Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: Menga desa har kuni olimpiada o‘tkaz, meni bolalarim ertaga olimpiada bor ekan deb bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak!


Ushbu gaplarni menga 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al Xorazmiy IT maktabi ochilish marosimida shaxsan davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich aytgan edilar.

Yaqinda FIKRAT ko‘rsatuvida "Olimpiadalar va uning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati" mavzusida suhbatlashdik. O‘quvchilarimiz bu safar bir vaqtda #khiso_olimpiadasi va xalqaro COPERNICUS olimpiadasida ishtirok etishlari mumkin.


Bu safar olimpiadamiz 18-may (yakshanba) kuni bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi!

⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 16-may kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

😀 Qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ Batafsil

➗ G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

🇺🇸 Shuningdek, COPERNICUS olimpiadasida 40 balldan yuqori 🔝 natijani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar AQSh da bo‘lib o‘tadigan GLOBAL final rouandiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

➕ O‘z sinfida eng yuqori natijali o‘quvchilar "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elon Muskning dadasi: O‘g‘lim daho emas, shunchaki men bilan juda koʻp marta sayohatga chiqqan.


Yuqoridagi jumlalarni Janubiy Afrikalik muhandis Errol Musk (Elon Muskning otasi) jurnalistning "Bunday daho farzandni qanday tarbiyaladingiz?" savoliga javob sifatida aytgan.

Bu safar o‘quvchilar KHISO olimpiadasi bilan birgalikda xalqaro COPERNICUS olimpiadasida qatnashishlari mumkin.

🏆 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

🇺🇸 Shuningdek, COPERNICUS olimpiadasida 40 balldan yuqori 🔝 natijani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar AQSh da bo‘lib o‘tadigan GLOBAL final raundiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

😀 Qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤2
Super finalchilar.pdf
254.3 KB
😀 Super finalchilar soni 87* taga yetdi!


➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 9 ta olimpiadadan keyin jami 87* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 42 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 7 tasi Buxoro, 6 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand va 1 tasi Andijon viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryodan "super finalchi" aniqlanmadi.


🚛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bu safardan olimpiadalarimiz yo‘lga qo‘yilmoqda.


📊 18-may kuni bir vaqtda o‘n to‘rtta hududda bir vaqtda KHISO va COPERNICUS xalqaro olimpiadalari o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadalardagi #top_natija li o‘quvchilar "SUPER FINAL" olimpiadasiga yo‘llanma ham olishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolmang: ➡️ t.me/khiso/4879
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3👏1
👍👍👍👍👍

Olimpiadachilar uchun mukofotlar yangilandi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga oʻzgartirishlar kiritildi.

➖nufuzli xalqaro olimpiada boʻyicha

➖xalqaro olimpiadalar boʻyicha

➖mintaqaviy xalqaro olimpiadalar boʻyicha

‼️Eslatma:
Tegishli qonunchilik hujjatlariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) o‘zgarishi natijasida pul mukofotlari miqdori ham o‘zgarishi mumkin.


📌 Bu yangilik ilm-fan yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yoshlar va ularning ustozlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dunyo zamonamizning Al Xorazmiyidan ayrildi.


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, zabardast olim, katta matematiklarning ustozi, ilmiy rahbarim Azimboy Sadullayev olamdan oʻtdi.

Chuqur qaygʻudaman, ustozimning oila a’zolari va oʻzim kabi barcha shogirdlariga sabr tilayman. Oxiratlari obod, joylari jannatda boʻlsin.


P.S: Aslida bu videoni juda yaqin qolgan himoyamdan keyin e’lon qilishni rejalashtirgandim. Nasib qilmadi. Ustozimizning faxrlanishi har qanday e’tirofdanda yoqimli edi. Ustozim shu video boshida aytganidek Olimlar - jannatiy insonlar.
❤41👏12👍7🎉5🔥3
Shu davr avlodi ekanligimga Xudoga shukronalar aytaman.

2004-yildan beri (JCh-2006 saralashi) futbol koʻraman. Har safar JCh dan quruq qolganimizda uxlamay chiqardim. Bugun ham uxlamay chiqsam kerak. Lekin sevinchdan va hayit namoziga chiqish uchun:)

Hammangizga muborak boʻlsin, gʻalati eshitilishi mumkin lekin biz JAHON CHEMPIONATI ga chiqdik!
❤70👍32🔥19🎉14🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha savollarga bitta videoda javob beraman!


Anchadan beri yigʻilib qolgan savollar boʻyicha batafsil video e’lon qildim. To‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman, erinsangiz sizni qiziqtirgan savolga mos kelgan vaqtdan ko‘rishingiz mumkin.

1. 00:11 - Nega anchadan beri olimpiadalar toʻxtab qolgan edi?

2. 00:31 - Navbatdagi olimpiada va yangi platforma e’lon qilinadi.

3. 00:55 - Arximed xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi oʻtkaziladi.

4. 01:20 - “YOZGI MAKTAB-2025” qaysi kunlari oʻtkaziladi?

5. 01:42 - SUPER FINAL qaysi kuni oʻtkaziladi?

6. 02:33 - YOZGI MAKTABda kimlar (bepul) qatnashadi?

7. 02:38 - Nega Copernicus olimpiadasi taqdirlashi “kechikdi”?

8. 03:35 - Oʻzbekistonlik oʻquvchilar rekord sonda medallarni qoʻlga kiritgan.

9. 04:07 - Prezidentimiz islohotlari, ota-onalarning e’tibori natijasi

10. 04:52 - 9-iyun kuni medallarning bir qismi yetib keladi, qolgani esa

11. 05:02 - 18-maydagi #khiso_olimpiadasi gʻoliblari qachon taqdirlanadi?

12. 06:35 - 15-iyundagi olimpiadada barchangizni kutamiz!

13. 06:50 - ARCHIMEDES olimpiadasining Markaziy Osiyo finali mezbonimiz🚀

14. 07:00 - 25$ lik xalqaro olimpiadaga 4$ dan ham arzon narxda qatnashish imkoniyati faqat Oʻzbekistonliklarda😎

15. 08:15 - FINAL bosqichi ham Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro olimpiada

16. 08:27 - COPERNICUS olimpiadasi Amerikadagi finali qachon boʻladi?

17. 08:40 - COPERNICUS olimpiadasi finalida qatnashish qimmatmi yoki arzon?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤7👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir farzand ortida ota-onaning orzu va umidlari turadi!

Audioni oxirigacha eshitishingizni tavsiya qilamiz. Deyarli 3 yildan beri farzandi KHISO olimpiadasida ishtirok etib kelayotgan Mahammadiyev Azamat aka KHISO olimpiadasi haqida KHISO olimpiadasida ishtirok etish orqali farzandining erishgan yutuqlaridan kelib chiqqan holda oʻz samimiy fikrlarini biz bilan oʻrtoqlashdi.

1. 00:30 - Farzandingiz qanchadan beri KHISO olimpiadasida ishtirok etib kelmoqda?

2. 01:40 - Nima uchun farzandingiz 3 yildan buyon KHISO olimpiadasida qatnashib kelmoqda?

3. 04:05 - KHISO olimpiadasi shaffof tarzda oʻtkaziladi deb hisoblaysizmi?

4. 05:58 - Boshlangʻich sinflar uchun olimpiada tashkil qilish kerak emasmi?

5. 09:45 - Aynan KHISO olimpiadasining boshqa olimpiadalardan farqli jihati qanaqa?

6. 10:49 - KHISO maktabi ustozlari tomonidan yozilgan kitoblardan farzandingiz foydalanadimi va foydalanadigan boʻlsa, qanday natijaga erishdi? Boshqa kitoblardan farqli jihatlari qanaqa?

7. 11:58 - Keyingi oʻquv yilidan KHISO olimpiadasi qaysi fanlardan oʻtkazilishini xohlar edingiz?

8. 12:29 - KHISO olimpiadasida qatnashish bolalarda eng koʻp nimani rivojlantirmoqda?

9. 13:24 - Boshqa ota-onalarga ham farzandlarini KHISO olimpiadasida ishtirok ettirishlarini tavsiya qilarmidingiz?

10. 14:15 - KHISO kitoblari va KHISO olimpiadasi savollari uchun har bir test oxirida QR kod orqali video yechimlari berib ketiladi, ushbu video yechimlar oʻquvchilar uchun qay darajada foydali boʻlmoqda?

Navbatdagi KHISO va Arximed xalqaro qoʻshma olimpiadasi 15-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada Arximed xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi ham hisoblanadi. Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/4940
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiadalarimiz haqida yana bir o‘quvchining onasi bilan suhbatlashdik.

2-sinfligidanoq KHISO olimpiadasida ishtirok etib kelayotgan, o‘quv markazimizda o‘qib Prezident maktabi, Al Xorazmiy maktabi va Ixtisoslashtirilgan maktabga (100% lik natija, bunaqasi kamdan kam) qabul qilingan G‘aybullayev Asilbekning onasi Ruxsora opa KHISO olimpiadasi haqida samimiy fikrlarini biz bilan oʻrtoqlashdi.


Audioni oxirigacha eshitishingizni tavsiya qilamiz. Savollar quyidagicha edi:

1. 02:18 - Nega KHISO olimpiadasida badal toʻlovi boʻlsa ham, farzandingizni har safar ishtirok ettirasiz?

2. 02:58 - Olimpiada badal toʻlovi narxi oshsa ham, farzandingizni olimpiadada qatnashishi uchun imkoniyat qilib berarmidingiz?

3. 04:35 - KHISO olimpiadasida qatnashib boshlagandan beri farzandingizda qanday oʻzgarishlar kuzatdingiz?

4. 05:30 - Olimpiada savollari uchun tayyorlangan video yechimlar qay darajada farzandingiz uchun foydali boʻlmoqda?

5. 06:14 - KHISO maktabi ustozlari tomonidan yozilgan kitoblardan farzandingiz foydalanadimi?

6. 07:08 - Copernicus xalqaro olimpiadasi haqida farzandingizning fikri qanaqa boʻldi?

7. 07:47 - KHISO olimpiadasi oʻsib kelayotgan yosh avlodga qanday taʼsir koʻrsatmoqda?

8. 09:32 - Nima sababdan farzandingiz 3 yildan buyon KHISO olimpiadasida qatnashib kelmoqda?

9. 11:01 - Yaqin yillarda yana qaysi fanlardan KHISO olimpiadasi tashkil etilishini xohlagan boʻlar edingiz?

10. 11:47 - KHISO olimpiadasi farzandingiz dunyoqarashini oʻzgarishiga qay darajada taʼsir etmoqda?

11. 13:22 - KHISO olimpiadasi badal toʻlovi qimmatmi?

12. 14:04 - KHISO olimpiadasi badal toʻlovi qancha boʻlsa ham farzandingiz ishtirok etgan boʻlar edi?

13. 14:59 - Olimpiada yakshanba yaʼni dam olish kunida oʻtkazilib kelinayotgan boʻlsa ham, nega dam olish yoki boshqa koʻngilochar ishlar bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga aynan KHISO olimpiadasida farzandingiz ishtirok etishi uchun maktabimizga har safar tashrif buyurmoqdasiz?

14. 16:16 - KHISO olimpiadasini boshqa ota-onalarga ham tavsiya qilarmidingiz?

Navbatdagi KHISO va Arximed xalqaro qoʻshma olimpiadasi 15-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada Arximed xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi ham hisoblanadi. Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/4940
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#khiso_ota_ona_nigohida

Olimpiadalarimiz haqida yana bir ota bilan suhbatlashdik.


Sentabrdan buyon deyarli barcha olimpiadalarimizda ishtirok etib kelayotgan, 1-sinf o‘quvchilari orasida yagona COPERNICUS oltin medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchi Fahrodov Saidakromning otasi Jamolbek aka KHISO olimpiadasi haqida samimiy fikrlarini biz bilan oʻrtoqlashdi.

Audioni oxirigacha eshitishingizni tavsiya qilamiz. Savollar quyidagicha edi:

1. 00:39 - KHISO olimpiadasida farzandlaringiz qancha vaqtdan beri ishtirok etib kelmoqda?

2. 01:50 - Boshlangʻich sinflar uchun olimpiada tashkil etish ahamiyatli emasmi?

3. 03:14 - Oʻzbekistonda KHISO olimpiadasi matematika rivoji uchun qanchalik darajada hissa qoʻshib kelmoqda va kelajakda qanday darajada matematikaga boʻlgan qiziqishni yoshlar orasida orttira oladi deb hisoblaysiz?

4. 05:30 - KHISO olimpiadasi badal toʻlovi haqida qanaqa fikrdasiz?

5. 07:04 - KHISO olimpiadasida qatnashib boshlagandan buyon hamda KHISO maktabi ustozlari tomonidan yozilgan kitoblardan foydalanib boshlagandan soʻng farzandlaringizda qanday oʻzgarishlar boʻldi?

6. 09:18 - KHISO maktabi ustozlari tomonidan yozilgan kitoblar haqida fikringiz qanaqa?

7. 10:17 - KHISO olimpiadasi shaffof tarzda tashkil etilyapti deb hisoblaysizmi?

8. 13:10 - KHISO olimpiadasini boshqa ota-onalarga ham tavsiya qilasizmi?

Navbatdagi KHISO va Arximed xalqaro qoʻshma olimpiadasi 15-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada Arximed xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi ham hisoblanadi. Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/4940
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍7🔥2
Sardor Bazarbaev
SUPER FINAL qaysi kuni oʻtkaziladi?
Super finalchilar.pdf
262.2 KB
⚡️ Super finalchilar soni 97* taga yetdi!


➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 10 ta olimpiadadan keyin jami 97* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 49 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 8 tasi Buxoro, 7 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand, 1 tasi Andijon va 1 tasi Namangan viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiydan "super finalchi" aniqlanmadi.



Bugun (15-iyun) mavsumning eng so‘nggi olimpiadasi o‘tkaziladi. "SUPER FINALCHI"lar va "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari aniqlanadi.

Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5
🎓TIFT talabalari xalqaro miqyosda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, O'zbekistonda esa tengsiz deb topildi!

Urganch shahrida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasida (AKHIMO) dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari – Stanford University, Peking University, Seoul National University, Higher School of Economics kabi yetakchi universitetlar bilan bir qatorda, TIFT universiteti ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi!

🌍 Olimpiadada 50 dan ortiq davlatdan 220 nafardan ziyod iqtidorli talabalar qatnashib, ularning faqat 55 nafari medal bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, shulardan 2 nafari — TIFT universiteti talabalaridir!

🏅 Axadov Abdushukur – kumush medal
🥉 Abdulloyev Salimxo‘ja – bronza medal

💡 Quvonarlisi TIFT jamoasi umumjamoa hisobida O‘zbekiston bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu esa universitetda fan va ilmga qaratilayotgan e’tiborning amaliy isbotidir.

🔍 Biz ilm-fan, izlanish va xalqaro muvaffaqiyatlarni asosiy ustuvor yo‘nalish deb bilamiz. Bu yo‘lda bizga yelkadosh bo‘layotgan ustozlarga, xususan, xalqaro olimpiadalarga tayyorlovchi murabbiylarga tashakkur bildiramiz.😊💚

📈 Bugun AKHIMO — ertaga boshqa nufuzli olimpiadalar! TIFT jamoasi keyingi yildan boshlab xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirgan. Shu sababli, kuchli akademik tayyorgarlik va haqiqiy yutuqlarni istagan iqtidorli yoshlar uchun bu ajoyib imkoniyat!

🎓 Ilm, amaliyot va xalqaro muvaffaqiyatlar sari birinchi qadamingizni TIFTda qo‘ying!

📌 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlangan!

🔗 Hujjat topshirish: qabul.tift.uz

☎️ Aloqa markazi: +998712029229 | 😎 @tiftyordam

📍Markaziy qabul ofisi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 15-uy.

Litsenziya (#519622 03.11.2022)

🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz! | TIFT — We lead to dreams ✨

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11❤6👍2🔥1🎉1
Forwarded from Karim Raximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-iyundan 7-iyulgacha Akademik Sadullayev olimpiadasi hamda maktab o'quvchilari uchun yozgi maktab bo‘lib o'tadi. Yozgi maktabga mentor sifatida yordamlashmoqchi bo‘lgan mutaxassislarni @dr_khiso telegramiga murojaat qilishingizni so‘raymiz!

@karimraximov
👍14❤10
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤1