Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022 y.) bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo'yicha o'tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

➡️ O'quvchilar faqat o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

📁Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug'ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g'olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo'lsa) yuboriladi.

✅ Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o'tkaziladi:

▫️aniq fanlar yo'nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
▫️tabiiy fanlar yo'nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

☑️ Maktablarda ta'lim aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

🔘Har bir sinfda o'quvchilar 24 nafardan ko'p bo'lmaydi.

👉
@bazarbaevs
👍28❤5👏5
⚡️ Azizlar navbatdagi xushxabar!

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr - Innovator jurnali bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqdamiz.

Endilikda eng kuchli oʻquvchilarni jurnalda “Innovator” rukni ostida yoritib boramiz. Shuningdek, gʻoliblarimiz uchun alohida sahifa ajratilishi ham rejalashtirolmoqda.

Endi siz ham hamkorimizni qoʻllab, kanaliga a’zo boʻlib qoʻyasiz degan umiddaman: 👉 @Innovatorjurnali

P.S: Olimpiadalarimizni qoldirmay qatnashib keladigan Abduvoris haqida allaqachon jurnalda maqola
berilgan.
👍22🔥6🥰4
⚡️ MUROJAAT, BU MUHIM!

15-mart
kuni GOOGLE AdMob xizmati tomonidan reklama orqali tanga olish 1 oyga ta'qiqlangani haqida xabar bergan edik. 15-aprelda qayta ishga tushdi, lekin yana ta'qiq qo‘yilishini bilganimiz uchun bu haqida e'lon qilmadik.

Sababi o‘tgan yildan buyon bu muammo bizga juda tanish. CLICK orqali tanga ololmaydigan (yoki olishni xohlamaydigan) foydalanuvchilar uchun shu imkoniyat yaratilgan edi. Lekin aynan shu foydalanuvchilarni ba'zilar spam bosgani uchun bir necha marta ta'qiq qo‘yilgan edi. Ilojsizlikdan ilovani playmarketga qaytadan joylashtirdik. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu hol takrorlandi. Afsuski, oramizda yo farzandi ta'limiga sarmoya ajratmaydigan, yoki yaratilgan imkoniyatni ham yo‘qqa chiqaruvchilar bor.

Bitta narsaga e‘tibor qarating. Ko‘plab platformalar, mobil ilovalar siz xohlamasangiz ham reklama namoyish qiladi. Sababi shundan daromad oladi. Har qanday ilova ishlashda davom etishi uchun o‘zining xarajatlari mavjud. Bizning ilova esa "imkoning bo‘lsa sotib ol, imkoning bo‘lmasa majburiy bo‘lmagan reklama ko‘r" qoidasi bilan ishga tushirilgan edi. Sizni hech kim reklama ko‘rishga majbur qilmagan edi.

Hozir dasturchilar bilan alternativ yechim izlayapmiz. Bunga vaqt ketadi. Biz loyiha davomiy ishlashini xohlaymiz. Loyihadan moddiy manfaat ko‘zlanmagan.

P.S:
Bir oy har kuni tinimsiz 3 ta fandan test yechgan taqdiringizda ham jami 45.000 so‘m sarflanadi. Bu degani matematika, ingliz tili, IQ TEST, rus tili va boshqa fanlardan bir oy davomida 450 ta test yechish degani. Muvaffaqiyatning asosiy ustuni muntazam mehnat. Ilovamizning ham o‘ziga xosligi har kuni muntazam ravishda test yechish. Ilmdan o‘zga najot yo‘qligini his qilgan ota-onalar kelajak uchun, bilim uchun bu arzimagan pul ekanligini tushunishadi. Buni tushunmaydiganlar esa oldin ham topilgan, bundan keyin ham topiladi. Daromadini 90% ini farzandi ta'limiga ajratganidan dunyoning eng kuchli kompaniyalarining direktorlari hindlar ekanligi haqida post qo‘ygan edim. Qachon biz rivojlanamiz degan savolni bermasdan, farzand ta'limiga sarmoya kiritish boshlashimiz kerak. Davlatimizni begonalar emas, aynan shu farzandlarimiz rivojlantiradi.
👍71❤7🥰3😁2😱2
Sardor Bazarbaev
⚡️ MUROJAAT, BU MUHIM! 15-mart kuni GOOGLE AdMob xizmati tomonidan reklama orqali tanga olish 1 oyga ta'qiqlangani haqida xabar bergan edik. 15-aprelda qayta ishga tushdi, lekin yana ta'qiq qo‘yilishini bilganimiz uchun bu haqida e'lon qilmadik. Sababi o‘tgan…
Qarangki, ertalab deyarli shu mavzuda post qoʻygan edim.

2 yil oldingi postimni Facebook eslatdi.

Har qanday muvaffaqiyatga ilm orqali erishiladi. Ilmga esa vaqt, e’tibor va sarmoya ajratilsagina mevasini beradi.
👍76👏6❤4😢2
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
🧩"Innovator" jurnali KHISO olimpiada maktabi bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini boshladi.

⭐️Ma'lumki, khiso.uz onlayn platformasida doimiy ravishda Xalqaro va Respublika miqyosidagi olimpiadalar tashkil etib kelinadi. Ushbu olimpiadalarda faol qatnashib kelyotgan va eng oliy o'rinlarni egallayotgan yoshlarimizni "Innovator" jurnalining sahifalarida yoritib borishni maqsad qildik😉

💪Olimpiadalarda faol ishtirok eting, g'olib bo'ling va "Innovator" jurnalining qahramoniga aylaning!!!✊

🚀Biz bilan g'oliblar safida bo'ling!
👍29🔥5👏1
🏆 Talablarga binoan oflayn olimpiada!

❔O‘z iqtidoringizni haqiqiy oflayn olimpiadada isbotlamoqchimisiz?

🗓 Olimpiada 22-may kuni Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida boʻlib oʻtadi.

❗️ Olimpiadada ishtirok etish shartlari: 👉 bit.ly/3MiWJI2

✅
Gʻoliblar medallar va oʻquv kurslarimizga chegirmalarni qoʻlga kiritishadi.

📍Moʻljal: Gʻafur Gʻulom metrosi (1,4 km)

🗺Kartadan koʻrish: bit.ly/3d2Ul8p

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun +998939290006 raqamiga soat 10:00 dan 19:00 gacha qoʻngʻiroq qilishlari mumkin!

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
👍19👏3❤2🥰1
RESULTS 22.05.pdf
120 KB
⚡️22-may kuni o‘tkazilgan off-line matematika olimpiadasining natijalari.

Ushbu olimpiadada jami 73 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 16 tasi g‘olib, 3 tasi muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Qolgan barcha ishtirokchilar sertifikat sohibi bo‘lishdi. Fotosessiya alohida e'lon qilinadi:)

🤝 Olimpiada orqali yig‘ilgan pullar 100% xayriya maqsadida ishlatiladi va hisoboti kanalda e'lon qilinadi. Savobga sherik bo‘lganlarga rahmat!

📱 Barcha ishtirokchilar bilan administratorimiz telefon orqali aloqaga chiqqan vaqtida KUNTESTI mobil ilovasidagi ID raqamini bildirsa, bepul tangalar ham beriladi.
👍8👏2🔥1
⚡️ Xayrli kun hurmatli ota-onalar va aziz bilimdonlar!

Koʻpchilik ota-onalar talabidan kelib chiqib, 2019-yildan buyon tashkillashtirilgan olimpiadalarimizning testlarini yigʻib, video yechimli innovatsion kitob yaratishni boshlagan edik. Deyarli yakuniga yetib qoldik. Har doim sizni fikringizni inobatga olib ishlaganimizni yaxshi bilasiz. Zero Prezidentimiz aytganidek: “Eng toʻgʻri yoʻl - xalq koʻrsatgan yoʻl”

Bu safar ham sizni fikringiz biz uchun muhim. Kitobimizga qanday nom qoʻyishimizni tavsiya qilgan boʻlardingiz?

Tanlab olingan nomni taklif qilgan insonga kitobizning ilk nashri sovgʻa qilinadi.

Izohlarda fikringizni qoldiring!
👍62❤6😱4😢4😁2
Diqqat savol!

Biz uni ma’lum bir maqsadda ishlatamiz va aynan shu sabab ham uni yomon koʻramiz. U nima?

Birinchi topgan kuzatuvchimizga kuntesti mobil ilovasida foydalanish uchun 100 ta bepul tanga beriladi😉

👉 @bazarbaevs
👍43😱6🤩2❤1😢1
🇺🇿Lift birinchi etajdan 3-etajga 3 sekunda ko‘tarilsa, 6- etajga qancha vaqtda ko‘tariladi?
🇷🇺Если лифт поднимется на 3 этаж за 3 секунды, то на 6 этаж за сколько поднимется?
Anonymous Quiz
33%
6
15%
9
39%
7,5
12%
3
👍49👏6🤩2
Forwarded from Alisher Sadullaev
Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Yoshlar uchun #15imkoniyat

➖ Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 150 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 90 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 75 000 000 so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 60 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 45 000 000 so‘m).

➖ Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

➖ Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.

Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot.

@alisher_sadullaev
👍29🤩3
😎 Shogirdlarimning yutug‘i o‘zimning yutug‘imdanda shirin!

O‘tgan yili o‘quvchilarimiz Toshkent shahar olimpiadasida faxrli 1-o‘rin va 2-o‘rinni egallashgani haqida yozgan edik.

Quvonarlisi, aynan shu ikki shogirdim bu yil Respublika olimpiadasida ham faxrli 1-o‘rin (Madjidov Muhammadrizo) va 3-o‘rin (Buriyev Iskandar) ni qo‘lga kiritishdi.

Ikkisini ham 7-sinfidan olimpiadalarga tayyorlaganman. Ularning yutuqlarini sanasak bitta post kamlik qiladi.

Tarbiyalagan va ilm yagona najot ekanligini anglagan ota-onalariga, ta'lim bergan ustozlariga tashakkur.

👉 @bazarbaevs
👍56🎉13🔥1😁1🤩1
Forwarded from LIDERLAR
#Ovozli_Suhbat

🕰2022-yil 10-iyun kuni soat 20:00 da ovozli suhbat bo‘lib o‘tadi.

🎙 Spiker:™ Sardor Bazarbayev
➖O'zbekiston Milliy Universiteti doktoranti, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi bosh direktori...

🎙 Moderator:™Murodbek Mirzohidovich➖Sirdaryo viloyati "Kelajak liderlari" klub Prezidenti...

📝 Mavzu: "Xalqaro olimpiadalarda g'olib bo'lish va rag'batlantirish tizimi"

🧭Sizni qanaqa savollar qiziqtirsa ushbu lichkaga yozma ravishda qoldiring! @Murodbeeek👈

🪀Albattda ovozli suhbatimiz @liderlar1 kanalida bo'lib o'tadi

🪀Hayotizdagi maqsadingizga eltuvchi kanal albatta obuna bo‘ling!

📬Liderlar rasmiy kanali albattda a'zo bo'ling❗️
👍8😁2
#hamkorlik

Ko‘pchilik oflayn olimpiada haqida e'lon qilsak: "Bizning viloyatda ham o‘tkazilsin" deb izoh yozishadi. Bu albatta birgina bizga bog‘lik emas. Endi Samarqand viloyatida ham tez-tez turli loyihalar o‘tkazishimizga imkoniya paydo bo‘ldi.

"Samarkand International School" xususiy maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzoladik.

Hamkorligimizning ilk natijasi sifatida 3 bosqichli yutuqli olimpiada tashkil qilinadigan bo‘ldi. Final bosqichi 5-iyul kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Boshqa viloyat o‘quvchilarini ham Dunyoning gavhari - Samarqand shahriga taklif qilamiz. batafsil: 👉 https://bit.ly/39g62dA

👋🏻 Hamkorlik uchun har doim ochiqmiz.
👍16🎉3
Quyosh botgach soyanga qarab bo‘yinga baho bermaganing kabi, tushkun damlarda o‘zingga baho berma.

©️ Pifagor

Hech qachon harakatdan to‘xtama, keyingi g‘olib sen bo‘lishing mumkin. Har qanday g‘alaba tajribalar natijasi. Tajribalar esa mag‘lubiyatlardan olingan xulosadir.

👉 @bazarbaevs
🔥26👍22👏2😁1
Endi qabul 20 iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Joriy yil ham 5 tagacha yoʼnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi

Prezident qaroriga koʼra, abiturientlarga:

➖ test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʼlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarini hamda bir vaqtning oʼzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

➖ roʼyxatdan oʼtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʼlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Qarorning toʻliq matni: 👉 uza.uz/posts/381742

👉
@bazarbaevs
👍17👏1🤩1
Xayrli tong azizlar, juma ayyomi munosabati bilan yutuqli savol!

1849-yilda Yevropada oʻtkazilgan koʻrgazmalarning birida 🍫 plitkali shokoladni qoʻyib tagiga: “Yeyish uchun eng zoʻr shokolad" deb yozib qoʻyilgan?

Savol: Aynan nima sababdan bunday deb yozilgan edi?

Ilk toʻgʻri javob egasiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 200 tanga yoki khiso.uz platformasi uchun 20.000 soʻmlik vaucher beriladi!

⏳ Vaqt ketdi!

👉 @bazarbaevs
👍45😢3🤩2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"TRANSPLANTASIYADAN O‘TGANINGDAN KEYIN PREZIDENT MAKTABIGA IMTIHONSIZ QABUL QILINASAN" — PREZIDENT

Davlatimiz rahbari yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari holidan xabar oldi.

Prezidentimiz Markazda davolanayotgan o‘quvchimiz Saidazizxon bilan samimiy suhbatlashdi.

Ilohim, hech kim kasal bo‘lmasin!

👉
@bazarbaevs
👍31👏11😢9❤4🔥1🥰1🎉1
Chellenjga siz ham qoʻshiling!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

🏃🏻Soʻnggi bir hafta davomida har kuni kamida 10.000 qadam yurishga bel bogʻlagan edim.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan kuniga 10.000 qadam yurganlarga 3.000 soʻmdan toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan edi. Keyinchalik ragʻbatlantirish yanada takomillashtirilishi aytildi. Hozir gap bu haqida emas aslida. Oʻzim yangi chellenjni (ezgu chaqiriq) boshlashga qaror qildim.

Kimda kim har kuni davomida 10.000 dan ortiqroq qadam bosib oʻtsa Kuntesti mobil ilovasi uchun har kuni 30 ta bepul tanga beriladi. Ham sogʻlom boʻling, ham testlarda bepul qatnashing.

Buning uchun (istalgan dasturdagi) kunlik qadamlar soni 10.000 dan oshgani haqidagi skrinshotni instagram tarmogʻida istoriyangiz mening profilimni belgilagan holda qoʻyishingiz kerak.

Mening profilimni instagramdan bazarbaev_sardor_urinbaevich deb qidirishingiz yoki quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:

👉 INSTAGRAM
👍22🥰4