ADU.UZ | Rasmiy kanal
15.8K subscribers
49.5K photos
5.49K videos
797 files
22.4K links
✔️Veb-sayt: www.adu.uz
✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Ekozakovat

“EKOZAKOVAT”: EKOLOGIK BILIMLAR BELLAŞUVI

Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat partiya taşkiloti taşabbusi bilan bugun viloyatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoşlari örtasida “EKOZAKOVAT” intellektual turniri ötkazildi.

Mazkur bellaşuv davlatimiz rahbarining “Özbekiston — 2030” strategiyasi doirasida qabul qilingan PF–16-son Farmoni hamda PQ–184-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi asosida taşkil etildi. Tadbirning boş maqsadi — yoşlarning ekologik bilimlarini sinovdan ötkaziş, mustahkamlaş, şuningdek, ularning tabiatga munosabatini ijobiy tomonga özgartiriş orqali ekologik madaniyatini yuksaltirişdan iborat.

Turnirda viloyatdagi oltita davlat va bitta nodavlat oliygohi talabalari iştirok etib, ekologiya, tabiatni asraş, yaşil iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş masalalariga oid savollarga javob berdilar. Iştirokçilar global ekologik muammolar böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirgan holda, ularning yeçimlari yuzasidan ham bahs-munozaralar olib bordilar.


Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi raisi Xurşidbek Yusupov şunday deydi:

— Yoşlarning ekologik madaniyatini şakllantiriş, atrof-muhitni asrab-avaylaş va ekologik muammolarning oldini oliş borasida partiyamiz tomonidan köplab işlar amalga oşirilmoqda. Bugungi turnirda viloyatdagi yettita davlat oliygohi talabalari özaro bellaşib, bilim va dunyoqaraşlarini yana bir bor sinovdan ötkazdilar, — deydi Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi raisi Xurşidbek Yusupov.

Turnir natijalari quyidagiça böldi:

1-örin — Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi;
2-örin — Andijon davlat çet tillari instituti jamoasi;
3-örin — Andijon davlat universiteti jamoasi.


Tadbir davomida ekologik tarbiya va tabiatni asraşga oid tuşunçalar berildi. Yoşlar ekologik mas’uliyatni oşirişda madaniy-ma’rifiy yondaşuvning naqadar muhimligini his qildilar.

Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimizga obuna böling👇


✅Telegram ✅Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Oila va universitet hamkorligi — ta’lim-tarbiya samaradorligining muhim omili

Andijon davlat universitetida yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ma’naviy-axloqiy dunyoqaraşini şakllantiriş hamda ularni zamonaviy bilim va kasbiy könikmalarga ega mutaxassislar etib tarbiyalaş ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda universitet va ota-onalar örtasidagi uzviy hamkorlik, özaro ishonç va mas’uliyatga asoslangan muloqot muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu maqsadda bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Huquq-iqtisod fakultetining 1-bosqiç talabalari ota-onalari iştirokida ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar, ularning universitet hayotiga moslaşuvi va ta’limdagi faolligini oşiriş hamda universitet va ota-onalar hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, öquv jarayonini taşkil etiş, talabalar bilimini baholaş mezonlari va mustaqil ta’limga qöyiladigan talablar yuzasidan ma’lumot berildi. Şuningdek, ota-onalarning farzandlari bilan muntazam muloqotda bölişi, ularning özlaştirişi va muammolaridan xabardor bölib borişi, fakultet rahbariyati hamda tyutorlar bilan hamkorlik qilişi ta’lim-tarbiya samaradorligini oşirişda muhim ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida ota-onalar bilan özaro fikr almaşiş, ularni qiziqtirgan masalalarni muhokama qiliş hamda mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etişga alohida urğu berildi. Bunday muloqotlar ota-onalarning universitet hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytiriş bilan birga, talabalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarni yagona maqsad atrofida birlaştirişga xizmat qiladi.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6⚡1👍1🔥1👏1😁1