Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada final bosqichi bo‘lib o‘tdi

😃Toshkent shahridagi Amity universiteti va Khiso xalqaro olimpiada maktabi hamkorligida matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadaning saralash bosqichlari yakunlanib, final bosqichi o‘tkazildi.

🌀Onlayn formatda o’tgan 1- va 2-bosqichlarda jami 700 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Finalda esa eng kuchli 30 nafar o’quvchilar bilimini sinadi. Ular orasida Matematika fanidan milliy terma jamoa a’zolari ham bor.

🤔Final bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

😜Telegram 😂Facebook 😀Instagram 😅Youtube 😃Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤3🎉1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 KHISO olimpiadasi savollarini kimlar tuzadi? ❓

🌎 Ushbu videoda oʻquvchilarning har taraflama rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan KHISO olimpiadasi savollarini kimlar tuzishi hamda savollar qanchalik darajada xalqaro standartlarga mos ekani haqida soʻz yuritilgan.

🎉 KHISO olimpiadasining maxsus soni boʻlgan 11-KHISO olimpiadasi qizlar uchun haqiqiy bayram kayfiyatini taqdim etishi kutilmoqda.

🎁 8-mart kuni respublika boʻylab OFLAYN oʻtkaziladigan 11-KHISO olimpiadasida ishtirok etish barcha qizlar uchun BEPUL.

🔥 Ushbu kunda oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida chin maʼnoda haqiqiy ilmiy bahs boʻlib oʻtadi. Medal va sertifikatlar bilan birgalikda xalqaro YOZGI MAKTAB yoʻllanmasi uchun muhim reyting ballarini qoʻlga kiriting!

🚀 KHISO olimpiadasining maxsus sonini oʻtkazib yubormang!

📝Murojaat uchun admin: @khiso_admin
🔥5👍1
Natijaga mehnat va sabot bilan erishgan o‘quvchi qizning onasining fikrlari…

Bilаsiz, men ko‘p bora ta’kidlayman: olimpiadalarimizning eng asosiy foydasi — bolalarning kamchiliklarini aniqlab berishi va biz taqdim etadigan video yechimlar orqali ularni to‘ldirish imkonini yaratishidir. Albatta, medallar va sovg‘alar ham foydali. Lekin eng muhimi — bilim orttirishdir.

Sibelni men ham yaxshi bilaman. U 3-sinfdan beri, xoh onlayn bo‘lsin, xoh oflayn — deyarli birorta olimpiadamizni qoldirmay qatnashib keladi.

Ushbu xabarni Sibelning onasi 26-fevral kuni yozgan ekanlar. Odatda men bevosita ko‘rib chiqishim kerak bo‘lgan murojaatlarni xodimlarimiz ochishmaydi. Shu sababli bu xabar anchadan beri ochilmagan ekan. Hozir ko‘rib juda xursand bo‘ldim.

Rostini aytsam, ayniqsa qizlar yutuqqa erishsa, juda xursand bo‘laman.

Quyida ushbu xabarning o‘zbek tiliga tarjimasini ham keltiraman.
Havasda bo‘ling, harakatda bo‘ling — natijaga albatta erishasiz:

Assalomu alaykum.
Mehnatingiz uchun rahmat.

Ko‘p jihatdan aynan siz tashkil qilayotgan olimpiadalar tufayli (Sibel 3-sinfdan beri ularda muntazam qatnashib keladi) u katta natijalarga erishdi. Dastlab unga juda qiyin bo‘lgan — ko‘z yoshlari, xafa bo‘lishlar, istagan natijalariga har doim ham erisha olmagani uchun hatto “isterika”lar ham bo‘lgan. Kichkina bola uchun bunday hissiyotlarni yengish oson emas edi. Hozir ham ba’zida oson emas, lekin xafagarchilik o‘rnini qat’iyat, o‘ziga nisbatan talabchanlik va o‘z ustida yanada ko‘proq ishlash istagi egalladi.

Al-Xorazmiy olimpiadasida u tuman bosqichidan 1-o‘rin bilan o‘tdi (bu shahardagi eng yaxshi natija edi), bugun esa shahar bosqichida 3-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

U Toshkent shahrida Al-Xorazmiy olimpiadalari natijalariga ko‘ra Respublika bosqichiga chiqqan yagona o‘quvchi bo‘lib, u oddiy, ixtisoslashtirilmagan maktabda ta’lim oladi.


Darvoqe, bu hafta 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram va dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, bizda 11-KHISO olimpiadasi o‘tkaziladi.

Alohida e’tiborli jihati shundaki, qizlar uchun ishtirok bepul va ular uchun maxsus imtiyozlar ham mavjud.

Batafsil ma’lumot: https://t.me/khiso/5562
❤10👍5🔥1👏1
Forwarded from Xalq ta’limi Info
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farzandim yaxshi bilim olishi uchun mashinamni sotaman" — ta’limni boylikdan ustun qo‘ygan ota

Ko'pincha ota-onalar farzandi bilimi uchun yetarlicha investitsiya kiritolmaydi, bunga imkoniyatim yetmaydi deb o'ylaydi. Ammo, shunday ota-onalar borki, ular o'z mashinasini sotib bo'lsa-da, farzandini o'qitish niyatida.

"Tanaffus" podkastining 33-sonida ota-onalarning farzand ta'limidagi roli hamda KHISO olimpiadalar maktabi faoliyati haqida gaplashar ekanmiz, mazkur maktab asoschisi Sardor Bazarbayev olimpiadalar bola uchun shunchaki musobaqa emas, balki katta hayotga yo‘llanma ekanini tushuntirib berdi.

Ota-onalardan vakil sifatida ko'rsatuvda ishtirok etgan Ikromjon Yoʻlchiyevning suhbat davomida aytgan bir gapi barchamizni o‘ylantirib qo‘ydi.

"Hozir mashinamni sotmoqchiman. Maqsadim — bolam yaxshi bilim olsin. Mashina-ku topilaveradigan matoh, lekin bolaning o‘qish yoshi o‘tib ketsa, uni qaytarib bo‘lmaydi", - deydi u.


Keling, yaxshisi podkastning davomini hoziroq YouTube sahifamizda tomosha qiling va uni ota-onalarga ham albatta yuborib qo'yishni unutmang!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/QlY7GikLwtw

Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍8🤩1
Forwarded from Karim Raximov
Ertaga Xalqaro matematiklar kuni, shu munosabat bilan bir chimdim matematik hazil!


Bir shogird uylanayotgan ekan yuqoridagi rasmni o'z ichiga olgan taklifnomani tashlab to'yiga taklif qildi!

-Ajoyib sinus va cosinus kvadratlari yig'indisi 1, bir oila bo'lyapmiz demoqchisizlarda?
-xuddi shunday;
-sinus kim-u cosinus kim?
-men cosinus, keliniz sinus;
-zo'ru, lekin 45 gacha zo'r, 45 dan uyog'iga sinus qo'lga ovoladiyu...
-yo'g'e?
-agar argumentda 2x bo'lsa, hozirdan ish chatoq...

@karimraximov
❤15🤩13👏9
🌍 Tales matematika muzeyi tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Oldinroq Tales xalqaro olimpiadasi bo‘yicha tashkilot vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazib, rasmiy hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan edik.

Bugun esa tashkilotning bosh ofisiga tashrif buyurib, loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Ma’lum bo‘lishicha, bu tashkilot Turkiya bo‘ylab 5 ta va Azarbayjonda 1 ta filialga ega yirik loyiha bo‘lib, biz kutganimizdan ham keng ko‘lamli faoliyat olib borar ekan.

Uchrashuv davomida bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Jumladan:

• Tales xalqaro matematika olimpiadasi
• O‘zbekistonda Matematika muzeyi filialini ochish tashabbusi
• Maktablar bilan hamkorlik dasturlari
• Matematik kitoblar va ta’lim loyihalari


Ushbu loyihalar haqida yaqin kunlarda batafsil ma’lumot beramiz.

⏳ Siz ham vaqtni boy bermang!

🇹🇷 Tales xalqaro matematika olimpiadasining saralash bosqichiga hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ t.me/khiso/5610
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥3🥰1
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Matematika hayotda kerakmi? Rostdan ham hayotda qo‘llanilganmi o‘zi?”

Bu savolga javobni kitoblardan emas, balki haqiqiy hayotdan topish mumkin. Tales Matematika Muzeyiga tashrif buyurgan har bir o‘quvchi bu savolga so‘zsiz javob oladi. Chunki u yerda matematika — bu formulalar to‘plami emas, balki hayotning o‘zi ekanini his qilasiz (videoda ayrim eksponatlar aks etgan).


Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar! 22-mart kuni Tales xalqaro matematika olimpiadasining yurtimizdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki olimpiada emas — bu katta imkoniyat eshigidir.

Final bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar:

— Turkiyaning tarixiy va ma’naviy maskanlariga sayohat qilishadi;
— dunyodagi eng noyob matematik maskanlardan biri — Tales muzeyida bo‘lishadi;
— xalqaro darajadagi muhitda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishadi.


Bu yil bunday imkoniyat yana bo‘lishi noma’lum. Shu sababli har bir iqtidorli o‘quvchi bu imkoniyatdan foydalanishi kerak, deb hisoblayman. Mazkur videoda loyiha asoschisi — janob Alpbey sizlarni shaxsan olimpiadaga taklif etmoqda.

⏳Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi. Imkoniyatni boy bermang — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting: ▶️ t.me/khiso/5596
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5🔥5
Sardor Bazarbaev
“Matematika hayotda kerakmi? Rostdan ham hayotda qo‘llanilganmi o‘zi?” Bu savolga javobni kitoblardan emas, balki haqiqiy hayotdan topish mumkin. Tales Matematika Muzeyiga tashrif buyurgan har bir o‘quvchi bu savolga so‘zsiz javob oladi. Chunki u yerda matematika…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎢Me’mor Sinan ko‘prigi haqida eshitganmisiz?

🔩Mix yoki yelimsiz ko‘prik qurish — bu nafaqat muhandislik, balki chuqur matematik tafakkur mahsulidir. To‘g‘ri qo‘llangan geometriya va kuchlar muvozanati prinsiplari orqali konstruksiya o‘z-o‘zini tutib turishi mumkin. Tarixda bunday yondashuvni mukammal darajada namoyon etgan buyuk me’morlardan biri — Mimar Sinandir. XVI asrda yashagan ushbu dahoning inshootlarida nafaqat estetik mukammallik, balki matematik aniqlik va muvozanat mujassam.


Tales matematika muzeyida namoyish etilgan Mimar Sinan ko‘prigi maketi — aynan shu ilmiy yondashuvning yorqin namunasi. Unda har bir elementning joylashuvi va o‘zaro ta’siri mukammal hisob-kitobga asoslangan.

🇹🇷 TALES xalqaro olimpiadasi final bosqichida ishtirok etuvchi o‘quvchilar mana shunday o‘nlab noyob eksponatlar bilan tanishib, matematikaning real hayotdagi qo‘llanilishini chuqur anglash imkoniga ega bo‘ladilar. Eslatib o‘tamiz, TALES xalqaro olimpiadasining saralash bosqichiga atigi 2 kun qoldi.

Fursatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ t.me/khiso/5620
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5❤4
Forwarded from Karim Raximov
Bir kuni sinus cosinusga qarab "cosinus o'zi nimaga kerak?" deb so'rabdi...

Umuman olganda matematika hayotda nega kerak deb so'raydiganlar juda ko'p. Shunday savoli bo'lganlar, Turkiyaning Tales muzeyiga bir tashrif buyuringlar. Buni chiroyli usuli farzandingizni Tales olimpiadasiga qatnashtirish va farzandingiz bilan birga borib kelish. Imkon bo'lsa borish kerak. Saralash ertaga ekan!

@karimraximov
🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega aynan TALES?

🇹🇷 Turkiyalik tajribali matematik ustozim Hakan O‘zmen bilan suhbatlarimda u kishi ko‘p bora eng yaxshi olimpiadalardan biri aynan TALES ekanini ta’kidlaganlar. Buni shaxsan olimpiada asoschisi Alpbey bilan suhbatlashganimda ham yana bir bor tasdiqladim. TALES muzeyi esa umuman alohida mavzu!

🗓 Ertaga (22-mart) ushbu olimpiadaning saralash bosqichi butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

⏱ Ro‘yxatdan o‘tish soat 7:00 gacha ochiq!

📌 Batafsil: ➡️ t.me/khiso/5633
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤1
“KIBR 🔍 SAVIYA = const” tenglik amalda o‘z tasdig‘ini topadigan insonlar juda kam.

Bugun ana shunday inson — haqiqiy olim, texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, ustozimiz Qo‘ng‘irot Avazembetovichning muborak 63 yoshga to‘lgan kunlari.

Hayot yo‘llari davomida ustoz bilan turli bosqichlarda — rektorlik davrida (TTU), vazir o‘rinbosari sifatida (OTO‘M), yana rektorlik faoliyatlarida (TDIU) hamda vazirlik davrida (OTFIV) uchrashish va birga ishlash nasib qilgan.


Eng e’tiborlisi — lavozimlari yuksalgan sari kamtarligi yanada chuqurlashgan kam sonli insonlardan biri ham aynan Qo‘ng‘irot ustozdir.

Ustoz har safar menga shunday deydilar:
“Sen bekor yurmaysan, foydali ishlar qilasan. Meni oldimga kelishing shart emas. Sen bo‘lar-bo‘lmas iltimos qilmaydigan odamsan, bemalol telefon qilaver.”


Men esa har doim bir xil javob beraman:
“Ustoz, sizni vazir bo‘lganingiz uchun emas, avvalo olim va ustoz bo‘lganingiz uchun hurmat qilaman. Shuning uchun huzuringizga kelaman.”


Haqiqatan ham, biz sizni — ilmiy saviyangiz va insoniy kamtarligingiz uchun chin dildan qadrlaymiz.

Alloh umringizni ziyoda, ilmingizni bardavom qilsin.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, ustoz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👏19👍13🔥7
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨ KHISO olimpiadasi orqali real natijaga erishishning yaqqol isboti!

✉️ @khiso_admin ga farzandining bilimi va natijasi KHISO olimpiadasi orqali yaxshilanib borayotgan masʼuliyatli ota tomonidan xabarlar keldi.

💬 Aslida, bu kabi e’tiroflar ota-onalar tomonidan juda ko‘p aytiladi. Bu kabi fikrlar bizni yanada ko‘proq ruhlantiradi va charchoqlarimizga barham beradi.

🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini oshirishda hamda xalqaro sahnaga chiqishda eng yaxshi ko‘makchilardan biri boʻlib kelayotgan mavsumning KHISO olimpiadasi 5-APREL kuni RESPUBLIKA bo‘ylab OFLAYN tarzda 1–11-SINF o‘quvchilari o‘rtasida Matematika va ingliz tili boʻyicha o‘tkaziladi.

📱 Video-yo‘riqnoma: ➡️ t.me/khiso/5059

🔖 Rasmli yoʻriqnoma: ➡️ t.me/khisofaq/55

📍 RESPUBLIKA boʻylab oʻtkaziladigan barcha manzillar : ➡️ t.me/khiso/5630
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤5👍5🥰3
Sardor Bazarbaev
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi postimga yana bir isbot.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, ustozimiz Qoʻngʻirot Sharipov Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti talabalar oshxonasida tushlik qilibdilar.

Videoda koʻrish mumkin, vazir talabalardan biri bilan samimiy suhbatlashgan.
👍14🔥7❤6
🌍 XALQARO YUTUQ — MUBORAK BO‘LSIN!

🥇 Avstraliyada UniCEP tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan nufuzli IMEC xalqaro olimpiadasida Xiva shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ko‘palov Shohjaxon yuqori natija ko‘rsatdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

Bu ulkan muvaffaqiyat — o‘quvchimizning bilimga bo‘lgan cheksiz intilishi, tinimsiz mehnati va ustozlarimizning fidokorona, mashaqqatli mehnatining yorqin isbotidir.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👏10❤7👍4🎉1