Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Til — nafaqat o‘tmishdan meros, balki bugungi tafakkur va kelajak taraqqiyotini ifodalovchi muhim vositadir. U zamonaviy fikrlarni ifodalashi, yangi tushunchalarni nomlashi va davr bilan hamnafas rivojlanishi orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘zbek tilida badiiy adabiyot bilan bir qatorda sifatli jurnalistika, kino, ilm-fan, ta’lim, texnologiya va raqamli kontentning rivojlanishi uning boyishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda yangi tushunchalar, zamonaviy atamalar va ifoda imkoniyatlari shakllanib, tilning bugungi hayotdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥5👍1
Andijon davlat universitetida mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat muhitini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Bugun, 20-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi xodimlari ishtirokida mehnat muhofazasi, texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda xavfsiz mehnat muhitini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mehnat munosabatlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni shakllantirish, xodimlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tazyiq, kamsitish va boshqa nomaqbul xatti-harakatlarning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ish joylarida xavf-xatarlarning oldini olish hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirish orqali universitetda xavfsiz mehnat muhitini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning iste’dod va salohiyatini namoyon etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida beshta sport turi bo‘yicha musobaqalarga start berilgan.
Bugun, 20-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida ommaviy sportni rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni saralashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida fakultet talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida talaba-yoshlar voleybol maydonida o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoa musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1💘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADU tyutorlari Sharda universitetida tajriba almashdi
Andijon davlat universiteti tyutorlari kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalar bilan ishlashning ilg‘or tajribalarini o‘rganish hamda tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Sharda universitetida malaka oshirish va tajriba almashish jarayonida ishtirok etdi.
Mazkur tajriba almashish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Jarayon davomida ADU tyutorlari Sharda universitetida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tajribasi, talabalarning ta’lim olishi va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishmoqda. Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilmiy, ijodiy va sport faoliyatiga jalb qilish hamda individual ishlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zaro muloqot va tajriba almashish davomida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish, talabalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda ilg‘or tajribalarni Andijon davlat universiteti faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu malaka oshirish jarayoni tyutorlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Andijon davlat universitetida tyutorlik faoliyati sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🕊1
🤼♂️ Andijon davlat universitetida kurash bo‘yicha Respublika turnirining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Ayni kunlarda respublikamizda oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar talabalari o‘rtasida milliy sportimiz — kurashni ommalashtirish va rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Respublika turniri tashkil etilgan.
Bugun, 20-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida mazkur turnirning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada erkaklar −66 kg, −81 kg va +100 kg, ayollar esa −63 kg va −78 kg vazn toifalarida gilamga chiqib, o‘zaro kuch sinashdilar hamda g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida milliy sportimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va kurash an’analarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤2👏1
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤4😁2
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤3😍2👏1
🌏Xalqaro kredit uyushmalari kuni.
🌏Butunjahon yod tanqisligining oldini olish kuni.
🤵🏻♂️1908-yil 21-oktyabr - faylasuf, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sulaymon Azimov.
🤵🏻1945-yil 21-oktyabr - aktyor va kinorejissyor, Oskar mukofoti sovrindori Nikita Mixalkov.
🧑🏻🔬1957-yil 21-oktyabr - nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi Volfgang Ketterli.
🤵🏻♀️1986-yil 21-oktyabr - taniqli xonanda, aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Munisa Rizayeva.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1👏1
Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning milliy ruhi, ma’naviy qudrati va tarixiy xotirasini o‘zida mujassam etgan O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Til — millatni millat, xalqni xalq etib birlashtiradigan, avlodlarni bir-biriga bog‘laydigan, o‘tmish saboqlarini kelajak orzulariga tutashtiradigan bebaho ma’naviy boylikdir. Ona tilimiz asrlar davomida xalqimizning tafakkuri, dunyoqarashi, urf-odatlari va ezgu intilishlarini avaylab saqlab, bugungi avlodga yetkazib kelmoqda.
Zero, ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga sadoqat, o‘zlikni anglash va kelajak oldidagi mas’uliyat ifodasidir. Tilimizning ravnaqi yo‘lida qilinadigan har bir ezgu sa’y-harakat millatimiz ma’naviy taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
O‘zbek tilimiz qalblarimizda g‘urur, tafakkurimizda ma’rifat, kelajagimizda taraqqiyot timsoli bo‘lib yashayversin!
✏️ O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2❤1🥰1👏1