Sardor Bazarbaev
4.9K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from KUNTESTI |Rasmiy kanal
kuntesti 1-15 avgust reytingi.pdf
234.6 KB
🌌 Xayrli kun aziz oʻquvchilar va hurmatli ota-onalar, ustozlar!

❓Koʻpchilik har oyni reytingi qanday aniqlanishi haqida savol berishmoqda!

❗️Har oyni reytingi faqatgina shu oyda toʻplangan ochkolar boʻyivha aniqlanadi va bu qanday amalga oshirilishini oldin tushuntirganmiz (https://t.me/kuntesti/159).

⬆️Yuqoridagi faylda 15-avgust 23:00 holatiga koʻra har bir sinf kesimida top-15 talikdagi oʻquvchilarning aynan avgust oyida toʻplagan ballari keltirilgan!

🔥Kurash qizgʻin pallaga keldi, yana faol boʻling:)
⚡️ Yozning soʻnggi haftasida bellashing va gʻolib boʻling!

🤩 Omadli haftada omadingizni va bilimingizni sinang!

🗓 22-avgustdan 28-avgustgacha Oʻzbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan bepul olimpiadalar marafonida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

✅ Olimpiadalarda ishtirok qilish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting!

🏆 Har bitta olimpiadada to‘plangan ballar hisoblanib, yakuniy natijada eng yuqori ko‘rsatkichga ega ishtirokchilar 🥇🥈🥉 medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

📱 Bir-biridan qiziqarli va foydali olimpiadalarga do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang!

👉 @bazarbaevs
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz va shogird, asoschi va munosib davomchi!

👉 @bazarbaevs
Mandatdan oldin natijani e’lon qilsak uyat boʻlar deb kutdik😅

Endi natijalarni e’lon qilsak boʻlaverar-a😉
👍1
Tenglik bajarilishi uchun yuqoridagi amallardan qaysi bir(lar)ini qoʻyish kerak?

©️ Facebookdagi “Qiziqarli Matematika” guruhidan olindi.

👉 @bazarbaevs
Sizning javobingiz qaysi?
Anonymous Quiz
16%
+
27%
-
39%
x
2%
:
16%
- va x
Joriy yilning 27-yanvarida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasi ilgari surilgan edi. Kecha ushbu tashabbus doirasida oʻtkazilgan tanlovning yarim finalida “KUNTESTI mobil ilovasi” loyihamizni taqdimot-himoyasini qildim. Loyihamiz hakamlar va tanlovning boshqa ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi!

Nasib qilsa finalda ham muvaffaqiyat qozonamiz, duo qilib qoʻyasizlar degan umiddaman:)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Azizlar "podderjka"ga tayyormisiz🖐

Mening yaqin do‘stim, yosh innovatorlarni yetakchisi, Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisi bosh direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov nufuzli xalqaro "YOUTH WORLD CUP" (Turkey21) tanlovida chorak finalga yetib keldi. Hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlash uchun arzimagan 1 daqiqangizni qizg‘onmaysiz degan umiddaman. Quyidagi link orqali kirib ovoz berishingiz mumkin:

👉
https://bit.ly/3o0PQlm

🪙 Aytgancha, ovoz berganingiz haqidagi skrinshotni @kuntesti_admin ga yuborsangiz KUNTESTI mobil ilovasida foydalanish uchun 20 ta tanga sovg‘a qilamiz!

Cheksiz hurmat bilan Bazarbayev Sardor
Sizni fikringiz qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisining telegramdagi rasmiy sahifasida #hafta_qahramoni rukni ostida kamina va bizning loyihalarimiz (khiso olimpiadalar platformamiz, kuntesti mobil ilovamiz) haqida maqola e’lon qilinibdi.

Maqolani oʻqish: 👉 https://t.me/milliyofis/759
#yutuqli_savol

Mantiqiy savol:
Ushbu rasmda xatolik yoʻq. Rasmda nima haqida tushuntirilyapti?

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#yutuqli_savol Mantiqiy savol: Ushbu rasmda xatolik yoʻq. Rasmda nima haqida tushuntirilyapti? 👉 @bazarbaevs
Doʻstlar gʻolib aniqlandi!

Soat 20:18 da (1-boʻlib) javob topildi.

Gʻolibimizga oʻzining istagiga koʻra KUNTESTI mobil ilovasi uchun 300 ta tanga sovgʻa qilindi. Endi Jasurbek 60 ta testda, ya’ni deyarli 1 oy testlarda bepul qatnashishi mumkin!
👍1
Assalomu aleykum qadrli ustoz va murabbiylar!

Soʻzim boshida bitta hayotiy misolga toʻxtalmoqchiman. Temirchi usta, qizib turgan temirni ming martalab goh qattiq, goh yumshoq uradi. Natijada mustahkam va oʻtkir qilich yasaladi. Hayotda pand-nasihat va maslahat beruvchi ustozlarimizni shu temirchiga qiyoslasak, oʻtkir qilich esa oʻzimiz boʻlamiz. Ya’ni ustozlarni oʻgitlari bilan shu darajaga yetamiz. Aslida aynan biror kuni emas, har kuni ustozlarimizni e’zozlashimiz kerak!

Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

Cheksiz hurmat bilan Bozorboyev Sardor!
#yutuqli_savol

☀️Xayrli tong hurmatli kanalim a’zolari!


Erta tongdan sizga qiziqarli va yutuqli savol taqdim qilmoqchiman!

Rasmda Aqshdagi bir binoga 2 ta alohida kirish yoʻnalishi (eshigi) qilinganligini koʻrishimiz mumkin.


Savol: Bu bino qanday tashkilotga tegishli?

Javobingizni izohlarda qoldiring!

Yutuq: Ilk toʻgʻir javob egasiga saytimizda foydalanish uchun 30.000 soʻmlik vaucher yoki KUNTESTI mobil ilovamizda foydalanish uchun 300 ta tanga beriladi.

Ulanish 👉 @bazarbaevs

©️ Facebookdagi “Qiziqarli Matematika” guruhidan olindi.
⚡️Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichining o‘tkazilish jadvali!

🆕 Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

⬛️ Barcha savollar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuziladi va tuman bosqichida faqat 30 ta test beriladi va qiyinlik darajasiga ko‘ra baholanadi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 0,9 balldan;
▪️
(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 1,5 balldan;
▪️
(21-30) 10 ta murakkab testga 2,6 balldan;

Jami 50 ball.

🟦 Birinchi guruh fanlariga 90 daqiqa, ikkinchi guruh fanlariga 60 daqiqa vaqt beriladi. Olimpiada barcha hududlarda bir vaqtda soat 11:00 da boshlanadi!

🟥 1,2,3 - o‘rin sohiblari keyingi bosqichga chiqishadi. Agar o‘quvchilar natijasi teng bo‘lib qolsa, dastlab 21-30 testlardagi natijasi, u ham teng bo‘lsa 11-20 testlardagi natijaga qaraladi. Shunda ham teng bo‘lsa nomzodlarga 3 ta ochiq (javobi yoziladigan) test beriladi.

👉 @bazarbaevs
#kechki_hazil

Diqqat, diqqat barchaga murojaat!


Ushbu 👉 profil egasi qidirilmoqda!

Agar topsangiz u kishiga bizning nomimizdan xayrli tun tilab qoʻying🙂

➡️ @bazarbaevs
Xayrli kech azizlar!

Bir qancha vaqt oldin Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" tanlovining yarim finalida KUNTESTI mobil ilovamiz bilan qatnashganligimiz haqidada xabar bergan edim.

Bugun nihoyat tanlovning yarim final natijalari e'lon qilindi. Unga koʻra maksimal 30 balldan 28.50 ball bilan Xorazm viloyatida 2-o‘rinda boʻlsak, butun respublika bo‘yicha top-10 talikka kiribmiz!

Endi finalda 245 ta loyiha orasida g‘oliblik uchun kurashamiz.

Ilovamizga qiziqqanlar quyidagi havolalar orqali yuklab olishlari mumkin:

📱Androidlar uchun: https://cutt.ly/EE9Dfye

📱Iphonelar uchun: https://cutt.ly/QE9DgWP

Telegram kanal: ➡️ @kuntesti