Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from Ta’lim24.uz
Yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumanida mintaqaviy matematika olimpiadasi oʻtkazildi

Mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida fan olimpiadalari tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 27-avgustida tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazilib, xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Bu kabi ijobiy ishlar oʻquvchilarning fan olimpiadada ishtirok etishga qiziqishini yanada oshirib, iqtidorli oʻquvchilar safini kengaytirmoqda.

Shunday tashabbuslarni davom ettirgan holda Xalq taʼlimi vazirligi navbatdagi fan olimpiadasini Xorazm viloyatining shu yili tashkil etilgan yangi Tuproqqal'a tumanida oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Bugun Tuproqqal'a tumanida matematika va dasturlash fanlaridan mintaqaviy olimpiada boʻlib oʻtmoqda. Ushbu olimpiada Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi qarorida belgilangan vazifalar doirasida oʻtkazilmoqda.

Ushbu olimpiadada umumtaʼlim maktablarining 100 nafarga yaqin 7-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Matematika fanidan 11 ta va dasturlash boʻyicha 15 ta ishtirokchi gʻolib deb topildi. Matematika boʻyicha 1-oʻrin, 2-oʻrin va 3-oʻrin sohiblari mos ravishda 1875000, 1250000, 625 000 soʻm, dasturlash boʻyicha esa 1500000, 1000000, 500000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Ushbu oʻquvchilar bilan tizimli ishlash ta’kidlandi.
Bugun yakshanba kuni Prezident Maktabida Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi (IDPHO) yakuniy saralash bosqichi oʻtkazilmoqda.

Saralashda karantin holatidan kelib chiqib, iqtidorli oʻquvchilar zaxirasidagi oʻquvchilar qatnashmoqda.

Bu yil pandemiya tufayli Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) masofaviy va biroz oʻzgargan holatda oʻtkaziladi.
Kanalimiz a’zolaridan biri yuboribdi!

Biz ham sizni sevamiz va qadrlaymiz!
Matematika 20-hafta yechimlari.pdf
520.7 KB
#matematika #math
#yechimlar #solutions

Aziz oʻquvchilar! Matematika fanidan 20-haftalik topshiriqlarning yechimlarini e’lon qilamiz. Masalalarning yechimlari bilan birgalikda bir nechta teorema va lemmalar isboti bilan berilgan. Ularni oʻrganib, yangi masalalarni yechishda qoʻllashingiz mumkin.
________________________________
Bazarbayev S, Butayev A
.

👉 @bazarbaevs

Kanalga ulanish
Yechimlar.pdf
537.9 KB
Xalq ta’limi vazirligi va Tuproqqal’a tumani hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan Mintaqaviy matematika olimpiadasining topshiriqlarining yechimlari.
___________________________
Oltiboyev D, Olimov O, Majidov M.

Kanalga ulanish
Toshkent_shahri_tumanlarida_yuqori_natija_ko‘rsatgan_o‘quvchilar.pdf
540.9 KB
Xalq ta’limi vazirligi fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan matematika fani boʻyicha asosiy fan olimpidasining 2-bosqichida (Toshkent shahridagi tumanlarda) yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan monitoring olimpiadasi 1-kunining topshiriqlari, yechimlari va baholash mezoni!
___________________________
Bazarbayev S
./ Olimov O./ Ismoilov D.

Kanalga ulanish
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublikamizda ilk marta matematika fanidan oʻqituvchilar olimpiadasi oʻtkazilmoqda. Olimpiadada umumta’lim maktablari, PIIMA tasarrufidagi maktablar, akademik litsey va nodavlat ta’lim muassasalari oʻqituvchilari qatnashishmoqda. Bugun olimpiadaning 1-bosqichi Qoraqalpogʻiston respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda start oldi. Har bir hududdan eng kuchli 5 nafar oʻqituvchi respublika bosqichiga yoʻl oladi. Olimpiada haqida batafsil vazirligimiz rasmiy sahifalaridan ma’lumot olishingiz mumkin!

Olimpiada davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi!
Test (uzbek).pdf
516.4 KB
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA MATEMATIKA FANIDAN RESPUBLIKA OLIMPIADASI TOPSHIRIQLARI

Bugun boʻlib oʻtgan oʻqituvchilar o‘rtasidagi matematika fanidan respublika olimpiadasiga berilgan test topshiriqlarini taqdim qilamiz.

Keyinroq kalitlarini ham ulashamiz.

👉 @bazarbaevs
test (rus).pdf
543.7 KB
Задания республиканской олимпиады по математике среди преподавателей

Мы
скидываем тестовые задания, которые были на республиканской олимпиаде по математике среди преподавателей.

Чуть позже скинем и ключи
.

👉 @bazarbaevs
👍1
Qoraqalpog'iston R natijalari.pdf
161.5 KB
Qoraqalpog‘iston respublikasi natijalari

Izoh:
Natijalar ism-familiyasiz, faqatgina shifr orqali berilgan.

54 ta odam ertangi bosqichga oʻtdi!

👉 @bazarbaevs
Kalitlar va yechimlar.pdf
3.1 MB
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA MATEMATIKA FANIDAN RESPUBLIKA OLIMPIADASI TEST TOPSHIRIQLARINING YECHIMLARI

Bugun boʻlib oʻtgan oʻqituvchilar o‘rtasidagi matematika fanidan respublika olimpiadasiga berilgan test topshiriqlaring kalitlari va yechimlarini taqdim qilamiz.

👉 @bazarbaevs
O‘qituvchilar olimpiadasi yozma ish.pdf
405.6 KB
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA MATEMATIKA FANIDAN RESPUBLIKA OLIMPIADASI YOZMA ISHLARI

Bugun boʻlib oʻtgan oʻqituvchilar o‘rtasidagi matematika fanidan respublika olimpiadasining 2-kuni berilgan yozma ish topshiriqlarini taqdim qilamiz.

Keyinroq yechimlarni ham ulashamiz!

👉 @bazarbaevs