Xushnudbek.uz
✔
738K subscribers
15.5K photos
3.83K videos
339 files
12.6K links
Xushnudbek.uz naşrining rasmiy Telegram kanali

OAV guvohnomasi: №1936042 (27.10.2026-yil)

Boş muharrir: Qobil Xidirov

Reklama uçun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Yangi Toşkentda “Masqat” mavzesi quriladi

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ömon biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi. Davlat rahbari Ömon Sultoni bilan erişilgan kelişuvlar munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirdi.

Ta’kidlanişiça, taşrif doirasida umumiy qiymati 5 mlrd dollarlik aniq loyihalar portfeli şakllantirilgan. Yaqin istiqbolda özaro tovar ayirboşlaşni 1 mlrd dollarga yetkaziş maqsad qilingan.

Sohar şahrida logistika infratuzilmasini barpo etiş, aviaqatnovlarni köpaytiriş va yuk taşiş reyslarini yölga qöyiş taklif qilindi. Yangi Toşkentda esa “Masqat” mavzesi quriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xalq Bankining UZCARD kartalarini endi Apple Pay orqali işlatiş mumkin

Endilikda Xalq Banki tomonidan çiqarilgan UZCARD kartalari egalari iPhone yoki Apple Watç orqali xaridlar uçun tölovlarni  amalga oşirişlari mumkin.

Buning uçun kartani Apple Wallet ilovasiga qöşiş kifoya. Şundan söng Apple Pay orqali tölovlarni qulay va xavfsiz amalga oşiriş mumkin.

Batafsil

Reklama
❗️2027-yildan fuqarolar xalq deputatlari mahalliy kengaşlari sessiyalarida kuzatuvçi sifatida qatnaşişi mumkin böladi

Prezident farmoni (PF–247-son, 16.11.2026-y.) bilan Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlarining 2027-yil 1-yanvardan fuqarolarni mahalliy kengaşlar sessiyalariga kuzatuvçi sifatida, sessiya işiga aralaşiş huquqisiz qöyiş haqidagi taklifiga rozilik berildi.

Senatga ikki oy muddatda fuqarolarning mahalliy kengaşlar sessiyasida iştirok etişi tartibini tasdiqlaş tavsiya etildi.

Farmon bilan quyidagi takliflar ham ma’qullandi:

➖ har çorakda kengaş sessiyasining birinçi masalasi sifatida, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida saylov okruglaridagi muammolar muhokama qilinadi;

➖ mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari öz hisobotlarini belgilangan muddatda kengaşga şaxsan taqdim etadi;

➖ 2028-yilgi mahalliy byudjet xarajatlarining 3–5 foizi hudud toifasiga qarab bevosita deputatlar taşabbuslari asosida yönaltiriladi.

ℹ️ Şuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan tuman va şahar kengaşlari hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan ötkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Özbekiston milliy jamoasi örtoqlik öyinida 🇸🇦Saudiya Arabistonini mağlub etdi

Uçraşuvda Şerzod Esanov dublga (19’, 35’) erişdi. Saudiyaliklarning javob golini Firas al-Buraykan (23’) urdi.

Ikkinçi bölimning 50-daqiqasida saudiyaliklar himoyaçisi Ali Lajamiy Abbosbek Fayzullayevga nisbatan işlatgan qöpolligi uçun qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.

Uşbu vaziyatdan söng Fayzullayev jarohat sabab almaştirildi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 Davlat bayroğining 35 yilligi munosabati bilan bugun Toşkent şahri köçalarida harbiylar marşi ötkaziladi

Şu boisdan 18-noyabr soat 10:00 dan quyidagi köçalar kesişmalari vaqtinçalik yopiladi:

➖ Ğalaba boğidan Sağbon – KXAY;

➖ Sağbon – Nurafşon;

➖ Sağbon – Farobiy çorrahalari;

➖ Zarqaynar aylanma harakati;

➖ Alişer Navoiy – Furqat kesişmasi köprik usti;

➖ Islom Karimov – Bunyodkor çorrahasidan Xalqlar döstligi saroyiga qadar bölgan yöl qismi.

Bayramona marş vaqtida huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining qonuniy talablariga rioya qiliş hamda transport vositalarida mazkur köçalar kesişmasidan yondoş hududlar orqali harakatlaniş söralmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
iApply ilovasi orqali xorijiy universitetlarga onlayn hujjat topşiriş mumkin

Endi çet elda öqiş uçun universitetlarga telefon orqali, agentlikka murojaat qilmasdan va ortiqça xarajatlarsiz hujjat topşiriş mumkin.

iApply ilovasi orqali:
✅ Xorijiy universitet va ta’lim dasturlarini tanlaş;
✅ Grant va stipendiyalarni topiş;
✅ Mentorlar bilan boğlaniş;
✅ Arizalarni onlayn topşiriş;
✅ Hujjat topşiriş jarayonini bir joyda kuzatib boriş mumkin.

Ilovani yuklab olib, birinçi arizangizni bugunoq topşirişingiz mumkin.

👉Ilovani yuklab oliş

Telegram bot | Telegram | Instagram

Reklama
🏦 Jahon banki Samarqandda birlamçi tibbiy yordamni rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Bank ijroçi direktorlar kengaşi 17-noyabr kuni Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hisobidan ŞIFO-1 dasturiga imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi.

Dastur doirasida:

➖ 400 dan ortiq oilaviy poliklinika modernizatsiya qilinadi;

➖ 6 400 nafardan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, 1 250 nafar oilaviy şifokor va 5 ming hamşira öqitiladi;

➖ 330 ming katta yoşli aholini yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça skriningdan ötkaziş imkoniyati yaratiladi;

➖ 250 ming bemorning davolanişini kuzatib boriş imkoniyati paydo böladi.

Dasturning umumiy qiymati 525 mln dollar bölib, şundan 425 mln dollari Özbekiston hukumati tomonidan moliyalaştiriladi.

🗓 Dastur 2028-yil dekabrigaça amalga oşirilişi va Samarqand viloyatining taxminan 4,3 mln aholisiga xizmat qilişi közda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
2
Xushnudbek.uz
Markaziy bank Özbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun ilk litsenziyani “Open bank” AJ ga berdi. 👉 @xushnudbek 👈
🏦 Özbekistonda yana 4 ta bankka islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya berildi

Markaziy bank boşqaruvining 18-noyabrdagi qarorlariga muvofiq, quyidagi tijorat banklariga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqi berildi:

➖ AITB “Ipak Yöli”;
➖ “ASIA ALLIANCE BANK” ATB;
➖ “Orient Finans” XATB;
➖ “HAYOT BANK” AJ.

Mazkur litsenziyalar banklarga qonunçilikda belgilangan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş imkonini beradi.

Bankning tegişli litsenziyaga ega ekanini Markaziy bank rasmiy sayti orqali tekşiriş mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
4
💳 Fuqarolar iş haqini özi tanlagan bank kartasiga olişi mumkin

Markaziy bankning Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali xodimlar iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni iş beruvçiga xizmat körsatuvçi bankdan qat’i nazar, özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoniga olişi mumkin.

Buning uçun xodim karta yoki elektron hamyon rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etişi kifoya. Tizimda alohida röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Bunda karta yoki elektron hamyon xodimning öz nomiga rasmiylaştirilgan bölişi lozim.

Tizim iş beruvçi belgilagan bankdan yangi karta oçmasdan, mavjud karta yoki elektron hamyondan foydalaniş imkonini beradi. Xodim keyinçalik tanlagan kartasini özgartirişi ham mumkin.

ℹ️ Tizimning dastlabki versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan. Keyinçalik uning imkoniyatlari kengaytiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Korrupsiyaga qarşi tekşiruvlar natijasida 10 oyda 1,5 mingdan ortiq xodim işdan böşatildi

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lumotiga köra, 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida davlat taşkilotlarida 5 ming 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazilgan.

Tekşiruvlar natijasida:

➖ 594 ta jinoiy, 160 ta ma’muriy va 4 ming 604 ta intizomiy jazo çorasi qöllanilgan;

➖ 1 ming 565 ta holatda mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Şuningdek, 10 oyda 18 ming 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvining oldi olingan, 1 ming 689 ta mavjud holat bartaraf etilgan. Davlat xaridlarida esa 297,4 mlrd sömlik 114 ta xarid böyiça manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik bilan boğliq qonunbuzilişlar aniqlanib, bartaraf etilgan.

❗️ Beşta vazirlik va taşkilotda ötkazilayotgan huquqiy eksperiment doirasida Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida 247 mlrd söm tejab qolingan, quriliş sohasida esa elektron tenderlar hisobiga qariyb 1,5 trln söm iqtisod qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🇹🇲 Özbekiston va Turkmaniston çegaradoş hududlar aholisi uçun vizasiz qatnovni tiklaşni muhokama qildi

18-noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Turkmaniston elçisi Şodurdi Meredov bilan uçraşdi.

Uçraşuvda çegaradoş hududlar aholisining 2004-yilgi hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan 3 sutkagaça vizasiz qatnovini tiklaş masalasi muhokama qilindi.

🛫 Şuningdek, Toşkent–Aşxobod yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş masalalari körib çiqildi.

Tomonlar uşbu masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqişga kelişib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
🌳 Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş vazifasi qöyildi

Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Majlisda bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgani, ayrim hududlarda esa ekilmagan köçatlar ham hisobotga kiritilgani tanqid qilindi.

Yiğilişda quyidagi vazifalar belgilandi:

➖ har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş;

➖ joriy yilda ekiladigan köçatlarning kamida 90–95 foizi tutib ketişini ta’minlaş.

Mahalliy gul va manzarali ösimliklarni köpaytirişga ixtisoslaşgan köçatxonalar taşkil etib, suvni köp sarflaydigan çim örniga iqlimga mos ösimlik va butalarni ekişga e’tibor qaratiş zarurligi qayd etildi.

Şuningdek, Yangi Toşkentdagi har bir investitsiya loyihasi ustidan kunlik nazorat örnatilişi, yangi obyektlar foydalanişga topşirilgunga qadar elektr, suv, kanalizatsiya, issiqlik va yöl infratuzilmasi tayyor bölişi kerakligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
4