Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
2021-yilda Fizika va xorijiy tillar ustavor yoʻnalish sifatida tanlandi!

#Mirziyoyev #Murojaatnoma #yilyakunlari #sarhisob
Kanalimiz faoliyatini boshlaganiga endigini bir yil boʻldi! Lekin shu qisqa muddatda misli koʻrilmagan natijalarga erishildi!

📌Hozirda obunachilarimiz 19 mingdan ortiq (vaqtida 40 mingga ham yetgandi)!

📌 Umumiy koʻrishlar soni 32 million (sal kam butun Oʻzbekiston aholisi soniga teng).

📌Shu kunga qadar 6663 ta post qoʻyganmiz.

📌194 ta kanal bizning materiallardan (manbani koʻrsatgan holda) foydalangan, hali bizdan oʻgʻirlab bizni eslamaydigan “muttaham kanalcha”larni hisobga olmaganda🙈😅🤦🏻‍♂️

📌Eng mashhur boʻlgan e’lonimizni 217 mingdan ortiq odam koʻrgan.

📌1 ta e’lonimizni kamida 8000, kuniga esa 16000 ta odam koʻrarkan!

📌 Kanalimiz ta’lim boʻyicha rasmiy kanal maqomiga ega (hamma kanallar ham bunday maqomga ega emas) va bunday kanallar ichida 56-oʻrinda (Xalq ta’limi vazirligi kanali 5-oʻrinda ekan).

🤝Shu natijalarni barchasiga jamoamiz mehnati va siz sodiq kuzatuvchilarimiz qoʻllab-quvvatlashi orqali erishdik!

🎄Barchaga bayramona kayfiyat muborak boʻlsin!
Forwarded from Ta’lim24.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Халқ таълими тизимида амалга оширилаётган ислоҳотлар натижалари
бўйича 2020 йил якуни сарҳисоби.

#ХалқароФанОлимпиадалари
йўналишидаги натижалар билан видео-лавҳада танишишингиз мумкин.

"Таълим бу муваффақият гаровидир,
биргаликда таълим сифатини кўтарамиз!"

#ХалқТаълимиИслоҳотлари2020


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Manba HAVAS supermarketlar tarmogʻining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari!
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Prezident maktabida 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi oʻtkazilmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada har yili yanvar oyida Qozogʻistonning Almata shahrida oʻtkazilar edi. Covid-19 pandemiyasi sababli barcha davlatlar oʻzidan turib, masofaviy tarzda qatnashishmoqda. Olimpiada matematika, fizika va informatika fanlaridan oʻtkaziladi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasi rahbari (team leader) sifatida ishtirok etmoqdaman.

Barcha oʻquvchilarimizni omadini bersin, duo qilib qoʻying!
Forwarded from Ta’lim24.uz
#Хушхабар

Ўзбекистонлик ўқувчилар Халқаро Жаутиков олимпиадасида 14та медални қўлга киритди

Жорий йилнинг 8-12 январь кунлари Қозоғистон Республикасининг Олма-ота шаҳрида масофавий тарзда математика, физика ҳамда информатика ва ахборот технологиялари фанларидан 17-Халқаро Жаутиков олимпиадаси ташкил этилди.

Унда 14 нафар ўзбекистонлик ўқувчи муносиб иштирок этиб, 1 та олтин, 2 та кумуш ҳамда 11 та бронза медални қўлга киритди.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/3nG4SsT


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qiziq fakt:

Bugun XXI (21) asrning 21-yilining 21-kuni!

👉 @bazarbaevs
Forwarded from Karim Raximov
#quronningmatematikmojizalari

Quronda Nuh (AS) va 43&28 soni

Ma'lumki muqaddas kitobimiz Quronda Nuh surasi 71- sura hisoblanadi. Bu surada 28 ta oyat bor! 71-28=43

28
soni Quronda Nuh (AS) zikr qilingan suralar soniga teng;

Quronda Nuh (AS) ismi aynan
43 marta zikr qilingan;

Nuh surasidan so`ng Quron oxirigacha Nuh (AS) ismi zikr qilinmagan yani 71-suradan keyin 114-71=
43 ta surada zikr qilinmagan;

Nuh surasidan oldin aynan
43 ta surada Nuh (AS) ismi zikr qilinmagan;

Quronda Nuh (AS) ismi Nuhning xalqi, Nuhning ayoli, ko`rinishida ham kelgan, aynan Nuh (AS) o`ziga atalganlar soni esa
28 ga teng;

Nuh (AS) zikr qilingan suralar tartib o`rinlari yig`indisi 838 ga teng. Quronning 838-oyatidagi harflar soni
43 ga teng;

71x28=1988 ga teng, Quronning 1988-oyatidagi harflar soni
43 ga teng;

Nuh (AS) zikr qilingan oyatlar tartib o`rinlari yig`indisi 19
43 ga teng; (19 sonining Quron matematikasidagi rolini ko`pchiligingiz bilsangiz kerak)

....umuman olganda bu ro`yxatni ancha davom ettirish mumkin. Bu shunchaki tasodif bo`lishi mumkin emas. Ishonmasangiz o`zingiz tekshirib ko`ring!

Subhanallah!

@karimraximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺Oʻzbekiston 24 telekanalining Tahlilnoma koʻrsatuvida yoshlar masalalari boʻyicha video-selektorda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” va bu boʻyicha oʻz jamoamizning yangi gʻoyasi haqida gapirib oʻtdim.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli kun azizlar, sayyid ul ayyom juma muborak!

Kecha Sevimli telekanalining Zamon.uz koʻrsatuvida kamina haqida lavha efirga uzatilibdi. Oʻzim ham vaqtida koʻra olmadim:)

Sizlarga ham videosini ulashyapman!
Forwarded from Ta’lim24.uz
#yoshlarkelajagimiz

Халқ таълими вазирлигининг Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти бош мутахассиси Сардор Бозорбоев Ўзбекистон Республикаси Президентининг Давлат стипендияси соҳиби бўлди.

Айни дамда Сардор Ўзбекистон Миллий университети Математика факультети Математика мутахассислиги 2-курс магистранти. Халқ таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаментидаги фаолияти давомида 2019-2020 йилларда турли давлат ва нодавлат ташкилотлари билан ҳамкорликда 10 га яқин фан олимпиадалари ўтказилишида ташаббус кўрсатган.

Сардор Бозорбоев нафақат Ўзбекистонда, балки хориж давлатларида бўлиб ўтган олимпиада ва беллашувларда кумуш, олтин медалларга муносиб деб топилган (ютуқлари ҳақида батафсил).

Президентимиз томонидан Халқаро олимпиадалардаги ютуқлари инобатга олиниб Сардор Соbalt русумли енгил автомобиль билан тақдирланган.

Халқ таълими вазирлиги Сардор Бозорбоевга келгуси ишларида муваффақият ва зафарлар тилаб қолади.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol oʻqituvchi bir oʻquvchini urgani haqida video tarqaldi.

Bu videoda voqea qandayligini bilmayman, lekin har safar shunaqa videoni koʻrsam ichimdagilarni yozgim kelardi. Biz oʻquvchi vaqtimizda ustozlar urishar, kaltaklagan vaqti ham boʻlardi. Shundan toʻgʻri xulosa qilardik, kamida keyingi yutugʻimizgacha ustozimizni yuziga qaray olmasdik. Uyga ustoz urdi deb kelsak, ota-onamiz yana urishardi. Rahmatli dadam har safar kundaligimizga shaxsan imzo qoʻyardilar (dadamni imzolaridan faxrlanardim, ularnikiga oʻxshatishga harakat qilardim). Ta’limimizga qiziqardilar, ustozlar ham e’tiroz va maqtovlarini kundaligimizga yozardilar. Ishkal qilsak, ustozlarimiz uyga telefon qilmasin deb, telefonni kabelini uzib qoʻyardik.

Afsus, hozirgi oʻquvchilar ham, ota-onalar ham quyushgʻondan chiqib ketishyapti. 4-kurs talaba vaqtimizda ayolim (oʻshanda unashtirilgan edik) praktikaga Uchtepa tumanidagi maktablardan biriga bordi. Rashkchiligim sababli men ham boraman dedim, 8-sinf oʻquvchilarini ahvolini koʻrib... Exx, agar zamon koʻtarganida erkaklik, yigitlik qanaqa boʻlishini koʻrsatardim.

Oʻqituvchilar haqida Paygʻambarimiz rasululloh sollallohu alayhi vasalam: “Ilmni oʻrganinglar. Ilm uchun sokinlik va viqorni oʻrganinglar. Oʻzingiz ta’lim olayotgan zotga tavozeli boʻlinglar”, yoki yaqinda yubiley 580-yilligi nishonlanadigan Hazrat Navoiy bobomiz: “Haq yoʻlinda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila” deganlar.

Dadam har yangi ustozim oldiga olib borganlarida “eti sizniki, suyagi bizniki” derdilar. Tajribali va dono xalqimizni ushbu maqoli qayerda qoldi?

Aziz ota-onalar, mard yigitlar, aqlli singillarim maktab imoratlar ichida eng azizi, ustozlar esa eng hurmatli insonlardir. Iltimos, ularni hurmat qiling. Gʻarbning har xil qiliqlarini emas, ustozni hurmat qilishni chellenjga olib chiqing. Tik-Toker va vinerlar ham ustozlar haqida ibratli vinelar qilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlardi.

Ustozlar faqat 1-oktyabrda eslanmasligi kerak!

P.S: Ushbu postni erkaklik gʻururi yoʻq tirranchalar oʻqimasin.