Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Xayrli kun azizlar, sayyid ul ayyom juma muborak boʻlsin!

Bugungi muborak kun xushxabar bilan boshlandi. KUNTESTI mobil ilovamizda 40.000-oʻquvchi roʻyxatdan oʻtdi. Ushbu omadli doʻstimizga 4000 ta bepul tanga sovgʻa qilindi:)

Hali ham yuklab olmaganlarga tezroq ishlatib koʻrishlarini tavsiya qilaman!
👍1😱1
⚡️Taklifim qabul qilindi

Poytaxtda oflayn olimpiadalar qilsak koʻpchilik “bizda ham oflayn olimpiadalar boʻlsin” deb taklif berishadi. Yoshlarning takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlarforumi.uz platformasi yaratilgan. Ushbu platformaga hududlarda ham hokimlar bilan hamkorlikda doimiy oflayn olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha taklif qoldirdim. Quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin. Vaqt juda qisqa qolganligi uchun ancha faol boʻlishingizni iltimos qilaman. Ko‘p ovoz yig‘ilsa amalga oshishi mumkin va sizning hududingizda ham doimiy, mukofotli olimpiadalar tashkil qilinishi mumkin😊

📌 Aytgancha ovoz berish uchun tizimdan ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Qani olg‘a: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Sardor Bazarbaev
⚡️Taklifim qabul qilindi Poytaxtda oflayn olimpiadalar qilsak koʻpchilik “bizda ham oflayn olimpiadalar boʻlsin” deb taklif berishadi. Yoshlarning takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlarforumi.uz platformasi yaratilgan. Ushbu platformaga hududlarda…
Hududlarda tuman hokimlari bilan birgalikda doimiy (oflayn) olimpiadalar tashkil etish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha qoldirgan taklifim 150 ta ovoz olibdi. Bu ham yomon emas, lekin sizlarning soningizga nisbatan juda kam:)

Shunday ekan hammamiz faol boʻlib ovoz bersak amalga oshishi mumkin. Sizni viloyatingizda ham har oyda yutuqli olimpiadalar oʻtkazilishini xohlasangiz ovoz bering.

Qani olgʻa doʻstlar: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
🔥3
Bugun ikkinchi videoni ham youtube kanalimizga yukladim. Kecha kuzatuvchilarimizdan biri uchburchak uchun tashqi va ichki chizilgan aylana markazlari orasidagi masofani hisoblash formulasini tushuntirib berishimni so‘ragan ekan. Shu sababdan video "Eyler formulasi" haqida. Agar siz ham qaysidir formula yoki teorema haqida video tayyorlashimizni xohlasangiz, izohlarda qoldiring.

Fikr va mulohazalaringiz, qo‘shimcha takliflaringiz bo‘lsa (videoning ostida) izohlarda qoldiring. Agar sizga manzur bo‘lgan bo‘lsa har bir olimpiada savollari tahlilini jamoamiz bilan birgalikda tayyorlab boramiz.

🎞 Videoni ko‘rish uchun: 👉 youtu.be/IUCV7u0yS38
Hududlarda tuman hokimlari bilan birgalikda doimiy (oflayn) olimpiadalar tashkil etish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha qoldirgan taklifim 279 ta ovoz bilan top-30 talikda turibdi.

Sizni viloyatingizda ham har oyda yutuqli olimpiadalar oʻtkazilishini xohlasangiz ovoz bering.

Qani olgʻa doʻstlar: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Xayrli tun azizlar!

Kecha youtube kanalimizga 3-videoni ham joyladim

🎞 Videoni koʻrish: 👉 youtu.be/sfAlx3iK5DE

Muntazam uchburchaklarga oid chiroyli xossani oddiy usulda isbotlab ko‘rsatdim. Imkon topgan vaqtimda foydali materiallar tayyorlashga harakat qilmoqdaman.

Oldinda rejalar katta, olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha mavzular, har bitta olimpiadadan keyin tahlillar va hakazo. Faqat siz qo‘llab turishingiz kerak😉

You tube kanalimizga a'zo bo‘lib, layk va izoh qoldirishda faol bo‘ling. Izohlarda keyingi videomiz qanday bo‘lishini hal qilishingiz mumkin.
KUNTESTI mobil ilovasida noyabr oyida respublika miqiyosida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning medallariga ko‘ra viloyatlarning solishtirma reytingi.

🔝 Yetakchi bu safar ham Qashqadaryo viloyati. Xorazm viloyati katta o‘sish (+6) bilan top-3 likka qaytdi. Toshkent shahri bir o‘rin pastlab, 3-o‘rinni egalladi.

⬆️ Jizzax viloyati bu oyda eng katta o‘sishga erishdi. (+8)

↘️ Qiziqarli jihati, Toshkent shahar (7 ta) va Navoiy viloyati (6 ta) o‘quvchilari eng ko‘p medal qo‘lga kiritish.

⬇️ Eng katta "qulash" Qoraqalpog‘iston Respublikasi (-5) va Samarqand viloyatida (-4).
Forwarded from 1234
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бутунжаҳон математика олимпиадасининг беш карра ғолиби Сардор Бозорбоев ўқиш шарт деб ҳисоблайдиган 10 китоб!

Математиклар қандай бадиий китобларни севиб ўқийди ва тавсия қилади?

📺 "Ўқиш шарт бўлган 10 китоб"

👉 @mm_telekanal
👍5🔥2
2021-yilning eng yaxshi oʻquvchilariga maxsus statuetka, diplom, kitoblar va bayram sovgʻalari joʻnatildi!

Hurmatli ota-onalar!

Kundan kunga hayotimizning o‘zi isbotlab qo‘ymoqdaki, ilmdan o‘zga najot yo‘q. Bu haqida ming yillar oldin buyuk ajdodimiz, hadis ilmining sultoni Imom Al Buxoriy hazratlari bejizga “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay” demaganlar. Prezidentimiz ham takror takror aytadilar “Eng yaxshi investitsiya - bu farzand ta’limiga tikilganidir”. Farzandingiz ta’limidan vaqtingizni va e’tiboringizni ayamang!

Aziz oʻquvchilar! Mening qadrli ukajon-u singiljonlarim!

Yangi yil bu qaysidir ma’noda inson oʻz oʻzi bilan hisoblashadigan fursat. Men har safar oʻzimga “Ushbu yilda nimalarga erishdim-u, nimalarga erishishim kerak” degan savol qoʻyaman. Siz ham yangi yilda faqat katta maqsad qoʻying! Mehnatdan qochmang. Mening shiorim “Qilib boʻlmas ish yoʻq, qilib koʻrilmagan ishlar bor”. Hammasi sizning qoʻlingizda, uddalay olishingizga men ishonaman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!
👍5❤3
⚡️KUNTESTI loyihamizning yana bir yutugʻi!

Sentabr oyida “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” tanlovida yarim finalda gʻolib boʻlib, finalga chiqqanimiz haqida xabar bergan edim.

Joriy yilning 18-19 dekabr kunlari tanlovning final bosqichi boʻlib oʻtdi. Yangi yil oldi tigʻiz ish grafikim sabab taqdimotga bazoʻr vaqt topgandim, xatto taqdirlashga ham bora olmadim:)

Natijalar e’lon qilingach ma’lum boʻldiki, siz-u bizning sevimli loyihamiz KUNTESTI mobil ilovasi finalda ham gʻolib boʻlibdi🙂

Tez orada mobil ilovamiz haqida xushxabar bilan boʻlishaman. Bepul tanga olish imkoniyati tiklanish arafasida🙂
🤩4👍2
Forwarded from XORAZM YOŞLARI
👋 Biz bilan har doim hamkorlikda ish olib boruvchi Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadalar maktabi asoschisi Sardor Bazarbayev bugun www.khiso.uz platformasidagi g'oliblar va KUNTESTI mobil ilovasida "Yilning eng yaxshi o'quvchisi" naminatsiyasini qo'lgan kiritgan Xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi.

🏆 Uchrashuvda olimpiadalar g'oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va loyiha egasi bilan ochiq muloqot qilib o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram kanalimiz 👉 @yoshlaragentligixorazm
👍14🎉2🤩2