Xushnudbek.uz
2 photos
1 video
4 links
Huquqshunos Xushnudbekning telegram
Kanaliga xush kelibsiz
Download Telegram
Channel created
Ayni paytda o‘tayotgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga eʼtiroz bildirdi.

Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.


👉 @xushnudbek 👈
Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida o‘quvchilarning yarmi ham “B1” darajaga ega bo‘la olmayapti.


👉 @xushnudbek 👈
O‘tgan yili 500 ta “til egalari” ish boshlagani o‘z samarasini berayapti. Bu amaliyotni kengaytirish uchun “til egalari”ni barcha maktablarga jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.
Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati tuzilib, har biri bo‘yicha o‘quv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi.

Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlarga o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun tekin foydalanishga beriladi. Ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.

“Maqsadimiz - maktab bitiruvchisi hech bo‘lmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qo‘ysin”, — dedi Prezident.



👉 @xushnudbek 👈
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligini tanqid qildi

“Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. 

Bundan xalqimizning sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘rayapti”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Mamlakatimizda farmatsevtika bozori hajmi 2 milliard dollarga yetgan.

Dorilarni yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.


👉 @xushnudbek 👈
Bloger Otabek Sattoriy ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Maʼlumot uchun: 2021-yilgi hukm bilan Otabek Sattoriyga 6 yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi. Uning o‘talmay qolgan jazo muddati 2 yil 11 oy 25 kunni tashkil etayotgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi etib tayinlandi.

U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

***

Rahmatulla Nazarov
O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi.

U bunga qadar mazkur mamlakatda elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarib kelayotgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matematikadan sovrin jamg‘armasi 15 mlrd so‘m bo‘lgan Respublika fan olimpiadasi tashkil qilinmoqda

🔊 PDP University — 11-sinf va 2-kurs litsey o‘quvchilari uchun matematikadan Respublika fan olimpiadasini o‘tkazadi.

Bosh sovrin: 20 mln so‘m

💰 Mukofotlar:
- Platinum ligasida: 20 mln so‘m
- Gold ligasida: 10 mln so‘m
- Silver ligasida: 5 mln so‘m

🎁 7 ta noutbuk, 12 ta televizor, 10 mln so‘mlik 1500 ta grant

Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/483XVcc

Aziz oʻquvchilar, Respublika miqyosidagi olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

☎️ 78-777-77-47
Ta’lim reklamasi