Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YIL YAKUNI OLIMPIADASI” gʻoliblari va yilning eng faol ustozlari taqdirlandi


Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
“Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.

🥇 28-29 dekabr kunlari “Yil yakuni olimpiadasi” gʻoliblari medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

🏅 Shuningdek, “Yilning eng faol ustozlari” va “Yilning eng kuchli oʻquvchilari” nominatsiyalari gʻoliblari maxsus nishon hamda “UYGʻONISH” kitoblar toʻplami bilan taqdirlanishdi.

📱Taqdirlashga kela olmaganlar sovrinlarini +998987788388 raqami orqali (bayramdan keyin) olishlari mumkin.

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1
Sardor Bazarbaev
Photo
“Hokim kubogi qachon oʻtkaziladi?”


Dastlabki nizomga koʻra Xorazmning 13 ta tuman va shaharlarida “Viloyat hokimi” olimpiadasi oʻtkazilishi belgilangan edi. Bu vazifa 100% bajarildi ✅

Alohida, faqat gʻoliblar qatnashadigan (futboldagi “chempionlar ligasi” kabi) “Hokim kubogi” rejadan tashqari, ya’ni qoʻshimcha tashabbus edi. Buni viloyatimiz hokimiga yetkazdim va hokimimiz qabul qildilar. Yanvar oyining 2-yarmida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Uning qanday tartibda oʻtishi va taqdirlash masalalari endi ishlab chiqilmoqda. Shunisi aniqki, faqatgina 13 ta turda oʻtgan olimpiada gʻoliblari va @khiso_khorezm tomonidan oʻtkazilayotgan olimpiadalarning gʻoliblari qatnasha oladi. Shu vaqtga qadar navbatdan tashqari olimpiadalarni (qaysidir ma’noda “Hokim kubogi” uchun qoʻshimcha saralash desak boʻladi) faqatgina matematika fanidan oʻtkazib kelayotgan edik. Masalan, 7-yanvar kuni navbatdagisi boʻlib oʻtadi va unda gʻolib boʻlgan 5-6-7-8 sinf oʻquvchilariga ham “Hokim kubogi”da qatnashish imkoniyati beriladi.

Nima deysiz, “hokim kubogi”dan oldinroq
fizika, kimyo va biologiya
fanlaridan qoʻshimcha saralash oʻtkazaylikmi? Fikringizni izohda qoldiring. Umuman olganda qoʻshimcha takliflaringiz boʻlsa ham qoldirishingiz mumkin. Zero “Maslahatli osh tarqamas”😉


Hokim olimpiadasi haqida koʻrsatuvdan havola: 📹 https://youtu.be/ZTUWBo5PSJw?si=EZl5PP42KREdOA3j
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34
Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!


An'anamizga ko‘ra har oyning ilk yakshanbasida olimpiada tashkil qilamiz. 7-yanvar kuni Toshkent va Urganch shaharlarida oflayn, shuningdek boshqa hududdagilar uchun esa onlayn olimpiada o‘tkaziladi.

Qiziq statistikaga duch keldik. Hozirga qadar 300 ga yaqin Xorazmlik o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, poytaxti-azim Toshkent shahardan 90 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Balki bu "Viloyat hokimi olimpiadasi" sabab Xorazmda qiziqish oshganligidandir.

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish ertaga soat 18:00 da yakunlanadi.

🚩oshkent shahardagilar uchun: ➡️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH

🚩rganch shahridagilar uchun: ➡️ QOIDALAR VA RO‘YXATDAN O‘TISH

📍 Toshkent shahridan qatnashadiganlar uchun TIFT universiteti binosida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Toshkent shahar elektr tarmoqlari, Maktabgacha ta'lim agentligi, UzAuto

📍 Xorazm viloyatidan qatnashadiganlar uchun esa doimgidek Urganch shahar 6-maktab binosida o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Xorazmda 2024-yilning ilk olimpiadasi oʻtkazildi


🏆7-yanvar kuni Urganch shahrida 1-8 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan olimpiada otkazildi va unda 364 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

😉 Bu safar videoda olimpiada jarayonlaridan tortib, ishlarni tekshirish va kompyuterga kiritish jarayonlari ham yoritilgan. Gapning qisqasi, koʻrishni tavsiya qilamiz

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 40 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi yanvar oyining 1-yarmida Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
Ta’lim yoʻlida yana bir yaxshi loyiha!


Navoiy
viloyatidagi natijalari va sifati boʻyicha eng ilgʻor markazlardan biri Alif oʻquv markazi rahbari, doʻstimiz Samoiddin Temirov yaxshi ishni yoʻlga qoʻyibdi.

Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanayotgan oʻquvchilar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Natijalar haqida soʻz ketganda 2022-2023 yillarda Navoiy shahar Prezident maktabiga qabul qilingan eng yuqori oʻrindagi oʻquvchilarning barchasi Samoiddinda tahsil olganini e’tirof etish yetarli.


Bu reklama emas, shaxsiy tavsiyam: ➡️ @alif_oquvmarkazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FINALGA CHIQISH UCHUN QOʻSHIMCHA SARALASH OLIMPIADASI OʻTKAZILDI!


❄️Bugun vohamizda qor. Lekin 148 nafar yuragida olovi bor iqtidorli oʻquvchilarimiz “HOKIM KUBOGI” uchun qoʻshimcha saralash sifatida tashkil etilgan olimpiada final yoʻllanmasi uchun kurash olib borishdi. Ular ichidan eng yuqori natijaga erishgan 32 nafar oʻquvchi finalda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

P.S: “Hokim kubogi” da qatnashuvchi oʻquvchilarning yakuniy roʻyxati ertaga kanalimizda e’lon qilinadi.


🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🥰2
Sardor Bazarbaev
Photo
HOKIM KUBOGI finalchilar.pdf
190.9 KB
"HOKIM KUBOGI" da qatnashuvchi o‘quvchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlandi


"Hokim va Yoshlar"
uchrashuvida tuman va shaharlarda o‘tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi" g‘oliblari hamda jamoamiz tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" (qaysidir ma'noda chempionlar ichidan eng kuchlilarini aniqlash va rag‘batlantirish) o‘tkazish tashabbumizni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llagan edilar. Dastlabki rejaga ko‘ra 25-yanvarda o‘tkazilishi belgilanmoqda. Tez orada to‘liq ma'lumot berib o‘tamiz, kanalimizni kuzatib boring.

Koʻpchilik soʻragan savol: Bu yil ham davom etadimi?
Javob: Albatta davom etadi. Nafaqat oʻquvchilar, ustozlar uchun ham alohida olimpiada oʻtkaziladi va munosib ragʻbatlantirilib boriladi.


Shunday ekan, o‘qituvchilar va barcha o‘quvchilardan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlarini kutib qolamiz.
👍53😱3
Mukofotini ustoziga bergan o‘quvchi!

​
O‘ng tarafdagi rasmda boshiga quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqib yurgan kishi 15 yildan ortiqroq vaqt o‘z mamlakatida bo‘lmagandan so‘ng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari bo‘yicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoluddin bo‘ladi.

Doktor faxriy zalga kirmoqchi bo‘lib turganida bir cholning yo‘lakka gazetalarni qo‘yib, gazeta sotayotgani uni to‘xtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, so‘ngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zo‘rg‘a kirdi. U o‘tirdi, lekin uning fikri-xayoli gazeta sotuvchisida edi.
“Ijodkorlik” nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u o‘rnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma xayrat bilan doktorga qarab qoldi!!!
Doktor o‘rnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qo‘lidan ushlagan edi, u qo‘lini tortib oldi.

Gazeta sotuvchi qariya
: – Meni qo‘yib yubor o‘g‘lim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman, dedi.
Doktor bo‘g‘iq ovoz bilan unga shunday dedi: – Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan birga yursangiz…
Gazeta sotuvchi qarshilik ko‘rsatar, doktor esa uning qo‘lidan ushlar edi. Qariya doktor ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rgandan keyin qarshilik qilmay qo‘ydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi.

Gazeta sotuvchi:
– O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi?
Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi.
U yerda to‘planganlar xayron edi, lekin doktor yig‘lar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan o‘par ekan, shunday der edi:
Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Xalil???

Gazeta sotuvchi esa: – Yo‘q, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yog‘i qarichilik, deya javob berdi.

Shunda doktor:
– Men markaziy o‘rta maktabdagi o‘quvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi bo‘lganman, siz esa meni rag‘batlantirib, meni kuzatib turar edingiz. O‘shanda 1966 yillar edi...
Undan keyin sotuvchi shogirdini bag‘riga bosdi. Shunda doktor o‘ziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar arab tilidan o‘qituvchi bo‘lgan gazeta sotuvchisining ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Keyin doktor katnashchilar oldida o‘z nutqini so‘zladi:

Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqllik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki, ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni o‘zlariga munosib mavqelarga qo‘ymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom ko‘rsatmay, qadrlamay qo‘yganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik...


👉 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64👏6😢4🥰3❤2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Xorazmda kichik Al-Xorazmiylar olimpiadasi oʻtkazildi


🏆21-yanvar kuni Urganch shahrida 1-4 sinf oʻquvchilari uchun mantiqiy matematika yo‘nalishida olimpiada o‘tkazildi va unda 392 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natijali jami 30 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi yanvar oyining yakunida Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🔜 Andijon viloyatida o‘tkazilgan olimpiada ishlari tekshirilmoqda. Tekshiruv yakunlanishi bilan natijalar va g‘oliblarni e'lon qilamiz.


🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤2🔥1
Vashingtondagi elchixonamiz oldida Abu Rayhon Beruniyga yodgorlik o‘rnatilibdi.

Aziz o‘quvchi, unutma tarix takrordan iborat. Bu millatdan necha necha buyuklar chiqgan. Yana chiqishiga ishonish va bu yo‘lda fidoiylik qilish kerak xolos.
👍66🔥9😢5😱2🎉1
📚Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

🟢Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishadi;

🟢Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 ta kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

🟢Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuv­chi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan ziyod.

🟢Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Worterbuch”) bo‘lib, u 33 jild va 34519 betdan iborat.

🟢Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.

@bazarbaevs
👍26👏5❤1
Bugun saytimizda bepul iq test boʻlyapti

.

Nechta savolga toʻgʻri javob bersangiz istalgan kitobimiz uchun shuncha foiz chegirmaga ega boʻlasiz.

Masalan sertifikatingizda 95/100 ball (ya’ni 19 ta toʻgʻri javob) deb yozilgan boʻlsa 19% chegirma yutib olasiz.

Shuningdek 22:00 dan youtube kanalimizda yechimlari chiqadi. Ajoyib imkoniyatdan foydalanish kerak xolos.


Biz maktabda vaqtimizda sinfdoshlar bilan intellektual musobaqalar oʻynardik. “Kim koʻp yechish” kabi. Mana shunda rivojlanasiz. Foydasiz narsalardan koʻra mana shunday foydali jabhalarda bellashish kerak!


IQ TEST HAQIDA:
➡️ t.me/khiso/4457
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9😢4🔥2
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
Pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi


Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

❌ Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤩3
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
👏37👍16🤩6😱2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matematika Xorazmda chinakam trendga chiqmoqda!


Bugun Urganch shahrida 1-8 sinf oʻquvchilari uchun mantiqiy matematika yo‘nalishida olimpiada o‘tkazildi va unda 509 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natijali jami 44 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi kelasi haftada Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥4👏2❤1😢1
🏆
"HOKIM KUBOGI"
10-fevral kuni o‘tkaziladi
.


✅ Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
➕ - matematika fanidan (5, 6, 7-8 va 9-sinflar uchun)
🔭 - fizika fanidan (7-8 va 9-sinflar uchun).
🦠 - biologiya fanidan (7-8 va 9-sinflar uchun)
🧪 -kimyo fanidan (7-8 va 9-sinflar uchun)

📢 Olimpiadada final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jami 108 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Boshqa o‘quvchilar ishtirok etishi mumkin emas.

🎁 Jami 10 ta 1-o‘rin sohiblari 14-fevral kuni Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashida taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Urganch shahridagi 6-maktabda bo‘lib o‘tadi.
📍 Lokatsiya: ➡️ t.me/khiso_khorezm/37

⏲ Olimpiada jarayoni soat 9:00 da boshlanadi.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥6❤1
Sardor Bazarbaev
🏆 "HOKIM KUBOGI" 10-fevral kuni o‘tkaziladi. ✅ Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi: ➕ - matematika fanidan (5, 6, 7-8 va 9-sinflar uchun) 🔭 - fizika fanidan (7-8 va 9-sinflar uchun). 🦠 - biologiya fanidan (7-8 va 9-sinflar uchun) 🧪 -kimyo fanidan…
HOKIM KUBOGI natijalar.pdf
201.4 KB
🏆 "HOKIM KUBOGI" natijalarini e'lon qilamiz.

Chempionlar o‘rtasida o‘tkazilgan final olimpiadasida jami 105 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. O‘z kategoriyasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchilar viloyat hokimi tomonidan taqdirlanadi.


"Viloyat hokimi olimpiadasi" 2024-yilda ham katta yangiliklar bilan davom etadi. Ungacha kanalimizni kuzatib boring.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42😢12❤3🎉3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yil loyihasi” - "HOKIM KUBOGI" oʻtkazildi


Jami 13 turda tuman/shaharlarda oʻtkazilgan olimpiadalar va #khiso_olimpiada larning gʻoliblari ishtirokida final oʻtkazildi. Unda jami 105 nafar chempionlar ishtirok etdi.

🎁 Oʻz kategoriyasida mutloq gʻolib boʻlgan jami 10 nafar oʻquvchi 14-fevral kuni viloyat hokimi tomonidan taqdirlanadi.


Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovning qoʻllovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yilda ham davom etishi rejalashtirilgan.


➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🤩2❤1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Respublika miqiyosida qiymati 15 milliard so‘m bo‘lgan fan olimpiadasi o’tkaziladi

❗️Hujjat qabuli tugashiga 1 kun qoldi!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida, matematikadan Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi.

Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida 11-sinf maktab va litsey o’quvchilarini qamrab oladi.

⬇️Arizalar 13-fevralga (shu kuni ham) qadar @Olympiad2024_bot orqali BEPUL qabul qilinadi.

Matematika fanidan o’z bilimlaringizni sinab ko’ring va Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

😎 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda navbatdagi #khiso_olimpiada oʻtkazildi!


Bugun Urganch shahrida 1-8 sinf oʻquvchilari uchun mantiqiy matematika yo‘nalishida olimpiada o‘tkazildi va unda 366 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natijali jami 38 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi 24-fevral kuni Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🤩1