Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
21-iyun YANGIARIQ tumani.pdf
7-8 matematika Yangiariq.pdf
96.4 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi"da 5-tur natijalarini e'lon qilamiz!

Yangi mavsumning 5-olimpiadasi Yangiariq tumanida o‘tkazildi va unda 300 ga yaqin o‘quvchi qatnashadi!

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Keyingi tur avgust oyida Xonqa tumanida tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maxsus qisqartmalar ma’nosi:

TJS - toʻgʻri javoblar soni;
NJS - notoʻgʻri javoblar soni;
BJS - belgilanmagan javoblar soni.
👍36🤩4
Talabalar olimpiadasi final natijalari.pdf
96.8 KB
Talabalar olimpiadasining final bosqichi natijalari e’lon qilindi!

Taqdirlash marosimi 28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida boʻlib oʻtadi. 6 nafar gʻolib talaba shaxsan vazir tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadi.
👍20🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TIFT Universiteti xususiy OTMlar ichida «Matematika» ta'lim yo‘nalishi mavjud yagona universitet hisoblanadi.

Universitet talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, Oliy nishon - “Oltin yulduz” medali sohibi - O‘zbekiston qahramoni, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich va institut ilmiy xodimlari o’rtasida "Zamonaviy algebra va uning tadbirlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda akademik olimlardan matematika sohasining dunyo bo'ylab dolzarblashayotgani, raqamlashayotgan jamiyat matematikaning ahamiyati haqida muhim ma’lumot va maslahatlar berildi.

TIFT Universiteti talabasi bo‘ling va o‘z sohasining yetuk olimlaridan dars oling.

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️
Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz!

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oxirigacha_oʻqing #shaxsiy_namuna #kitobxonlik

Prezident tashubbusini shaxsiy namuna bilan davom ettirgan tanlov!


O‘zim matematik bo‘lganim uchun emas, hayotimda juda ko‘p saxiy matematiklar uchratganim uchun ham "matematiklardan yomon odam chiqmaydi" deyman. Mana shunday saxiy insonlardan biri - Bekzod aka To‘xtasinov bo‘ladilar. Yanvarda ustozim Karim Rahimov va Bekzod aka bilan uchrashganimizda "qarindoshlarim o‘rtasida kitobxonlik tanlovini tashkil qildim" deganlarida qoyil qolgandim. Sizga ulashayotgan videoni ko‘rganimdan keyin, to‘g‘risi hayratlandim va havas qildim.

Bekzod aka o‘qituvchilarning farzandi hisoblanadi. Rahmatlik otalari Soliyev Ilhomjon matematika fani o‘qituvchisi bo‘lganlar. Ularning otalari Soliyev To‘xtasin - boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi. Ya’ni, o‘qituvchining nevarasi. Onalari Soliyeva Faridaxon hozirda nafaqadalar. 30 yildan ortiq chet tili fanlaridan dars berganlar. Do‘stlik ordeni va "Xalq ta’lim a’lochisi" ko‘krak nishoni sohibasilar. Ularning otalari Qayumov Abdurahmon savdogar bo‘lganlar. Bugungi kunda Abdurahmon va To‘xtasin buvalarning 100 dan ortiq chevaralari bo‘lib, maktab yoshidagi 50 dan ortiq chevara mavjud.


Yoshlarni kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va Ikki avlod hamjihatligini mustahkamlash maqsadida 2024-yil yanvar oyida Faridaxon buvi tashabbusi bilan #kitobxonlik_tanlovi e’lon qilindi. Tanlov shartiga ko‘ra har bir o‘quvchi bir oy mobaynida bitta kitob tanlab o‘qishi kerak edi. 5 oy mobaynida 42 nafar o‘quvchi 300 dan ortiq kitob o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanlov qat’iy nizom asosida tashkil qilinib, yoshlar har oy o‘qigan kitoblarni oldindan belgilangan tartib asosida hay’at a’zolariga taqdim qilib borishdi. Natijalarga bag‘ishlangan tantana 23-iyun kuni Soliyev Ilhomjon ustozning xonadonida tashkil etildi. Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

To‘g‘risi, havas qildim. Agar hammamiz kitobga, ilmga Bekzod akadek shaxsiy namuna bilan munosabatda bo‘lsak tezroq buyuk davlatga aylanamiz. Shu o‘rinda, Bekzod aka va ularni tarbiyalagan insonlarga rahmat. Men uchun eng yaxshi e’tirof "otangga rahmat". Bekzod aka otangizga rahmat!
👍68🔥13🥰7👏2🎉2
13-iyul kuni Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yoshlar ishlari agentligi hamda KHISO akademiyasi bilan hamkorlikda "TIFT Math" mantiqiy matematika olimpiadasining final bosqichi o'tkazildi.

Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi. Saralash bosqichida 5000 ga yaqin abituriyentlar ishtirok etgan bo'lsa, final bosqichiga 500 nafar ishtirokchi yetib keldi va universitet binosida maxsus imtihon orqali olimpiada g'oliblari aniqlandi.

G'olib va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shoxrux Daliyev, Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston qahramoni, akademik Shavkat Ayupov, Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o’rinbosari Dilnoza Kattaxonova tomonidan taqdirlanishdi.

Go'liblar TIFT Universitetida o'qish uchun 4 yillik grant, 10 mln. so'mgacha rektor stipendiyasi, 2 mln. so'mlik ta'lim uchun vaucheri, zamonaviy fitnes zalga 1 yillik abonoment va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🎓 TIFT - Farovon kelajakka yetaklaymiz!

———————
Yangi o'quv yili uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

Ta'lim yo'nalishlari
HEMISni tekshirish (212 (516))
Litsenziya (№216331, 03.11.2022)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matematika olimpiadasida g'oliblar aniqlandi

muxbir: Muhiddin Ergashev

#Toshkent shahri

@hududtv
👍23🎉7❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўқувчилар ўртасида ташкил этилган математика бўйича фан олимпиадаси ғолиблари тақдирланди

@yangidavr_rasmiy
👍24❤4👏1
🎓🤖 TIFT universitetida "Sun'iy intellekt-Ai"ni kashf eting!

Toshkent xalqaro xoliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida (TIFT) zamonaviy "Sun'iy intellekt" ta'lim yo'nalishiga qabul boshlandi!

Nima uchun siz ushbu inqilobiy dasturning bir qismi bo'lishingiz kerak?

Kelajakka tayyor ko'nikmalar: butun dunyo bo'ylab sanoat kelajagini shakllantirayotgan AI texnologiyalari bo'yicha tajribaga ega bo'ling.

Innovatsion ta'lim: nazariyani amaliy loyihalar bilan birga qo'llang.

Ishga qabul qilish imkoniyatlari: AI, data science va boshqa sohalarda talab yuqori bo'lgan yuqori haq to'lanuvchi kasb.

Global istiqbol: butun dunyo bo'ylab mutaxassislar hamjamiyatiga qo'shiling.

Texnologik innovatsiyalar yetakchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Hoziroq murojaat qiling va TIFT universitetining Sun'iy intellekt-AI dasturi bilan sayohatingizni boshlang! 🚀

🔗Hozirtoq ro'yxatdan o'ting

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz!

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook | 📹

#TIFTUniversity #AIProgram #FutureOfEducation #Hozir Qo'llash #OliyTa'lim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍7❤1
Yana bir katta loyihani muvaffaqiyatli yakunladik!

Quyidagi havoladagi video sizga 14-21 iyul kunlari o‘tkazilgan "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpidasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" haqida so‘ylaydi.

🎞 ➡️ https://youtu.be/zFFtSSO-eqE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36❤11🔥4
Isroil doʻstim bugun yutdi. Nafaqat biz, boshqa muxlislar (xatto Amerikalik) ham hakamlar qaroridan “qanday qilib” ma’nosidagi reaksiyasini bildirdi.

2 ta Amerikalik va 1 ta Kanadalik hakamlarning “qarori”ga koʻra 40/40, 31KO natijali bokschiga “gʻolib”lik berildi. Nokaunt qilmasa bizni tan olishi qiyin.

Isroil Madrimovga yana bir bor rahmat. Revansh kutamiz.

P.S: Rasmda 3 ta “Mard Oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari, mos ravishda matematika, boks va shaxmat chempionlari.
👍90🔥13👏6❤5