Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Bugungi savollarning yechilish statistikasi!

Bugun bir vaqtda oflayn (Xorazmda) va onlayn (khiso.uz saytimizda) "MATEMATIKA&INGLIZ TILI" maxsus testi o‘tkazilmoqda. Ushbu rasmda Xorazmlik o‘quvchilarning oflayn holatda qatnashib, savollarni yechish statistikasi berilgan. Boshqa hududdan bo‘lgan o‘quvchilar uchun ushbu savollar bilan saytimizda tanishish imkoniyati mavjud. Ko‘ramiz, boshqa o‘quvchilarda ushbu statistika qanday bo‘lar ekan.

Saytimiz orqali ham barcha ishtirokchilar natijasini darhol bilib olishi, oʻzi va ustozlari uchun elektron sertifikat yuklab olishlari (soat 23:00 dan keyin) mumkin. Sertifikatidagi QR kod orqali ular ham video yechimlar bilan tanishishlari mumkin.

Batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/4581
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 4-turida salkam 800 ga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi!


9-iyun kuni Bog‘ot tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadada 775 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

🌟 Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

🔜 5-tur olimpiadasi 21-iyun kuni Yangiariq tumanida matematika va informatika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌟 Bu hafta keyingi turga tayyogarlik olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ RO‘YXATDAN O‘TISH


🚀Olimpiadalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga a’zo boʻlishni unutmang: ➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hokimi olimpiadasi" 5-turi matematika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi!


👩‍💻 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha 20-iyun kuni soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida;
➡️ INFORMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH

➕ 5-6-7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Matematika fanidan 21-iyun kuni soat 8:00 da Yangiariq tuman 29-maktab binosida
➡️ MATEMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH

⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati Informatika uchun 16-iyun kuni soat 23:59, matematika uchun 18-iyun kuni soat 20:00.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tmaganlar olimpiadada qatnasha olmaydi!

🚀 Olimpiada haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun @bazarbaevs va @al_xorazmiy_vorislari telegram kanallarini muntazam kuzatib boring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤1🔥1
Sardor Bazarbaev
"Hokimi olimpiadasi" 5-turi matematika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi! 👩‍💻 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha 20-iyun kuni soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida; ➡️ INFORMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH ➕ 5-6-7-8…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 "Hokim olimpiadasi" standartidagi maxsus olimpiada bo‘lib o‘tdi!


15-iyun kuni Urganch shahrida 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun "MATEMATIKA va KOMBINATORIKA" olimpiadasi o‘tkazildi!

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 11 nafar o‘quvchi 21-iyun kuni Yangiariq tumanida o‘tkaziladigan "HOKIM OLIMPIADASI" da medallar bilan taqdirlanadi.

❗️ Shoshiling, "Hokim olimpiadasi"ning 5-turi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/bazarbaevs/10451

📊 Ushbu olimpiada 2024-yilning 1-yarmi uchun so‘nggi reytingli olimpiada edi va kecha yakuniy reyting e'lon qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3
Sardor Bazarbaev
"Hokimi olimpiadasi" 5-turi matematika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi! 👩‍💻 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha 20-iyun kuni soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida; ➡️ INFORMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH ➕ 5-6-7-8…
Informatika 20.06.2024.pdf
146.2 KB
👨‍💻 Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha "Hokim olimpiadasi" da ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati!


Olimpiada talablaridan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tishning o‘zida maxsus savollar orqali 100 ta o‘quvchi saralab olindi.

📍 Ushbu ro‘yxatdagi o‘quvchilar 20-iyun kuni soat 8:00 dan kech qolmagan holda Urganch shahrida joylashgan Xorazm IT PARK binosiga kelishlari talab etiladi.

⏳ Kech qolgan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan o‘quvchilar olimpiadada qatnasha olishmaydi!

IT olimpiada qanday o‘tkazilishi borasida ushbu 👉 havola 👈dagi video orqali tanishishlari mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, 21-iyun kuni Yangiariq tumanida 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan matematika fani bo‘yicha "HOKIM OLIMPIADASI" ga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Batafsil: t.me/bazarbaevs/10451
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25
Sardor Bazarbaev
"Hokimi olimpiadasi" 5-turi matematika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi! 👩‍💻 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Informatika (Sport dasturlashi) bo‘yicha 20-iyun kuni soat 9:00 da Xorazm IT PARK binosida; ➡️ INFORMATIKA UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH ➕ 5-6-7-8…
21-iyun YANGIARIQ tumani.pdf
362.8 KB
❗️ DIQQAT: Ertaga olimpiada!

Hokim olimpiadasining 5-turiga matematika fanidan jami 450 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!


📆 21-iyun kuni soat 8:00 da Yangiariq tumanidagi 29-maktab maktabida matematika (5-6 va 7-8 sinf) fanidan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning 5-turi o‘tkaziladi!

📍 Lokatiya: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI

❗️ BU MUHIM: Barcha o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Javoblar varaqasini qanday to‘ldirish haqidagi video-yo‘riqnoma bilan tanishing: ➡️ VIDEO-YO‘RIQNOMA

❗️ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kech qolgan o‘quvchilar olimpiadaga qat'iyan kiritilmaydi va natijalari hisobga olinmaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓4 yillik grant, har oy 1 million soʻm stipendiya, noutbuk, zamonaviy fitness zalga bir yillik yoʻllanma… va bu hali hammasi emas

TIFT Universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va KHISO olimpiada maktabi hamkorlikda abituriyentlar uchun mantiqiy matematika boʻyicha katta sovrin jamgʻarmali olimpiadani e’lon qiladi.


🟢Olimpiadaning onlayn saralash bosqichi 21-22-23 iyun kunlari maxsus platformada  oʻtkaziladi.

🔵Saralangan ishtirokchilar iyul oyida TIFT Universiteti binosida oflayn olimpiadada ishtirok etadi.

🏆Gʻolib va ishtirokchilarni boshqa koʻplab sovgʻalar kutmoqda. Batafsil videoda tanishing!

🚀 Hoziroq roʻyxatdan oʻting  ➡️
@tiftolympiad_bot
👍19🔥4👏1
Sardor Bazarbaev
21-iyun YANGIARIQ tumani.pdf
7-8 matematika Yangiariq.pdf
96.4 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi"da 5-tur natijalarini e'lon qilamiz!

Yangi mavsumning 5-olimpiadasi Yangiariq tumanida o‘tkazildi va unda 300 ga yaqin o‘quvchi qatnashadi!

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Keyingi tur avgust oyida Xonqa tumanida tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maxsus qisqartmalar ma’nosi:

TJS - toʻgʻri javoblar soni;
NJS - notoʻgʻri javoblar soni;
BJS - belgilanmagan javoblar soni.
👍36🤩4
Talabalar olimpiadasi final natijalari.pdf
96.8 KB
Talabalar olimpiadasining final bosqichi natijalari e’lon qilindi!

Taqdirlash marosimi 28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida boʻlib oʻtadi. 6 nafar gʻolib talaba shaxsan vazir tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadi.
👍20🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TIFT Universiteti xususiy OTMlar ichida «Matematika» ta'lim yo‘nalishi mavjud yagona universitet hisoblanadi.

Universitet talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, Oliy nishon - “Oltin yulduz” medali sohibi - O‘zbekiston qahramoni, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich va institut ilmiy xodimlari o’rtasida "Zamonaviy algebra va uning tadbirlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda akademik olimlardan matematika sohasining dunyo bo'ylab dolzarblashayotgani, raqamlashayotgan jamiyat matematikaning ahamiyati haqida muhim ma’lumot va maslahatlar berildi.

TIFT Universiteti talabasi bo‘ling va o‘z sohasining yetuk olimlaridan dars oling.

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️
Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz!

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oxirigacha_oʻqing #shaxsiy_namuna #kitobxonlik

Prezident tashubbusini shaxsiy namuna bilan davom ettirgan tanlov!


O‘zim matematik bo‘lganim uchun emas, hayotimda juda ko‘p saxiy matematiklar uchratganim uchun ham "matematiklardan yomon odam chiqmaydi" deyman. Mana shunday saxiy insonlardan biri - Bekzod aka To‘xtasinov bo‘ladilar. Yanvarda ustozim Karim Rahimov va Bekzod aka bilan uchrashganimizda "qarindoshlarim o‘rtasida kitobxonlik tanlovini tashkil qildim" deganlarida qoyil qolgandim. Sizga ulashayotgan videoni ko‘rganimdan keyin, to‘g‘risi hayratlandim va havas qildim.

Bekzod aka o‘qituvchilarning farzandi hisoblanadi. Rahmatlik otalari Soliyev Ilhomjon matematika fani o‘qituvchisi bo‘lganlar. Ularning otalari Soliyev To‘xtasin - boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi. Ya’ni, o‘qituvchining nevarasi. Onalari Soliyeva Faridaxon hozirda nafaqadalar. 30 yildan ortiq chet tili fanlaridan dars berganlar. Do‘stlik ordeni va "Xalq ta’lim a’lochisi" ko‘krak nishoni sohibasilar. Ularning otalari Qayumov Abdurahmon savdogar bo‘lganlar. Bugungi kunda Abdurahmon va To‘xtasin buvalarning 100 dan ortiq chevaralari bo‘lib, maktab yoshidagi 50 dan ortiq chevara mavjud.


Yoshlarni kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va Ikki avlod hamjihatligini mustahkamlash maqsadida 2024-yil yanvar oyida Faridaxon buvi tashabbusi bilan #kitobxonlik_tanlovi e’lon qilindi. Tanlov shartiga ko‘ra har bir o‘quvchi bir oy mobaynida bitta kitob tanlab o‘qishi kerak edi. 5 oy mobaynida 42 nafar o‘quvchi 300 dan ortiq kitob o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanlov qat’iy nizom asosida tashkil qilinib, yoshlar har oy o‘qigan kitoblarni oldindan belgilangan tartib asosida hay’at a’zolariga taqdim qilib borishdi. Natijalarga bag‘ishlangan tantana 23-iyun kuni Soliyev Ilhomjon ustozning xonadonida tashkil etildi. Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

To‘g‘risi, havas qildim. Agar hammamiz kitobga, ilmga Bekzod akadek shaxsiy namuna bilan munosabatda bo‘lsak tezroq buyuk davlatga aylanamiz. Shu o‘rinda, Bekzod aka va ularni tarbiyalagan insonlarga rahmat. Men uchun eng yaxshi e’tirof "otangga rahmat". Bekzod aka otangizga rahmat!
👍68🔥13🥰7👏2🎉2
13-iyul kuni Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yoshlar ishlari agentligi hamda KHISO akademiyasi bilan hamkorlikda "TIFT Math" mantiqiy matematika olimpiadasining final bosqichi o'tkazildi.

Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi. Saralash bosqichida 5000 ga yaqin abituriyentlar ishtirok etgan bo'lsa, final bosqichiga 500 nafar ishtirokchi yetib keldi va universitet binosida maxsus imtihon orqali olimpiada g'oliblari aniqlandi.

G'olib va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shoxrux Daliyev, Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston qahramoni, akademik Shavkat Ayupov, Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o’rinbosari Dilnoza Kattaxonova tomonidan taqdirlanishdi.

Go'liblar TIFT Universitetida o'qish uchun 4 yillik grant, 10 mln. so'mgacha rektor stipendiyasi, 2 mln. so'mlik ta'lim uchun vaucheri, zamonaviy fitnes zalga 1 yillik abonoment va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🎓 TIFT - Farovon kelajakka yetaklaymiz!

———————
Yangi o'quv yili uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

Ta'lim yo'nalishlari
HEMISni tekshirish (212 (516))
Litsenziya (№216331, 03.11.2022)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1