Sardor Bazarbaev
4.84K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Sardor Bazarbaev
Barcha g’oliblarga I,II,III darajali diplom beriladi. Har bir qatnashchiga yuqorida sertifikatning elektron variantini berdik. Diplomlarning originallarini olish uchun yakshanba kuni 12:00-13:00 oralig’ida o’quv markazimizga tashrif buyurishingiz mumkin!
G’oliblar uchun diplomlarni elektron fayli tayyor bo’ldi! Faqatgina g’oliblarga o’z-ism familiyalari yozilgan diplomlar yuboramiz. Qolgan hamma uchun quyidagi linkda sertifikat joylashtirganmiz. O’zingiz ism-familiyangizni yozib olishingiz mumkin (2000 ga qatnashchini ism-familiyasini yozib chiqa olmaymiz). Qatnashmasdan turib ham yozib olsangiz o’zingizni aldagan bo’lasiz, chunki sertifikat haqiqiyligini QR kod orqali aniqlash mumkin!

Faqatgina g’oliblar (ular excelda oltin, kumush va bronza ranglar bilan ajratilgan) @bazarbaevs_bot ga ism-familiyalarini yozishsa kifoya unga natijalardan qarab ism-familiyasi yozilgan diplomni yuboramiz. Faqat murojaat qilishda qoidaga amal qilshingiz kerak. Ya’ni quyidagi shablonda xabar qoldiring:

?-sinf Eshmatov Toshmat ?-o’rin

(na’muna)

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev via @like
#kunsavoli #math1011 Assalomu alaykum xayrli kun aziz do‘stlar! Tenglamani yeching. 10-11-sinf o’quvchilari uchun kun savoli. Yechimlaringizni @math1011sinf ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e’lon qilinadi. 👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math1011

Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Ushbu kun savoliga (10-11-sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi.Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq to‘gri yechim yuborgan kam sonli o’quvchilarning ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Sobitxonov Bobur 🥇
2. Fazliddinov Saydullo🥈
3.Abdurakhmonov Khamidullokhon🥉
4. Jumayev Mehriddin

Ps: Azizlar ko‘pchilik trigonometrik usulda ishlagan va 2 ta yechim chiqargan. Ammo ularning bittasi ham tenglamani qanoatlantirmaydi. Shuni ko‘pchilik sezmagan. Lekin to‘g‘ri yo‘ldan borishgan. Shuning uchun faqat to‘g‘ri yechib ham to‘g‘ri javobni topa olganlarni ismini e‘lon qildik. Bu keyingi savollarda xushyor bo‘lishga undaydi. Keyin, hamma yechimlar bir xil bo‘lgani uchun noodatiy o‘zimning yechimimni e‘lon qilaman. O‘rganib qo‘ysangiz zarar qilmasa kerak🤝


Keyingi savollarda hammaga omad.

👉 @bazarbaevs
Forwarded from davletovuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таваккал Қодиров - Фасли Навбаҳор
#kunsavoli
#math6

6-sinf o’quvchilari uchun kun savoli. Yechimlaringizni @Math6sinf ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e’lon qilinadi.

👉 @bazarbaevs
@bazarbaevs_bot ga ism-familiyasi, sinfi va o’rnini (g’oliblar faqat) yozib yuborsa ularni diplomlarini yozib yuboryapmiz. Afsuski g’olib (bu safar) bo’lmagan o’quvchilar ham ism-familiyasini yozib yubormoqda. Lekin biz tekshirib, g’oliblar ro’yhatidagi qatnashchilar uchungina yuboramiz diplomni. O’zingizni va bizni vaqtimiz hamda asabimizni asrang! Kelgusi olimpiadalarimizda muvafaqqiyatli qatnashing, shunda sizga ham diplom nasib qiladi! Hozircha asosan 10-11 sinflarnikini yubormoqdamiz. Qolgan sinflarga ham navbat yetib keladi havotir olmang😊

👉 @bazarbaevs
Har doim bir narsa meni o'ylantirardi: Nega yurtimizda asosan o'g'il bolalar aniq fanlardan kuchli bo'lishadi ? Aslida qizlarimizda ham yuksak iqtidor bor, faqat ular ko'proq ota-onasiga uy ishlarida yordam berishi va boshqa omillar sababli o'z ustida kamroq ishlashlari mumkin. O'quv yili boshida bir g'oya tug'ilganda, aniqrog'i Xudoyor aka bilan telegramdagi yozishmalarimiz davomida shunday fikr kelgandi: Yurtimizda qizlar uchun alohida olimpiadalar tashkil etish. Bu amaliyot xalqaro tajribada ham joriy etilgan, masalan China Girls Mathematical olympiad, European Girls mathematical olympiad va yaqinda Rossiyada ham shunday olimpiada tashkillashtirildi. Nega biz qilmasligimiz kerak ekan? Bu amaliyotni yoppasga joriy etishdan oldin tajriba sifatida kanalimizda onlayn olimpiada tashkil qilmoqchimiz: O'zbekiston Qizlar Matematika Olimpiadasi - Uzbekistan Girls mathematical olympiad (UGMO).
Shu munosabat bilan 7-mart kuni 18:00-20:00 oralig'ida faqat qizlarimiz va ayol o'qituvchilarimiz uchun kanalimizda onlayn olimpiada o'tkazmoqchimiz. Buning uchun quyidagi link orqali ro'yhatdan o'tishinhiz kerak. Qaytaraman faqat qizlarimiz va ayol o'qtiuvchilar uchun!

Ro'yhatdan o'tish uchun bu yerga bosing

Ro'yhatdan o'tish 6-mart kuni 18:00 da yakuniga yetadi!

G'oliblarni 8-mart kuni e'lon qilamiz! Qatnashuvchi va G'oliblarga mos ravishda maxsus sertifikat va diplomlar taqdim qilamiz. Yil yakunida o'quv markazimi va kanalimizning maxsus taqdirlash marosimida ularga alohida statuetka va qimmatbaho sovg'alar ham ulashamiz! Yigitlar yana bir hafta sabr qilib turasizlar endi:)

👉 @bazarbaevs
Ro'yhatdan o'tish uchun qo'llanma.pdf
279.8 KB
Qizlarimiz va ayollarimiz uchun 7-mart kuni kanalimizda bo'lib o'tadigan onlayn matematika olimpiadaga ro'yhatdan o'tish uchun qo'llanma!

👉
@bazarbaevs
#kunsavoli javobi
#juniorproblems
#chemistry

Assalomu alaykum, xayrli kech aziz do‘stlar!

#kunsavoli ga javob yuborganlar ko'p bo'ldiyu, afsuski to‘g‘risi bo'lmadi.

P.S. #kunsavol larida faol bo'lib "OY QAHRAMONI" g'olibi bo'ling aziz do'stlar.
Va'da qilganimizdek Fevral oyining eng yaxshilarini aniqladik. Tez orada kanalimizda e'lon qilamiz.

Keyingi savollarda hammaga omad.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli javobi
#seniorproblems
#chemistry

Assalomu alaykum, xayrli kech aziz do‘stlar!

#kunsavoli ga javob yuborganlar ko'p bo'ldiyu afsuski to‘g‘risi bo'lmadi.

P.S. #kunsavoli da faol bo'lib "OY QAHRAMONI" g'olibi bo'ling aziz do'stlar.
Va'da qilganimizdek Fevral oyining eng yaxshilarini aniqladik. Tez orada kanalimizda e'lon qilamiz.

Keyingi savollarda hammaga omad.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#juniorproblems
#chemistry

Yechimlaringizni @SBChem_bot ga yuboring. Eng yaxshi yechimlar kanalda e'lon qilinadi.

P.S.Yechimingizni yaxshi o‘ylab keyin @SBChem_bot ga ISM.FAMingizni yozgan holda soat 20:00 gacha faqat bir marta yuboring. Savol yechimini va o'z o'rningizni soat 21:00 da bilib olasiz.
#kunsavoli da faol bo'lib "OY QAHRAMONI" bo'ling aziz do'stlar.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#seniorproblems
#chemistry

Yechimlaringizni @BSChem_bot ga yuboring. Eng yaxshi yechimlar kanalda e'lon qilinadi.

P.S. Yechimingizni yaxshi o‘ylab keyin @BSChem_bot ga ISM.FAMingizni yozgan holda soat 20:00 gacha faqat bir marta yuboring. Savol yechimini va o'z o'rningizni soat 21:00 da bilib olasiz.
#kunsavoli da faol bo'lib "OY QAHRAMONI" bo'ling aziz do'stlar.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math7

7-sinf o’quvchilari uchun kun savoli. Yechimlaringizni @math7sinf ga yuboring. Eng yaxshi yechim kanalda e’lon qilinadi.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math8

Assalomu alaykum, aziz do’stlar! Sizga yaxshi kayfiyat tilagan holda, kun savolini taqdim etamiz. Yechimlaringizni @math8sinf ga jo’natishingiz mumkin. Eng yaxshi yechimlar kanalda e’lon qilinadi.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#math6

Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga (6-sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq to‘gri yechim yuborgan o’quvchilarning ismlarini e‘lon qilamiz:

1. G'ulomov Alisher 🥇
2. Yaxshiyev Alisher 🥈
3. Boboqulov Asadbek 🥉

O'qish va izlanishdan hech qachon charchamang!

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
G’oliblar uchun diplomlarni elektron fayli tayyor bo’ldi! Faqatgina g’oliblarga o’z-ism familiyalari yozilgan diplomlar yuboramiz. Qolgan hamma uchun quyidagi linkda sertifikat joylashtirganmiz. O’zingiz ism-familiyangizni yozib olishingiz mumkin (2000 ga…
23-fevral kuni bo’lib o’tgan onlayn olimpiada g’oliblari diplomlarini olishga ulgurmaganlar quyidagi vaqtinchalik kanaldan yuklab olishlari mumkin:

@diplomlar23022020

2-3 sinf o’quvchilarini diplomlari ham biroz vaqtdan keyin ushbu kanalga joylashtiriladi.
Sardor Bazarbaev pinned «23-fevral kuni bo’lib o’tgan onlayn olimpiada g’oliblari diplomlarini olishga ulgurmaganlar quyidagi vaqtinchalik kanaldan yuklab olishlari mumkin: @diplomlar23022020 2-3 sinf o’quvchilarini diplomlari ham biroz vaqtdan keyin ushbu kanalga joylashtiriladi.»
#murojaatlar


Murojaat: Салом биз дипломимизи тополмадикку еки езилмадими хамма катнашчиларга берилади дейилгандику

(Muallifning orfografiyasi va murojaati asl holicha berilmoqda)

Javob: Hamma qatnashchilarga sertifikat beriladi deyildi. Sertifikat esa kanalimizda bir necha kun oldin e’lon qilindi! Diplomlar faqat yuqori natija ko’rsatganlarga berildi. Keyingi olimpiadalarda muvafaqqiyatli qatnashishga harakat qiling!

👉 @bazarbaevs
#murojaatlar

Murojaat: Assalomu alaykim.Bu hafta qizlarga beradigan testingizni o‘gil bolalarga ham berib, o‘gil bolalarning javoblarini ayrim tekshirsangiz

(Muallifning orfografiyasi va murojaati asl holicha berilmoqda)

Javob: Bu safargi olimpiadamiz faqat qizlar va ayollar uchun. Lekin savollarni va ularning kalitlarini kanalimizda e’lon qilamiz o’zingizni natijangizni o’zingiz tekshirib olishingiz mumkin.

👉 @bazarbaevs