Sardor Bazarbaev
4.82K subscribers
2.83K photos
308 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Болаларни ўқиш ва фикрлашга биргаликда мотивация қилайлик!

2,5 минут вақтингизни аямасдан шу видеороликни кўринг ва танишларингизга тарқатинг. Батафсил Facebook да
#kunsavoli
#forseniors1011

Yechimlaringizni @Davrbek_Oltiboev ga yuboring.

👉 @bazarbaevs
Forwarded from Edu.uz
2020/2021 ўқув йили қабулидаги тест синовлари учун фанлар мажмуаси, топшириқлар сони ҳамда уларни баҳолаш мезонлари.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
🎉 Tabriklaymiz! O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizning o'quvchilardan iborat robototexnika terma jamoasini qutlaydi! Terma jamoa safida ilk bor xalqaro robotexnika musobaqasidagi oltin medal qo‘lga kiritildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 15—20-dekabr kunlari Tailandning Chiangmai shahrida bo‘lib o‘tgan 21-Xalqaro robototexnika olimpiadasida 4 yo'nalishda ishtirok etdilar.

🥇 14 davlat vakillari ishtirok etgan Tag-Outjunior yo‘nalishida Firdavs Rajabov 1-o‘rinni, Shahboz Shavkatov 2-o‘rinni egalladi. Creativity yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi sohasida foydalaniladigan robot yaratib, Behruz Berdiyev, Humoyun Haydarov, Shavkat Ibrohimov 3-o‘rinni, Line-following yo‘nalishida esa Shahboz Rajabov, Azizbek Shokirov 3-o‘rinni egalladi. Umumiy hisobda yosh robototexniklarimiz 7 medalni naqd qildilar.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Биз сайловга оилавий бориб келдик. Сизчи?
t.me/bazarbaevs kanali statistikasi
Ko’pchilikni duosi ijobat bo’ladi deyishadi. Azizlar sizlarga qo’limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Iltimos duo qiling dadamni olloh rahmatiga olsinlar. Dadamni berib qo’ydik.
Assalom aleykum hammaga. Juda va juda og’ir kunlarni boshimizdan o’tkazyapmiz. Ko’ngil so’rab kelgan va hamdardlik bildirib yozganlarga chuqur hurmatimni izhor qilaman. Dadam hayotimdagi eng ishonganim, aytish joiz bo’lsa yagona ishongan odamim edilar. Ishonsangiz dadam borliklari uchun xatto sovuq-qotmasdim ham. Ota-onani boriga qadringa yetinglar azizlar. Dadamdek sog’lom, baquvvat va mas’uliyatli inson yo’q edilar. Olloh suygan bandalarini o’ziga olar ekanlar. Xatto kecha kichik joydan (dadajonimni onalari, rahmatli buvijonimni qabrlari yonidan) qabr qazganimizda joy kengayib, kutilganidan tezroq tayyor bo’ldi. Bu ham ollohimni o’z qabuliga olishni xohlaganini anglatsa kerak. Xatto dadam ko’nglidan ehson qilmoqchi bo’lsalar hech kimga bildirmay mehribonlik uylariga borib osh qildirib berardi. Nega deb so’raganimda, uyimizda xudoyi qilsak o’zimiz kabi to’q odamlar keladi, haqiqiy muxtojlari qilish kerak degandilar. Hech bir yaqini, hech bir muxtojni unutmasdilar. Ilohim biz farzandlarini ham qilgan yaxshiliklari dadamga yozilsin. U kishi bunga munosib edilar. Siz azizlardan ham iltimos. Sizga nimadir nafimiz tegsa rozi bo’linglar va dadamizni duo qilib qo’yinglar. Dadam o’zi ketsalarda yaxshiliklari ko’payishi uchun fond tashkil qilish va iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlashni rejalashtirdik. Ularni ruhi-poklari uchun ham yanada kuchliroq bo’lishga va insonlarga ko’proq yaxshilik qilishga harakat qilaman.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasodifan shu intervyum 2018-yil 22-may (dadamni tug’ilgan kunlari edi) efirga uzatilgandi. Aslida 8-may kuni efirga berilishi kerak edi. Xotira va qadrlash kuni qolaversa,qaysidir davlatning Prezidentining yurtimizga tashrifi tufayli kechikib aynan dadamni tug’ilgan kunlarida e’lon qilingandi. Dadam uyda do’stlari bilan televizor ko’rganlarida xursand bo’lib, shunchalik yaxshi ko’rar ekansan nega aytmaysan o’g’lim deb kulgandilar, men uyalgandim. Juda kam marta yaxshi ko’rishimni aytolganman dadamga. Siz vaqtida takror takror aytib qoling otasi bor insonlar.

👉 @bazarbaevs
Bir vaqtlar rahbarlarni tavsiyasiga ko’ra men haqimda katta ko’rsatuv tayyorlangan edi. Faqat yutib kelsa emas, hayotini ko’rsatishga harakat qilinglar deyilgan ekan. Ota-onasi,oilasi, yaqinlari va ustozlari u haqida gapirsin deyilgan. Onam gapira olmagan. Lekin dadam ozroq gapira olgandilar. O’tganlar haqida yaxshi gaplarni gapirib turish kerak. Shuning uchun ham dadam haqida ozgina sizga tasavvur uyg’otmoqchiman. Video quyida:👇👇👇


youtube.com/watch?v=-zjXCBvjXrU
Shu vaqtlari hech bizni tark etadilar deb o’ylamasdim. Zabardast, yelkasi bilan tog’ni qo’zg’atadigan sog’lom odam edilar.