⚡️Rasman: Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
🌍 @Talimgaoid_perevod

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36👍7🔥3❤🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma
Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!
🌍 @Talimgaoid_perevod
Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👏1
test_candidates_24_09_2026.pdf
667.5 KB
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
🌍 @Talimgaoid_perevod
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.
Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.
Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil-sentyabr-dekabr-oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).
Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.
Bilim va malakalarni baholash agentligi

❤22👎3🔥1
Forwarded from Axmadjanov | Ta'limiy blog
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgardi – kvota joriy qilindi
Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish endi har bir hudud uchun ajratilgan o‘rinlar soni (kvota)dan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Shu sababli ariza topshirish muddati tugamagan bo‘lsa ham, belgilangan joylar to‘lishi bilan hududda ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin.
Tahlil qiladigan boʻlsak:
Bu kabi oʻzgarish sertifikat bilan bogʻliq kutilayotgan yangiliklarning amaldagi birinchisi. BMBA rasmiy munosabatida "Mavjud resurslardan oqilona foydalanish xolos, sun'iy ravishda sertifikatlilar sonini kamaytirish emas" deb atayotgani aslida shunchaki tinchlantirish xolos.
Aslida bu kabi chora tadbirlar sertifikatlilar sonining oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan bu yilgi muammolarga yechim sifatida qilinayotgan holat. Sertifikat imtihonlarida roʻyxatdan oʻtishdagi qoʻyilgan bu kvota, ilk chora tadbir xolos. Tez orada sertifikatlar bilan bogʻliq abituriyentlarni xursand qilmaydigan kutilmagan bir qator qarorlar qabul qilinadi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram

👎24❤21🔥3👏1🤨1
⚡️Biz buyoqda perevod qabuli tugadi deb vazirlik e'lon qilgan tartib qoidaga amal qilib yuribmiz.
Instagramda esa consulting firmalar hali ham talabalarni oʻqishini koʻchirib berish bilan shugʻullanib yuribdi.
▶️ Biz nodavlat oliygohlar litsenziyasida mavjud yoʻnalishlarga qabul qilishi mumkin xolos deb qonunchilikni sharhlab beryapmiz. Lekin bir necha yuzlab talabalar litsenziyada yoʻq yoʻnalishlarda hemisga kiritilib oʻqitilib kelinmoqda.
Qonun-qoidalarga amalda ishlamas ekan, u bir parcha qogʻozdan mutlaqo farq qilmaydi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Instagramda esa consulting firmalar hali ham talabalarni oʻqishini koʻchirib berish bilan shugʻullanib yuribdi.
Qonun-qoidalarga amalda ishlamas ekan, u bir parcha qogʻozdan mutlaqo farq qilmaydi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁38❤16⚡7💯4🔥3😢2👍1
Forwarded from Axmadjanov | Ta'limiy blog
⚡️1-yoʻnalishga super kontrakt qilish mumkinmi?
Koʻpchilik soʻragan mavzu!
Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.
❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?
Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.
▶️ Oʻtgan yili 22-sentabrda super-kontrakt tartibi e'lon qilingan va shu kunidan boshlab 1-yoʻnalishga ariza berish imkoniyati ochilgan edi. Bu yil esa jarayon biroz kechikib ketdi, lekin albatta super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinadi. Amaldagi qoida oʻzgaradimi yoki qoʻshimchalar kiritiladimi bunisi hozircha noma'lum.
‼️ Oʻqishga kirib qolgan lekin u yerda oʻqishni istamaydigan talabalar dars jarayonlarida ishtirok etib turishlari hamda super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinguniga qadar kontrakt toʻlovlarini toʻlamay turishlari tavsiya etiladi.
Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Koʻpchilik soʻragan mavzu!
Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.
❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?
Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.
Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥5👏4👍3
⚡️Qanday holatlarda oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash rad etilishi mumkin?
🟠 xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;
🟠 oliy taʼlim tashkilotlarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;
🟠 birinchi kursning birinchi semestriga oʻqishni koʻchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, oʻqigan taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda, koʻchirib tiklash holatlari bundan mustasno);
🟠 oliy taʼlim tashkilotida mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mos mutaxassislik) yoki taʼlim shakli mavjud boʻlmasa;
🟠 toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
🟠 talabaning shaxsiy yigʻmajildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
🟠 oliy taʼlim tashkilotiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklashda davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul parametrlari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;
🟠 oliy taʼlim tashkiloti moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;
🟠 maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga yoxud boshqa oliy taʼlim tashkilotiga;
🟠 bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga;
🟠 talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʻlsa (mazkur qoʻshma dasturning oʻzi bundan mustasno);
🟠 qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Talabani oʻqimagan semestrdan keyingi semestrga oʻqishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Talabani oʻqimagan semestrdan keyingi semestrga oʻqishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍1😁1
Forwarded from Axmadjanov | Ta'limiy blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_akademiyasi
🔰 Davlat xavfsizlik akademiyasi qabul boshlanishiga 2 kun qoldi (1-video)
Ushbu video DXX akademiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus tayyorlandi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Ushbu video DXX akademiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus tayyorlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍6🔥2😁1
⚡️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
1️⃣ 1-imkoniyat:
2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2️⃣ 2-imkoniyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

❤6🔥1
⚡️Rasman: Birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati ochildi
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari asosida tanlovda ishtirok etib, ikkinchi–beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishiga ko‘ra, ustuvorlik tartibida tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga ruxsat berildi.
Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.
Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi.

❤6❤🔥2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi
Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi.
Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi.

Prezident bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida:
“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍4
⚡️Rasman: Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar qoʻshimcha kvotalar e'lon qilindi
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigato‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.
Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.
Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

❤17👍1
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
⚡️Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4
⚡️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabul parametrlari (qo‘shimcha grant o‘rinlari) doirasida tanlovda qatnashish imkoniyati yaratildi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 2–6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Nomzodlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozilik bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📝 Tanlovda ishtirok etish talablari:
▪️Kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish;
▪️Kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan bo‘lish;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashash;
▪️Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini aynan Qoraqalpog‘iston hududida tamomlagan bo‘lish.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlov qaydnomalari chop etiladi hamda 2026-yil 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

❤8
⚡️Rasman: Oliy ta'lim hamda Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi birlashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

👍5❤4
⚡️Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi
Ikki ta'lim vazirligi birlashtirilgani sababli Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.
Yangi vazirlik uchun kim rahbarlik qilishi hozircha e'lon qilinmadi.
🌍 @Talimgaoid_perevod
Ikki ta'lim vazirligi birlashtirilgani sababli Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.
Yangi vazirlik uchun kim rahbarlik qilishi hozircha e'lon qilinmadi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

❤6