Sardor Bazarbaev
4.83K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli #forseniors1011 Ko’k va yashil uchburchaklar yuzasi berilgan. Qizil uchburchak yuzasini toping. Yechimingizni @Davrbek_Oltiboev ga yuboring. 👉 @bazarbaevs
Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga ( 10-11 sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va ayniqsa Aliboyev Jamshid🎖akaga alohida rahmat👏🤝 , to‘liq to‘gri yechim yuborgan dastlabki 5 kishini ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Aliboyev Jamshid Abdisamatovich🥇
2. Qilichali Abdullayev🥈
3. Gulayim Aytjanova🥉
4. Qulmatov Muhriddin
5. Dilmurotov Damir

larga alohida 👏👏👏. Keyingi savollarda hammaga omad...

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#TOO
#math
#physics

“Termiz Ochiq Olimpiadasi”
haqida.

Sizlardan kelayotgan savollarga umumiy javob berib o’taman.

1. Olimpiada mutloqo tekin ❗️.

Vazirligimiz va Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan o’tkazilmoqda. Maqsadimiz yagona. O’quvchilarimizni olimpiadalarga qiziqtirish, iqtidorlilarini izlab topib, ularni rag’batlantirish.

2.
Olimpiada 8-sinf va 9-sinflar uchun umumiy bo’lib o’tadi. Bu Xalqaro tajribaga asoslangan. Siz yoki matematikadan yoki fizikadan qatnashishingiz mumkin. 10-11 sinflar uchun yaqinda olimpiada o’tkazganimizda ko’pchilik 8-9 sinf uchun ham o’tkazinglar degan takliflarni berishdi. Xalq fikrini inobatga olib bu olimpiadani tashkil qildik. Oldimizda hali ko’p olimpiadalar bor. Keyingi safar undan ham kichikroq sinf o’quvchilari uchun o’tkazishga harakat qilamiz.

3. Olimpiada 9:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

4. Savollar o’zbek va rus tilida (qatnashchining istagiga qarab) beriladi.

5. Bitta muhim iltimos. Asosan mehmon viloyatlar (ya’ni Surxandaryodan bo’lmagan) o’quvchilari yotoqxona so’rashsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Chunki olimpiadamiz o’z nomi bilan ochiq. Istagan o’quvchi iqtidorini ko’rsatish imkonini yaratishni maqsad qildik. Tabiiyki qatnashchi ko’p bo’ladi. Xalqimiz birinchi navbatda mehmonni hurmatini joyiga qo’yishadiku. Qisqasi nima demoqchi ekanligimni angladingiz😊.

6. Olimpiada faqat bir kun 16-dekabr kuni bo’lib o’tadi.

7. O’quvchilar soni cheklanmagan.

8.
Qatnashchilar yozma ish topshirib chiqqanlaridan keyin ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayohat tashkillashtirish rejalashtirilgan. Hammasi siz azizlar uchun.

9. Faqat bir fandan qatnashishingiz mumkin.

10. Yotoqxona ham qatnashish ham tekin.


Yana boshqa xil murojaatlar kelib chiqsa albatta umumiy javob berib o’tishga harakat qilamiz.


👉 @bazarbaevs
👍1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#TOO
#math
#physics

Ro’yhatdan o’tish uchun @bazarbaevsardor ga bittada yaxlit qilib.


Ism:
Familiya:
Otasining ismi:
Viloyat:
Tuman:
Maktab:
Sinf:
Qaysi fandan: ( Matematika yoki Fizika)
Yotoqxona zarurmi: ( asosan Surxandaryodan boshqa viloyatlar uchun)

Yuqoridagi formani to’ldirib yuboring.


👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#TOO #math #physics “Termiz Ochiq Olimpiadasi” haqida. Sizlardan kelayotgan savollarga umumiy javob berib o’taman. 1. Olimpiada mutloqo tekin ❗️. Vazirligimiz va Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan o’tkazilmoqda. Maqsadimiz yagona. O’quvchilarimizni…
8-9 sinflar o’quvchilari o’rtasidagi Matematika va Fizika fanlaridan Respublika Ochiq olimpiadasi. Termiz-2019.

1. Yotoqxona masala bo’yicha
+998993773011 raqamga murojat qilasiz. ( asosan boshqa viloyatdan keladiganlar)

2. Olimpiada Termiz shahridagi 4-IMI maktabida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

3. O’zingiz bilan maktabda o’qishingiz haqida guvohnoma olib borishingiz yetarli.

4. Taqdirlash yoki sovringa kelsak, borganingizda bilasiz. Ishontirib aytaman afsuslanmaysiz.

5. Yotoqxonaga birinchi navbatda qatnashadigan o’quvchi joylashtiriladi. Har bir iqtidor egasi olimpiadamizda qatnashishi uchun olimpiadani ochiq deb e’lon qildik. Bunday ekan qatnashishni istovchilar ham ko’p bo’ladi. Bizni to’g’ri tushuning.

👉
@bazarbaevs