Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
2.18K subscribers
1.6K photos
533 videos
4 files
1.15K links
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati rahbarining rasmiy kanali - Официальный канал руководителя пресс-службы Узпромстройбанка. Murojaat uchun/Для обращения @bbozarovbot
Download Telegram
#presstur

Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan navbatdagi press-tur Andijon viloyatida jinsi matodan 250 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi “Bobur XBK” korxonasiga boʻldi.

Umumiy qiymati 38,8 mln. AQSH dollari boʻlgan ushbu loyiha uchun uzoq vaqt ishlamasdan, tashlandiq holga kelib qolgan bino “nol” qiymatda berilgan edi. Qisqa muddatda bu yerda jinsi matodan erkaklar, ayollar va bolalar uchun 250 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi zamonaviy tikuv fabrikasi paydo boʻldi.

Bugungi kunda fabrika mahsulotlarining 90 foizi “Diromm” brendi asosida Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinadi. 2021-yildan joriy yilning oktyabr oyiga qadar ushbu davlatlarga 2,8 mln. dollarlik mahsulot yetkazib berildi.

Jurnalistlar korxonadagi ish jarayoni, mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan suhbatda boʻlib, rejalari haqida bilib olishdi.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#presstur

Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan navbatdagi press-tur doirasida Bankning Andijon mintaqaviy Bank xizmatlari ofisida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, bank chanaka xizmatlari borasida aholining avtokredit va ipoteka kreditlarga qiziqishi ortgan. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida BXO tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 2021-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda Prezidentimizning 2020-yil 21-oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga koʻra eksportoldi moliyalashtirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar ulushi oʻsgan. Hisobot davrida ushbu koʻrsatkich 1,8 mln. dollarni tashkil etgan.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Joriy yil 14-mart kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari bilan tanishtirish maqsadida Toshkent shahridagi Toshkent metallurgiya zavodiga press-tur tashkil etilmoqda.

Press-turga jurnalistlar va blogerlarni taklif qilamiz.

Ishtirok etish istagida boʻlgan jurnalist va blogerlarni ushbu havola orqali biz bilan bogʻlanishlarini soʻraymiz.

#presstur

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#presstur

O’zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Andijon viloyatida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar “Ko'xna buloq" MChJ negizida tashkil etilgan trikotaj mahsulotlari sanoati va eksporti bilan shug’ullanuvchi korxonada bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Ma’lumotlarga ko’ra, korxona 2016-yilda 20 ta tikuv mashinasi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Hozirga kelib esa unda 560 nafar xodim mehnat qilmoqda. Turkiya va Germaniyadan eng ilg’or uskunalar olib kelib o’rnatilgan. Tayyor mahsulotlar ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda.

Press-tur davomida ishtirokchilar korxonada mehnat qilayotgan xodimlar bilan ham suhbatlashdi. Ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#presstur

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” korxonasiga press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 tonnaga teng, 250 ga yaqin ishchi kuchiga ega. Mahsulotlarning 2,5 mln. dollarlik qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Bu borada Vyetnam, Hindiston, Xitoy va Tojikiston asosiy buyurtmachilar hisoblanadi.

– Tahlillarga koʻra, jahon boʻyicha ipak ishlab chiqarish keyingi besh yilda 15,7 foizga oshgan, respublikamiz esa yetakchi uchlik qatoridan oʻrin olgan, – deydi korxona rahbari Jamol Sayliyev. – Shu bois qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solib korxonamiz faoliyatini muntazam kengaytirib borayapmiz. Bunda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan aylanma mablagʻlarimizni shakllantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar muhim rol oʻynamoqda.

Eslatib o'tamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tizimda ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan mijozlarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 8 turdagi revolver kreditlar taklif etilmoqda.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#presstur #maxsusreportaj

Avval xabar berganimizdek, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” korxonasiga press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 204 tonna ipak momig'i va 617 tonna hom ipak mahsulotini tashkil etadi. Bu jarayonda 250 nafar doimiy, 12,5 ming nafargacha mavsumiy ish o’rinlari yaratilgan. Tayyor mahsulotlarga ayni vaqtda Xitoy, Vyetnam, Turkiya, Eron kabi davlatlar xaridor bo'lib turibdi.

Joriy yil bankimiz mijozi xorijga 9,2 mln. AQSH dollariga teng mahsulotni eksport qilishni reja qilgan.

Bir so'z bilan aytganda, navbatdagi reportajimizda dunyoning 7 xazinasidan biri hisoblangan - ipakchilikni o'ziga kasb qilgan va buning ortidan hozirda yaxshi daromad topayotgan ishbilarmon yurtdoshimiz xususida so'z yuritiladi.

HD formatda ushbu havolada tomosha qiling

SQB Yangiliklari
#presstur

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Zarmed” tibbiyot klasterining Buxoro va Samarqand shaharlaridagi sho‘ba korxonalariga press-tur uyushtirildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘p tarmoqli klinikalar hamda tibbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.

“Zarmed pratiksha hospital group” Samarqand shahrida birinchi tashkil etilgan xususiy klinika. Bugungi kunda mazkur ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Buxoro, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida ham filiallari ishga tushirilgan. 

Ta'kidlash joiz, Prezidentimizning 2021-yil aprel oyida Samarqand shahriga tashrifi davomida “Zarmed pratiksha hospital group” klinikasida bo‘lib, o‘z takliflarini bergan edi. Shunga ko‘ra, 2022-yilda Buxoro shahrida ilk xususiy nodavlat ta’lim muassasasi – “Zarmed” universiteti ishga tushirilib, “Zarmed” tibbiyot klasteriga asos solindi.