Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shohidbek Jamoliddinovning yorqin xotirasiga!

Shohidbek Jamoliddinovning bevaqt vafoti haqidagi xabar barchamizni chuqur qayg‘uga soldi. U men bilgan eng faol, bilimga chanqoq va ilg‘or o‘quvchilardan biri edi.

Amerikaga uyushtirilgan tashrif davomida ham Shohidbek o‘zining bilimi, salohiyati va odobi bilan barchada iliq taassurot qoldirgani yodimizda. Uning pok xotirasi xotiramizda doimo saqlanib qoladi.

KHISO jamoasi Shohidbek Jamoliddinovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
😭44❤3👍1🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik!

Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpiadasi savollarini Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari savollariga yanada yaqinlashtiramiz.

Bu borada shogirdim, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha kuchli mutaxassis Abrorjon Farmonov bilan hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqyapmiz.

Abrorjon shu kungacha KHISO olimpiadasi savollarining video-yechimlarini tayyorlab kelayotgan edi. Endilikda esa aynan 3–4-sinflar uchun olimpiada testlarini tuzishda ham bevosita ishtirok etadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — KHISO olimpiadasi natijalari orqali farzandingizning Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga tayyorgarlik darajasini oldindan obyektiv baholash imkonini yaratish.

Olimpiada natijalaridan o‘quvchi qaysi mavzularda kuchli ekanini, qaysi yo‘nalishlarda esa hali ishlashi kerakligini ko‘rib borish mumkin. Eng muhimi, kamchiliklar imtihon oldidan emas, oldindan aniqlanadi va ularni bartaraf etish uchun vaqt bo‘ladi.

Shu sababli ota-onalarga farzandlarini KHISO olimpiadalarida muntazam qatnashtirib borishni tavsiya qilaman.

⚡️ Navbatdagi KHISO olimpiadasi — 20-sentyabr kuni!

🇬🇧 Shu kuni TeenEagle Math Competition xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi ham bo‘lib o‘tadi. Ikki olimpiada bir kunda, ketma-ket tashkil etiladi.

📌 Batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/6084

Olimpiadalarga oldindan ro‘yxatdan o‘ting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz nafaqat bilim, balki ilmga munosabatni ham o‘rgatadi – Shavkat Ayupov

Videoning sifatli varianti quyidagi havolada: Youtubeda ko'rish

Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍22🎉7🔥6❤4👏4
Saytimizda ustoz (oʻqituvchi) boʻlib roʻyxatdan oʻtish imkoniyati qoʻshildi. Ertaga ustozlar uchun olimpiada qilaylik-mi?
Final Results
60%
Ha ustozlarga olimpiada boʻlsin, ayniqsa yutuqli
46%
1-oktabrda dam olishsin:)
👍38❤5🔥3🎉1
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng nufuzli IMO xalqaro olimpiadasi sovrindori, taniqli matematik, KHISO olimpiada maktabi asoschisi, matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Bozarboyev bilan bugungi yangiliklar haqida suhbatlashdik.

Bugun Prezidentimiz tomonidan taʼlim tizimidagi revolyutsion qaror aytildi: endi O‘zbekistonda ham har qanday davlat rivojining asosi hisoblangan fanlar sinflarda 2 ga bo‘lib o‘tiladi. Bu matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘lib, endilikda sinfda kamida 26 ta o‘quvchi bo‘lsa 2 guruhga bo‘lib, 13 nafardan o‘tiladi. Ustozlar 40 ta bolaga bu murakkab fanlarni o‘qitish o‘rniga 20 ta bolaga o‘tadi. Sardor Bozarbaev bilan shunday ulkan o‘zgarishlar haqida uzoq suhbatlashdik. Mazza qildik yangiliklarni tahlil qilib. Fursatdan foydalanib mazkur taklifni tayyorlab, Davlat rahbariga taqdim etgan Prezident Administratsiyasi rahbarining Taʼlim bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Siradjevga minnatdorlik bildirmoqchiman, bu birgina ustozlar manfaatiga emas, butun xalq kelajagi uchun salmoqli qaror, oson emas bunday qaror chiqarish, ikki barobar xarajat qiladi endi davlat, lekin ikki barobar xarajat qilsak-da, bu orqali mamlakat taʼlim sifatini yaxshilash uchun juda-juda katta qadam!

Rahmat hurmatli Prezident!

@domlajon
t.me/domlajon
👏8👍4❤1
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг очилиш маросимида Ал-Хоразмий, Ал-Беруний, Ал-Фарғоний, Мирзо Улуғбек ва Али Қушчи номларининг ёдга олиниши юртдошларимиз учун катта ғурур бағишлаши аниқ!

Яқинда Балиқчи туманидаги айтишник йигитимизнинг “оддий бир туманнинг йигити бўла туриб, шундай Стартап қилдим” деган сўзларига ҳурматли Президентимизнинг “йўқ, сиз оддий туман йигити эмас, Ал-Хоразмийлар, Берунийлар авлодисиз!” деб айтган гапларининг мазмуни нақадар муҳимлигини ушбу очилиш жараёнидаги видеолавҳани кўрганингиздан кейин яна бир бор тўлиқ англайсиз.

Нафақат очилиш жараёнидаги лавҳада, балки Туркия Президентининг маърузасида, Туркия саноат ва технологиялар вазири нутқида ҳам ушбу олимларимизнинг тарихий ролига алоҳида урғу берилди. Туркиянинг космик компаниясига Ал-Фарғоний номи берилгани ҳам қўшимча эътирофдир.

Президентимиз ёшларимизнинг ушбу аждодларимизга мос авлод бўлиб ўсишлари учун нафақат доимо мотивация беришга ҳаракат қилмоқдалар, балки ёшларимизга яратилаётган имкониятларни кун сайин кенгайтирмоқдалар.

Ёшларимиз фақат беҳуда ишлар билан чалғимасдан, кўпроқ вақтларини замонавий касблар ва чет тилларини ўрганишга ҳамда кўпроқ инсонлар ҳаётини яхшилайдиган стартаплар яратишга сарфласалар бўлди:

- Сунъий интеллект бўйича Coursera орқали замонавий касблар ўрганиш учун: aileaders.uz

- Стартапни ривожлантириш учун: startupbase.uz
❤5🔥3👏2
Forwarded from π olimpiadasi (Karim Raximov)
Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari!

Matematika instituti va AIFU hamkorligida matematikadan xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari yo'lga qo'yilmoqda. Darslar va ularni olib boruvchi professor o'qituvchilar:

1. Algebra va tengsizliklar (AT)- Homidov Muxriddin

2. Sonlar nazariyasi (SN)- Karim Raximov

3. Kombinatorika va logika (KL) - Farxod Haydarov

4. Geometriya (G) - Sardor Bazarbayev

5. Haftalik onlayn olimpiada (Seshanba kunlari)- Davrbek Oltiboyev, Sobir Boymurodov

Darslar haftaning shanba (SN va G) yakshanba (AT va KL) kunlari AIFUda bo'lib o'tadi. Darslar soat 9:50 da boshlanadi.


Darslar yozib olinib youtube tarmog'iga ham joylab boriladi. Darslarga qatnashish mutlaqo tekin.

Birinchi dars 17-oktyabr kuni boshlanadi.

@piolympiad
🔥6
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ KHISO asoschisi Sardor Bazarbayev — “Iqtidorli tengdoshim” loyihasi mehmoni!

🎙 Milliy AQL markazi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli tengdoshim” loyihasining navbatdagi mehmoni — KHISO asoschisi, xalqaro matematika olimpiadasi g‘olibi, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sohibi Sardor Bazarbayev.

📺 Aziz o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar! Barchangizni podkastni tomosha qilishga taklif etamiz.

▶️ Podkastni to‘liq ko‘rish

📲 KHISO — ilmga intilganlar davrasida!

@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 OLIMPIADADAN MAKTABGACHA

Olimpiadalar farzandga nima beradi? Maktab tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar, xususiy maktablar va ta’lim imkoniyatlari haqida mutaxassislar bilan suhbatlashdik!

🎧 Suhbat ishtirokchilari:

⚡️ Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO loyihalari — maktab, olimpiadalar va kitoblar asoschisi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
🔹 Isroil Tillaboyev — ta’lim blogeri, @domlajon telegram kanali asoschisi
🔹 Abdusamad Mo‘minov — maktabshunos ekspert.


📚 Farzandining ta’limiga befarq bo‘lmagan ota-onalar, ustozlar va olimpiadaga qiziquvchi o‘quvchilar uchun foydali suhbat!

🎬 Podkastni ertaga — yakshanba kuni soat 19:00 da YouTube kanalimizda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin!

👉 https://youtu.be/Ihs4N3N9lmQ

⏳ Premyeragacha roppa-rosa 24 soat! Kanalimizga obuna bo‘ling va premyera eslatmasini yoqib qo‘ying.

📲 Ushbu xabarni ta’lim va olimpiadalarga qiziquvchi yaqinlaringizga ham ulashing!

@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from KHISO olimpiada
🔴«OLIMPIADADAN MAKTABGACHA» — PODKAST BOSHLANMOQDA!

🎙 Olimpiadalar, maktab tanlash va farzandlarimiz ta’limi haqida qiziqarli suhbatni tomosha qilishni tavsiya etamiz!

⏱ Bugun, soat 19:00 da!

🎬 Tomosha qilish: https://youtu.be/Ihs4N3N9lmQ

📱 Yaqinlaringizga ham ulashing!

@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
Ota-onalardan biri, aniqrogʻi eng faol oʻquvchilarimizdan Sibelning onasi yozgan izoh. (Rasmda asli, postda tarjimasi): Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni kichik yoshidanoq olimpiadalarda qatnashtirishni boshlang, lekin ulardan darhol natija talab qilmang.…
🥉 Sibelning yutug‘idan juda xursand bo‘ldim!

Sibel Zaxidovani 3-sinfidan beri olimpiadalarimizning faol ishtirokchisi sifatida taniyman. Bugun uning qizlar o‘rtasidagi “ASSARA” matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgani men uchun ham quvonchli yangilik bo‘ldi.

Bu yutuq ortida Sibelning mehnati, ustozlarining hissasi va onasining doimiy qo‘llab-quvvatlashi bor. Onasi har doim qiziga dalda beradi, olimpiadalarga qatnashishini qo‘llaydi. Boshqa ota-onalarni ham farzandlarini olimpiadalarimizda qatnashtirishga chorlab keladi.

Qizlarimizning o‘qishi, bilimga intilishi va g‘olib bo‘lishi meni alohida xursand qiladi. Ularning o‘z bilimiga ishonib, katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganini ko‘rish juda yoqimli.

Sibelning yutuqlarini yuqori baholab, unga KHISO olimpiadalarida ishtirok etish uchun START paketini hadya qildim. Bu sovg‘a keyingi yutuqlari yo‘lida kichik bir dalda bo‘lsin.

Sibel, yutug‘ing muborak! Seni, onangni va ustozlaringni chin dildan tabriklayman. Hali ko‘p yutuqlaringga guvoh bo‘lishimizga ishonaman!

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sardor Bazarbayev
❤8🔥2🤩2
Forwarded from KHISO olimpiada
🎙 Birozdan ovozli chatda uchrashamiz!

Suhbatimizda:

⚡️ 4-KHISO olimpiadasi;

🇬🇧 TeenEagle English Competition saralash bosqichi;

🌍 JSEO, TeenEagle va STEAM SPIRES xalqaro olimpiadalarining final bosqichlari haqida gaplashamiz.

💬 Savollaringizni hozirdan izohlarda yozib qoldiring!

👥 Ovozli chatga 50 kishi qo‘shilishi bilan suhbatni boshlaymiz.

👉 Ovozli chatga qo‘shilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫O‘quvchilari faol qatnashadigan ustozlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

👨‍🏫 Bundan buyon esa ustozlar uchun ham muntazam ravishda olimpiadalar o‘tkazib boriladi.

🏆 Bundan tashqari, ustozlar endilikda shogirdlarining KHISO olimpiadasi va xalqaro olimpiadalar saralash bosqichlaridagi natijalariga qarab ball to‘plab borishadi hamda to‘plagan ballari asosida chet elga sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi. Batafsil videoda aytilgan.

📈 KHISO olimpiadasi va bizning rasmiy vakilligimizdagi xalqaro olimpiadalar saralash bosqichlarida o‘quvchilaringizni faol ishtirok ettiring va ularning yuqori natijalari orqali siz ham yutuqlarga ega bo‘ling!

📲 Telegram kanalimizga qo‘shiling va navbatdagi olimpiadalar, ro‘yxatdan o‘tish hamda muhim yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling: @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from π olimpiadasi
🏆 Xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorgarlikni ertadan boshlang!

Matematika instituti va AIFU hamkorligidagi bepul tayyorgarlik darslari ertaga, 17-oktabr kuni boshlanadi!

📚 Birinchi kungi darslar:

🔢 Sonlar nazariyasi — Karim Raximov

📐 Geometriya — Sardor Bazarbayev

🕘 Boshlanish vaqti: 09:50

📍 Manzil: AIFU

🎁 Qatnashish mutlaqo bepul!

🎥 Darslar yozib olinib, YouTube’ga ham joylab boriladi.

Matematikaga qiziquvchi do‘stlaringiz va o‘quvchilaringizga ulashing — birgalikda tayyorlanamiz!

👉 @piolympiad
👏6👍2
π olimpiadasi
🔢 Sonlar nazariyasi — Karim Raximov
Sonlar Nazariyasi darsi (Karim Raximov) davom etmoqda. 11:00 dan keyin geometriya boshlanadi
🔥12❤3👏1
Forwarded from π olimpiadasi
Darslar davom etmoqda...

@piolympiad
👍7🔥1
Forwarded from π olimpiadasi (Karim Raximov)
Bugungi darslar ajoyib o'tdi deb o'ylayman. Darslar tez orada youtubega joylashtiriladi. Linkni shu kanalda elon qilamiz.

Imkoningiz bo'lsa jonli qatnashsangiz yanada foydali bo'ladi. Chunki darsni to'liq his qilasiz va undan tashqari darsdan keyin bemalol maruzachilar bilan savol-javob qilishingiz mumkin.

@piolympiad
👍9