Ta'limga oid (Perevod)
44.6K subscribers
2.23K photos
495 videos
384 files
2.33K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
⚡️Namangan davlat chet tillari institutiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan NamDCHTIga oʻqishini koʻchirgan talabgorlar 2-sentabr chorshanba kunidan boshlab oliy ta'lim muassasasiga tashrif buyurishlari mumkin. Dars jarayonlari esa 14-sentabrdan boshlanadi.

Oshirilgan kontrakt asosida oʻqishni koʻchirish istagida boʻlgan talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti ochilgach onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Talabgorlar oʻzlari bilan birga quyidagi hujjatlarni olishlari soʻraladi:

1. Pasport nusxasi (1 dona)
2. Akademik ma'lumotnoma yoki transkript (tasdiqlangan)
3. Titul natijasi (imtihon natijangiz)
4. Delo papka (1 dona)

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥1
⚡️Namangan davlat universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan NamDUga oʻqishini koʻchirgan talabgorlar 17-sentabr kunidan boshlab boshlab o‘zlari tanlagan taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan fakultet dekanatlariga murojaat qilishlari mumkin.

Talabgorlar oʻzlari bilan birga quyidagi hujjatlarni olishlari soʻraladi:

1. Pasport nusxasi (1 dona)
2. Akademik ma'lumotnoma yoki transkript (tasdiqlangan)
3. Titul natijasi (imtihon natijangiz)
4. Delo papka (1 dona)

Qoʻshimcha ma'lumot uchun: +998692395006
🏪 Ish vaqti:09:00 dan 18:00 gacha

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31🔥7❤‍🔥6
⚡️Oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta'lim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun test sinovlaridan muvaffaqqiyatli oʻtgan talabgorlar roʻyxati Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliygohlarga yuborildi.

Shu sababli test sinovlarda yetarli ball toʻplagan talabgorlar 2-sentabr chorshanba kunidan boshlab oʻzlari oʻqishini koʻchirgan oliygoh bilan bogʻlanishlari hamda aloqa xatini olish uchun qaysi sanadan borishlari mumkinligini soʻrashlari tavsiya etiladi.

Aloqa xati qaysi sanadan berilishidan qat'iy nazar 2-sentabr kunidan boshlab fanlar farqini solishtirish, qabul qilinishi kursini aniqlash uchun ta'lim muassasasidagi mas'ullarga uchrashlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60❤37❤‍🔥10🔥6👏1
#natija #Ichki_perevod

⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32😁1
⚡️Ariza holatini qanday bilsa bo'ladi?

Uzrli sabab bilan oʻqishini koʻchirish uchun transfer.edu.uz sayti orqali ariza berganlar ariza holatini shaxsiy kabinetida koʻrishlari mumkin:

◾️Tavsiya etildi – o'qishingizni ko'chirish tavsiya etilganligi (perevod qilganingiz)ni anglatadi. 2-sentabr chorshanba kunidan oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga borishingiz mumkin.

◾️Tavsiya etilmadi – oʻqishingiz koʻchirishga tavsiya etilmadi. Sababi izoh sifatida qoldirilgan boʻladi. Bunda siz oʻz oliygohingizda oʻqishni davom ettirasiz.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤39💘6👎2🔥2😁1
⚡️Uzrli sabab bilan oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

▶️Transfer.edu.uz sayti orqali bir davlat oliygohidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablarga koʻra koʻchirgan yoki koʻchirib tiklagan talabalar natijalari oliy ta'lim muassasalariga yuborildi.

◀️Bundan tashqari shaxsiy kabinetlarida ham natijalarini koʻrishlari mumkin. Kabinetda "Tavsiya etildi" statusiga oʻtgan arizalar oʻqishi koʻchirilgan hisoblanadi.

▶️Natijasi chiqqan talabalar 2-sentabr chorshanba kunidan boshlab oʻqishlarini koʻchirgan oliy ta'lim muassasalariga pasport hamda transkript orqali uchrashlari mumkin.

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun dars jarayonlari boshqa talabalar bilan birganlikda belgilangan sanadan boshlanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍3
❓Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozish kerak?

▶️Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali sayt ochilganidan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

◀️6-imkoniyat boʻyicha natijalar 3-sentabrgacha e'lon qilinishi kutilmoqda. Mazkur natijalar e'lon qilinganidan soʻng, super-kontrakt uchun arizalar qabuli ham ochiladi.

❗️Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar (oʻqishini koʻchirgan talabalar) o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

‼️Qoʻshimcha: tibbiyot yoʻnalishlarida super kontrakt bekor qilingani yoʻq.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36🕊5👍3🥰2
⚡️1-sentabrdan doktorantlar stipendiyasi qancha bo‘ladi?

2026 yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Yangi miqdorlar:

▶️Stajyor-tadqiqotchi — 6 473 600 so‘m
◀️Tayanch doktorant (PhD) — 7 312 720 so‘m
▶️Doktorant (DSc) — 9 343 200 so‘m

❗️2027 yildan esa yangi tartib
PF–98-son Farmonga muvofiq, 2027-yilda ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan 1-kurs doktorantlariga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari to‘lanadi:

◀️Tayanch doktorantura (PhD) — 12 431 624 so‘m
◀️Doktorantura (DSc) — 15 883 440 so‘m

1,7 baravar oshirilgan stipendiya stajyor-tadqiqotchilarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, bu oshirish avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga emas, 2027-yilda ustuvor ixtisosliklarga yangi qabul qilinganlarga mo‘ljallangan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29😨15🔥4💋1
⚡️Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy oliygohlardan nodavlat oloygohlariga oʻqishini koʻchirish uchun test sinovlarida qatnashgan, biroq oʻqishini koʻchira oldimi yoʻqligini aniq bilolmayotgan talabalar diqqatiga.

Shaxsiy kabinetingizda toʻplagan balingizni turibdi, lekin talab bajarilgani yoki bajarilmagani haqida ma'lumotlar koʻrsatilmagan. Siz esa "natijam chiqadi" deb kutishda davom etayotgan boʻlsangiz xato qilasiz.

Siz ertadan boshlab oʻqishingizni koʻchirish uchun ariza yuborgan nodavlat oliygoh bilan bogʻlaning hamda natijangiz haqida ma'lumot soʻrang. Sababi oʻtish balini nodavlat oliygohi mustaqil belgilaydi va qachondan aloqa xati berishini ma'lum qiladi.

Shaxsiy kabinetda hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi, siz faqatgina oʻqishingizni koʻchirayotgan nodavlat oliygohidan ma'lumot olishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤34🔥6💯5😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Namangan davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi

Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadigan abituriyentlar uchun arizalarni rasmiylashtirish boshlandi.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan, shuningdek, belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1🔥1
⚡️Rasman: Termiz davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli hamda oʻqishni koʻchirganlar uchun aloqa xati ham berila boshlandi

Termiz davlat universitetiga o‘qishga kirgan abituriyentlar, o‘qishini koʻchirgan talabalar hamda SUPER-KONTRAKT asosida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar TerDU Registrator ofisiga murojaat qilishlari soʻraladi.

➡️Bu yerda quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin:

🟢 O‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bo‘yicha;
🟢 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha;
🟢 Aloqa xati bo‘yicha;
🟢 SUPER kontrakt bo‘yicha;
🟢 Qabul bilan bog‘liq boshqa savollar bo‘yicha;

🗺 Manzil: Termiz davlat universiteti

📞Asosiy telefon:
+998 (76) 228-03-40

Qo‘shimcha telefonlar:
Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72
Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16
Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17
Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06
Qo‘shayev Qo‘shahakim: +998 (91) 579-19-26


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥2👍1
⚡️Toshkent davlat tibbiyot universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan Toshkent davlat tibbiyot universitetiga oʻqishini koʻchirgan (132 va undan yuqori ball olgan) talabgorlar) 4-sentabr juma kuni 09:00 dan oliygohga tashrif buyurishlari soʻraladi.

Talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda transkriptni olgan holda shaxsan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Asosiy kampusi (Yangi Toshmi)da 5-qavat 531-xonasi oldida bo'lishlari shart!

Tabaqalashtirilgan super kontrakt boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
⚡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan OʻzDJTUga oʻqishini koʻchirgan talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda transkript bilan universitet mas'ullariga uchrashlari hamda fanlar farqini solishtirib olishlari soʻraladi.

Ayni vaqtda oliygoh mas'ullari tomonidan aloqa xati berish boshlanmoqda. Hozirga qadar universitetga kelib uchramagan va fanlar farqini solishtirib, kursini aniqlashtirmagan talabalarga aloqa xati berilmaydi.

Shu sababli oʻqishni koʻchirishga tavsiya etilgan talabgorlar universitetga kelib uchrashlari soʻraladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32
⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16⚡2
⚡️Fanlar farqi sabab 1-kursdan qayta oʻqishingiz ham mumkin

Soʻnggi kunlarda fanlar farqi sababli 3-kursga oʻtgan talabalar ham qaytadan 1-kursga qabul qilinayotgani haqida murojaatlar kela boshladi. Ya'ni 2-kursni tamomlab oʻqishni koʻchirgan, 2-kursni qaytadan oʻqisam kerak deb oʻylagan lekin fanlar farqi koʻp chiqqanligi sababli 1-kursdan qabul qilinishi aytilgan.

Hurmatli talabalar!

Sizdagi fanlar farqi 4 tadan oshishi aynan faqat bir kurs pasayishingiz kafolatlamaydi. Ya'ni oʻtilmagan fanlar qaysi kursda ekanligiga ham bogʻliq. Masalan siz 2-kursda xususiy oliygohingizda hamma fanlarni oʻtgan boʻlsangiz-u, lekin 1-kursdagi fanlarni oʻtilmagan boʻlsa qanday qilib sizni 2-kursga qabul qilishlari mumkin. Kurs belgilashda mantiqan shu tomonlari ham inobatga olinadi.

Aynan shu sababli ham talabalarga aloqa xatidan avval kursini aniqlashlari, ana undan keyin oʻqishni koʻchirish qarorlarini qabul qilishlarini tavsiya etamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35⚡4
⚡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan aloqa xatlari berish boshlandi

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishini koʻchirgan talabalarga koʻplab OTMlar tomonidan aloqa xati berila boshlandi. Aloqa xatida talaba oʻqish joyidan qanday hujjatlar olib kelishi roʻyxati keltirilgan boʻladi.

Talabalar oʻqishini koʻchirgan oliygoh tomonidan belgilagan muddatda kerakli hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etishlari shart. Belgilangan muddatda hujjatlarni taqdim etmaslik yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish holatlari aniqlansa oʻqishni koʻchirishni rad etishga asos boʻladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19💘15😁3
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi

📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.

👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥1
⚡️Ichki perevod qilganlar diqqatiga!

Bir oliy ta'lim muassasasi ichida ta'lim yoʻnalishi va ta'lim shaklini oʻzgartirish uchun transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirgan talabalar shaxsiy kabinetlarida ariza holatini tekshirishlari tavsiya etiladi.

Sababi ayrim oliygohlarda ichki perevod natijalari e'lon qilina boshlandi. Agarda sizning kabinetingizda hali arizangiz natijasi oʻzgarishsiz holatda qolgan boʻlsa 7-sentabr dushanba kunidan boshlab oliygohingizdagi oʻqishni koʻchirish boʻyicha mas'ul shaxsga uchrashlari tavsiya etiladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🥰3🔥1👏1
⚡️6-yoʻnalishga tavsiya etilganlik holati!

Vakant oʻrin (6-yoʻnalish)ga hujjat topshirib yetarli ball toʻplaganlarning shaxsiy kabinetida "Vakant oʻringa tavsiya etildi" degan yozuv shakllangan boʻladi.

Vakant oʻrinlarga faqatgin toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Mandat uzbmb.uz saytidan vakant oʻrinlariga oʻtish ballarini ham koʻrishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12❤‍🔥1