Sardor Bazarbaev
4.84K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
#kunsavoli
#math7

Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga (7-sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq to‘gri yechim yuborgan o’quvchilarning ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Nurmuhammad🥇
2. Jo‘rayev Umar🥈
3. Hayitboyeva Hayriniso🥉
4. Marhabo
5. @Qwerty Yuiop
6. Mehmonali
7. Anvar Ostonov
8. Sarsenboyev Qanut
9. Saparboyev Sherxon
10. Tolliboyev Diyorbek

Keyingi savollarda hammaga omad.

👉 @bazarbaevs
Topshiriqlarning javoblari(kalitlar).pdf
197.1 KB
Topshiriqlarning kalitlari. Onlayn yechim yuborganlarning natijalari 1-3 kun muddatda kanalimizda alohida e'lon qilinadi. Ungacha o'zingizni baholab turishingiz mumkin:)

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math9

Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga (9-sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi(70 tadan ortiq) Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq to‘gri yechim yuborgan dastlabki 10 ta o’quvchilarning ismlarini e‘lon qilamiz(bizni tushunasiz degan umiddamiz) :

1 Muhammadrizo Majidov 🥇
2 Nurmuhammad 🥈
3 R Muhammadali 🥉
4 Azizbek Qurbonov
5 Hamroqulov Azizbek
6 Husniddin
7 Sarvarxon
8 Bobojonova Farangiz
9 Bakhronov Asilbek
10 Burxonov Kamron
.......
Keyingi savollarda hammaga omad.

👉 @bazarbaevs
onlayn yechim yuborganlar natijalari.xlsx
14.3 KB
12-yanvarda olimpiadaga online qatnashganlarning natijalari. Qatnashgan o’quvchilar va ularning ustozlari @chelsea0810 ga murojaat qiling. Sizga sertifikatingizni elektron variantini yuboramiz.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#chemistry

Yechimlaringizni @ChorshanbiyevSh ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e'lon qilinadi.

👉👉@bazarbaevs
#kunsavoli
#math9

Yig'indini hisoblang

9-sinf o’quvchilari uchun kun savoli. Yechimlaringizni @math9sinf ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e’lon qilinadi.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math1011

Assalomu alaykum xayrli tong azizlar!

Hisoblang

10-11-sinf o’quvchilari uchun kun savoli. Yechimlaringizni @math1011sinf ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e’lon qilinadi.

👉 @bazarbaevs
8 yil oldingi rasm. Vatan himoyachilari kuni bilan barcha mard va dilida vatanga xizmat qilishdek ezgu niyati bo’lgan yigitlarni tabriklayman. Vatan omon bo’lsin!

14.01.2012

👉 @bazarbaevs
Jizzax viloyati Zafarobod tumani.

Siz ham bizga ulashing. Biz barchaga e’lon qilamiz.

👉
@bazarbaevs
Xorazm viloyati Xiva tumani.

Siz ham bizga ulashing. Biz barchaga e’lon qilamiz.

👉
@bazarbaevs
#kunsavoli
#biology

Azizada miokard infarktiga moyillik aniqlandi. Bu belgi qanday irsiylanishini o’rganish uchun uning shajara daraxti tuzildi. Shajara daraxtiga qarab bu belgining irsiylanish turini aniqlang.
Javoblaringizni @davrontukhtaev ga jo'nating!
Forwarded from Edu.uz
​​Академик лицей ўқувчилари янги йилни ғалаба билан бошладилар

2020 йил 9-15 январь кунлари Қозоғистоннинг Олма-ота шаҳрида дунёнинг 21 давлатидан 600 нафарга яқин ўқувчилар иштирокида математика, физика ва информатика фанларидан 16-халқаро Жаутиков олимпиадаси (IZHO) бўлиб ўтди.

Ушбу нуфузли олимпиадада Ўзбекистон жамоаси ҳам қатнашди ва якунда 6 та медални қўлга киритди.

Юртимиз академик лицей ўқувчилари мусобақада муваффақиятли иштирок этиб, терма жамоа ғалабасига муносиб ҳисса қўшди.

Жумладан, БухДУнинг Қоракўл академик лицейи 2-курс ўқувчиси Шаҳбоз Ҳасанов, ЎзМУ Табиий ва аниқ фанларга ихтисослаштирилган С.Сирожиддинов номидаги республика академик лицейининг 2-курс ўқувчиси Фарруҳ Маҳмудов ҳамда НамДУ академик лицейи 2-курс ўқувчиси Иброҳимжон Мирғиёсовлар математика фанидан бронза медалларни қўлга киритдилар.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
ЎЗБЕКИСТОНЛИК МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ ЯНА БИР ЧЎҚҚИНИ ЗАБТ ЭТДИ
Аввал хабар берилганидек, жорий йилнинг 9-14 январь кунлари бир гуруҳ иқтидорли ўқувчилардан иборат юртимиз вакиллари Қозоғистон Республикаси, Олма-ота шаҳрида математика, физика ва информатика фанларидан бўлиб ўтган 16-Халқаро Жаутиков (IZHO) олимпиадасида қатнашиб, муносиб ўринларни эгаллашди.

Бу йилги анъанавий фан олимпиадасида 21 та давлатдан, жумладан, Болгария, Дания, Бирлашган Араб Амирликлари, Мўғулистон, Непал, Норвегия, Руминия, Сербия, Туркия, Швеция ва МДҲга аъзо давлатларидан келган 84 та жамоа, жами 600 нафар иштирокчи қатнашди.

Жаҳон миқёсида юқори нуфузга эга мазкур олимпиада 2005 йилдан Олма-ота шаҳридаги Физика-математика миллий мактабида ўтказилиб, унда турли мамлакатларнинг STEM (Science, Technoglogy, Engineering Math) соҳаси бўйича ихтисослашган мактаб жамоалари иштирок этади.

Юртимиз вакиллари ушбу олимпиадада муносиб қатнашиб, 6 та медални қўлга киритди. Бу эса Ўзбекистонда иқтидорли ёшларга кўрсатилаётган эътибор ва эътирофнинг яққол ифодасидир.

2020 йил бошида ўқувчиларимиз Халқаро Жаутиков фан олимпиадасида қуйидаги натижаларга эришди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 3 майдаги “Иқтидорли ёшларни аниқлаш ва юқори малакали кадрлар тайёрлашнинг узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорида юртбошимиз ва ҳукуматимизнинг билдирган ишончи ҳамда ғамхўрлигига жавобан ўқувчиларимиз ушбу халқаро олимпиадада иштирок этиб, мамлакатимиз байроғини юқори кўтаришга сазовор бўлди.

Айтиш жоизки, Элдор Нейматов, Жаҳонгир Норбоев ва Диёрбек Толибов 2017 йил Таиландда, 2018 йил Болгарияда ва 2019 йилда ЖАРда бўлиб ўтган Халқаро математика мусобақасида (IMC), шунингдек, 2019 йилда ўтказилган қўшимча республика олимпиадасида ҳам медалларни қўлга киритган.

Мамлакатимиз ўқувчиларини Халқаро Жаутиков (IZHO) олимпиадасидаги муваффақияти билан қутлаб, келгуси жаҳон фан олимпиадаларида бундан ҳам юқори зафарларни тилаб қоламиз!
O‘quvchilarimiz Xalqaro Jautikov olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 9-14-yanvar kunlari bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat yurtimiz vakillari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan bo‘lib o‘tgan 16-Xalqaro Jautikov (IZHO) olimpiadasida qatnashib, munosib o‘rinlarni egallashdi.

👉 http://marifat.uz/marifat/ruknlar/yoshlar/4064.htm

✅ https://t.me/marifatziyo
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#maqolalartanlovi

Maqolalar Tanlovi

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Yil boshida xabar berib o’tgandik. Sizdan kelgan maqolalarni ham kanalimizda e’lon qilamiz va yil yakunida eng ko’p like yig’gan maqola muallifi maxsus diplom, statuetka va sovg’alar bilan taqdirlanadi. Dastlabki maqolani hozir e’lon qilamiz. Siz ham orqada qolmang. Bilimingizni va tajribangizni boshqalarga ham ulashing. Maqolangizni @bazarbaevsardor ga yuboring.

PS: Maqolalar faqat word formatida qabul qilinadi. Talabga javob bersa albatta e'lon qilamiz. Mutlaqo bepul!

Formulalarni Mathtype dasturida yozib, nusxa olib word formatdagi maqolaga qo'yishni tavsiya qilaman.

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev pinned «#maqolalartanlovi Maqolalar Tanlovi ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Yil boshida xabar berib o’tgandik. Sizdan kelgan maqolalarni ham kanalimizda e’lon qilamiz va yil yakunida eng ko’p like yig’gan maqola muallifi maxsus diplom, statuetka va sovg’alar bilan taqdirlanadi.…»