Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 12-turi Navqiron Xiva shahrida o‘tkazildi

Jami 13 turda oʻtkaziladigan
olimpiadaning 12-turi 10-noyabr kuni Xiva shahrida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib kelinmoqda.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning oxirgi turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🎉6🔥2👏2❤1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun olimpiada gʻoliblari taqdirlandi!

5-noyabr kuni KHISO olimpiada maktabi tomonidan matematika fanidan oflayn olimpiada boʻlib oʻtdi!

✅Olimpiadada Xorazm vohasining 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 Gʻolib oʻquvchilar medallar va vaucherlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, har bir ishtirokchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

💥 Qiziqish va talablardan kelib chiqib 19-noyabr kuni keyin olimpiada oʻtkaziladi. Bu safar jiddiy tayyorgarliklar bilan. Bu haqida bugun batafsil e’lon qilamiz.

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏3🥰2🤩1
Xorazmda qaysi tuman yoki shahar o‘quvchilari olimpiadada eng faol va eng yaxshi natijaga erishgan?


Xabaringiz bor o‘tgan yakshanba 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida navbatdan tashqari oflayn olimpiada o‘tkazildi.

🇹🇷 Turkiyalik ustozim Hakan Ozmanning maktablari nomi 3T-EGITIM. O‘zbekchasiga aytganda 3T-O‘qitish.

Xo‘sh nega 3 ta T❓

Bu TAHLIL (TAHLIL) - TEŞHİS (TASHXIS) - TAKIP (KUZATISH) so‘zlarining bosh harflaridan kelib chiqqan.


Demak natijalarni tahlil qilish va xatolarni aniqlash (tashxis) muvaffaqiyatga olib boradi. Shundan kelib chiqib, o‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qildik.

📊 Yuqorida qatnachuvchilar soni, umumiy ball, o‘rtacha ball va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha tuman/shaharlar reytingini keltirdik.

Umumiy ball va qatnashchilar soniga ko‘ra Urganch shahar, o‘rtacha ball bo‘yicha Tuproqqal'a tumani hamda medallar soni bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani yetakchilik qilmoqda.

Keyingi yakshanba (19-noyabr) da 1-4 sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi olimpiada o‘tkaziladi.

Ko‘ramiz, bu safar qaysi tuman yoki shahar eng yaxshi natijani qo‘lga kiritadi?

Nima deysiz, yuqoridagi reytingni maktablar o‘rtasida ham qilish kerakmi?

🏆 Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/26
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😢3👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Xorazmda "MANTIQIY MATEMATIKA" olimpiadasi oʻtkazildi!

🥇 19-noyabr kuni Urganch shahridagi 6-son umuma'lim maktabida KHISO olimpiada maktabi tomonidan navbatdagi olimpiada boʻlib oʻtdi!

🏆Olimpiadada Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan jami 461 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar 23-noyabr kuni "Yoshlar markazi"da medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

📊 Ertaga eng yaxshi tuman/shahar va maktablar reytingini aniqlaymiz.

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥4🥰2😱2
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining yakuniy 13-turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida o‘tkaziladi.

✅ Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
➕ - matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🔭 - fizika fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin saralangan o‘quvchilar qatnashishi mumkin.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik

🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Shovot tumanidagi 1-maktabda bo‘lib o‘tadi.

⏲ Olimpiada jarayoni soat 9:00 da boshlanadi.

📍 MAKTAB LOKATSIYASI

🫥 Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib borilmoqda. Tuman va shaharlarda o‘tkazilgan olimpiadalarning g‘oliblari ishtirokida yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Shuningdek, 26-noyabr (yakshanba) kuni "MATEMATIKA&IQ TEST" olimpiadasi o‘tkaziladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/49

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤1🤩1
7-8 matematika (SHOVOT).pdf
182.1 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 13-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning yakuniy 13-turi Shovot tumanida o‘tkazildi.

Olimpiadada jami 248 nafar o‘quvchi qatnashdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Dekabr oyida ushbu loyihaning finali - "Viloyat hokimi kubogi" bo‘lib o‘tadi!
👍23❤2😢2🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning yakuniy turi ustozimning yurti - Shovot tumanida oʻtkazildi

Jami 13 turda oʻtkaziladigan
olimpiadaning yakuniy turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 250 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazildi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Loyiha keyingi yil ham davom etishini xohlaysizmi? Izohlarda fikringizni qoldiring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥5👏4❤3😢3😱1
Sizning ham fikringiz kitobdan joy olishi mumkin!

Ha toʻgʻri oʻqidingiz. Bilasiz Respublikamizdagi hududlar ichida ilk marta Xorazmda viloyat hokimining qoʻllovi bilan “Hokim olimpiadasi” loyihasi oʻtkazildi. Jami 13 ta tuman va shaharlarda olimpiadalar oʻtkazildi. Olimpiada topshiriqlari, yechimlari, statistik ma’lumotlar tahlillari, qiziqarli voqealar, rasmlardan iborat hisobot kitobini nashr qilish rejalashtirilgan. Joiz kelsa “tarixiy” kitob desak boʻladi. Shu kitobda viloyat hokimi olimpiadasida ishtirok etgan oʻquvchilar, ularning ustozlar yoki ota-onasining eng sara fikrlarini kitobga kiritishga qaror qildik.

Shu post ostidagi izohga oʻz fikringizni, olimpiadadan olgan taasurotlaringizni qoldiring. Ushbu loyiha sizga nima berdi? Bunday loyihalar oʻzi kerakmi? Shu kabi savollarga fikringizni qoldirishingiz uchun imkoniyat.
👍8🥰1👏1
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!


Yuqoridagi shiorimizni ko‘pchilik yaxshi biladi. Haqiqatdan, yakshanba kuni kimlar uchundir dam olish kuni. Lekin oldiga katta maqsad qo‘ygan o‘quvchilar uchun emas.

Shunday ekan dekabr oyining ilk yakshanbasida katta maqsadli o‘quvchilarni matematika fanidan olimpiadalarda qatnashishga taklif etamiz!

Toshkent shahrida yashovchilar uchun (oflayn olimpiada): ➡️https://t.me/khiso/4409

Xorazm viloyatida yashovchilar uchun (oflayn olimpiada): ➡️ https://t.me/khiso_khorezm/67

Boshqa hududda yashovchilar uchun (onlayn olimpiada): ➡️ https://t.me/khiso/4410

Hozircha ikkita hududda oflayn olimpiadalar yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik ishonchli hamkor orqali boshqa hududlada ham oflayn tarzda olimpiadalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3❤1🥰1🎉1
3-dekabr TOSHKENT.pdf
385.7 KB
Toshkent shahrida TIFT universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiada natijalari aniqlandi!

Urganch
shahrida o‘tkazilgan olimpiada natijalari bugun @khiso_khorezm kanalida e'lon qilinadi.

(Saytimizda esa aynan shu savollar berilgan onlayn olimpiada davom etmoqda!)

Toshkent shahridagi olimpiadaga 292 nafar o‘quvchi qatnashdi. (Urganch shahrida esa 600 dan ortiq o‘quvchi qatnashgan)

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlandi:

🟨 - 🥇 medal, oʻquv markaz uchun 300.000 so‘mlik vaucher;

⬜️ - 🥈 medal, oʻquv markaz uchun 200.000 so‘mlik vaucher;

🟧 - 🥉 medal, oʻquv markaz uchun 100.000 so‘mlik vaucher;

Boshqa har bir ishtirokchi oʻquv markaz uchun sertifikat, 50.000 so‘m vaucher va kuntesti mobil ilovasi uchun 50 tanga bilan mukofotlanadi.
👍12👏6🔥2😁2❤1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Al-Xorazmiy vatanida navbatdagi olimpiada bo‘lib o‘tdi!


🏆Olimpiadada jami 622 nafar (rekord yangilandi) iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 45 nafar o‘quvchi turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

📊 Ertaga eng yaxshi tuman/shahar, maktablar va o‘qituvchilar (bu yangilik) reytingini aniqlaymiz.

🤝 Loyihamizni qoʻllab quvvatlaganligi uchun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

➡️ Keyingi olimpiada 10-dekabrda 5-8 sinf oʻquvchilari uchun boʻlib oʻtadi.

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥3🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda 5-6-7-8 sinf oʻquvchilari uchun "MATEMATIKA&IQ TEST" olimpiadasi oʻtkazildi!

🥇 10-dekabr kuni Urganch shahridagi 6-son umumta'lim maktabida KHISO olimpiada maktabi tomonidan navbatdagi olimpiada boʻlib oʻtdi!

🏆Olimpiadada jami 100 nafar eng iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🖥 Har bir ishtirokchi va ustozi elektron sertifikat bilan taqdirlanishdi. (@khiso_admin ga murojaat qilish zarur).

🥇 G‘oliblar “Viloyat hokimi olimpiadasi”da ishtirok etishadi va medallar bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab quvvatlaganligi uchun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

➡️ Keyingi olimpiada 17-dekabrda 1-4 sinf oʻquvchilari uchun boʻlib oʻtadi.

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤩2👏1
Xorazmda qaysi ustozlarning o‘quvchilari medallarni qo‘lga kiritishmoqda?


Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovning tashabbusimizni qo‘llab quvvatlashi natijasida 2023-yil viloyatimizda olimpiada trendga chiqdi desak adashmayman. Dastlab, 5-6-7-8 sinf o‘quvchilar orasida "olimpiada harakati" vujudga kelgan bo‘lsa, endilikda boshlang‘ich sinflar o‘rtasida ham ommalashdi. Har bir olimpiadadan keyin takliflarni inobatga olib, yangiliklar qo‘shib bormoqdamiz. Nafaqat o‘quvchilar, balki ustozlarining ham statistik reytingi yuritilmoqda. O‘quv yili oxirida eng faol ustozlarni aniqlash rejalashtirilgan.

Masalan, 3-dekabrda o‘tkazilgan olimpiadaga ko‘ra o‘quvchilar soni, umumiy va o‘rtacha ball bo‘yicha kabi reytinglar aniqlandi. Shulardan eng asosiy, ya'ni g‘olib o‘quvchilarining natijalari (medallari) bo‘yicha o‘qituvchilar reytingini siz bilan bo‘lishmoqchiman.

🥇Bu reytingda 1,2,3-o‘rinni egallagan ustozlar kelttirilgan. Quyidagi havolada o‘quvchilari HM4 va HM5 medallarini egallagan ustozlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ https://khiso.uz/news/medallar-boyicha-reyting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤩1
Tunda kelgan fikrlar!

Farzandining kelajagi uchun jonkuyar ota-onalar uchun!

Faqat gʻoliblar emas, ishtirokchilarning ham qandaydir motivatsiyasi boʻlishi kerak. Chunki, eng oliy maqsadimiz har bir olimpiadadan keyin oʻquvchilarda yanada koʻp bilim olishga ishtiyoq oshib borishi.

Hozircha menga bir nechta fikrlar keldi. Bularni siz bilan boʻlishaman. Qoʻshimcha takliflar boʻlsa albatta amaliyotga tadbiq qilamiz.


1) Oʻquvchilarning umumiy ballari yigʻilib borishi va keyinchalik qandaydir bonuslarga almashtirish. Masalan ballari (bu raqam oʻzgarishi mumkin) 1000 ga yetsa 100.000 soʻmlik kitobga almashtirishi yoki 500 ga yetsa olimpiadada bepul ishtirok etishi;

2) Ballari 500, 1000, 2000 lik dovonlarga yetganda daraja berish. Internetda ommalashgan oʻyinlarda shunday darajalar berilar ekan. Bu bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiy. Masalan 500 ballga yetsa “Mirzo Ulugʻbek” darajasi, 1000 balga yetsa “Al Beruniy” darajasi, 2000 ballga yetsa “Al Xorazmiy” darajasi. Darajalarga qoʻshib 🎖️ koʻkrak nishon va guvohnomasini berish.

3) Umumiy ballarga koʻra choraklik yoki oʻquv yili boʻyicha gʻoliblarni alohida taqdirlash.

Sizga qaysi gʻoyalar yoqdi yoki sizda qanday takliflar bor? Iltimos, faol boʻling. Zero, bularning barchasi aziz farzandlarimiz uchun!
👍44🔥11👏9🥰1🤩1