Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Juda yaxshi fikr bo‘libdi shu gap.

@domlajon
t.me/domlajon
🔥42👍12❤9
#Olimpiadachi_kundaligi
#Foydali

FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR


❗️Fan olimpiadalariga tayyorlanish — bu sabr, mehnat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni talab qiladigan jarayon.

⚡️ Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi qishki ta'til davomida sizlarga ijtimoiy tarmoqlarda bepul va samarali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan olimpiadalarga oid ba’zi platformalarni taqdim etadi!

Matematika fanidan:
1️⃣ Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS) — olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan.
2️⃣ Coursera – www.coursera.org — Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.

Fizika fanidan:
1️⃣ PhO - https://pho.rs/ — Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma,
2️⃣Physolymp — https://physolymp.com/ — Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga mustaqil tayyorgarlik ko'rish uchun,
3️⃣Phet — https://phet.colorado.edu/ — fizikadagi masalalarni visual tasavvur qilish uchun

Kimyo fanidan:
1️⃣ ChemCollective – www.chemcollective.org — Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar jamlanmasi.
2️⃣ Royal Society of Chemistry – www.rsc.org/learn-chemistry — Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari (“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!)

Biologiya fanidan:
1️⃣LibreTexts — https://bio.libretexts.org/ — Biologiya fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun
2️⃣Microbe Notes — https://microbenotes.com/ — Biologiya fanidan amaliy bilimlarni chuqurlashtirish uchun

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1️⃣CSES — ​CSES.fi — Standart algoritmlarni mustahkamlash uchun 300 ta eng saralangan masala to‘plami.
2️⃣​Robocontest — Robocontest.uz — O‘zbek tilidagi eng katta baza. Milliy olimpiadalarga tayyorlanish uchun ayni muddao.
3️⃣Algorithms for Competitive Programming — ​CP-Algorithms.com — Algoritmlar nazariyasi bo‘yicha eng chuqur ma'lumotlar bazasi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥5
Forwarded from Fikrat
📍 Xorazm viloyati, Urganch shahrida jonli uchrashuv

🗓 2026-yil 17-yanvar
⏱️ Soat 14:00

🎙 Jonli ilmiy-ma’rifiy uchrashuv

📌 Mavzu:

💡 “Al-Xorazmiy Izidan: Ilm, Tarix va Siyosat”

👥 Ishtirok etuvchi ekspertlar:

Hamid Sodiq — siyosatshunos

Bektosh Berdiyev — siyosatshunos

G‘aybulla Boboyorov — tarixchi

Karim Rahimov — matematik

Sardor Bazarbaev — matematik

🔹 Tadbir davomida:

Tomoshabinlar bevosita savollar berish va fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilmiy va ma’rifiy kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Mualliflardan dastxat olish imkoniyati bo'ladi.

📩 Bog‘lanish uchun:
👉 @nurbekgofurov
👍14❤8🤩6
Shogirdlarimdan yana biri telegram kanal ochibdi…

Oʻquvchiligida ham, oʻqituvchiligida ham koʻplab olimpiadalarda gʻolib boʻlgan shogirdim, Sobirov Dilmurod oʻz telegram kanalini ochibdi. Unda turli yutuqli savollar bilan birgalikda, oʻz tajribasi bilan boʻlishib bormoqchi ekan.

1-yutuqli savolni e’lon qilishga ham ulguribdi. 10:00 gacha vaqt berilgan ekan, shunga tun boʻlsa ham post yozib qoʻyaverdim.

Uning kanaliga oʻting va yutuqli savolga oʻz yechimingizni yuboring: ➡️ https://t.me/sobirovdilmurod_math/8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ERTAGA

📍 Xorazm viloyati, Urganch shahrida jonli uchrashuv

🗓 2026-yil 17-yanvar
⏱️ Soat 14:00

🎙 Jonli ilmiy-ma’rifiy uchrashuv

📌 Mavzu:

💡 “Al-Xorazmiy Izidan: Ilm, Tarix va Siyosat”

👥 Ishtirok etuvchi ekspertlar:

Hamid Sodiq — siyosatshunos

Bektosh Berdiyev — siyosatshunos

G‘aybulla Boboyorov — tarixchi

Karim Rahimov — matematik

Sardor Bazarbaev — matematik

🔹 Tadbir davomida:

Tomoshabinlar bevosita savollar berish va fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilmiy va ma’rifiy kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Mualliflardan dastxat olish imkoniyati bo'ladi.

📩 Bog‘lanish uchun:
👉 @nurbekgofurov
🔥9❤6
Amity University Tashkent and Khwarizmi international school of olympiads sign an MOU

🗣 An Memorandum of Understanding (MOU) has been signed between Amity University in Tashkent and KHISO School. This agreement is aimed at establishing long-term cooperation in the field of education, improving the quality of the learning process, and creating new academic opportunities for students and pupils.

Within the framework of the cooperation:
• joint academic initiatives and exchange of experience;
• organization of seminars and training sessions;
• implementation of innovative approaches in the educational process are planned.


🔺This MOU strengthens the strategic partnership between the two institutions and expands access to education aligned with international standards for young people.

🇺🇿O'zbek tilida

😜Telegram 😂Facebook 😀Instagram 😅Youtube 😃Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5
Forwarded from Fikrat
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Al-Xorazmiy va algebra: tenglamalarning ilmiy inqilobi

Ekspertimiz: (DSc) Karim Rahimov

Tomosha qiling ➡️ https://youtube.com/live/hErkGGtgNlw?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Shogirdlarim yana bir bor yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi! 🇺🇿✨

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan OTM talabalari o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasida shogirdlarim:

🥇 Ahadov Abdushukur — oltin medal
🥈 Abdullayev Salimxo‘ja — kumush medal


natijalarini qo‘lga kiritishdi!

Ular ushbu olimpiadada TIFT universiteti talabalari sifatida ishtirok etishdi.

Ammo bu hali hammasi emas. Jamoaviy hisobda ham mutlaq g‘alaba qozonib,🏆 SUPERKUBOK sohibiga aylanishdi!

Eslatib o‘tamiz, ular yaqinda Rossiyada bo‘lib o‘tgan 🇷🇺 RUDN Math Olymp – 2025 musobaqasida ham 🥇oltin va 🥈 kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.

Bu yutuqlar — mehnat, ishonch va to‘g‘ri yo‘lning mevasi! 💪📚

Shu o‘rinda TIFT universiteti ta’sischisi Azizbek Xotamovichga iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, matematika loyihalarini rivojlantirish va yoshlar kelajagiga bo‘lgan katta e’tibori uchun chuqur minnatdorlik bildiraman! 🙏

🎓 Ma’lumot uchun, TIFT - matematika yoʻnalishi bakalavr va magistrda ham mavjud boʻlgan yagona nodavlat universitet hisoblanadi.


👏 Tabriklaymiz chempionlarimizni!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏22👍19❤2
Xabaringiz bor, hozir biz Indoneziya davlati, Bali orollaridamiz. 20 kishilik delegat bilan Komodo olimpiadasining final bosqichi uchun kelganmiz.

“Piar” qilishga uncha usta emasman, lekin sayohat va finaldan lavhalarni KHISO kanalimizning izohlar guruhida ulashib bormoqdaman. Kimga qiziq boʻlsa guruhga oʻtib, koʻrishlari mumkin.

Havas qiling, keyingi olimpiadalarda sizning ham farzandingiz kelsin.

Shu oʻrinda 8-fevralda xalqaro IMEC (matematika) va xalqaro JSEO (ingliz tili) olimpiadalari boʻlishini eslatib oʻtmoqchiman. Uning finali zamonaviy dunyoning “yetti moʻjizasi”dan biri joylashgan Sidney (Avstraliya) shahrida oʻtkaziladi.
👍17❤7🔥2🤩1
Ustozlik shunday martabaki, hammani ham dildan ustoz deya olmaysan.


Men eng baxtli odamlardanman, sababi dildan ustoz deb bilgan ustozlarim juda koʻp. Shunday ulugʻ ustozlarimdan biri professor Gulmirza Xudoyberganov.

Ustozimning qutlugʻ tavalludi munosabati bilan UzA nashriyotida maqola chiqibdi.

https://uza.uz/posts/813735
👍11❤7
🗣Komodo xalqaro matematika olimpiadasi g'oliblari kutib olindi

🇺🇿Olimpiadaning final bosqichi 29-yanvardan 5-fevralga qadar Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada O'zbekiston terma jamoasi tarkibidagi 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan 11 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.

🥇Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilarimiz 3 ta oltin medal, 3 ta kumush medal, 2 ta bronza medal, 2 ta Honorable mention medali bilan Vatanga qaytdilar.

⚡️4-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyaning Bali orolida o'tgan Komodo xalqaro matematika olimpiadasi g'oliblari tantanali ravishda kutib olindi.

🇺🇿 Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram  Instagram  Facebook  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏22👍12🔥9