Sardor Bazarbaev
4.9K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from 
7-kitob.pdf
1.9 MB
Xalqaro olimpiadalarga tayyorlanish uchun barcha metodlarni o'z ichiga olgan kitoblar yozishni orzu qilardim lekin kitob yozishga vaqtim yetmasdi. Sun'iy intellekt chiqqanidan keyin shu kitoblarni tayyorlashga ketadigan vaqt juda qisqardi va shu imkoniyatdan foydalanib IMOga bosqichma bosqich tayyorlovchi kitoblarni SI yordamida tayyorladim.

Marhamat matematikadan Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorlanish uchun 7 ta kitob.

Kitoblarni qanday tartibda o`qish kerak:

2,3,4,5-kitoblarni parallel boshlash kerak. Shundan keyin 6-7-kitoblar bilan davom ettirish kerak.

Undan tashqari bu kitoblar asosida va boshqa qo'shimchalar bilan IMOga tayyorlanish uchun haftalik darslar ham tashkil qildik (kim qiziqsa @piolympiad kanali orqali barcha ma'lumotlarni olishi mumkin)

Kitoblar nashrga chiqsa, SIdan foydalanilganligi alohida ko'rsatiladi.

@karimraximov
👍13❤1
Forwarded from 
📣1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

8 yoshli Solihjon Qosimov AQSHning Nyu-York shahrida oʻtkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritibdi.

“Innovator” jurnali ilm yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan yosh isteʼdodlarni doimo eʼtibor markazida tutadi. Bu borada bizga Khiso olimpiadalar maktabi muntazam koʻmak berib kelayotgani alohida eʼtiborga loyiq.

Solihjonning matematikaga qiziqishi uch yoshida boshlangan. Toʻrt yoshidayoq qoʻshish va ayirish amallarini, keyinchalik esa koʻpaytirish va boʻlishni mustaqil bajarishni oʻrgangan.

U 2026-yil aprel oyida Avstraliyaning Sidney shahrida, iyul oyida esa AQSHning Nyu-York shahrida oʻtkazilgan xalqaro matematika olimpiadalarida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

“Innovator” jurnalining 2026-yil 5-sonida mitti qahramonimiz va uning matematika olamidagi ilk qadamlari haqida batafsil yoritganmiz.

 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4
Forwarded from 
IMOga tayyorgalik darslari.

Shu paytgacha bo'lgan darslar videolari:

Sonlar nazariyasi (Karim Raximov)
17.10.2026. 1-dars videosi
24.10.2026. 2-dars videosi

Geometriya (Sardor Bazarbayev)
17.10.2026. 1-dars videosi
24.10.2026. 2-dars videosi

Algebra va tengsizliklar (Muhriddin Homidov)
18.10.2026. 1-dars videosi
25.10.2026. 2-dars videosi

Logika va kombinatorika (Farxod Haydarov)
25.10.2026. 1-dars videosi

@piolympiad
👍8🔥5❤3👏2
Forwarded from 
Matematika instituti va AIFU hamkorligidagi Xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorgarlik darslarini davom etadi!

Darslar har hafta shanba va yakshanba kunlari AIFU Qorasaroy binosi (lokatsiya) 309-xonada tashkil etiladi va YouTube da to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qiliandi. Link. Hamma darslarda qatnashishi mumkin va bu tekin.

Hozirgacha bo'lgan darslar videoyozuvlari:

Sonlar nazariyasi (Karim Raximov)
17.10.2026. 1-dars videosi
24.10.2026. 2-dars videosi

Geometriya (Sardor Bazarbayev)
17.10.2026. 1-dars videosi
24.10.2026. 2-dars videosi

Algebra va tengsizliklar (Muhriddin Homidov)
18.10.2026. 1-dars videosi
25.10.2026. 2-dars videosi

Logika va kombinatorika (Farxod Haydarov)
25.10.2026. 1-dars videosi

Bizni kuzatib boring👇

🌐 Rasmiy sayt | 📸 Instagram | 📘 Facebook | ✈️ Telegram
👏6👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IQTIDOR YOSH TANLAMAYDI, U E’TIBOR VA IMKONIYAT TALAB QILADI!

Bugun KHISO maktabimizga qabul uchun 6 yoshli bolakay keldi. U bilan shaxsan suhbatlashdim, bilimini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazdim.

Qizig‘i, bu bolakay yaqinda KHISO matematika olimpiadasida ilk bor qatnashib, 50 ball to‘plagan ekan! Olti yoshli bola uchun bunday natijani juda yaxshi boshlanish deb baholayman.

Ba’zan ota-onalardan shunday savol eshitaman:

«Farzandim endigina birinchi sinfda, hali o‘qishni ham yaxshi bilmaydi. Qanday qilib olimpiadada qatnashadi?»

Menimcha, biz ko‘pincha bolalarning imkoniyatlarini o‘z tasavvurlarimiz bilan cheklab qo‘yamiz.

Shaxsan o‘zimning 4 yoshli farzandim ham kitob o‘qiy oladi. Bu esa bolaga yoshligidan berilgan e’tibor, yaratilgan intellektual muhit va muntazam shug‘ullanish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

Ota-onalar, bobo-buvilarga doimo bir tavsiyani beraman: farzandlaringizni yoshligidan faqat ko‘ngilochar maskanlarga emas, olimpiadalarga, o‘quv markazlariga, kutubxonalarga ham olib boring. Ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiring.

Albatta, bolaga o‘yin ham, hordiq ham zarur. Ammo bolalik faqat ko‘ngilxushlik bilan emas, kashfiyot, izlanish va intellektual rivojlanish bilan ham boyishi kerak.

Ishonchim komil, O‘zbekistonda bunday iqtidorli bolalar minglab topiladi. Bizning vazifamiz — ularni vaqtida kashf etish, qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarish.

Bolaning kelajagiga kiritilgan eng qimmatli sarmoya — uning ta’limi va tarbiyasiga bugun ajratilgan e’tibordir!
👍14❤5
Forwarded from  (Karim Raximov)
🏆 Xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorgarlikni ertadan boshlang!

Matematika instituti va AIFU hamkorligidagi darslar davom etadi.

Navbatdagi darslar: Shanba, 31-oktabr


🔢 Sonlar nazariyasi — Karim Raximov

📐 Geometriya — Sardor Bazarbayev

🕘 Boshlanish vaqti: 09:50

📍 Manzil: AIFU

🎁 Qatnashish mutlaqo bepul!

🎥 Darslar onlayn YouTube’ga qo'yilishi ham rejalashtirilgan.

Matematikaga qiziquvchi do‘stlaringiz va o‘quvchilaringizga ulashing — birgalikda tayyorlanamiz!

👉 @piolympiad
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇦➡️🇩🇪 ÖQUVÇIM MUHAMMADRIZO MAJIDOV

Muhammadrizo eng iqtidorli, mas’uliyatli va mehnatkaş öquvçilarimdan biri edi. 2018-yildan boşlab uni xalqaro olimpiadalarga tayyorladim.

🏆 U köplab xalqaro olimpiadalarda ğolib böldi, respublika fan olimpiadasida 1-örinni oldi, Toronto universitetida grant asosida bakalavrda öqidi. Hozir Berlin matematika maktabida magistraturada tahsil olmoqda.

🤝 EINSTEIN olimpiadasi uçun Berlinga borgan delegatsiyamiz oldiga kelib, yoş ukalariga motivatsiya bergani uçun Muhammadrizoga katta rahmat!

📹 Videoda u biz bilan öqigani, KHISO maktabidagi matematika sifati va olimpiadalarning foydasi haqida gapirdi, EINSTEIN'dagi yutuqlarimizni yuqori baholadi va ertaga bölib ötadigan ATLANTIA olimpiadasida qatnaşişni tavsiya qildi.

📌 1-noyabr:
⚡️09:00 — 5-KHISO Respublika matematika olimpiadasi
🇪🇸 10:30 — ATLANTIA saralaş bosqiçi

⏳ Röyxatdan ötiş BUGUN yopiladi!

📍 Ulgurmasangiz, ertaga joyida röyxatdan ötişingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
Forwarded from 
Isbot loyihamizni (https://isbot.xyz) ancha yangiladik. Ilovalardagi masalalar va testlarni yaxshiladik, yangi materiallar qo‘shdik.

Ayniqsa, yangi Dinamika laboratoriyasi sizga ma'qul kelsa kerak. Unda turli matematik jarayonlarni animatsiyalar orqali kuzatish, ayrim parametrlarni o‘zgartirib, natija qanday o‘zgarishini ko‘rish mumkin.

Masalan, juda kichik o‘zgarish qanday qilib butunlay boshqa natijaga olib kelishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

https://isbot.xyz/dinamika/#lab

Matematika bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman.




@karimraximov
Forwarded from 
SAT ga tayyorlanayotganlar bormi? Unda quyidagi saytdan foydalanib ko'ring agar sayt maqul kelsa, ilovasini ham qilamiz:

sat.isbot.xyz

Sayt sizga yoqadi deb o'ylayman.

@karimraximov
❤3
Forwarded from  (KHISO)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
Forwarded from 
➡️ Xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorgarlik darslari qanday ötmoqda?

🗣️ V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida olimpiadaga tayyorgarlik darslari davom etmoqda. Darslar doirasida KHISO olimpiada maktabi asosçisi Sardor Bazarbayev master-klass ötkazdi!

Geometriya böyiça ikkinchi darsdan bir masala. Öz kuchingizni sinab köring!

ABC uçburçakda (AB ≠ AC) G - medianalar kesişgan nuqtasi, I - içki çizilgan aylana markazi. Agar GI ⊥ BC bölsa, (AB + AC) / BC ni toping.

✍️ Avval özingiz yeçib köring va javobingizni izohlarda yozing. Keyin videoni körib, Sardor Bazarbayevning yeçimi bilan soliştiring.

———

➡️ Как проходят занятия по подготовке к международным математическим олимпиадам?

🗣️ Институт математики имени В.И. Романовского и Университет точных и социальных наук (AIFU) продолжают совместные занятия по подготовке к олимпиадам. В рамках занятий мастер-класс провёл основатель олимпиадной школы KHISO Сардор Базарбаев!

Задача со 2-го занятия по геометрии - проверьте себя:

В треугольнике ABC (AB ≠ AC) G - точка пересечения медиан, I - центр вписанной окружности. Если GI ⊥ BC, найдите (AB + AC) / BC.

✍️ Сначала попробуйте решить сами и напишите ответ в комментариях. Затем посмотрите видео и сравните со решением Сардора Базарбаева.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
👏2❤1