Sardor Bazarbaev
7.57K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
O‘zbekistonda dekabrda umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘lib o‘tadi

Adliya vazirligi Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda Konstitutsiya kuni (8-dekabr) munosabati bilan fuqarolarning davlatning asosiy qonuni haqidagi bilimlarini sinash maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkazadi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Unda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va barcha uchun ochiq.
Buning uchun har bir 8-dekabr.adliya.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 30-noyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savol beriladi.
Test savollarining barchasiga eng qisqa muddatda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 50 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi. Baholash natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqich bosqich 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etilib, onlayn translyatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
• birinchi o‘rin — 15 million so‘m;
• ikkinchi o‘rin — 10 million so‘m;
• uchinchi o‘rin — 5 million so‘m.

Munosib nomzodlar bo‘lmagan taqdirda hakamlar hay’atining qarori bilan g‘oliblar aniqlanmasligi mumkin.

👉 @bazarbaevs
👋 Diqqat, endi asosiy saralash olimpiadasi!

Talabalar uchun "
Qori Niyoziy" olimpiadasining asosiy saralash bosqichi!

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi o‘tkaziladi.

📝 Olimpiadaga @khiso_uz1_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

🗓Bugun khiso.uz saytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar olimpiadaning asosiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.

📊 Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 25 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

💵 Final bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 750.000 so‘m;
2-o‘rin: 600.000 so‘m;
3-o‘rin: 450.000 so‘m;
4-o‘rin: 300.000 so‘m;
5-o‘rin: 150.000 so‘m;

📜 Testlar soni 30 ta bo‘lib, 3 xil qiyinlik darajada va 3 xil baholash asosida beriladi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 9 balldan
▪️(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 15 balldan
▪️(21-30) 10 ta murakkab testga 26 balldan;

❗️Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan tanishib chiqing: 👉 t.me/khiso/3072
Xayrli kun azizlar!

Toshkent shahrining qoq markazida o‘quv markazimizning yangi filiali ochildi.

Hozircha test rejimida ish boshladik. Yangi guruhlarga o‘quvchilar qabuli davom etmoqda. Nasib qilsa 5-dekabr kuni oflayn olimpiada o‘tkazib, o‘quvchilarga 100% gacha bo‘lgan grantlar ajratamiz.

Ko‘pchilik ota-onalar "o‘zingiz ham dars o‘tsangiz yaxshi bo‘lardi" deb murojaat qilishardi.

Balki o‘zim ham olimpiadaga tayyorlov guruhini tashkil qilarman degan fikr paydo bo‘ldi. Viloyatdagi o‘quvchilarni ham o‘ylagan holda dars tashkil qilsam onlayn tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilatidagin tarzda olib boraman. Bularni barchasini qiziqish va talab hal qiladi.

O‘quv markazimizdagi darslar haqida batafsil: 👉🏻 bit.ly/3rdCPGB
Chuqur ma'noga ega rasm!

Bor imkoniyatidan foydalanib, farzandi ta'limi uchun sharoit tashkil qilgan ota va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan farzand!

Qani edi, hamma ota-onalar ham arzimagan maishiy sarf-xarajatlar, to‘y hashamlar o‘rniga farzandi ta'limiga investitsiya kiritsa.

Eng yaxshi sarmoya - farzandingiz ta'limiga kiritilgan sarmoyadir.

👉 @bazarbaevs
Xayrli kun azizlar!

Saytimizda odatda faqat shanba va yakshanba kunlari olimpiadalar boʻladi. Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ochkolar beriladi. Oy yakunida respublika, viloyat va tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi.

Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.

Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.

Bugun yangi oy boshlandi. Demak bu oydagi gʻoliblik sizniki boʻlishi mumkin!

Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti
Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?

Bir kun oldingi postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.

Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!

Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.

P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...

Siz qanday fikrdasiz?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 O‘zbekiston 24 kanalida kamina va jamoamiz haqida ko‘rsatuv berilibdi.

Ish bilan ko‘rish nasib qilmagandi, hozir kanalimiz a'zolaridan biri yuboribdilar, rahmat!

Sizga ham ilindik, vaqtingiz va albatta megabaytingizga ayamay ko‘rsangiz bo‘ladi🙂
🏆 KUNTESTI mobil ilovasida noyabr oyining respublika va viloyat g‘oliblari e'lon qilindi!

⬇️ Quyidagi havolalar orqali noyabr oyida g‘oliblarni bilib olishingiz mumkin:

🟩 RESPUBLIKA

🟥 VILOYAT

Ertaga #tuman g‘oliblari ham e'lon qilinadi.

📲 Agar ushbu g‘oliblar safida bo‘lsangiz medal yoki diplomlaringiz uchun @kuntesti_admin ga murojaat qilishingiz mumkin. Yakshanba kunigacha tayyorlab, dushanba kuni jo‘natamiz.
Matematika, Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan viloyat olimpiadasi hamda xalqaro olimpiadaga saralashning birinchi bosqichi nazorat materiallarini bilan quyidagi havola orqali pdf holatda yuklab olishingiz mumkin: bit.ly/31kbCYy

🔰 Nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan tayyorlangan.

👉 @bazarbaevs
👋🏻 Qashqadaryoliklar bormi?

Shogirdlarim, "CREDO SCHOOL" o‘quv markazi asoschilari, aka-uka Toshqulovlar Qashqardaryoda oflayn olimpiada o‘tkazishmoqchi ekan. G‘oliblar xalqaro va respublika olimpiadalariga, prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga bepul tayyorlanishlari mumkin.

Batafsil: 👉 bit.ly/3lM85t3
Xayrli kun azizlar, sayyid ul ayyom juma muborak boʻlsin!

Bugungi muborak kun xushxabar bilan boshlandi. KUNTESTI mobil ilovamizda 40.000-oʻquvchi roʻyxatdan oʻtdi. Ushbu omadli doʻstimizga 4000 ta bepul tanga sovgʻa qilindi:)

Hali ham yuklab olmaganlarga tezroq ishlatib koʻrishlarini tavsiya qilaman!
⚡️Taklifim qabul qilindi

Poytaxtda oflayn olimpiadalar qilsak koʻpchilik “bizda ham oflayn olimpiadalar boʻlsin” deb taklif berishadi. Yoshlarning takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlarforumi.uz platformasi yaratilgan. Ushbu platformaga hududlarda ham hokimlar bilan hamkorlikda doimiy oflayn olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha taklif qoldirdim. Quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin. Vaqt juda qisqa qolganligi uchun ancha faol boʻlishingizni iltimos qilaman. Ko‘p ovoz yig‘ilsa amalga oshishi mumkin va sizning hududingizda ham doimiy, mukofotli olimpiadalar tashkil qilinishi mumkin😊

📌 Aytgancha ovoz berish uchun tizimdan ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Qani olg‘a: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Sardor Bazarbaev
⚡️Taklifim qabul qilindi Poytaxtda oflayn olimpiadalar qilsak koʻpchilik “bizda ham oflayn olimpiadalar boʻlsin” deb taklif berishadi. Yoshlarning takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlarforumi.uz platformasi yaratilgan. Ushbu platformaga hududlarda…
Hududlarda tuman hokimlari bilan birgalikda doimiy (oflayn) olimpiadalar tashkil etish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha qoldirgan taklifim 150 ta ovoz olibdi. Bu ham yomon emas, lekin sizlarning soningizga nisbatan juda kam:)

Shunday ekan hammamiz faol boʻlib ovoz bersak amalga oshishi mumkin. Sizni viloyatingizda ham har oyda yutuqli olimpiadalar oʻtkazilishini xohlasangiz ovoz bering.

Qani olgʻa doʻstlar: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Bugun ikkinchi videoni ham youtube kanalimizga yukladim. Kecha kuzatuvchilarimizdan biri uchburchak uchun tashqi va ichki chizilgan aylana markazlari orasidagi masofani hisoblash formulasini tushuntirib berishimni so‘ragan ekan. Shu sababdan video "Eyler formulasi" haqida. Agar siz ham qaysidir formula yoki teorema haqida video tayyorlashimizni xohlasangiz, izohlarda qoldiring.

Fikr va mulohazalaringiz, qo‘shimcha takliflaringiz bo‘lsa (videoning ostida) izohlarda qoldiring. Agar sizga manzur bo‘lgan bo‘lsa har bir olimpiada savollari tahlilini jamoamiz bilan birgalikda tayyorlab boramiz.

🎞 Videoni ko‘rish uchun: 👉 youtu.be/IUCV7u0yS38
Hududlarda tuman hokimlari bilan birgalikda doimiy (oflayn) olimpiadalar tashkil etish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha qoldirgan taklifim 279 ta ovoz bilan top-30 talikda turibdi.

Sizni viloyatingizda ham har oyda yutuqli olimpiadalar oʻtkazilishini xohlasangiz ovoz bering.

Qani olgʻa doʻstlar: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Xayrli tun azizlar!

Kecha youtube kanalimizga 3-videoni ham joyladim

🎞 Videoni koʻrish: 👉 youtu.be/sfAlx3iK5DE

Muntazam uchburchaklarga oid chiroyli xossani oddiy usulda isbotlab ko‘rsatdim. Imkon topgan vaqtimda foydali materiallar tayyorlashga harakat qilmoqdaman.

Oldinda rejalar katta, olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha mavzular, har bitta olimpiadadan keyin tahlillar va hakazo. Faqat siz qo‘llab turishingiz kerak😉

You tube kanalimizga a'zo bo‘lib, layk va izoh qoldirishda faol bo‘ling. Izohlarda keyingi videomiz qanday bo‘lishini hal qilishingiz mumkin.
KUNTESTI mobil ilovasida noyabr oyida respublika miqiyosida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning medallariga ko‘ra viloyatlarning solishtirma reytingi.

🔝 Yetakchi bu safar ham Qashqadaryo viloyati. Xorazm viloyati katta o‘sish (+6) bilan top-3 likka qaytdi. Toshkent shahri bir o‘rin pastlab, 3-o‘rinni egalladi.

⬆️ Jizzax viloyati bu oyda eng katta o‘sishga erishdi. (+8)

↘️ Qiziqarli jihati, Toshkent shahar (7 ta) va Navoiy viloyati (6 ta) o‘quvchilari eng ko‘p medal qo‘lga kiritish.

⬇️ Eng katta "qulash" Qoraqalpog‘iston Respublikasi (-5) va Samarqand viloyatida (-4).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бутунжаҳон математика олимпиадасининг беш карра ғолиби Сардор Бозорбоев ўқиш шарт деб ҳисоблайдиган 10 китоб!

Математиклар қандай бадиий китобларни севиб ўқийди ва тавсия қилади?

📺 "Ўқиш шарт бўлган 10 китоб"

👉 @mm_telekanal
2021-yilning eng yaxshi oʻquvchilariga maxsus statuetka, diplom, kitoblar va bayram sovgʻalari joʻnatildi!

Hurmatli ota-onalar!

Kundan kunga hayotimizning o‘zi isbotlab qo‘ymoqdaki, ilmdan o‘zga najot yo‘q. Bu haqida ming yillar oldin buyuk ajdodimiz, hadis ilmining sultoni Imom Al Buxoriy hazratlari bejizga “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay” demaganlar. Prezidentimiz ham takror takror aytadilar “Eng yaxshi investitsiya - bu farzand ta’limiga tikilganidir”. Farzandingiz ta’limidan vaqtingizni va e’tiboringizni ayamang!

Aziz oʻquvchilar! Mening qadrli ukajon-u singiljonlarim!

Yangi yil bu qaysidir ma’noda inson oʻz oʻzi bilan hisoblashadigan fursat. Men har safar oʻzimga “Ushbu yilda nimalarga erishdim-u, nimalarga erishishim kerak” degan savol qoʻyaman. Siz ham yangi yilda faqat katta maqsad qoʻying! Mehnatdan qochmang. Mening shiorim “Qilib boʻlmas ish yoʻq, qilib koʻrilmagan ishlar bor”. Hammasi sizning qoʻlingizda, uddalay olishingizga men ishonaman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!