Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Al-Xorazmiy vatanida navbatdagi olimpiada bo‘lib o‘tdi!
Umumiy natijalar bilan ushbu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥3🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda 5-6-7-8 sinf oʻquvchilari uchun "MATEMATIKA&IQ TEST" olimpiadasi oʻtkazildi!
Umumiy natijalar bilan ushbu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤩2👏1
Xorazmda qaysi ustozlarning o‘quvchilari medallarni qo‘lga kiritishmoqda?
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovning tashabbusimizni qo‘llab quvvatlashi natijasida 2023-yil viloyatimizda olimpiada trendga chiqdi desak adashmayman. Dastlab, 5-6-7-8 sinf o‘quvchilar orasida "olimpiada harakati" vujudga kelgan bo‘lsa, endilikda boshlang‘ich sinflar o‘rtasida ham ommalashdi. Har bir olimpiadadan keyin takliflarni inobatga olib, yangiliklar qo‘shib bormoqdamiz. Nafaqat o‘quvchilar, balki ustozlarining ham statistik reytingi yuritilmoqda. O‘quv yili oxirida eng faol ustozlarni aniqlash rejalashtirilgan.
Masalan, 3-dekabrda o‘tkazilgan olimpiadaga ko‘ra o‘quvchilar soni, umumiy va o‘rtacha ball bo‘yicha kabi reytinglar aniqlandi. Shulardan eng asosiy, ya'ni g‘olib o‘quvchilarining natijalari (medallari) bo‘yicha o‘qituvchilar reytingini siz bilan bo‘lishmoqchiman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤩1
Tunda kelgan fikrlar!
Farzandining kelajagi uchun jonkuyar ota-onalar uchun!
Faqat gʻoliblar emas, ishtirokchilarning ham qandaydir motivatsiyasi boʻlishi kerak. Chunki, eng oliy maqsadimiz har bir olimpiadadan keyin oʻquvchilarda yanada koʻp bilim olishga ishtiyoq oshib borishi.
1) Oʻquvchilarning umumiy ballari yigʻilib borishi va keyinchalik qandaydir bonuslarga almashtirish. Masalan ballari (bu raqam oʻzgarishi mumkin) 1000 ga yetsa 100.000 soʻmlik kitobga almashtirishi yoki 500 ga yetsa olimpiadada bepul ishtirok etishi;
2) Ballari 500, 1000, 2000 lik dovonlarga yetganda daraja berish. Internetda ommalashgan oʻyinlarda shunday darajalar berilar ekan. Bu bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiy. Masalan 500 ballga yetsa “Mirzo Ulugʻbek” darajasi, 1000 balga yetsa “Al Beruniy” darajasi, 2000 ballga yetsa “Al Xorazmiy” darajasi. Darajalarga qoʻshib 🎖️ koʻkrak nishon va guvohnomasini berish.
3) Umumiy ballarga koʻra choraklik yoki oʻquv yili boʻyicha gʻoliblarni alohida taqdirlash.
Farzandining kelajagi uchun jonkuyar ota-onalar uchun!
Faqat gʻoliblar emas, ishtirokchilarning ham qandaydir motivatsiyasi boʻlishi kerak. Chunki, eng oliy maqsadimiz har bir olimpiadadan keyin oʻquvchilarda yanada koʻp bilim olishga ishtiyoq oshib borishi.
Hozircha menga bir nechta fikrlar keldi. Bularni siz bilan boʻlishaman. Qoʻshimcha takliflar boʻlsa albatta amaliyotga tadbiq qilamiz.
1) Oʻquvchilarning umumiy ballari yigʻilib borishi va keyinchalik qandaydir bonuslarga almashtirish. Masalan ballari (bu raqam oʻzgarishi mumkin) 1000 ga yetsa 100.000 soʻmlik kitobga almashtirishi yoki 500 ga yetsa olimpiadada bepul ishtirok etishi;
2) Ballari 500, 1000, 2000 lik dovonlarga yetganda daraja berish. Internetda ommalashgan oʻyinlarda shunday darajalar berilar ekan. Bu bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiy. Masalan 500 ballga yetsa “Mirzo Ulugʻbek” darajasi, 1000 balga yetsa “Al Beruniy” darajasi, 2000 ballga yetsa “Al Xorazmiy” darajasi. Darajalarga qoʻshib 🎖️ koʻkrak nishon va guvohnomasini berish.
3) Umumiy ballarga koʻra choraklik yoki oʻquv yili boʻyicha gʻoliblarni alohida taqdirlash.
Sizga qaysi gʻoyalar yoqdi yoki sizda qanday takliflar bor? Iltimos, faol boʻling. Zero, bularning barchasi aziz farzandlarimiz uchun!
👍44🔥11👏9🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"... Bu olimpiada Xorazmda bir dona deb o‘ylayman" - dedi iqtidorli o‘quvchilardan birining otasi!
Umumiy natijalar bilan ushbu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏3
Dunyoda 8-o‘rinda, Osiyoda 1-o‘rinda turuvchi NUS universiteti (Singapur)da faoliyat olib borayotgan ustozim Karim Raximov matematika qanchalik muhimligi haqida. Barchaga, ayniqsa ota-onalarga koʻrishni tavsiya qilaman.
Link:➡️ https://www.youtube.com/watch?v=wgAguPloMiA
Link:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
🔴 Kuchli matematik bo‘lish uchun chetda tahsil olish shartmi?
Ekspertimiz: Karim Rahimov
Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1
Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join
www.fikratonline.uz
Video: telegram.me/fikrat…
Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1
Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join
www.fikratonline.uz
Video: telegram.me/fikrat…
👍18🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"... KHISO olimpiadalari bolalarimiz kelajagi kafolatidir" - dedi iqtidorli o‘quvchilardan birining otasi!
Umumiy natijalar bilan ushbu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🥰3👏1
Ilmni qoʻllagan universitetni biz ham qoʻllaymiz🤝
Avgust oyida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali - “Yozgi maktab -2023” loyihasini tashkil qilgan edik. Unda darslar, sayohatlar, shaxmat musobaqasi, robototexnika ochiq darsi kabi qiziqarli tadbirlar boʻlib oʻtgan edi. Ushbu loyihaga asosiy homiy TIFT universiteti boʻlgan edi. Har bir ishtirokchiga esdalik sovgʻalari, narxi chegirmada 149.000 soʻm turadigan kitob bepul berilgandi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar (TV, planshet, Smart watch) bilan taqdirlangan edi. Ushbu universitet bu bilan cheklanib qolmadi. Bilasiz har oyning 1-yakshanbasida Toshkent shahrida oflayn olimpiadani aynan ularning binosida oʻtkazamiz. Ushbu olimpiadalarda oʻquvchilar uchun bepul tushlik tashkil qilib berishadi.
Gapning qisqasi, ilmga oid loyihalarni doimo qoʻllab quvvatlab kelishmoqda.
Hozirda talim.uz kanalida universitetlar reytingini aniqlash jarayoni ketmoqda. Sizlardan quyidagi havola orqali TIFT universitetiga ovoz berishingizni iltimos qilardim. Ovoz berganlarga istalgan kitobimiz uchun 20.000 soʻmlik bonus taqdim etamiz. Ovoz bering va skrinshotini @khiso_lc_admin ga yuboring. Istalgan kitobimiz sizga 20.000 soʻm arzoniga beriladi😉
Ovoz berish uchun havola:
P.S: TIFT - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
KHISO| Rasmiy kanal
“ULUG‘BEK IZDOSHLARI” olimpiadasi 3-mavsumi finali - YOZGI MAKTAB-2023 yopilish marosimi!
Oʻquvchilarni tabriklash uchun Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev va Toshkentda davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov…
Oʻquvchilarni tabriklash uchun Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev va Toshkentda davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov…
👍13👏3🎉2🤩2❤1🔥1
Endi bemalol yozsam boʻladi: Shunday hokimlar koʻpaysin!
Oʻtgan yilning oxirida viloyatimizga yangi rahbar boʻlib kelgan Joʻrabek Raximovga “Viloyat hokimi olimpiadasi” taklifini bildirgan edim va “shunday hokimlar koʻpaysin deb yozaman, amalga oshgandan keyin” deb yozgan edim. Barchangiz yaxshi bilasiz, ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu loyiha orqali Al Xorazmiyning vatanida olimpiada harakati paydo boʻldi.
Xalqaro va Respublika olimpiadalarida natijalarga erishildi.
Yangi yilda yangiliklar juda koʻp. Yana bir fan qoʻshildi. Ustozlar uchun ham yangilikni zoʻri bor. Bular haqida batafsil yozishga hozir afsus vaqtim yoʻq. Yaxshisi Xorazm telekanalidagi suhbatni toʻliq koʻrib chiqsangiz hamma yangilikni bilib olasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏6❤3🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YIL YAKUNI OLIMPIADASI” gʻoliblari va yilning eng faol ustozlari taqdirlandi
Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.
Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1
Sardor Bazarbaev
Photo
“Hokim kubogi qachon oʻtkaziladi?”
Dastlabki nizomga koʻra Xorazmning 13 ta tuman va shaharlarida “Viloyat hokimi” olimpiadasi oʻtkazilishi belgilangan edi. Bu vazifa 100% bajarildi
Alohida, faqat gʻoliblar qatnashadigan (futboldagi “chempionlar ligasi” kabi) “Hokim kubogi” rejadan tashqari, ya’ni qoʻshimcha tashabbus edi. Buni viloyatimiz hokimiga yetkazdim va hokimimiz qabul qildilar. Yanvar oyining 2-yarmida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Uning qanday tartibda oʻtishi va taqdirlash masalalari endi ishlab chiqilmoqda. Shunisi aniqki, faqatgina 13 ta turda oʻtgan olimpiada gʻoliblari va @khiso_khorezm tomonidan oʻtkazilayotgan olimpiadalarning gʻoliblari qatnasha oladi. Shu vaqtga qadar navbatdan tashqari olimpiadalarni (qaysidir ma’noda “Hokim kubogi” uchun qoʻshimcha saralash desak boʻladi) faqatgina matematika fanidan oʻtkazib kelayotgan edik. Masalan, 7-yanvar kuni navbatdagisi boʻlib oʻtadi va unda gʻolib boʻlgan 5-6-7-8 sinf oʻquvchilariga ham “Hokim kubogi”da qatnashish imkoniyati beriladi.
Nima deysiz, “hokim kubogi”dan oldinroq
fizika, kimyo va biologiya
fanlaridan qoʻshimcha saralash oʻtkazaylikmi? Fikringizni izohda qoldiring. Umuman olganda qoʻshimcha takliflaringiz boʻlsa ham qoldirishingiz mumkin. Zero “Maslahatli osh tarqamas”😉
Hokim olimpiadasi haqida koʻrsatuvdan havola:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
“Viloyat hokimi olimpiadasi” yakunlari va keyingi yilgi yangiliklar haqida suhbatlashdik.
👍34
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
An'anamizga ko‘ra har oyning ilk yakshanbasida olimpiada tashkil qilamiz. 7-yanvar kuni Toshkent va Urganch shaharlarida oflayn, shuningdek boshqa hududdagilar uchun esa onlayn olimpiada o‘tkaziladi.
Qiziq statistikaga duch keldik. Hozirga qadar 300 ga yaqin Xorazmlik o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, poytaxti-azim Toshkent shahardan 90 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Balki bu "Viloyat hokimi olimpiadasi" sabab Xorazmda qiziqish oshganligidandir.
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish ertaga soat 18:00 da yakunlanadi.
🚩 oshkent shahardagilar uchun: ➡️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH
🚩 rganch shahridagilar uchun: ➡️ QOIDALAR VA RO‘YXATDAN O‘TISH
📍 Toshkent shahridan qatnashadiganlar uchun TIFT universiteti binosida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Toshkent shahar elektr tarmoqlari, Maktabgacha ta'lim agentligi, UzAuto
📍 Xorazm viloyatidan qatnashadiganlar uchun esa doimgidek Urganch shahar 6-maktab binosida o‘tkaziladi.
An'anamizga ko‘ra har oyning ilk yakshanbasida olimpiada tashkil qilamiz. 7-yanvar kuni Toshkent va Urganch shaharlarida oflayn, shuningdek boshqa hududdagilar uchun esa onlayn olimpiada o‘tkaziladi.
Qiziq statistikaga duch keldik. Hozirga qadar 300 ga yaqin Xorazmlik o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, poytaxti-azim Toshkent shahardan 90 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Balki bu "Viloyat hokimi olimpiadasi" sabab Xorazmda qiziqish oshganligidandir.
Mo‘ljal: Toshkent shahar elektr tarmoqlari, Maktabgacha ta'lim agentligi, UzAuto
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Xorazmda 2024-yilning ilk olimpiadasi oʻtkazildi
Umumiy natijalar bilan ushbu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
Ta’lim yoʻlida yana bir yaxshi loyiha!
Navoiy viloyatidagi natijalari va sifati boʻyicha eng ilgʻor markazlardan biri Alif oʻquv markazi rahbari, doʻstimiz Samoiddin Temirov yaxshi ishni yoʻlga qoʻyibdi.
Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanayotgan oʻquvchilar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Natijalar haqida soʻz ketganda 2022-2023 yillarda Navoiy shahar Prezident maktabiga qabul qilingan eng yuqori oʻrindagi oʻquvchilarning barchasi Samoiddinda tahsil olganini e’tirof etish yetarli.
Bu reklama emas, shaxsiy tavsiyam:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FINALGA CHIQISH UCHUN QOʻSHIMCHA SARALASH OLIMPIADASI OʻTKAZILDI!
Umumiy natijalar bilan ushbu
P.S: “Hokim kubogi” da qatnashuvchi oʻquvchilarning yakuniy roʻyxati ertaga kanalimizda e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🥰2
Sardor Bazarbaev
Photo
HOKIM KUBOGI finalchilar.pdf
190.9 KB
"HOKIM KUBOGI" da qatnashuvchi o‘quvchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlandi
"Hokim va Yoshlar" uchrashuvida tuman va shaharlarda o‘tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi" g‘oliblari hamda jamoamiz tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" (
Koʻpchilik soʻragan savol: Bu yil ham davom etadimi?
Javob: Albatta davom etadi. Nafaqat oʻquvchilar, ustozlar uchun ham alohida olimpiada oʻtkaziladi va munosib ragʻbatlantirilib boriladi.
Shunday ekan, o‘qituvchilar va barcha o‘quvchilardan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlarini kutib qolamiz.
👍53😱3
Mukofotini ustoziga bergan o‘quvchi!
O‘ng tarafdagi rasmda boshiga quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqib yurgan kishi 15 yildan ortiqroq vaqt o‘z mamlakatida bo‘lmagandan so‘ng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari bo‘yicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoluddin bo‘ladi.
Doktor faxriy zalga kirmoqchi bo‘lib turganida bir cholning yo‘lakka gazetalarni qo‘yib, gazeta sotayotgani uni to‘xtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, so‘ngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zo‘rg‘a kirdi. U o‘tirdi, lekin uning fikri-xayoli gazeta sotuvchisida edi.
“Ijodkorlik” nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u o‘rnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma xayrat bilan doktorga qarab qoldi!!!
Doktor o‘rnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qo‘lidan ushlagan edi, u qo‘lini tortib oldi.
Gazeta sotuvchi qariya: – Meni qo‘yib yubor o‘g‘lim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman, dedi.
Doktor bo‘g‘iq ovoz bilan unga shunday dedi: – Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan birga yursangiz…
Gazeta sotuvchi qarshilik ko‘rsatar, doktor esa uning qo‘lidan ushlar edi. Qariya doktor ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rgandan keyin qarshilik qilmay qo‘ydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi.
Gazeta sotuvchi: – O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi?
Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi.
U yerda to‘planganlar xayron edi, lekin doktor yig‘lar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan o‘par ekan, shunday der edi:
Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Xalil???
Gazeta sotuvchi esa: – Yo‘q, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yog‘i qarichilik, deya javob berdi.
Shunda doktor: – Men markaziy o‘rta maktabdagi o‘quvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi bo‘lganman, siz esa meni rag‘batlantirib, meni kuzatib turar edingiz. O‘shanda 1966 yillar edi...
Undan keyin sotuvchi shogirdini bag‘riga bosdi. Shunda doktor o‘ziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar arab tilidan o‘qituvchi bo‘lgan gazeta sotuvchisining ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Keyin doktor katnashchilar oldida o‘z nutqini so‘zladi:
Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqllik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki, ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni o‘zlariga munosib mavqelarga qo‘ymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom ko‘rsatmay, qadrlamay qo‘yganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64👏6😢4🥰3❤2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Xorazmda kichik Al-Xorazmiylar olimpiadasi oʻtkazildi
Umumiy natijalar bilan ushbu
🔜 Andijon viloyatida o‘tkazilgan olimpiada ishlari tekshirilmoqda. Tekshiruv yakunlanishi bilan natijalar va g‘oliblarni e'lon qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤2🔥1