Sardor Bazarbaev
7.58K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
"Hayotdagi eng muvaffaqiyatli hodisa nima?" so‘rashdi donishmanddan. "Fidoyi o‘qituvchi qo‘lida ta'lim olishdir!" javob berdi u.
* * *
Ko‘ngilli ravishda Ukrainada qolgan o‘qituvchilar bunkerlar, yerto‘lalar va metro stansiyalarida dars berishni davom ettirishmoqda.

Tinchlik boʻlsin!
6-mart_result.pdf
130.1 KB
⚡️6-mart kuni o‘tkazilgan oflayn olimpiadaning natijalari.

Ushbu olimpiadada jami 91 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 16 tasi g‘olib, 7 tasi muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Qolgan barcha ishtirokchilar sertifikat sohibi bo‘lishdi. Fotosessiya alohida e'lon qilinadi:)

🤝 Olimpiada orqali yig‘ilgan pullar 100% xayriya maqsadida ishlatiladi va hisoboti kanalda e'lon qilinadi. Savobga sherik bo‘lganlarga rahmat!

📱 Vaucher egalari va barcha ishtirokchilarga administratorimiz (bayramdan keyin) telefon orqali aloqaga chiqadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizlaringiz ta'limi uchun pul tiking va ular dunyoni o'zgartiradilar

Qiz bola — bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir. Bugun biz ularga qanday ta’lim-tarbiya bersak, ertaga ular yangi avlodimizga shunday tarbiya beradi.

©️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan
Hurmatli ayollar va qizlar, bayramingiz muborak boʻlsin!

Siz - onasiz, siz - opa-singil, siz - juft-u halolimiz, siz - qizimiz.

Bir filmda eshitgandim: Vatan deganing mana shu arslonlar va shu arslonlarni tuqqan arslon onalar!

Sizlar borsizki hayotimiz goʻzal, sizlar borsizki er yigitlarda maqsad bor. Faqat bugun emas, har bir kuningizda sizni asrab avaylashimiz, e’zozlashimiz boʻynimizdagi qarz. Baxtimizga salomat boʻling!

Cheksiz hurmat va ehtirom ila Bozorboyev Sardor!
⚡️«Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan:

✔️ oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

✔️ davlat oliy ta’lim muasssasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

✔️ xorijiy oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat uchun 50 nafar, magistratura uchun 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

✔️ har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

✔️ mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

✔️ davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasasi doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
6-mart_result.pdf
Juma ayyomi muborak boʻlsin!

Kecha 6-mart kuni oʻtkazilgan oflayn olimpiadada yigʻilgan xayriya mablagʻini, ya’ni sizning omonatingizni egasiga topshirdim. Shoir doʻstimiz Mirzaozodning ukasi Shohruhmirzo ancha vaqtdan buyon jigar hastaligi bilan kurashib keladi. Xalqimizda “kasal kasal emas, kasal boqqan kasal” degan maqol bor. Bu rasmni nimanidir koʻz-koʻz qilish uchun emas, xalqqa berilgan bu va’damiz ham amalga oshganini, va sizning omonatingiz haqiqatda egasiga yetib borganini koʻrsatish uchun qoʻymoqdaman.

Juma kuni - barcha kunlarning sultoni, shu ulugʻ kunda duoga qoʻl oching. Shohruhmirzo va barcha dardi borlarga Alloh taolo shifoyi komil bersin. Fursatdan foydalanib, yaqinlaringizni yoʻqlab qoying. Yoshi ulugʻ yaqinlaringiz duosini oling.

P.S: 91 ta umumiy ishtirokchidan 52 nafar oʻgʻil bolalar 30.000 soʻmdan toʻlov qilgan edi. Yigʻilgan mablagʻ toʻligʻicha doʻstimizga topshirildi. Hammamizdan Alloh rozi boʻlsin.
VII Kavkaz matematika olimpiadasi.pdf
111 KB
Shu kunlarda Xalqaro Kavkaz Matematika olimpiadasi masofaviy tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun olimpiadaning 2-kuni ham o‘tkazildi. Nasib qilsa yaxshi natijalar kutyapmiz, duo qilib qo‘yinglar.

⬆️ Ushbu faylda Xalqaro olimpiadaning 2 kundagi masalalarini ko‘rishingiz mumkin.

Izoh: Kichiklar - 8-9 sinf, kattalar 10-11 sinf.

Ha aytgancha, bugun saytimizda ham medalli olimpiada bo‘lyapti. Imkoningiz bo‘lsa qatnashing: 👉🏻 https://t.me/khiso/3449
⚡️ Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi qachon o‘tkaziladi?

Umumta'lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi 2022-yil 26-mart kuni hududlarda bir kun davomida oʻtkaziladi.

Barcha hududlarda olimpiada jarayonlari aynan bir vaqtda soat 10:00 da boshlanadi.

▫️ 2021-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiasining tuman bosqichda 1 – 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ta’lim muassasalarining 3 nafardan 7 – 8-sinf oʻquvchilari ushbu bosqichda ishtirok etishlari mumkin.

▪️Har bir fandan 7 – 8-sinf oʻquvchilariga bir xil topshiriqlar beriladi va gʻoliblar ham sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

▫️ Viloyat bosqichida umumiy natijalarga koʻra, yuqori ballarni qoʻlga kiritgan dastlabki 3 nafar oʻquvchi (1 – 3-oʻrin) olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

▫️Olimpiadaning viloyat bosqichi test sinovi shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi:

🔶 Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
🔷 Keyingi 10 tasi oʻrta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻib, har bir toʻgʻri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
🔶 Yakuniy 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

🟢 Test topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi.

❗️Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichi ikki turdan iborat test hamda yozma ish koʻrinishida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

👉🏻 @bazarbaevs
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Sizni yasharish va yangilanish kuni, tarixiy yangi yilimiz bilan muborakbod etaman. Doim sogʻ-salomat boʻlib, har birimizga vatanimiz ravniqi yo‘lida xizmat qilish nasib qilsin.

Cheksiz hurmat bilan Bozorboyev Sardor!

👋 Ha aytgancha, bayramga sovg‘a sifatida ertadan boshlab 4 kun davomida 7 ta fandan 41 ta olimpiada o‘tkaziladi. Imkoniyatdan foydalanib qoling, ta'tilni foydali o‘tkazing. Batafsil: 👉 t.me/khiso/3482
Xayrli kun azizlar!

Bir qancha vaqt oldin shogirdim Hasan Tuyliyev “ILM SOHILI” loyihasi doirasida ustozlarimiz bilan suhbat tashkil qilgani haqida xabar bergan edim.

Bu safargi mehmon sifatida meni taklif qildi. Shogirdim loyihasini qoʻllash va siz azizlarni qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida bugun soat 21:30 da ovozli chatda ishtirok etaman. Suhbat erkin tarzda tashkil etiladi. Savollaringizni qoldirsangiz imkon qadar javob beramiz.

🎁 Eng yaxshi va barchaga manfaatli savollarga alohida sovgʻamiz ham bor.

Batafsil: 👉 https://t.me/ILMSOHILI1/53
Xayrli kun azizlar!

KHISO olimpiada maktabimiz EdSquare Limited of Hong Kong tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan xalqaro ARCHIMEDES MATH COMPETITION olimpiadasining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili boʻldi.

Ushbu xalqaro musobaqa haqida va qachon tashkil etishimiz haqida batafsil postni tez orada kanalimizda e’lon qilamiz.

Ushbu olimpiadaning 2-raundida ham gʻolib boʻlganlar xalqaro finalda (lager koʻrinishadi tashkil qilinadi) qatnashishadi va final gʻoliblari turli universitetlarga grantlarni qoʻlga kiritishi mumkin.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Oylar sultoni - Moxi Ramazon barchangizga muborak boʻlsin. Magʻfirat, barokat, saodat, mexr va oqibat oyida qiladigan xayrli ishlaringizni Alloh ajrini bersin. Ibodatlaringiz dargohida qabul boʻlsin.

Hurmat va ehtirom ila Sardor Bozorboyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli Sherzod Xotamovich, tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin.

Mustahkam sogʻlik va yuksak muvaffaqiyatlar yor boʻlsin. Siz samimiy inson, bebaho ustoz va men bilgan eng kreativ rahbarsiz. Mamlakatimiz rivojiga yana koʻp yillar yuksak salohiyatingiz bilan hissa qoʻshib yuring.

Hurmat bilan Sardor Bozorboyev!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR

Hujjatli film

Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi "Islomga bagʻishlangan umr" nomli hujjatli film.

Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi.

Marhamat quyidagi havolalar orqali to‘liq filmni tomosha qiling.

1-qism: https://youtu.be/LUlhx4wXyu8

2-qism:
https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo

👉
@bazarbaevs
BO‘YINGA MAS'H TORTISH - MO‘JIZA

Yaqin do‘stlarimdan biri Fransiyaga safari asnosida sodir bo‘lgan bir voqeani hikoya qilib berdi.
Fransiyaga safarimiz davomida bir kuni odatdagidek namoz o‘qish uchun tahorat olishga kirishdim. Ortimdan kimdir meni kuzatayotganini sezdim. Yaxshilikka yo‘yib, tahorat olaverdim. Tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng u meni chaqirib: “Kimsan?” deb so‘radi. Men unga: “Musulmonman”, dedim. U: “Qayerdan kelding?” dedi. Men: “Pokistondan keldim”, dedim. U yana kutilmagan bir savol bilan meni ajablantirdi: “Pokistonda nechta jinnixona borligini bilasanmi?” dedi. Bu g‘aroyib savol bo‘lgani uchun men hayajondan: “Bilmayman: ikkita yo to‘rttadir?” dedim. U: “Hozir sen nima qilding?” deb so‘radi. Men: “Tahorat oldim”, dedim. U: “Bu ishni har kun qilasanmi?” dedi. Men: “Bir kecha-kunduzda besh mahal qilaman”, dedim. U esa o‘ziga-o‘zi “oh, qarang-a” dedi-da, savol berishni to‘xtatdi. Men undan: “Bu narsalarni so‘rashingdan maqsading nima?” dedim. U: “Men shu yerdagi aqli zaif kishilar uchun ixtisoslashgan gospitalda jarroh bo‘lib ishlayman va “Odamlarning aqli nega zaiflashadi?” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bordim va shunga amin bo‘ldimki, inson miyasidan butun jismga xabar yetib turadi, jismimiz signalni qabul qilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydi.
Miyamizda bir necha nozik tomirlar bor, ular bo‘ynimiz orqali butun jismimizga tarqab ketgan. Men shuni aniqladimki, insonning sochi qancha uzur bo‘lsa, bo‘yinning orqa qismi shuncha quruqlashib boraveradi va tomirlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tomirlar quruqlashgan sari tortila boshlaydi va buning oqibatida inson miyasini ishlamay qolishi mumkin. Biz doktorlar chuqur izlanib, inson har kuni kamida to‘rt mahal bo‘yinning orqa qismini ho‘llab turishi zarur, degan xulosaga keldik. Men bugun sening yuz-qo‘lingni yuvganingdan so‘ng bo‘yning ortiga ham suv yetkazganingni ko‘rib hayratda qoldim va sen kabi yuvingan inson hargiz aqli zaif bo‘lmaydi, degan xulosaga keldim”

Ha, azizlar! Islom buyurgan hech bir amal behuda emasligi, vaqt o‘tgani sayin ilohiy mo‘’jizaligi, bashariyat uchun koni foyla ekanligi ayon bo‘lmoqda. Birgina mustahab amal – bo‘yinga mash tortishda shuncha foyda bor ekan, sunnat, vojib va farzlarni ko‘z oldingizga keltiring.
Qanchalik baxtiyor va saodatmand ummatmiz! Har bir amalimiz o‘zimiz uchun manfaatli bo‘lishi barobarida, ularni bajarib ham savob olamiz, ham sog‘ligimizni tiklaymiz.

©️ FACEBOOKDAN OLINDI
24.04 results.pdf
208 KB
⚡️Bugungi o‘tkazilgan offlayn olimpiadaning natijalari.

Olimpiadada jami 237 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 17 tasi g‘olib deb topildi.

📱 Chegirmalardan o‘quv markazimizdagi 1 oylik darslar uchun foydalanish mumkin. Shuningdek barcha ishtirokchilarga administratorimiz (ertadan) telefon orqali aloqaga chiqqan vaqtida KUNTESTI mobil ilovasidagi id raqamini aytilsa 50 tadan bepul tangalar beriladi.
Alhamdulillah ota boʻldim!

Yaratgan ushbu ulugʻ oyda farzand ne’mati bilan siyladi!

3 yil kutganimiz, oʻgʻlimiz 25-aprel sanasida dunyoga keldi. Xursandchiligim cheksiz, oʻziga shukur!
🕋 KHISO jamoasi bayram bilan barchani muborakbod etadi!

Yaratgan keyingi hayit ayyomlarga eson omonlikda, yangi muvaffaqiyatlar bilan yetkazsin, omin🤲🏻
⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022 y.) bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo'yicha o'tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

➡️ O'quvchilar faqat o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

📁Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug'ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g'olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo'lsa) yuboriladi.

Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o'tkaziladi:

▫️aniq fanlar yo'nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
▫️tabiiy fanlar yo'nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

☑️ Maktablarda ta'lim aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

🔘Har bir sinfda o'quvchilar 24 nafardan ko'p bo'lmaydi.

👉
@bazarbaevs
⚡️ Azizlar navbatdagi xushxabar!

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr - Innovator jurnali bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqdamiz.

Endilikda eng kuchli oʻquvchilarni jurnalda “Innovator” rukni ostida yoritib boramiz. Shuningdek, gʻoliblarimiz uchun alohida sahifa ajratilishi ham rejalashtirolmoqda.

Endi siz ham hamkorimizni qoʻllab, kanaliga a’zo boʻlib qoʻyasiz degan umiddaman: 👉 @Innovatorjurnali

P.S: Olimpiadalarimizni qoldirmay qatnashib keladigan Abduvoris haqida allaqachon jurnalda maqola
berilgan.