This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetida yoshlarning ijtimoiy faolligi, kitobxonlik madaniyati va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida 11-noyabr kuni “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi.
🧾 Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi va ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar:
🏆 Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
🎤 Tafakkur, iste’dod va mahorat sahnasi — “Ma’rifat maydoni” sizni chorlaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Edu.uz
"Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” milliy tanlovida ishtirok eting va sovrinlarni qo‘lga kiriting!
🌟 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida bu yil ham Milliy tanlov o‘tkaziladi.
🗣 Yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim muassasalari munosib taqdirlanadi.
✅ Ayni paytda aileaders.uz platformasidagi kurslarda bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishni boshlang! Ehtimol, bu yilgi g‘oliblar safida siz ham bo‘larsiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati va aktyorlik mahoratini rivojlantirish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11-noyabr kuni “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📝 Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
🏆
Tanlov g‘oliblari vazirlik tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🎭
Nominatsiyalar bo‘yicha:
BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🇺🇿
Sahnaga chiqing — iste’dodingizni namoyon eting, yuksaklik sari intiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Andijon davlat universiteti hududida quyidagi shaxslarga tegishli ID-kartalar tushirib qoldirilgan hamda plastik karta topib olingan:
🪪 Xurshida Mamajonova — ID karta;
🪪 Mahliyoxon Dehqonova — ID karta;
💳 Giyosiddin Qobulov — plastik karta.
Hujjatlarni topib olgan fuqarolardan ularni universitet Axborot xizmati xonasiga olib kelishlari, plastik karta egasidan esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilib, kartani olib ketishi so‘raladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
🌏Xalqaro oshpazlar kuni.
🌏Xalqaro osteoporozga qarshi kurash kuni.
🎥1737-yil - “San-Karlo” opera teatri ochildi.
👨🏻💼1917-yil 20-oktyabr - yozuvchi, dramaturg, pedagog Aron Shalomaev.
🤵🏻1926-yil 20-oktyabr - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov.
🧑🏻🔬1942-yil 20-oktyabr - nemis biologi, Nobel mukofoti sohibi Kristina Nuslayn.
🧑🏻💼1961-yil 20-oktyabr - uelslik futbolchi, Britaniya futboli tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri Yan Rash.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Forwarded from Edu.uz
Prezidentimiz O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ikkinchi yig‘ilishining ochilishida ishtirok etdi.
Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida muhim minerallarni o‘zlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy qilish, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tdi.
Ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi.
Kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.
#Mirziyoyev #kengash #AQSh #hamkorlik
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

👍2❤🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, nufuzli xorijiy olimlarni ta’lim jarayoniga jalb etish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni kunlarda AQSHning Pitsburg universiteti professori James Pickett Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti O'zbekiston tarixi kafedrasi professori Ravshanbek Shamsutdinov taklifiga binoan Andijon davlat universitetida bo‘lib turibdi. Tashrif universitetda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va talabalarni jahon ilm-fanidagi yondashuvlar bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, kuni kecha professor James Pickett tarix yo‘nalishi talabalari uchun “XVIII asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo madrasalarida ta’lim tizimi” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi. Ma’ruza davomida ushbu davrda Markaziy Osiyo madrasalarida ta’lim jarayonining tashkil etilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari bilan tanishish hamda universitetning xalqaro akademik hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥2👏2
Andijon davlat universitetida 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan “Talabalar haftaligi” doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida turli tanlov hamda sport musobaqalariga start beriladi.
🔥 Tanlov va intellektual o‘yinlar
💪 “Talabalik — oltin davrim” loyihasi doirasida quyidagi sport musobaqalari tashkil etiladi:
Iste’dodingizni namoyon eting, bilim va shijoatingiz bilan g‘alaba sari intiling! “Talabalar haftaligi” tanlovlarida ishtirok etish uchun fakultet dekan o‘rinbosari yoki tyutoringizga murojaat qiling!
🎤 Iqtidor, bilim va tashabbuslaringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ona tilimizning jozibasi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kreativ videorolik tayyorlandi.
Ona tilimizni asraylik, ardoqlaylik va uning dovrug‘ini dunyoga tarataylik! Chunki millatning buyukligi, avvalo, o‘z tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromida namoyon bo‘ladi.
✍️ Ona tilimizning nufuzi yuksalsin, qadri va qimmati hamisha baland bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2⚡1🥰1👏1🤩1
Forwarded from Edu.uz
✍ “E Voh-2026”: fan olimpiadasining hal qiluvchi bosqichi sari!
Erkin Vohidov nomidagi “E Voh–2026” respublika o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasining birinchi onlayn bosqichi natijalariga ko‘ra 72 nafar ustoz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 903 nafar pedagoglar ishtirok etgan mazkur olimpiada ona tilimiz va adabiyotimiz bilimdonlarini aniqlash, ustozlarning kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
📊 Natijalarni hududlar kesimida quyidagi havolalar orqali ko‘rishingiz mumkin:
📍 Andijon viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent shahri
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati
Final bosqichga yo‘llanma olgan barcha ustozlarni 21-oktyabr — yakuniy bellashuvda kutib qolamiz va zafarlar tilaymiz!

❤🔥1👍1