Sardor Bazarbaev
4.82K subscribers
2.83K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Istanbulning 2-kun taassurotlari va @KHISO olimpiada jamoasi tashkilotchiligi haqida ushbu videoni ko‘rishingiz mumkin.

Khiso jamosiga farzandlaringizni qo‘shib yuborishingiz orqali sifatli, mashhur xalqaro matematika olimpiadasiga qatnashtirasiz hamda tajribali jamoa orqali dunyoqarashini oshiirasiz farzandingizni.

@khiso har oy bir xalqaro olimpiadaga turli davlatlarga olib kelaverib juda katta tajriba to‘plaganini guvohi bo‘lyapman.
Bolalar mazza qilyapti dam oliib.

https://www.instagram.com/reel/DYTgtjAsRgt/?igsh=NmVlZ3Rkemw0dTQ1

@khiso

t.me/domlajon
👍17❤5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 kun kechikkan, lekin hamma ko‘rishi kerak bo‘lgan video

Xabaringiz bor, yaqinda TALES olimpiadasining finalida qatnashib keldik. Dastlabki natijalarga ko‘ra 3 ta oltin, 4 ta kumush va 13 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik (bizdan jami 27 nafar o‘quvchi qatnashdi va 21 ta medal olindi). Oltin medal olganlar ichida Gulmirzayev Salimbek 100 foizlik natijani ko‘rsatdi. Salimbekni 2-sinfdanoq bilaman. O‘tgan yili SUPER FINAL olimpiadamizda ham, YOZGI MAKTAB finalida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bu safar uni yangidan kashf qildim. 18-may kuni soat tungi 02:40 lar atrofida Istanbuldan uchgan samolyotimiz Boku aeroportiga qo‘ndi. Hamma tun yarmida chala uyqu bilan transfer zonasiga o‘tdik va rejamiz ertalabgacha uxlab, keyin Bokuni aylanish edi. Tonggi soat 06:20 da uyg‘ondim va (bolalar mas’uliyati katta yuk) ko‘zimni ochishim bilan bolalarni qidirdim. Hamma uxlayapti (xayriyat), faqat bir bola — o‘zimizning Salimbek uxlamasdan kitob o‘qiyapti. Darhol videoga oldim va onasiga yubordim (internet tezligi pastligi sababli video soat 09:50 lar atrofida yetib boribdi). Onasining yozishicha, Salimbek biror yutuqqa erishsa ham, sovg‘a sifatida kitob so‘rar ekan. Shunchaki havas qildim.

Bilasizmi, aytish esimdan chiqibdi. Salimbekning bobosi Gulmirza ustoz menga maxsus maktabda matematikadan dars bergan, onasi Nasiba (Abdullayeva) ustoz esa mening 6–9-sinflarda sinf rahbarim bo‘lganlar. (Dars vaqtida shevada gapirsak, “5” ololmasdik. Shu sababdan 6-sinfdanoq adabiy tilda gapirishga odatlanganmiz. Bu endi alohida mavzu 🙂)


Qissadan hissa shuki, g‘oliblikning siri — boshqalar o‘ynayotgan paytda ham bilim olishing va kitobni eng yaqin do‘stga aylantirishingda.

Ha, darvoqe, bu yakshanba eng oxirgi olimpiadalardan biri o‘tkaziladi. Batafsil :➡️ t.me/khiso/5816
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍15❤9👏2🤩2🎉1
Bir oyog‘i gipsda edi. Ammo uning ilmga bo‘lgan muhabbati hech qanday to‘siqni tan olmadi…

Kecha Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan olimpiadada barchamiz uchun katta ibrat bo‘ladigan voqeaga guvoh bo‘ldik.

Fargʻondagi Rahimov School maktabining 1-sinf o‘quvchisi Umarova Zeboxon Kamolidin qizi bir oyog‘i gipsda bo‘lishiga qaramay, olimpiadada qatnashish uchun keldi. U qiyinchiliklarni bahona qilmadi, og‘riqni vaj qilmadi. Chunki uning qalbida ilmga bo‘lgan muhabbat va bilim olishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor edi.

Bu oddiy holat emas.
Bu — matonat.
Bu — iroda.
Bu — kelajakka ishonch.


Va eng muhimi, bu — farzandiga to‘g‘ri tarbiya berayotgan ota-onalarning mehnati samarasidir.

Aziz ota-onalar!

Farzandlarimiz biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsaga qodir. Ba’zan ular bizga sabrni, qat’iyatni va maqsad sari intilishni o‘rgatadilar. Zeboxonning bugungi harakati minglab bolalarga ham, ota-onalarga ham ibrat bo‘la oladi.


Men, Zeboxon qizimizning ilmga bo‘lgan cheksiz muhabbati va qat’iyatidan chuqur ta’sirlandim. Shu sababli unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tayyorlagan kitoblarimizni o‘z dastxatim bilan sovg‘a sifatida yuborishga qaror qildim.

Bu sovg‘a uning matonati oldida kichik bir ehtirom va ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bo‘lgan hurmatimiz ramzidir.

Aziz Zeboxon, siz bugun barchamizga muhim bir haqiqatni eslatdingiz:

To‘siqlar tanada bo‘lishi mumkin, ammo maqsad qalbda bo‘lsa, inson albatta oldinga yuradi.


Qizalog‘imizga tezroq sog‘ayib ketishini, ilm-fan yo‘lida esa yanada ulkan yutuqlarga erishishini tilaymiz.
❤35🔥12👏9🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛫 8000 kilometr, 2 ta yangi davlat, 10 ga yaqin shaharlar va 6000 o‘quvchi bilan finalda kurashish!

May oyida 40 dan ortiq o‘quvchi va ota-onalar bilan yana bir katta xalqaro loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik.

🇹🇷 Turkiyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 75 000 nafar o‘quvchi orasidan saralangan 6 000 nafar finalchi qatorida 27 nafar o‘zbekistonlik yoshlarimiz ham Vatanimiz sharafini himoya qildi. Ular shunchaki musobaqada qatnashib kelishmadi:

✅ Mustaqil bo‘lishni;
✅ Mas’uliyatni his qilishni;
✅ Turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan raqobatlashishni;
✅ Jamoa bo‘lib harakat qilishni;
✅ Va eng muhimi, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgandilar.


🏆 Dastlabki natijalar:

🥇 4 ta oltin medal (shundan 1 tasi mutlaq natija — 100%)
🥈 4 ta kumush medal
🥉 13 ta bronza medal


Bu medallar ortida yuzlab soatlik mehnat, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidoyiligi turibdi.

✈️ 🚌 8000 kilometr.
🇹🇷🇦🇿 2 ta yangi davlat.
🏙 10 ga yaqin shahar.


Ammo eng katta yutuq — bu farzandlarimizning dunyoqarashi kengaygani, ularda "Men ham qila olaman!" degan ishonch paydo bo‘lgani bo‘ldi. Yaqin kunlarda ushbu safarda qatnashgan ota-onalar va o‘quvchilarning samimiy fikrlarini ham sizlar bilan bo‘lishamiz.

🔜 Oldinda esa yanada katta marralar kutmoqda:
🇺🇸 AQSh — Olympiad USA, Copernicus, STEAM Spires.
🇬🇧 Buyuk Britaniya — TeenEagle xalqaro olimpiadasi (Viza jarayonlari davom etmoqda: 97 651 33 34)
🇨🇳 Xitoy - G.A.T.E xalqaro olimpiadasi
🇩🇪 Germaniya — Einstein Olimpiadasi (Saralash bosqichi: 14-iyun. Batafsil: t.me/khiso/5853)


Bugun havas qiling. Bugun oʻqiting. Ertaga esa farzandingiz ham O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarayotgan yoshlar safida bo‘lishi mumkin.

🇺🇿 Biz yoshlarimizga ishonamiz!

📲 Asosiy kanal: @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍11🔥3
Forwarded from KHISO olimpiada
🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar!

📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi.

🔥Vebinarda biz siz bilan:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati

🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
📈 Taqdimotni shaxsan Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — o‘zlari olib boradilar.

YAQINLARINGIZ BILAN ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
👍6
KHISO olimpiada
🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar! 📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi. 🔥Vebinarda biz siz bilan: - Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni…
📆 ONLAYN JONLI TAQDIMOTGA ATIGI 1 KUN QOLDI

Ertaga 20:00da
maxsus kanalda jonli efirda ko‘rishamiz va shu mavzularda gaplashamiz:

- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati

🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.

📈 Taqdimotni shaxsan men - o‘zim, Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — olib boraman.

🔗 TANISHLARINGIZGA HAM ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤5
Forwarded from Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonning 3-Renessansini aynan bugungi yoshlar yaratadi.

❓ Ammo savol shuki: 3-Renessansni kimlar barpo etadi?


➖➖➖➖➖➖

🎥 Ushbu videoda zamonamizning eng ilg‘or, bilimli va tashabbuskor yoshlari — 3-Renessansning haqiqiy bunyodkorlari sifatida e’tirof etilgan yoshlar jamlangan.

Ular safida mening ham borligim men uchun shunchaki faxr emas. Bu — katta ishonch va yanada katta mas’uliyatdir.

Men o‘zim uchun bitta ulkan maqsad qo‘yganman: sizning farzandingiz ham ertaga mana shunday yetakchi, bilimli va Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlar qatoridan joy olishi uchun bor bilim va tajribamni ulashish.

Shu sababli ertangi vebinar oddiy uchrashuv emas. Bu — farzandingizning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Biz ushbu vebinarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va siz uchun eng foydali ma’lumotlarni tayyorladik.

⚡️ Eng muhimi, faqat ertangi taqdimotda qatnashganlar uchun maxsus va eksklyuziv imkoniyatlar e’lon qilinadi.

⏰ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ertaga albatta qatnashing!

🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥7❤3
Forwarded from Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari
2019-yil 24-may: Bu kunni xuddi kechagiday eslayman.

🏆 Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lganim uchun PREZIDENTIMIZ ko‘rsatgan bu e’tiborlari men hozir qilayotgan ishlarimda haligacha motivatsiya bo‘lib turadi.

Sizning farzandingiz ham shunday yoshlar qatorida bo’la oladi.

➖➖➖➖➖➖
🎥 Videoda Prezidentimiz bilan 3-uchrashuvim aks ettirilgan.

🎁🚗 Bu uchrashuvda ularning oldilarida birinchi marotaba suhbatga chiqishim edi va menga avtomobil sovg‘a qilgan edilar.

Shu
kundan boshlab shaxsan o‘zlarining tavsiyalari bilan Xalq ta’limi vazirligida ish boshlagan edim.


📌 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi.

🔥Vebinarda biz siz bilan:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati

🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.

🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15❤6🤩4🎉2
Katta davraga chiqdikmi, katta saboqlarga tayyor turishimiz kerak.

Muvaffaqiyat tajribaning, tajriba esa muvaffaqiyatsizlikning mevasi.

Bizni faqat kamchiliklarimizni aniqlash va ularni bartaraf etish kuchaytiradi.

Uxlash qiyin bilaman, lekin xayrli tun!
🔥21👍10❤5👏4🎉1
Sardor Bazarbaev
🇷🇺 Mendan ko‘pchilik rus tilida sifatli matematika o‘rgata oladigan o‘qituvchi so‘raydi. Haqiqatda, hozirgi kunda bunday o‘qituvchilar juda kam. S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika tabiiy va aniq fanlar akademik litseyidagi partadoshim, Kazan Milliy texnologik…
KHISO oilamizning yana bir a’zosi professional faoliyatida yangi yuksak marrani zabt etdi!

Salkam 15 yillik do‘stim, KHISO jamoamizning ajralmas a’zosi Qosimxo‘jayev O‘g‘uzxon SQB ATB Bosh bankining Sun’iy intellekt departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘g‘uzxon har doim o‘zining mas’uliyatliligi va ishga bo‘lgan yondashuvi bilan ajralib turgan. U bizda nafaqat dars bergan, balki olimpiada savollarini rus tiliga yuqori sifatda tarjima qilgan hamda “Mantiqiy matematika–1” kitobimiz uchun video tahlillarni rus tilida tayyorlagan.

Bu yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, matematikani puxta o‘zlashtirish faqat matematik bo‘lish uchun emas, balki istalgan sohada muvaffaqiyat qozonish uchun ham mustahkam poydevor yaratadi.

Shunday ekan, farzandlaringizning matematikaga bo‘lgan qiziqishini yoshligidanoq rivojlantiring va ularga sifatli ta’lim bering. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Avval matematika, keyin hammasi!”
👍16❤2
Sardor Bazarbaev
Natijaga mehnat va sabot bilan erishgan o‘quvchi qizning onasining fikrlari… Bilаsiz, men ko‘p bora ta’kidlayman: olimpiadalarimizning eng asosiy foydasi — bolalarning kamchiliklarini aniqlab berishi va biz taqdim etadigan video yechimlar orqali ularni to‘ldirish…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir o‘quvchimiz “Innovator” jurnali qahramoniga aylandi.

Xabaringiz bor, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nufuzli
"Innovator" jurnali bizning chempionlarni yoritib keladi.

Bu safar iqtidorli o‘quvchi qizimiz Sibel jurnal qahramoniga aylanibdi. Quyida Sibelning rus tilidagi nutqining tarjimasini ham keltiraman:

Bu jurnal qahramoni bo‘lishimga 3-sinfdan buyon muntazam qatnashib kelayotgan Sardor Bazarbaev olimpiadalari sabab bo‘ldi. Aynan shu olimpiadalar menga turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishim uchun mustahkam poydevor yaratdi. Natijada Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadadan muvaffaqiyatli o‘tdim, shuningdek, “Sirius” ta’lim dasturiga ham saralab olindim.
Meni ushbu jurnal qahramonlari safidan joy olganim uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu men uchun juda katta sharaf va kelgusida yanada katta marralarni zabt etishim uchun kuchli rag‘bat bo‘ldi. Har doim aytib kelaman, qizlar yutuqga erishsa 2 hissa quvonaman.


O‘g‘il bola bilimli bo‘lsa oilasi faravon yashaydi, qiz bola bilimli bo‘lsa millat rivojlanadi.
👍7❤4👏3
2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi.

Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim.

O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda:

“Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.”


— degan edilar.

Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi.

Ko‘pchilik mendan:
“Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?”

deb so‘raydi.

Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman.

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!
🔥22👍14❤10🥰2
Bugun Yozgi Maktabda taqdirlash!

Taqdirlash marosimida millatimiz ilm-fani dargʻalaridan ustozimiz akademik Abdulla A’zamov qatnashadilar.

Bilasizmi, men oʻquvchi vaqtim ustozimizning kitoblarini koʻp yechardim. Ayniqsa “Kvant” jurnalidagi ustoz muallifligidagi olimpiada savollarini koʻrib faxrlanardim.

Biz koʻrishishni orzu qilgan ustozimiz qoʻlidan oʻquvchilarimiz medallarini olishadi.
👏12🔥8👍7❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOZGI MAKTAB – 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!

Bu yilgi yozgi maktabimiz ham unutilmas taassurotlar, yangi doʻstliklar, qiziqarli mashgʻulotlar va yorqin natijalarga boy boʻldi.

🎥 @khiso kanalida yozgi maktabning kunma-kun videolari, shuningdek taqdirlash marosimi videolari va rasmlarini navbatma-navbat e'lon qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!:

▪️1-KUN: ➡️ t.me/khiso/5952
▫️2-KUN: ➡️ t.me/khiso/5953
▪️3-KUN: ➡️ t.me/khiso/5958
▫️4-KUN: ➡️ t.me/khiso/5961
▪️5-KUN: ➡️ t.me/khiso/5963
▫️6-KUN: ➡️ t.me/khiso/5966

🔥 Ayni paytda yangi mavsum uchun KHISO olimpiadalariga yillik obunani katta chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjud. Faqat (40 tagacha) KHISO olimpiadalari uchun START paketini, (30 tagacha) xalqaro olimpiadalar bilan birgalikda (jami 70 tagacha olimpiada) PREMIUM paketini tavsiya qilamiz.

🏷 Paketlarni xarid qilish orqali 50% dan 75% gacha chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalaning!

📲 Batafsil: @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2🤩1
KHISO olimpiada
🚀 Keyingi o‘quv yilida farzandingiz ham xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishini istasangiz, tayyorgarlikni bugundan boshlang.
Shu rasmdagi Muhammadni eslab qolinglar. 🙂

1 yoshga endi to‘ldi. Hozirdanoq Avstraliya va Amerikani ko‘rib ulgurdi.

Xudo xohlasa, bir necha yildan keyin ota-onasining qo‘lida emas, bo‘ynida oltin medal bilan shu sahnada turadigan chempion bo‘ladi! 🥇🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍9
Pavel Durov
It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm."
Telegram asoschisi Pavel Durov yozmoqda:

🇺🇿 2026-yilgi Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI) bugun Toshkentda boshlandi!

🏆 IOI — maktab o‘quvchilari uchun dasturlash bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli musobaqalardan biri. Bir necha yil avval Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ham ushbu olimpiadada medallarni qo‘lga kiritgan.

🤝 Dunyoning eng kuchli yosh dasturchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram 235 nafar g‘olibga umumiy qiymati kamida 117 000 AQSh dollari bo‘lgan eksklyuziv raqamli kolleksiya — Algorithm Cups sovg‘a qiladi.

🕌 IOI aynan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani ham o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Zero, O‘zbekiston — algebra asoschisi Al-Xorazmiy vatani. Uning nomidan bugungi kunda butun dunyo ishlatadigan “algoritm” atamasi kelib chiqqan.

💪 Eng kuchli algoritm g‘alaba qozonsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Katta orzular sari kichik qadamlar! 🌟

Solih — endigina 1-sinfni tamomlagan, ammo xalqaro maydonlarda o‘z bilimini namoyon etishga ulgurgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri.

Solih o‘tgan yil davomida deyarli barcha olimpiadalarimizda muntazam ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridagi g‘alabalar esa uni xalqaro finallar sari yetakladi.

🇦🇺 10–16-aprel | Sidney, Avstraliya
IMEC xalqaro matematika olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈

🇺🇸 26–31-iyul | Nyu-York, AQSh
Akademik jarayonlari nufuzli Columbia universitetida tashkil etilgan COPERNICUS xalqaro olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈

Solihning iqtidori ancha avval e’tirof etilgan. U atigi 6 yoshida bir nechta tilni bilishi bilan tanilib, Kun.uz va boshqa OAVlarda uning iqtidori haqida intervyular e’lon qilingan edi.


Bugun esa Solih hayotidagi yana bir muhim bosqichni boshlamoqda — u Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi. 🎓

Bir yil davomida olimpiadalarda muntazam qatnashish, tajriba to‘plash, g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan xulosa chiqarish — bularning barchasi katta natijalarga olib boradigan yo‘lning bir qismi.


Solihning hikoyasi bizga yana bir narsani ko‘rsatadi: natija bir kunda kelmaydi. Muhimi — erta boshlash, muntazam harakat qilish va to‘xtamaslik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10❤9👍2🔥2🥰1