Sardor Bazarbaev
4.84K subscribers
2.82K photos
305 videos
606 files
1.45K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
t.me/bazarbaevs kanali statistikasi
Ko’pchilikni duosi ijobat bo’ladi deyishadi. Azizlar sizlarga qo’limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Iltimos duo qiling dadamni olloh rahmatiga olsinlar. Dadamni berib qo’ydik.
Assalom aleykum hammaga. Juda va juda og’ir kunlarni boshimizdan o’tkazyapmiz. Ko’ngil so’rab kelgan va hamdardlik bildirib yozganlarga chuqur hurmatimni izhor qilaman. Dadam hayotimdagi eng ishonganim, aytish joiz bo’lsa yagona ishongan odamim edilar. Ishonsangiz dadam borliklari uchun xatto sovuq-qotmasdim ham. Ota-onani boriga qadringa yetinglar azizlar. Dadamdek sog’lom, baquvvat va mas’uliyatli inson yo’q edilar. Olloh suygan bandalarini o’ziga olar ekanlar. Xatto kecha kichik joydan (dadajonimni onalari, rahmatli buvijonimni qabrlari yonidan) qabr qazganimizda joy kengayib, kutilganidan tezroq tayyor bo’ldi. Bu ham ollohimni o’z qabuliga olishni xohlaganini anglatsa kerak. Xatto dadam ko’nglidan ehson qilmoqchi bo’lsalar hech kimga bildirmay mehribonlik uylariga borib osh qildirib berardi. Nega deb so’raganimda, uyimizda xudoyi qilsak o’zimiz kabi to’q odamlar keladi, haqiqiy muxtojlari qilish kerak degandilar. Hech bir yaqini, hech bir muxtojni unutmasdilar. Ilohim biz farzandlarini ham qilgan yaxshiliklari dadamga yozilsin. U kishi bunga munosib edilar. Siz azizlardan ham iltimos. Sizga nimadir nafimiz tegsa rozi bo’linglar va dadamizni duo qilib qo’yinglar. Dadam o’zi ketsalarda yaxshiliklari ko’payishi uchun fond tashkil qilish va iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlashni rejalashtirdik. Ularni ruhi-poklari uchun ham yanada kuchliroq bo’lishga va insonlarga ko’proq yaxshilik qilishga harakat qilaman.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasodifan shu intervyum 2018-yil 22-may (dadamni tug’ilgan kunlari edi) efirga uzatilgandi. Aslida 8-may kuni efirga berilishi kerak edi. Xotira va qadrlash kuni qolaversa,qaysidir davlatning Prezidentining yurtimizga tashrifi tufayli kechikib aynan dadamni tug’ilgan kunlarida e’lon qilingandi. Dadam uyda do’stlari bilan televizor ko’rganlarida xursand bo’lib, shunchalik yaxshi ko’rar ekansan nega aytmaysan o’g’lim deb kulgandilar, men uyalgandim. Juda kam marta yaxshi ko’rishimni aytolganman dadamga. Siz vaqtida takror takror aytib qoling otasi bor insonlar.

👉 @bazarbaevs
Bir vaqtlar rahbarlarni tavsiyasiga ko’ra men haqimda katta ko’rsatuv tayyorlangan edi. Faqat yutib kelsa emas, hayotini ko’rsatishga harakat qilinglar deyilgan ekan. Ota-onasi,oilasi, yaqinlari va ustozlari u haqida gapirsin deyilgan. Onam gapira olmagan. Lekin dadam ozroq gapira olgandilar. O’tganlar haqida yaxshi gaplarni gapirib turish kerak. Shuning uchun ham dadam haqida ozgina sizga tasavvur uyg’otmoqchiman. Video quyida:👇👇👇


youtube.com/watch?v=-zjXCBvjXrU
Shu vaqtlari hech bizni tark etadilar deb o’ylamasdim. Zabardast, yelkasi bilan tog’ni qo’zg’atadigan sog’lom odam edilar.
Forwarded from Ta’lim24.uz
Халқаро ментал арифметика олимпиадасида юртимиз ўқувчилари ғолиб бўлди

https://uzedu.uz/uz/halkaro-mental-arifmetika-olimpiadasida


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
​​Doʻstlar!

Xalqaro standartlarga mos onlayn taʼlim sohasidagi innovatsion loyiha Khan Academy Oʻzbek malakali oʻqituvchilarni ishga taklif qiladi!

Loyihamiz haqida batafsil maʼlumot

Ish haqida:
– Dars jarayonini tashkillashtirish;
– Darsga tayyorgarlik, sifatli videodarslarni yozish, tahlil qilish hamda oʻz ustida ishlash;
– Videodarsning oʻrtacha uzunligi 7 daqiqa. Oʻrtacha bir soatda 2-3 ta video yaratish va bir oyda oʻrtacha 150 ta videodars tayyorlash imkoniyati mavjud;

Oylik maosh:
– Yozilgan video darslarning soniga qarab – bitta video dars uchun 25 000 - 35 000 soʻm;

Qaysi fanlardan mutaxassis kerak?
– Fizika
– Astronomiya
– Kimyo
– Biologiya
– Tibbiyot
– Muhandislik (elektrotexnika)
– Oliy matematika
– Statistika
– Makroiqtisodiyot
– Mikroiqtisodiyot

Talablar:
– Diplom uchun emas, bilim uchun oʻqiganlik;
– Sohadagi chuqur bilim va malaka;
– Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom;
– Yosh:
24+ (tibbiyot, muhandislik (elektrotexnika), oliy matematika, statistika, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot fanlari uchun)
20+ (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya fanlari uchun)

Ish sharoiti:
– Moslashuvchan ish jadvali
– Shahar markazida qulay ofis
– Zamonaviy jihozlarga ega studiya
– Ahil jamoa
– Bepul kofe, choy va shirin pechenyelar.

Namuna videolar YouTube kanalimizda.
Ariza topshirish uchun quyidagi formani toʻldirib chiqing: Oʻqituvchi ariza topshirishi uchun forma

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +998 97 262-40-30

Bogʻlanish | Instagram | Vebsayt
Forwarded from Ta’lim24.uz
КАШФИЁТЧИ ВА ДАСТУРЧИ ЎҚУВЧИЛАР ТАҚДИРЛАНДИ

https://uzedu.uz/uz/kasfietci-va-dasturci-ukuvcilar-takdirlandi


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#ict_news

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi xalqaro robototexnika musobaqasida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi 🥇

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi xodimlari boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 15-20-dekabr kunlari Chiangmay (Tailand) shahrida boʻlib oʻtgan “The 21th International Robot Olympiad 2019” xalqaro robototexnika olimpiadasida ishtirok etdi.

Maʼlumki, Robotlar sohasiga qiziquvchi yoshlarning iqtidorlarini rivojlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan International Robot Olympiad Committee (IROC) tomonidan 1999-yildan buyon har yili tashkil etiladigan musobaqalarda dunyo boʻylab 50 mingdan ortiq maktab oʻquvchilari jalb etilib kelmoqda. Galdagi musobaqaga mezbonlik qilgan Tailand shahrida 20 dan ortiq davlatlardan kelgan mingdan ortiq ishtirokchi oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi.

Musobaqa quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

Tag-Out — bu yoʻnalishda raqiblar oʻzlari yaratgan robotlarini belgilangan toʻsiqlarga tegmagan holda harakatlantirib, bir-birlarini oʻyin maydonchasidan tezroq siqib chiqarishga harakat qilishadi. Bunda qatnashchilardan strategik tahlil qila olish qobiliyati va oʻta ehtiyotkorlik talab qilinadi.

MissionChallenge — sirli vazifa hisoblanib, uning shartlari faqat musobaqa boshlangan vaqtda eʼlon qilinadi. Bunday holatda yoshlarning robototexnika boʻyicha olgan bilimlarini kutilmagan vaziyatlarda qoʻllay olishlari sinovdan oʻtkazildi.

Tag-Outjunior yoʻnalishida 14 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashib, ular orasidan oʻzbekistonlik Firdavs Rajabov 1-oʻrinni, Shahboz Shavkatov 2-oʻrinni egalladi.

“Creativity” yoʻnalishida qishloq xoʻjaligi sohasida foydalaniladigan robot yaratib, Behruz Berdiyev, Humoyun Haydarov, Shavkat Abdurahmonov 3-oʻrinni, Line-following yoʻnalishida Shahboz Rajabov, Azizbek Shokirov 3-oʻrinni egalladi. Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra, mamlakatimiz ishtirokchilari umumiy hisobda 7 ta medalni qoʻlga kiritishdi.

Mininnovation.uz

Saytidan olindi.
Илмий даражага эга ходимларга қўшимча ҳақ тўлаш тартиби белгиланди

➡ https://bit.ly/37iAKMH

Каналга қўшилиш ⬇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw
Forwarded from Nazokat Azim
Иқтидорли ёшларни Ёшлар академиясига ариза топширишга чорлаймиз!

Ёшларни илм-фанга жалб қилиш, уларнинг илмий интилишлари ва ташаббусларини қўллаб-қувватлаш мақсадида Инновацион ривожланиш вазирлиги ҳузуридаги Ёшлар академиясига ёшларни жалб этиш бўйича пойтахтимизнинг қатор олийгоҳларида учрашувлар ўтказилмоқда.

Шу кунгача Ёшлар академиясига 200 дан зиёд аризалар топширилди. Ёшлар академияси платформаларига жамоа шаклида аъзо бўлиш имконияти ҳам мавжуд бўлиб, муайян илмий ғоя атрофида турли йўналиш мутахассислари бирлашиб, мамлакат илм-фанида жиддий силжишни амалга ошириш имкони яратилмоқда.

Ўз навбатида изланувчан ёшларимизга қуйидаги ҳавола орқали Ёшлар академиясига ариза топширишлари мумкинлигини маълум қиламиз: http://yoshlarakademiyasi.uz/.