Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
2.46K subscribers
1.53K photos
493 videos
4 files
1.13K links
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati rahbarining rasmiy kanali - Официальный канал руководителя пресс-службы Узпромстройбанка. Murojaat uchun/Для обращения @bbozarovbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Bazalt Uzbekistan” klasterida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum boshlandi.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

SQB Yangiliklari
Forwarded from SANOAT QURILISH BANK
🔥 Yangi yaratilgan ish o’rinlari - sizdan, past foizli kreditlar esa - bizdan!

💫 "TADBIRKORGA KO’MAK"
1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha, muddati 5 yilgacha:
500 tadan 1000 tagacha va undan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 8%;
milliy valyutada – yillik 18%;
100 tadan 500 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 11%;
milliy valyutada – 22%;
50 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 11,5%;
milliy valyutada – yillik 23%;
20 tadan 50 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 12%;
milliy valyutada – yillik 24%;
10 tadan 20 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 12,5%;
milliy valyutada – yillik 25%;
5 tadan 10 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 13%;
milliy valyutada – yillik 26%.

📌 Kreditdan foydalanish davrida ish o’rinlari kamaytirilsa - imtiyozli foiz stavkasi tijoriy qiymatga qaytariladi. Yaratilgan ish o’rni bo’yicha ma’lumotlar ish haqqi loyihasi doirasida shakllantiriladi.

📝 Hoziroq arizangizni sqb.uz saytida yoki bankimizning eng yaqin ofisida qoldiring. Batafsil ma’lumot 1180 raqami orqali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zbekneftgaz” AJning komplayens tuzilmalari xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro komplayens yo‘nalishining zamonaviy jihatlari, xususan, moliyaviy sanksiyalar xatarlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shuningdek xalqaro moliya institutlari hamda nobank tashkilotlar faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Bankning sanksiyaviy komplayens yo‘nalishida foydalanilayotgan texnologiyalari bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bazalt - Oʻzbekistonning yangi “oltini”

Jahon bozoriga oʻzining yuqori sifatli oltini bilan dong taratgan Oʻzbekiston zaminidan ahamiyatiga koʻra ushbu qimmatbaho maʼdandan kam boʻlmagan bazalt toshi oʻzimizda qayta ishlanib, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari uchun innovatsion materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Bazalt Uzbekistan” klasterida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllash samaradorligi” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro forum ishtirokchilari ushbu maʼdan hech shubhasiz, Oʻzbekiston oltini singari talabi yuqori mahsulot boʻlishini taʼkidladilar.

SQB Yangiliklari
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 30 апрель, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Кадастр хизматлари юзасидан аҳолидан келиб тушган мурожаатлар
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Неъмат Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: "Ўзсаноатқурилишбанк"АТБ томонидан тадбиркорлар таклифларини ўрганиш, бизнесини ривожлантиришда юзага келаётган муаммоларни ҳал қилиш бўйича амалга оширилаётган ишлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Беҳзод Бозоров, Банк ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallamiz_tadbirkorlari

Halol mehnat ortidan kelgan rohat, bedor tunlar ortidan topilgan halovat. Taqdir sinovlarini imkoniyatlarga aylantira olgan tadbirkor ayol taqdiri.

O’zsanoatqurilishbank Media markazi “Mahallamiz tadbirkorlari” loyihasining navbatdagi sonida shu haqda hikoya qilamiz.

SQB Yangiliklari
O‘zsanoatqurilishbank 15 ta kutubxona barpo etib, foydalanishga topshirdi

Kutubxonalar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ahillik” va “Alisherobod”, Olmazor tumanidagi “Nihol”, Uchtepa tumanidagi “Zargarlik” va “Diyorobod”, Chilonzor tumanidagi “Bo‘shqo‘rg‘on” va “Qatortol”, Shayxontohur tumanidagi “Bog‘ ko‘cha”, Sergeli tumanidagi “Nilufar”, Mirobod tumanidagi “Tong yulduzi”, Yakkasaroy tumanidagi “Belariq”, Yashnobod tumanidagi “O‘qchi olmazor”, Yunusobod tumanidagi “Akbarobod”, G‘ayratiy va Uvaysiy nomli mahallalarda zamonaviy kutubxonalar bunyod etildi.

Kutubxonalar fondi jami 16 ming dona kitobdan iborat. Ularning har biri esa, mingdan ziyod milliy va xorijiy adabiyotlar bilan boyitildi.

Kutubxonalarda, shuningdek, kitoblarni munosib saqlash va bir paytning o‘zida 150 nafar kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 15 nafar kutubxonachi ishga jalb qilindi.
Islomiy moliya tamoyillarini o‘rganish yuzasidan kelishuv imzolandi

III-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 2-may kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida xodimlarni islomiy moliya sohasida malakasini oshirish yuzasidan Kelishuv imzolandi.

Bitimga ko‘ra, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zsanoatqurilishbank xodimlari uchun islomiy moliya asoslari, islomiy moliya qoidalariga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish hamda mijozlar uchun yangi turdagi islomiy xizmatlarni joriy qilishda yo‘nalishlarida o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali ularning malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB: Mahallalarda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar moliyalashtirilmoqda
#6may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Hurmatli mijozlar!

Sizlarga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga murojaat qilishning qulay usulini taqdim etamiz.

✉️ Siz bankimiz ofislarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringiz, shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlariga oid taklif va mulohazalaringizni Raisgamurojaat@sqb.uz elektron pochtasi hamda https://t.me/SQB_Raisgamurojaat_bot manzilidagi maxsus telegram botga yuborishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, anonim hamda mazmuni to‘liq yoritilmagan yoki zarur maʼlumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlarga javob berilmaydi. Xabarni yuborishdan oldin ismingiz, manzilingiz va telefon raqamingiz to‘liq kiritilganligini tekshiring.

____

Уважаемые клиенты!

Воспользуйтесь удобным способом связаться с Председателем Правления АКБ «Узпромстройбанк".

✉️ Направляйте свои отзывы по вопросам качества обслуживания в офисах нашего банка, а также предложения и комментарии о линейке банковских продуктов и услуг на электронную почту Raisgamurojaat@sqb.uz или в телеграм-бот https://t.me/SQB_Raisgamurojaat_bot.

❗️Обращаем внимание, что анонимные или неполные запросы не будут рассмотрены. При отправлении письма обязательно указывайте ваше полное имя, адрес и номер телефона для связи.
Forwarded from SANOAT QURILISH BANK
“O’zsanoatqurilishbank” ATB – “Global savdoni moliyalashtirish dasturi” doirasida Markaziy Osiyodagi eng faol emitent banklaridan biri sifatida e‘tirof qilindi.

Joriy yilning 7-9-may kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida Jahon Banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining “Global savdo hamkorlari tadbiri” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida amalga oshirilgan loyihalar natijasida “Global savdoni moliyalashtirish dasturi” doirasida Markaziy Osiyoda eng faol emitent bank”lardan biri sifatida (“Outstanding GTFP issuing bank, dynamic growth, Central Asia” award) taqdirlandi.

“O‘zsanoatqurilishbank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish hamda kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirganligi natijasida ushbu unvonga sazovor deb topildi.
____

АКБ «Узпромстройбанк» – один из лучших банков-эмитентов Центральной Азии в рамках программы финансирования глобальной торговли.


На прошедшем 7-9 мая т.г. в Барселоне, Испания, Ежегодном Форуме Банков – участников Глобальной программы торгового финансирования IFC (группа Всемирного банка), Узпромстройбанк был удостоен почетной награды "Outstanding GTFP issuing Bank, Dynamic growth, Central Asia award".

Банк получил признание и высокую профессиональную оценку от IFC за успешную реализацию совместных инициатив, направленных на создание новых рабочих мест и повышение уровня доходов населения, посредством финансирования торговли и поддержки малого и среднего бизнеса.
Joriy yilning 18-may kuni Jizzax shahrida O‘zsanoatqurilishbank, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” talabalar III xalqaro anjumani o‘tkaziladi.

Anjuman talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘rik tanlovi shaklida tashkil qilinib, unda, shuningdek, xorijiy turdosh universitetlardan ham yosh olimlar ishtirok etadi.

Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar “Knauf” vа “Basalt Uzbekistan” singari yirik korxonalar xom ashyo va mahsulotlaridan foydalanib zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadi.

Ta’kidlash kerakki, anjumanga qabul qilingan ilmiy tezislar to‘plam shaklida chop etiladi. Unda e’lon qilingan ilmiy ishlarning barchasiga sertifikat taqdim etilib, “Google Scholar” bazasida indekslanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 72-226-40-55, 91-591-42-41, 91-564 82 85, 91-395 14 14.

SQB Yangiliklari
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O`zSanoatQurilishBank» ATB tomonidan mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda
#16may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur