oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirib, to‘lov-kontrakt asosida masofaviy ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.

📌 Qarorda belgilangan asosiy maqsadlar:
➖ 2027/2028-o‘quv yiliga qadar jazoni ijro etish muassasalarida 310 ta o‘quv va 420 ta amaliy mashg‘ulot xonasini tashkil etish;
➖ 2030-yilgacha mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish;
➖ har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;
➖ kasbga o‘qitish orqali takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga qisqartirish.

Bundan tashqari, barcha koloniyalardagi mahkumlar o‘rtasida masofaviy shaklda “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etiladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁1
⚡️Rasman: O‘zbekistonda maktab ta’limi 12 yillik bo‘ladi

Qonunchilik palatasi deputatlari maktabgacha va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

✅ Ushbu bosqich umumiy o‘rta ta’lim tizimiga qo‘shiladi. Natijada bolalar bog‘chada bir yil davomida bo‘lajak sinfdoshlari bilan birga maktabga tayyorgarlik ko‘radi.

📝 Qonun loyihasi bilan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ularga ko‘ra, bir yillik tayyorlov maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi hamda bolalarning undan o‘tish huquqi kafolatlanadi.

Izoh: Qisqa qilib aytilsa, bolalarni 6 yoshdan boshlab "nolovoy" sinfga chiqishi majburiy boʻlyapti.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤10👀3