Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori oʻrinbosari, ustozimiz Gʻolibjon Botirov UzA ga intervyu beribdilar. Ta’limga befarq boʻlmaganlar va tanqidchilarga ushbu maqolani oʻqishni tavsiya qilaman.

Ta’limning rivojlanishi bu davlatning rivojlanishidir. Ta’lim rivojiga esa haqiqatdan barchamiz mas’ulmiz.

👉 @bazarbaevs
⚡️Кимё ва биология фанларини ривожлантириш бўйича инқилобий қарор!

«Кимё ва биология йўналишларида узлуксиз таълим сифатини ва илм-фан натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Президент қарори қабул қилинди.

Унга кўра:

👉 республиканинг ҳар бир ҳудудида босқичма-босқич кимё ва биология фанларига ихтисослаштирилган 14 та таянч мактаблари ташкил этилади;

👉 туман (шаҳар)ларда босқичма-босқич кимё ва биология фанларини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган 150 та мактаблар ташкил этилади;

👉 ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилинган кимё ва биология фанлари ўқитувчилари ҳамда раҳбар кадрларининг устама ҳақи миқдори 2021 йил 1 январдан бошлаб 50 %гача оширилади;

👉 Давлат тест маркази 2021 йил 1 февралга қадар кимё ва биология фанларидан билимларни баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизимини жорий қилади. Миллий сертификатга эга ўқувчилар давлат ОТМига ўқишга киришда кимё ёки биология фанидан тест топширишдан озод этилади ҳамда уларга максимал балл берилади;

👉 2021 йилдан бошлаб ҳар 2 йилда бир маротаба ОТМ талабалари орасида кимё ва биология фанлари бўйича Абу Райҳон Беруний номидаги халқаро фан олимпиадалари ўтказилади.

Мазкур олимпиадаларда ғолиб бўлган талабаларга бир марталик мукофот тақдим этилади ҳамда тегишли йўналишлар бўйича магистратурага давлат гранти асосида имтиҳонсиз ўқишга кириш ҳуқуқи берилади;

👉 ОТМларнинг кимё ва биология йўналишлари талабалари ўртасида ўтказиладиган республика фан олимпиадаси ғолиблари ҳамда кимё ва биология фанлари бўйича нуфузли халқаро олимпиадалар совриндорлари магистратурага тегишли мутахассисликлар бўйича ўқишга ажратилган квота доирасида давлат грантлари асосида имтиҳонсиз қабул қилинади;

👉 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб кимё ва биология йўналишларида кадрлар тайёрлаётган барча ОТМлар умумтаълим мактаблари битирувчи синф ўқувчилари ўртасида кўп босқичли (туман (шаҳар) – вилоят – олий таълим муассасаси) кимё ва биология фани бўйича ўзининг олимпиадасини ўтказади ва 1-3 ўринларни эгаллаган ўқувчиларни ОТМ маблағлари ҳисобидан имтиҳонсиз ўқишга қабул қилиш тартиби жорий этилади;

👉 Олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган профессор-ўқитувчиларни рағбатлантириш мақсадида 2021 йилдан уларга бир маротаба ойлик маошининг 100 % миқдорида ҳақ тўлаш, шунингдек кимё ва биология фанлари бўйича талабалар учун тўгараклар олиб бораётган профессор-ўқитувчиларга ўқув йили давомида ОТМ бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан ойлик маошларига 25 % миқдорида устама ҳақ белгилаш тартиби жорий этилади;

👉 ОТМларнинг кимё ва биология таълим йўналишлари бўйича имтиёзли дипломга эга бўлган битирувчилари мазкур муассасаларнинг магистратура мутахассислигига қўшимча имтиҳонларсиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади;

👉 ОТМларнинг кимё ва биология мутахассислигини аъло баҳолар билан тамомлаган магистрларни таянч докторантурасига имтиҳонларсиз тўғридан-тўғри қабул қилиш тартиби жорий қилинади.

Manba: UzA

👉 @bazarbaevs
Bugun tugʻilgan kun!

Ilm-fan olamida men bilgan eng fidoiy insonlardan biri, “Qorakoʻlcha oʻqitish” metodologiyasi asoschisi, buyuk ustoz - Toʻxtamurod Jumayev tavallud topgan kun. Ustoz bugun 75 yoshni qarshilabdilar. Ular yanada uzoq va mazmunli umr koʻrib, mehnatlari rohatidan bahramand boʻlib yurishlarini tilaymiz!

Chuqur hurmat va ehtirom ila kanal jamoasi!

JUMAYEV DOMLA ga tabriklaringizni kommentda yozishingiz mumkin. Biz yaqinlari orqali ularga yetkazishga harakat qilamiz.

👉 @bazarbaevs
Matematika 14-hafta yechimlar.pdf
518.3 KB
#matematika #math
#yechimlar #solutions

Aziz o'quvchilar! Matematika fanidan 14-haftalik topshiriqlarning yechimlarini e'lon qilamiz. Masalalarning yechimlari bilan birgalikda bir nechta teorema va lemmalar isboti bilan berilgan. Ularni o'rganib, yangi masalalarni yechishda qo'llashingiz mumkin.
________________________
Butayev A, Baxriddinov Z

👉 @bazarbaevs

Kanalga ulanish
Assalomu aleykum va rahmatillohu va barakatuh!

Aziz dindoshlar avvalo ollohning uyi boʻlgan 🕌 masjidlarimiz ochilgan kun muborak boʻlsin Ushbu balo qazolar🦠 yurtimizdan butunlay ketsin, kasallarga shifoyi kamil bersin.

Boshlangan haftangiz xayr-u saxovatli va barakali boʻlsin.
Matematika 15-hafta yechimlar.pdf
660 KB
#matematika #math
#yechimlar #solutions

Aziz o'quvchilar! Matematika fanidan 15-haftalik topshiriqlarning yechimlarini e'lon qilamiz. Masalalarning yechimlari bilan birgalikda bir nechta teorema va lemmalar isboti bilan berilgan. Ularni o'rganib, yangi masalalarni yechishda qo'llashingiz mumkin.
____________________
Butayev A, Baxriddinov Z

👉 @bazarbaevs

Kanalga ulanish
Bir yil oldin shu kuni men haqimda koʻrsatuv (rolik) tayyorlangandi. Mustaqillik bayrami arafasida har yili turli sohalardagi yetakchi yoshlar haqida rolik tayyorlanadi. Bu yil ham rolik tayyorlanmoqda, nasib qilsa uni ham siz bilan baham koʻramiz.

Farzandlaringizga bundanda katta yutuqlar nasib qilsin!
Ustozim, ilmiy rahbarim - akademik Azimboy Sa’dullayev Prezident qarori bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi!

Ustozimizga uzoq umr, mustahkam sogʻlik tilayman!
Biz shogirdlarga ham ustozimizning yoʻlini bersin!

👉 @bazarbaevs
Doʻstlar bugun Kimyo va Biologiya fanlari boʻyicha Xalqaro olimpiadalarni yurtimizga olib kelgan insonlardan biri, ta’limning haqiqiy fidoiysi - TPTI AL direktori Artiqboy ustozning tavallud kunlari!

Ustoz bugun 71 yoshni qarshiladilar!

Shu fursatdan foydalanib ustozga uzoq umr, yaqinlar va shogirdlari baxtiga sogʻ-salomat boʻlishlarini tilab qolamiz!

👉 @bazarbaevs
🌈 Respublika “Kamalak" bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan bepul onlayn olimpiada oʻtkazamiz.

🗓 ERTAGA 30-avgust kuni ikki yosh toifasida olimpiada tashkil etamiz:

⏰ 7-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar 8:00-12:00 vaqt oraligʻida ishtirok etishadi.

⏰ 14-30 yosh toifasidagi ishtirokchilar 14:00-17:00 vaqt oraligʻida ishtirok etishadi.

❓Savollar toʻrtta yoʻnalishda tuzilgan boʻlib, murakkablik darajasiga mos ravishda 7-14 yosh toifasiga uchta yoʻnalishdan savollar beriladigan boʻlsa, 14-30 yosh toifasiga barcha yoʻnalishlardan savollar beriladi.

✅Olimpiadada bepul ishtirok eting va zamonaviy QR kodli sertifikatisohibi boʻling!

Qo'shimcha ma'lumotlar:

👉 @bazarbaevs
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Matematikani bilgan bola maktabni yaxshi tugatsa, agar u traktorchi boʻlsa shudgor ham unumli boʻladi. Oʻsha joyda paxta 5 sentener koʻp boʻladi, gʻalla 10 sentener koʻp boʻladi, agar bitta matematikani bilsa”

Shavkat Mirziyoyev

👉
@bazarbaevs
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami munosabati bilan MY5 telekanali tomonidan ishlangan video-rolik!

Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!
Matematika 16-hafta.pdf
413.5 KB
#matematika #haftalik #olimpiada #savollari

✅ Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti mutaxassislari 👨🏻‍🏫 tomonidan matematika 📐 fanidan tayyorlangan
16-haftalik olimpiada materiallarini 📝 e'lon qilamiz.

PS: Materiallar siz mustaqil tayyorlanishingiz uchun. Yechimlarini hech qayerga jo'natish shart emas. Hafta yakunida yechimlari e'lon qilinadi. Bu orqali siz yangi usullar, teoremalar va lemmalar bilan tanishasiz.
____________________________
Butayev A.

👉 @bazarbaevs
👉 Kanalga ulanish
Rasmda nechta 7 raqamini koʻryapsiz?

👉 @bazarbaevs
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tarixiy kun!

Prezidentimiz tomonidan imzolangan ilk huquqiy hujjat - “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilinganligining 4 yilligi!

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolikda kamina ham qatnashgan.
Matematika 16-haftabyechimlari ..pdf
843.5 KB
#matematika #math
#yechimlar #solutions

Aziz o'quvchilar! Matematika fanidan 16-haftalik topshiriqlarning yechimlarini e'lon qilamiz. Masalalarning yechimlari bilan birgalikda bir nechta teorema va lemmalar isboti bilan berilgan. Ularni o'rganib, yangi masalalarni yechishda qo'llashingiz mumkin.
________________________
Butayev A, Baxriddinov Z

👉 @bazarbaevs

Kanalga ulanish
Ertaga Matematika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Terma jamoasi 61-Butunjahon Matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirokini boshlaydi. Men ham Observer A sifatida ishtirok etaman. Bugun onlayn ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, uni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin:

https://youtu.be/FNWyC52z4bU?t=567

Shuningdek olimpiada bilan batafsil @uzbimo - Terma jamoa rahbari Rustam Turdiboyev kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.

Barchangiz yosh matematiklarimizni duo qilasiz degan umiddaman!

👉 @bazarbaevs