Sardor Bazarbaev
4.9K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from XORAZM YOŞLARI
📣📣Xorazmiy izdoshlari bo'lmish yoshlar diqqatiga!

Yangi yutuqlarga erishishni, muvaffaqiyatlar sarhadini kengaytirishni xohlagan yoshlar uchun onlayn muloqot!

⏰ Ertaga 30-oktabr kuni soat 18:00da Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi (KHISO) asoschisi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori Sardor Bazarboyev bilan to'g'ridan-to'g'ri telegram kanalimizda muvaffaqiyatga erishish sirlari hamda olimpiadalar haqida ovozli chatda gaplashamiz

👋 Chatimiz talabalar, o'qituvchilar ayniqsa maktab o'quvchilari uchun juda foydali bo'ladi!

😎 Chatda o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz aniq

📲 Ishtirok etish uchun ushbu havolaga bosing👇

https://t.me/YoshlaragentligiXorazm?voicechat=ea998a5f2f656877da

Telegram kanalimiz:
@yoshlaragentligixorazm
Muvaffaqiyatga erishish sirlari
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi
📣 Hurmatli yoshlar Sardor Bozorboyev bilan bo'lib o'tgan ovozli suhbatni audio fayli. Bemalol ushbu fayl orqali o'zingizga kerak bo'lgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin!

O'ylaymizki ovozli suhbatimiz barchaga foydali va motivatsiyaga boy bo'ldi!

👋 Va'da qilganimizdek eng yaxshi savol egalari ertaga e'lon qilinadi va suhbat davomida savol berishga ulgurmagan yoshlarimiz @kuntesti_admin ga bemalol murojaat qilishlari mumkin

@yoshlaragentligixorazm
🖐Jizzaxliklar bormisiz? Sizlarni yutuqli olimpiada kutmoqda!

🏆 KHISO olimpiada maktabi
va Jizzax shahridagi "ELEGANT" o‘quv markazi hamkorligida 9-11 sinf o‘quvchilari va abituriyentlar o‘rtasida matematika fanidan "Jizzax matematika olimpiadasi" o‘tkaziladi.

📲 Olimpiadaga @jizzax_olimpiadasi_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish shart!

▪️Olimpiada 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi.

▫️ 1-bosqich 6-noyabr kuni soat 16:00 dan 23:00 ga qadar onlayn tarzda khiso.uz saytida o‘tkaziladi.

▪️ Birinchi bosqichdan o‘tgan Jizzaxlik eng yaxshi 200 nafar o‘quvchi va boshqa viloyatlardan eng yaxshi 3 nafar o‘quvchi final bosqichida ishtirok etadi.

▫️ Final bosqichi esa 14-noyabr kuni Jizzax shahrida o‘tkaziladi.

🎁 Final bosqichi g‘oliblariga:

🥇-o‘rin: Televizor🖥;

🥈-o‘rin: Telefon📱;

🥉-o‘rin: Airpods
🎧;

1️⃣-2️⃣0️⃣ o‘rinlarga 100% chegirma;

2️⃣1️⃣-4️⃣0️⃣- o‘rinlarga 50% chegirma;

4️⃣1️⃣-6️⃣0️⃣ o‘rinlarga 30 % chegirma.

▪️ Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ILTIMOS, saytimizdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan diqqat bilan tanishib chiqing:

➡️
https://t.me/khiso/3024

👉
@bazarbaevs
Matematika ilm-fanini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

👨🏻‍💻 Siz http://mathnet.uz/ - Milliy matematika onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘z sahifangizni yaratish imkoniyatiga egasiz!

O‘z sahifangizga ilmiy maqolalaringiz, yaratgan o‘quv adabiyotlaringiz, dars ishlanmalaringiz, o‘quv-uslubiy materiallaringiz, tuzgan testlaringiz, video darslaringizni joylashtirib, faoliyatingizni ommalashtiring va professional kasbingizga oid ma'lumotlarni aks ettiruvchi portfolioga ega bo‘ling!

📌 Shuningdek, http://mathnet.uz/Idea havolasi orqali o‘z taklif va g‘oyalaringizni yuborishingiz mumkin!

👉 @milliymatematikauz
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda!

▪️Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi.

🗓 2-mavsumning 1-bosqichi 7-noyabr kuni khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

✅ Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

❗️ILTIMOS, saytdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan tanishib chiqing:

➡️
https://t.me/khiso/3024

👉 @bazarbaevs
⚡️Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichining o‘tkazilish jadvali!

🆕 Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

⬛️ Bu bosqichda ham barcha savollar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuziladi hamda viloyat bosqichida yozma ish va test beriladi. Hakamlar ham boshqa viloyatdan keltirilishi ham rejalashtirilmoqda.

🟦 Matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlaridan 25-29 noyabr kunlari, qolgan fanlardan esa fevral-mart oylarida o‘tkaziladi. Bunga asosiy sabab ustuvor 5 ta fandan xalqaro olimpiada uchun saralashning dastlabki bosqichlarini ertaroq o‘tkazish. Masalan bu yil ushbu 5 ta fandan dastlabki saralash 30-noyabr kuni o‘tkaziladi.

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda! ▪️Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi. 🗓 2-mavsumning…
"ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 2-mavsumining 1-bosqichi o‘tkazildi.

📊Olimpiadaning ilk bosqichida jami 3500 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Umumiy natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🟦 Matematika fanidan jami 2265 ta ishtirokchi qatnashdi:

🔹 A kategoriya (5-6-7 sinf) - 769 ta ishtirokchi
🔹
B Kategoriya (8-9 sinf) - 774 ta ishtirokchi
🔹
C kategoriya (10-11 sinf) - 722 ta ishtirokchi

🟧 Fizika
fanidan jami 1201 ta ishtirokchi qatnashdi:

🔸 A kategoriya (6-7 sinf) - 328 ta ishtirokchi
🔸 B Kategoriya (8-9 sinf) - 443 ta ishtirokchi
🔸 C kategoriya (10-11 sinf) - 430 ta ishtirokchi

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

✊ Bizdan uzoqlashmang, siz kutgan va kutmagan olimpiadalarimiz hali oldinda!

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
Talabalar uchun "Qori Niyoziy" olimpiadasi!

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi olimpiadasi o‘tkaziladi.

📝 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

🗓14-noyabr kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar olimpiadaning onlayn saralash bosqichi oʻtkaziladi.

📊Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Final bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan tanishib chiqing: 👉 t.me/khiso/3024
"Jizzax matematika olimpiadasi" final bosqichi!

Xabaringiz bor khiso.uz saytimizda "Jizzax matematika olimpiadasi"ning onlayn saralash bosqichi o‘tkazildi va finalchilar aniqlandi.

🏆 Olimpiadaning final bosqichi ertaga Jizzax shahridagi "Elegant" oʻquv markazida boʻlib oʻtadi.

🎁 3 nafar gʻolib qimmatbaho sovgʻalar hamda medallar bilan taqdirlanadi. Shuningdek 20 nafar oʻquvchiga bepul oʻqish imkoniyati beriladi!

🧾 Olimpiadaning dasturi va baholash mezoni: 👉 cutt.ly/0Tf5qvc

📍Manzil: Jizzax shahar, Zargarlik mahallasi, Yangi zebo savdo majmuasining 3-qavati.

Murojaat uchun⤵️

📞 91-599-40-60
📧 @Elegantmarkazbot
👨‍💻 Administrator bilan bogʻlanish
👍1
JMO FINAL (without answers).pdf
297.6 KB
“Jizzax Matematika olimpiadasi”ning final bosqichi savollari.

1-20 yopiq testlar 0,9 balldan;
21-30 ochiq testlar 3,2 balldan;

Olimpiada tavsilotlari haqida batafsil keyinroq yozamiz.

👉
@bazarbaevs
👍1
JMO yakuniy natijasi..pdf
136.6 KB
JIZZAX MATEMATIKA OLIMPIADASI final natijalari!

Gʻoliblarni tabriklaymiz!
QNO-2021 testlar (javobsiz).pdf
314.6 KB
“Qori Niyoziy olimpiadasi”ning final bosqichi savollari.

Olimpiada natijalari bilan oldingi postda tanishishingiz mumkin.

👉
@bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
JMO FINAL (without answers).pdf
JMO FINAL.pdf
293.3 KB
“Jizzax Matematika olimpiadasi”ning final bosqichi savollari va javoblari.

👉
@bazarbaevs
O‘zbekistonda dekabrda umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘lib o‘tadi

Adliya vazirligi Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda Konstitutsiya kuni (8-dekabr) munosabati bilan fuqarolarning davlatning asosiy qonuni haqidagi bilimlarini sinash maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkazadi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Unda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va barcha uchun ochiq.
Buning uchun har bir 8-dekabr.adliya.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 30-noyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savol beriladi.
Test savollarining barchasiga eng qisqa muddatda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 50 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi. Baholash natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqich bosqich 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etilib, onlayn translyatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
• birinchi o‘rin — 15 million so‘m;
• ikkinchi o‘rin — 10 million so‘m;
• uchinchi o‘rin — 5 million so‘m.

Munosib nomzodlar bo‘lmagan taqdirda hakamlar hay’atining qarori bilan g‘oliblar aniqlanmasligi mumkin.

👉 @bazarbaevs
👋 Diqqat, endi asosiy saralash olimpiadasi!

Talabalar uchun "
Qori Niyoziy" olimpiadasining asosiy saralash bosqichi!

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi o‘tkaziladi.

📝 Olimpiadaga @khiso_uz1_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

🗓Bugun khiso.uz saytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar olimpiadaning asosiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.

📊 Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 25 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

💵 Final bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 750.000 so‘m;
2-o‘rin: 600.000 so‘m;
3-o‘rin: 450.000 so‘m;
4-o‘rin: 300.000 so‘m;
5-o‘rin: 150.000 so‘m;

📜 Testlar soni 30 ta bo‘lib, 3 xil qiyinlik darajada va 3 xil baholash asosida beriladi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 9 balldan
▪️(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 15 balldan
▪️(21-30) 10 ta murakkab testga 26 balldan;

❗️Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan tanishib chiqing: 👉 t.me/khiso/3072
👍1
Xayrli kun azizlar!

Toshkent shahrining qoq markazida o‘quv markazimizning yangi filiali ochildi.

Hozircha test rejimida ish boshladik. Yangi guruhlarga o‘quvchilar qabuli davom etmoqda. Nasib qilsa 5-dekabr kuni oflayn olimpiada o‘tkazib, o‘quvchilarga 100% gacha bo‘lgan grantlar ajratamiz.

Ko‘pchilik ota-onalar "o‘zingiz ham dars o‘tsangiz yaxshi bo‘lardi" deb murojaat qilishardi.

Balki o‘zim ham olimpiadaga tayyorlov guruhini tashkil qilarman degan fikr paydo bo‘ldi. Viloyatdagi o‘quvchilarni ham o‘ylagan holda dars tashkil qilsam onlayn tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilatidagin tarzda olib boraman. Bularni barchasini qiziqish va talab hal qiladi.

O‘quv markazimizdagi darslar haqida batafsil: 👉🏻 bit.ly/3rdCPGB
Chuqur ma'noga ega rasm!

Bor imkoniyatidan foydalanib, farzandi ta'limi uchun sharoit tashkil qilgan ota va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan farzand!

Qani edi, hamma ota-onalar ham arzimagan maishiy sarf-xarajatlar, to‘y hashamlar o‘rniga farzandi ta'limiga investitsiya kiritsa.

Eng yaxshi sarmoya - farzandingiz ta'limiga kiritilgan sarmoyadir.

👉 @bazarbaevs
Xayrli kun azizlar!

Saytimizda odatda faqat shanba va yakshanba kunlari olimpiadalar boʻladi. Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ochkolar beriladi. Oy yakunida respublika, viloyat va tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi.

Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.

Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.

Bugun yangi oy boshlandi. Demak bu oydagi gʻoliblik sizniki boʻlishi mumkin!

Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti
Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?

Bir kun oldingi postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.

Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!

Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.

P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...

Siz qanday fikrdasiz?
👍4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 O‘zbekiston 24 kanalida kamina va jamoamiz haqida ko‘rsatuv berilibdi.

Ish bilan ko‘rish nasib qilmagandi, hozir kanalimiz a'zolaridan biri yuboribdilar, rahmat!

Sizga ham ilindik, vaqtingiz va albatta megabaytingizga ayamay ko‘rsangiz bo‘ladi🙂