Sardor Bazarbaev
4.83K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
#qishkiyigin
#zimniyzbor

Xabar berganimizdek Xalq Ta'limi Vazirligi va FA Matematika instituti hamkorligida qishki o’quv-yig’in mashg’ulotlari olib borilmoqda. Yig'in davomida asosan Xalqaro Jautikov olimpiadasiga tayyorgarlik sifatida olib borilmoqda. Shuning uchun IZHO da “moda” bo’lgan ko’pburchaklarga oid geometrik masalalarni yechishni o’rgatmoqdamiz. 2 kun Vector geometry (bu haqida katta maqola tayyorlaganmiz nasib bo’lsa kanalimizda e’lon qilamiz) metodlari bo’yicha shug’ullandik. Oldimizdagi kunlarda Complex Geometry metodlarini ham o’rgatishni rejalashtirdik.


👉 @bazarbaevs
Ta’lim24.uz
Халқ таълими вазирлиги ва Термиз шаҳар ҳокимлиги ҳамкорлигида жорий йилнинг 16 декабрь куни Сурхондарё вилоятида математика ва физика фанларидан “Термиз очиқ олимпиадаси” ўтказилади. Термиз шаҳрида бўлиб ўтадиган ушбу олимпиадада мамлакатимиз умумтаълим мактабларининг…
#TOO
#math
#physics

“Termiz Ochiq Olimpiadasi”
haqida.

Sizlardan kelayotgan savollarga umumiy javob berib o’taman.

1. Olimpiada mutloqo tekin ❗️.

Vazirligimiz va Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan o’tkazilmoqda. Maqsadimiz yagona. O’quvchilarimizni olimpiadalarga qiziqtirish, iqtidorlilarini izlab topib, ularni rag’batlantirish.

2.
Olimpiada 8-sinf va 9-sinflar uchun umumiy bo’lib o’tadi. Bu Xalqaro tajribaga asoslangan. Siz yoki matematikadan yoki fizikadan qatnashishingiz mumkin. 10-11 sinflar uchun yaqinda olimpiada o’tkazganimizda ko’pchilik 8-9 sinf uchun ham o’tkazinglar degan takliflarni berishdi. Xalq fikrini inobatga olib bu olimpiadani tashkil qildik. Oldimizda hali ko’p olimpiadalar bor. Keyingi safar undan ham kichikroq sinf o’quvchilari uchun o’tkazishga harakat qilamiz.

3. Olimpiada 9:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

4. Savollar o’zbek va rus tilida (qatnashchining istagiga qarab) beriladi.

5. Bitta muhim iltimos. Asosan mehmon viloyatlar (ya’ni Surxandaryodan bo’lmagan) o’quvchilari yotoqxona so’rashsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Chunki olimpiadamiz o’z nomi bilan ochiq. Istagan o’quvchi iqtidorini ko’rsatish imkonini yaratishni maqsad qildik. Tabiiyki qatnashchi ko’p bo’ladi. Xalqimiz birinchi navbatda mehmonni hurmatini joyiga qo’yishadiku. Qisqasi nima demoqchi ekanligimni angladingiz😊.

6. Olimpiada faqat bir kun 16-dekabr kuni bo’lib o’tadi.

7. O’quvchilar soni cheklanmagan.

8.
Qatnashchilar yozma ish topshirib chiqqanlaridan keyin ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayohat tashkillashtirish rejalashtirilgan. Hammasi siz azizlar uchun.

Yana boshqa xil murojaatlar kelib chiqsa albatta umumiy javob berib o’tishga harakat qilamiz.


👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev pinned «#TOO #math #physics “Termiz Ochiq Olimpiadasi” haqida. Sizlardan kelayotgan savollarga umumiy javob berib o’taman. 1. Olimpiada mutloqo tekin ❗️. Vazirligimiz va Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan o’tkazilmoqda. Maqsadimiz yagona. O’quvchilarimizni…»
#kunsavoli
#forjuniors67

Agar AB=BC=CD=DE=EF=FG=GH bo’lsa, betta burchakni toping.
Yechimingizni @Math6_7sinflaruchun ga yuboring.

👉 @bazarbaevs
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng yaxshi o’qituvchisi” tanlovi g’oliblari uchun maxsus.

👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
#kunsavoli #forseniors1011 Yechimingizni @Davrbek_Oltiboev ga yuboring. 👉 @bazarbaevs
Assalomu alaykum aziz do‘stlar!
Kun savoliga ( 10-11 sinf) ko‘plab yechimlar kelib tushdi. Barchaga minnatdorchilik bildiramiz👏👏👏 va to‘liq to‘gri yechim yuborgan dastlabki 5 kishini ismlarini e‘lon qilamiz:

1. Asilbek🥇
2. Matluba Azomova🥈
3. Isroilov Javohir🥉
4. Xo‘jaqulov Dilshod
5. Husniddin

larga alohida 👏👏👏. Keyingi savollarda hammaga omad...

Kanalga ulanish:

@bazarbaevs
Qatar davlati dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 400 nafardan ortiq eng iqtidorli o’quvchilari uchun aqliy kurash maydoniga aylandi. O’smirlar o’rtasidagi Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) da vatanimiz terma jamoasi ham ilk marta qatnashdi va bu olimpiada kengashining doimiy a’zosiga aylandi. Birinchi bor ishtirok etishiga qaramasdan yurtimiz iqtidorlari o’zlarini yaxshi tomondan ko’rsata olishdi. Olimpiadada 3 ta fandan (Fizika, Kimyo, Biologiya) 3 turda kurash olib borildi. Shogirdim hozirda Prezident maktabi 9-A sinf o’quvchisi Muhammadrizo ushbu olimpiadada vatanimizga ilk va hozircha yagona bo’lgan medalni keltirdi. Fursatdan foydalanib har bir qatnashchiga, alohida Muhammadrizoning onasi va shu kunga qadar o’qitgan barcha ustozlariga chuqur minnatdorchiligimizni va hurmatimizni izhor etamiz.
Muhammadrizo shu kunga qadar matematika fanida 2 ta xalqaro olmpiadada 2 ta bronza va bitta oltin medallarni qo’lga kiritgandi.


👉 @bazarbaevs
#TOO
#math
#physics

“Termiz Ochiq Olimpiadasi”
haqida.

Sizlardan kelayotgan savollarga umumiy javob berib o’taman.

1. Olimpiada mutloqo tekin ❗️.

Vazirligimiz va Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan o’tkazilmoqda. Maqsadimiz yagona. O’quvchilarimizni olimpiadalarga qiziqtirish, iqtidorlilarini izlab topib, ularni rag’batlantirish.

2.
Olimpiada 8-sinf va 9-sinflar uchun umumiy bo’lib o’tadi. Bu Xalqaro tajribaga asoslangan. Siz yoki matematikadan yoki fizikadan qatnashishingiz mumkin. 10-11 sinflar uchun yaqinda olimpiada o’tkazganimizda ko’pchilik 8-9 sinf uchun ham o’tkazinglar degan takliflarni berishdi. Xalq fikrini inobatga olib bu olimpiadani tashkil qildik. Oldimizda hali ko’p olimpiadalar bor. Keyingi safar undan ham kichikroq sinf o’quvchilari uchun o’tkazishga harakat qilamiz.

3. Olimpiada 9:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

4. Savollar o’zbek va rus tilida (qatnashchining istagiga qarab) beriladi.

5. Bitta muhim iltimos. Asosan mehmon viloyatlar (ya’ni Surxandaryodan bo’lmagan) o’quvchilari yotoqxona so’rashsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Chunki olimpiadamiz o’z nomi bilan ochiq. Istagan o’quvchi iqtidorini ko’rsatish imkonini yaratishni maqsad qildik. Tabiiyki qatnashchi ko’p bo’ladi. Xalqimiz birinchi navbatda mehmonni hurmatini joyiga qo’yishadiku. Qisqasi nima demoqchi ekanligimni angladingiz😊.

6. Olimpiada faqat bir kun 16-dekabr kuni bo’lib o’tadi.

7. O’quvchilar soni cheklanmagan.

8.
Qatnashchilar yozma ish topshirib chiqqanlaridan keyin ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayohat tashkillashtirish rejalashtirilgan. Hammasi siz azizlar uchun.

9. Faqat bir fandan qatnashishingiz mumkin.

10. Yotoqxona ham qatnashish ham tekin.


Yana boshqa xil murojaatlar kelib chiqsa albatta umumiy javob berib o’tishga harakat qilamiz.


👉 @bazarbaevs
👍1
#TOO
#math
#physics

Ro’yhatdan o’tish uchun @bazarbaevsardor ga bittada yaxlit qilib.


Ism:
Familiya:
Otasining ismi:
Viloyat:
Tuman:
Maktab:
Sinf:
Qaysi fandan: ( Matematika yoki Fizika)
Yotoqxona zarurmi: ( asosan Surxandaryodan boshqa viloyatlar uchun)

Yuqoridagi formani to’ldirib yuboring.


👉 @bazarbaevs
Forwarded from Ta’lim24.uz
Жорий йилнинг 3-12 декабрь кунлари Қатар давлатининг Доҳа шаҳрида Халқаро ёшлар илм-фан олимпиадаси (IJSO-2019) ўтказилди. Унда илк бор мамлакатимиз ўқувчилари жамоаси иштирок этди ва доимий аъзолик ҳуқуқига эга бўлди. Мазкур олимпиадада ҳамюртимиз Муҳаммадризо Маджидов бронза медалини қўлга киритди.
https://uzedu.uz/uz/prezident-maktabi

Халқ таълими вазирлиги расмий каналига уланиш👇👇👇https://t.me/uzedu
#kunsavoli
#forjuniors45

4-5 sinflar uchun #kunsavoli.

Yechimlaringizni @math_4_5_sinflar_uchun ga yuboring.

👉 @bazarbaevs
#kunsavoli
#forseniors1011

Ko’k va yashil uchburchaklar yuzasi berilgan. Qizil uchburchak yuzasini toping.

Yechimingizni @Davrbek_Oltiboev ga yuboring.

👉 @bazarbaevs