Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
7-dekabr Shovot tumani.pdf
5-6 sinf matematika (Shovot tumani-237).pdf
264 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi"da 13-turining matematika fani bo‘yicha natijalarini e'lon qilamiz!


Bu safargi olimpiada ustozimning yurti - Shovot tumanida o‘tkazildi va unda 384 nafar o‘quvchi qatnashadi!

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi. Pul mukofotlari 2024-yil davomida beriladi.

🖥 Ushbu turning Informatika bo‘yicha qismi onlayn (saralash) va 21-dekabrda oflayn tarzda XORAZM IT PARK binosida o‘tkaziladi. Bu haqida tez orada e'lon beramiz.


Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish
➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥4❤1
Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi” ikki bosqichda oʻtkaziladi!


Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining 7-8 sinf oʻquvchilari uchun informatika (sport dasturlashi) boʻyicha olimpiada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda ikki bosqichda: onlayn (9-dekabr) va oflayn (21-dekabr) tarzda oʻtkaziladi.

🔘 Onlayn bosqichi robocontest.uz platformasida 9-dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Unda saralangan 80 nafar oʻquvchi 21-dekabr kuni Xorazm IT park binosida oflayn tarzda ishtirok etishadi.

Gʻoliblar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!


➡️ Roʻyxatdan oʻtish: ➡️ https://shorturl.at/0UHIP

🚀
Olimpiada haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun @bazarbaevs telegram kanalini muntazam kuzatib boring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥3❤1🎉1
Sardor Bazarbaev
Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi” ikki bosqichda oʻtkaziladi! Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining 7-8 sinf oʻquvchilari uchun informatika (sport dasturlashi) boʻyicha olimpiada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda…
Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi”ning onlayn saralash bosqichi boshlandi!


⌛ Hoziroq ushbu havola orqali olimpiadaga qoʻshiling: ➡️ https://shorturl.at/0UHIP

Saralashdan oʻtib, oflayn bosqichida gʻolib boʻlganlar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!


❗️ Olimpiadada faqatgina 7-8 sinf oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

📊 Onlayn natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishib borishingiz mumkin: ➡️ ONLAYN NATIJALAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
Sardor Bazarbaev
Sport dasturlashi boʻyicha “Hokim olimpiadasi” ikki bosqichda oʻtkaziladi! Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining 7-8 sinf oʻquvchilari uchun informatika (sport dasturlashi) boʻyicha olimpiada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda…
Informatika saralash bosqichi.pdf
472.9 KB
Saralashning dastlabki natijalarini e’lon qilamiz!


Dastlabki natijalarga koʻra 73 nafar oʻquvchi Informatika (sport dasturlashi) boʻyicha “Hokim olimpiadasi” 13-turida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

❗️ Ushbu roʻyxatdagi oʻquvchilar 1 kun muddatda robocontest.uz platformasidagi shaxsiy kabinetidagi ma’lumotlarini toʻldirishlari talab etiladi. Ya’ni, ism-familiya-sharif, telefon raqam, maktab va sinf.

Masalan: Bozorboyev Sardor Urinboyevich, Gurlan tuman 40-maktab 8-sinf oʻquvchisi, +998**-***-**-**.


❌ Turli taxalluslar (masalan xaker, programmist va hakazo) yoki toʻliq boʻlmagan ismli nomzodlar oflayn olimpiadaga chaqirilmaydi.

📱 Telefon raqamga sms-xabarnoma joʻnatilishini inobatga olib, aniq ishlaydigan raqam yozish talab etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Taqdirlash marosimi va taqdimot oʻtkazild!

Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.


🥇 1-dekabr kuni oʻtkazilgan olimpiadada gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Matematika va muvaffaqiyat” mavzusida taqdimot oʻtkazildi. Faol qatnashganlarga muallif imzosi bilan kitoblar sovgʻa qilindi.

🥇 Eslatib o‘tamiz, g‘olib va yuqori natijali o‘quvchilar "Yozgi maktab-2025" da bepul qatnashish yo‘llanmasini ham olishlari mumkin. Buning uchun muntazam ravishda reyting ballarini oshirib borishi kerak.


🏆 Keyingi (yilning eng soʻnggi) reytingli oflayn olimpiadasi yakshanba kuni (15-dekabrda) o‘tkaziladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/832

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz!

📷 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥7
Xalqaro olimpiada gʻoliblarini kutib oldik.


Kuni kecha 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida yurtimiz oʻquvchilari muvaffaqiyati haqida yozgan edik. Bugun tongda Toshkent xalqaro aeraportida ularni kutib oldik.

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri boʻlib, gʻoliblar va ularning oʻqituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


😎 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍19🤩7❤2
Ustozimiz, akademik Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Shavkat Abdullayevich Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimiga tasdiqlandi.

Ustozimiz matematikaning, ayniqsa yosh matematiklarning eng katta qo‘llovchisi hisoblanadi. Bizning har bir loyihamizda dastak berganlar. Hatto "Yozgi maktab-2024" doirasida O‘zbekiston Qahramoni, senator, akademik Shavkat Abdullayevichga atab "valyuta" joriy etganmiz. Ustoz ushbu yangiligimizni juda iliq qarashilagandilar.


Fursatdan foydalanib ustozimizni yangi mas'uliyat bilan tabriklaymiz. Mustahkam sog‘lik va ilm-fan uchun katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👍47🎉4❤3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning so‘nggi 13-turi Shovot tumanida yuqori saviyada o‘tkazildi!


📆 7-dekabr kuni Shovot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab internatida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) fanidan o‘tkazilgan olimpiada jami 384 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

🖥 Ushbu turning Informatika (sport dasturlashi) bo‘yicha olimpiadasi 21-dekabr kuni soat 9:30 da XORAZM IT PARK binosida o‘tkaziladi. Unda saralash bosqichidan o‘tgan 73 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


🌟 Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

🚀Olimpiadalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga a’zo boʻlishni unutmang: ➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport dasturlashi bo‘yicha "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning so‘nggi turi o‘tkazildi!


📆 21-dekabr kuni Xorazm IT PARK binosida Informatika (Sport dasturlashi) olimpiadasi o‘tkazildi.

📊 Umumiy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: ➡️ NATIJALAR

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


🌟 Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

🖼 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

🚀Olimpiadalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga a’zo boʻlishni unutmang: ➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
SAT nima oʻzi va unga qanday tayyorlanish kerak?


Kuni kecha bitta hamyurtimiz SAT boʻyicha maksimal 1600 (100%) ballik natijaga erishdi. Endi u dunyoning top universitetlariga grant yutishi mumkin.

SAT nimaligi va unda yuqori natijaga qanday erishish haqida shogirdim Ismoil Poʻlatov 5 kunlik bepul intensiv tashkillashtirayotgan ekan.

Yaxshilikni tavsiya qilish, uni qilish kabi savoblidir.


Demak tavsiya qilaman: ➡️ https://t.me/sat_math_bukhara/217
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3👏1🎉1
Bugun hisob boʻyicha 2024-yil tugab, 2025-yilga oʻtadi.

2025 sonining matematik tomondan chiroyli xossalari bor. Shunday ekan ilm-fan uchun, ayniqsa matematiklar uchun zafarli yil boʻlsin.


Quyida ba’zi xossalarini yozaman:

▪️ (1+2+…+9)^2=2025

▪️ (20+25)^2=2025 (bundan keyingisi 1000 yildan keyin keladi)

▪️ 1^3+2^3+…+9^3=2025

▪️ 45^2=2025 (toʻla kvadrat)

▪️403+404+405+406+407=2025 (ketma-ket kelgan sonlar
yigʻindisi sifatida ifodalanadigan - polit son)

▪️ Ikkita toʻla kvadrat yigʻindisi koʻrinishida yagona usulda ifodalanadi: 27^2+36^2=2025


Siz yana qanday xossalarini bilasiz?

📱 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥4❤3🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun - yil yakuni oʻziga xos sarhisob va yangi maqsadlar qoʻyish kuni desak boʻladi.

2024-yilda biz jamoamiz bilan 5 ta kitob nashr etdik. 200 dan ortiq onlayn, 50 dan ortiq oflayn olimpiadalar oʻtkazdik. Shulardan 1 tasi xalqaro, 10 ga yaqini respublika miqiyosida. Shuningdek, eng katta orzularimizdan boʻlgan va iqtidorlarni kash etishni maqsad qilgan maktabimiz tamal toshlarini qoʻydik. Bu loyihalarimizni qoʻllab quvvatlagan insonlar, xususan Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Abdullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirot Avazimbetovich, TIFT universiteti asoschi Azizbek Xatamovich, Turin Politexnika universiteti rektori Olimjon Alijanovich, har doim maslahatgoʻy ustozim Karim Rahimov va albatta siz aziz xalqimiz.

2025 soni haqida biroz oldin post qoldirdim, chiroyli matematik xossalarga ega. Shunday ekan, bu yil ilm-fan uchun zafarli yil boʻlishini tilayman. Biz ham bu yilda loyihalarimizni sifat va koʻlam borasida yangi bosqichga olib chiqishni reja qilganmiz. Nasib qilsa geografiyamiz yanada kengayadi. Bu yildan olimpiadalarimiz bir vaqtda Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida oʻtkaziladi. Maktabimiz toʻliq ish faoliyatini boshlaydi.

Yangi yilda ham biz bilan boʻling, keling birgalikda katta marralarga erishamiz.

Hurmat bilan Sardor Bozorboyev!
👏32👍19🔥4🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Geografiyamiz kengaydi: Bu safar Buxoroda ham #khiso_olimpiadasi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, Toshkent shahar va Xorazm viloyatida tizimli ravishda #khiso_olimpiadasi yoʻlga qoʻyilgan edi. Maxsus reyting tizimi yuritilib, yuqori natija egalari “Yozgi maktab”da bepul qatnashish (yotoqxona, ovqatlanish, darslar va sovgʻalar) imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Masalan, oʻtgan mavsumda har bir ishtirokchi maxsus nashr etilgan kitob bilan, gʻoliblar esa qimmatbaho sovgʻalar (planshet, telefon va boshqa) bilan taqdirlandi.

Koʻplab murojaatlardan keyin, Buxoro viloyatida ham olimpiadalarimizni yoʻlga qoʻydik. Oldinroq Gʻijduvon tumani hokimi tashabbusi bilan “Buxoro ochiq olimpiadasi”ni birgalikda oʻtkazgan edik. Aynan shu sabab bu safar ham olimpiadamizning manzilini Gʻijduvon qilib belgiladik. Yakshanba kuni oʻtkazilgan olimpiadamizni shaxsan hokim - Sherzod Raximovichning oʻzlari kelib ochib berib, xatto savollarni ota-onalarga tahlil qilib beribdilar. Bu tanlovimiz toʻgʻri ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Mana shunday hokimlar koʻpaysin.

Darvoqe, nasib qilsa keyingi (19-yanvar) olimpiadamizga dunyo gavhari - Samarqand shahar ham qoʻshiladi.
👍20🔥2🎉2
Super finalda g‘oliblar "g‘olibi" aniqlanadi!

Xabaringiz bor, 2025-yilda oflayn olimpiadalar o‘tkaziladigan hududlar qatoriga Buxoro viloyati qo‘shilgan edi. Bu safar (19-yanvar) dan boshlab Samarqand ham qo‘shiladi. O‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qilib, o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni aniqladik. Bundan keyin har bir olimpiadadan keyin xuddi shunday eng kuchlilarni aniqlab, "super final"chilar ro‘yxatini kengaytirib boramiz. 5-yanvarda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra jami 12 nafar (7 ta Xorazmdan, 4 ta Toshkentdan va 1 ta Buxorodan) o‘quvchi "super final" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Super final" olimpiadasi "Yozgi maktab" boshlanishidan 2 kun oldin o‘tkaziladi va uning ochilishi marosimida taqdirlanishadi. Shuningdek, ular "Yozgi maktab" finalida ham qatnashishlari mumkin. "Super final"ga yo‘llanma olgan va kelib qatnashgan o‘quvchilarning barchasi taqdirlanadi. G‘oliblarini esa katta mukofotlar kutmoqda.

Super finalni noodatiyroq o‘tkazishni o‘ylayapmiz. Masalan testdan tashqari "yozma ish" savollari, katta sinflar o‘quvchilariga biror mavzuni 10 daqiqada tushuntirib berish kabi qo‘shimcha shartlar kiritish. Siz bunga nima deysiz?


Navbatdagi olimpiadamiz Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi. Unda navbatdagi "super finalchi"lar aniqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4753
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35❤3👏1
Sardor Bazarbaev
Super finalda g‘oliblar "g‘olibi" aniqlanadi! Xabaringiz bor, 2025-yilda oflayn olimpiadalar o‘tkaziladigan hududlar qatoriga Buxoro viloyati qo‘shilgan edi. Bu safar (19-yanvar) dan boshlab Samarqand ham qo‘shiladi. O‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qilib…
Super finalchilar safi kengaydi (+9*)

Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 2 ta olimpiadadan keyin jami 20 ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 13 tasi Xorazm, 6 tasi Toshkent shahar va 1 tasi Buxoro viloyatidan. Nasib qilsa keyingi olimpiadalarda Samarqanddan ham "super finalchi" chiqishiga umid qilamiz.

Boshqa hududlardan ham ishonchli, mas'uliyatli va olimpiadalar tashkil qilishda tajribasi bor hamkorlar bilan muzokaraga ochiqmiz.


Darvoqe kechagi oflayn olimpiadalarimizda jami 893 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

❗️ Buxorodagi olimpiadamiz natijasi (364 ta): ➡️ t.me/khiso_bukhara/75

❗️ Samarqanddagi olimpiadamiz natijasi (92 ta): ➡️ t.me/khiso_samarkand/26

❗️ Toshkentdagi olimpiadamiz natijasi (137 ta): ➡️ t.me/khiso/4759

❗️ Xorazmdagi olimpiadamiz natijasi (300 ta): ➡️ t.me/khiso_khorezm/945
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥4❤2👏2🥰1
Sardor Bazarbaev
Super finalchilar safi kengaydi (+9*) Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent…
😀Yana 8* nafar o‘quvchi "Super finalchi" ga aylandi!


➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman: ➡️ t.me/khiso/4770

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 3 ta olimpiadadan keyin jami 26 ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 15 tasi Xorazm, 9 tasi Toshkent shahar va 2 tasi Buxoro viloyatidan. Hozircha Samarqanddan "super finalchi" aniqlanmadi.

🔄 Hozirda olimpiadalarimizni Jizzax va Navoiy viloyatida ham yo‘lga qo‘yishga yaqin turibmiz.

Boshqa hududlardan ham ishonchli, mas'uliyatli va olimpiadalar tashkil qilishda tajribasi bor hamkorlar bilan muzokaraga ochiqmiz.


🤩 Darvoqe yakshanbadagi oflayn olimpiadalarimizda jami 1054 nafar (oldingidan 71 taga ortiq) o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

❗️ Buxorodagi olimpiadamiz natijasi (490 ta): ➡️ t.me/khiso_bukhara/136

❗️ Samarqanddagi olimpiadamiz natijasi (93 ta): ➡️ t.me/khiso_samarkand/53

❗️ Toshkentdagi olimpiadamiz natijasi (225 ta): ➡️ t.me/khiso/4775

❗️ Xorazmdagi olimpiadamiz natijasi (246 ta): ➡️ t.me/khiso_khorezm/989
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5🎉1
Endi nufuzli xalqaro olimpiadalarda oltin medal olgan oʻquvchilar 850.000.000 soʻm pul mukofoti olishi mumkin!


Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvda ushbu yangilikni aytib oʻtdilar. Albatta, buning uchun yoshlikdanoq olimpiada muhitida yashash kerak. Ayni shu sababdan 2020-yildanoq biz respublikada ilk mart xatto 1-sinf oʻquvchilari ham qatnasha oladigan olimpiadalarni yoʻlga qoʻyganmiz.

😀 Nasib qilsa navbatdagi olimpiadamiz 23-fevral kuni Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Jizzax ( 🆕) viloyatlarida oʻtkaziladi.

Yangi olimpiada e’loni tez orada e’lon qilinadi, bizdan uzoqlashmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🎉3❤2🔥2🤩1
Yoshlar uchun eng muhim so‘ngi yangiliklar va imkoniyatlar – barchasi bir joyda!

🚀 Bepul kurslar;
🎓 Ta’lim loyihalari;
💼 Ish va subsidiya imkoniyatlari;
⭐️ Forum va tadbirlar.

Hammasidan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz, Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram kanaliga hoziroq qo‘shiling!

👇👇👇👇👇
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1
🎓 TIFT universiteti Ozarboyjonning eng nufuzli universitetlaridan AzTU bilan hamkorlik qiladi!


🇺🇿 #uzbekistan 🇦🇿 #azerbayjan

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiya universiteti
rektori Azizxon Nodirov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjonga tashrifi doirasida Ozarbayjon texnika universitetiga (AzTU) tashrif buyurdi.

Universitet jamoasi AzTU rektori Viloyat Valiyev va universitet vakillari bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Uchrashuv davomida universitetlar o'rtasida tegishli sohalarda hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, iqtisodiyot va menejment yo'nalishlari bo'yicha qo'shma dasturlarni ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqotlar o'tkazish bo'yicha fikr almashildi.

✍️ Uchrashuv yakunida AzTU va Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiya universiteti o'rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1🤩1
Forwarded from KHISO maktabi (Jamoliddin)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💵 Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari 72 ming $ pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

📌 Yurtimizda ilm-fanni rivojlantirish va yoshlarimizning mehnatini munosib qadrlash maqsadida, yurtboshimiz tashabbusi bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofot miqdori deyarli 1 milliard so‘mgacha oshirildi. Ushbu qaror yoshlarimizning ilmga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirishiga ishonamiz!


😀 KHISO maktabida aynan Prezidentimiz ta’kidlagan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari dars berishadi. Chempion ustozlardan ta’lim oling va siz ham chempion bo‘ling!

‼️ Maktabimizga qabul davom etmoqda!

Ro'yxatdan o'tish uchun👇🏻
☎️ 78-777-77-99

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15👍6🔥6