ADU.UZ | Rasmiy kanal
15.7K subscribers
49.6K photos
5.51K videos
797 files
22.4K links
✔️Veb-sayt: www.adu.uz
✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

🖋"Oʻzini anglash — barcha donolikning boshlanishidir".

Aristotel


⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5❤3
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijon davlat universiteti rahbariyatining talabalar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda

Bugun, 19-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida oliygoh rahbariyati va mas’ullar ishtirokida Sport va madaniyat fakultetining 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda oliy ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, turli to‘garaklar, loyihalar hamda tashabbuslarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilish, talaba-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, talabalarning o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglab yetishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, universitet profilaktika inspektorlari tomonidan kiberjinoyatlardan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy mablag‘lar xavfsizligini ta’minlash, shubhali havola va fayllarni ochmaslik hamda internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuvlar talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Ajdodlar jasorati — avlodlar uchun ibrat

Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni milliy tariximizga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ma’naviy-ma’rifiy maskan bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun, 19-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va merosini o‘rganish maqsadida Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.

Muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov mehmonlarni samimiy kutib olib, ularga qatag‘on davrining fojiali voqealari, ozodlik yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimiz hayoti hamda muzey eksponatlari orqali xalqimiz tarixidagi murakkab sinovlar va istiqlolning qadr-qimmati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur tashrif mehmonlarda tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash, yurt tinchligi va millatlararo totuvlikning qadriga yetish, shuningdek, mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrash tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

👩 Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari natijalari bilan tanishing!

Andijon davlat universitetining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 2023, 2024, 2025 va 2026-o‘quv yillarida tahsil olgan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan sobiq bitiruvchilar uchun 17-oktyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarining natijalari:

📝 Natija


⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️❗️❗️

⚡️ Talabalar haftaligi doirasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi!

Andijon davlat universitetida talabalar o‘rtasida milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarning ijodiy salohiyati hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi joriy yilning 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

📝Tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar:


✅ “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”;
✅ “Kompozitsion musiqiy chiqishlar”;
✅ “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri”.

Tanlovda universitet talabalari o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etib, milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarga bo‘lgan hurmatlarini ijodiy chiqishlar orqali ifoda etadilar.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar tegishli fakultet dekan o‘rinbosarlari yoki tyutorlariga murojaat qilishlari mumkin.

📄Tanlov nizomi bilan tanishing!


👋 Milliy qadriyatlarimizni ulug‘laylik, ajdodlar merosini e’zozlaylik va iste’dodimizni namoyon etaylik!

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
✍️✍️✍️✍️✍️

Ijara xonadonlarida xavfsizlik va yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, xavfsizligini ta’minlash hamda ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va universitet mas’ullari hamkorligida profilaktik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining sanitariya-gigiyena holati, yashash sharoitlari, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda mavjud xavf omillari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar bilan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur hamkorlikdagi tadbirlar talabalarning ijara xonadonlarida xavfsiz va munosib sharoitlarda yashashini ta’minlash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ehtimoliy ko‘ngilsiz holatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Oila va universitet hamkorligi — barkamol avlod poydevori


Andijon davlat universitetida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish hamda ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar etib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda universitet va ota-onalar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik, o‘zaro ishonch va mas’uliyatga asoslangan muloqot muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda bugun, 19-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Sport va madaniyat fakultetining 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning universitet hayotiga moslashuvi va ta’limdagi faolligini oshirish hamda universitet va ota-onalar hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalar bilimini baholash mezonlari va mustaqil ta’limga qo‘yiladigan talablar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, ota-onalarning farzandlari bilan muntazam muloqotda bo‘lishi, ularning o‘zlashtirishi va muammolaridan xabardor bo‘lib borishi, fakultet rahbariyati hamda tyutorlar bilan hamkorlik qilishi ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida ota-onalar bilan o‘zaro fikr almashish, ularni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilish hamda mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etishga alohida urg'u berildi. Bunday muloqotlar ota-onalarning universitet hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish bilan birga, talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yagona maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagramd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🤼‍♂️ Andijon davlat universitetining ikki nafar talabasi kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Toshkent shahrida sportning kurash turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada Andijon davlat universiteti Sport va madaniyat fakulteti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

Jumladan:

🥇Samanda Junusov — +100 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rin;
🥈Mirkomil Tursinboyev — +100 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Andijon davlat universiteti jamoasi talaba-sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤6