Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
605 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Hududlarda tuman hokimlari bilan birgalikda doimiy (oflayn) olimpiadalar tashkil etish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha qoldirgan taklifim 279 ta ovoz bilan top-30 talikda turibdi.

Sizni viloyatingizda ham har oyda yutuqli olimpiadalar oʻtkazilishini xohlasangiz ovoz bering.

Qani olgʻa doʻstlar: 👉 https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214512
Xayrli tun azizlar!

Kecha youtube kanalimizga 3-videoni ham joyladim

🎞 Videoni koʻrish: 👉 youtu.be/sfAlx3iK5DE

Muntazam uchburchaklarga oid chiroyli xossani oddiy usulda isbotlab ko‘rsatdim. Imkon topgan vaqtimda foydali materiallar tayyorlashga harakat qilmoqdaman.

Oldinda rejalar katta, olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha mavzular, har bitta olimpiadadan keyin tahlillar va hakazo. Faqat siz qo‘llab turishingiz kerak😉

You tube kanalimizga a'zo bo‘lib, layk va izoh qoldirishda faol bo‘ling. Izohlarda keyingi videomiz qanday bo‘lishini hal qilishingiz mumkin.
KUNTESTI mobil ilovasida noyabr oyida respublika miqiyosida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning medallariga ko‘ra viloyatlarning solishtirma reytingi.

🔝 Yetakchi bu safar ham Qashqadaryo viloyati. Xorazm viloyati katta o‘sish (+6) bilan top-3 likka qaytdi. Toshkent shahri bir o‘rin pastlab, 3-o‘rinni egalladi.

⬆️ Jizzax viloyati bu oyda eng katta o‘sishga erishdi. (+8)

↘️ Qiziqarli jihati, Toshkent shahar (7 ta) va Navoiy viloyati (6 ta) o‘quvchilari eng ko‘p medal qo‘lga kiritish.

⬇️ Eng katta "qulash" Qoraqalpog‘iston Respublikasi (-5) va Samarqand viloyatida (-4).
Forwarded from 1234
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бутунжаҳон математика олимпиадасининг беш карра ғолиби Сардор Бозорбоев ўқиш шарт деб ҳисоблайдиган 10 китоб!

Математиклар қандай бадиий китобларни севиб ўқийди ва тавсия қилади?

📺 "Ўқиш шарт бўлган 10 китоб"

👉 @mm_telekanal
👍5🔥2
2021-yilning eng yaxshi oʻquvchilariga maxsus statuetka, diplom, kitoblar va bayram sovgʻalari joʻnatildi!

Hurmatli ota-onalar!

Kundan kunga hayotimizning o‘zi isbotlab qo‘ymoqdaki, ilmdan o‘zga najot yo‘q. Bu haqida ming yillar oldin buyuk ajdodimiz, hadis ilmining sultoni Imom Al Buxoriy hazratlari bejizga “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay” demaganlar. Prezidentimiz ham takror takror aytadilar “Eng yaxshi investitsiya - bu farzand ta’limiga tikilganidir”. Farzandingiz ta’limidan vaqtingizni va e’tiboringizni ayamang!

Aziz oʻquvchilar! Mening qadrli ukajon-u singiljonlarim!

Yangi yil bu qaysidir ma’noda inson oʻz oʻzi bilan hisoblashadigan fursat. Men har safar oʻzimga “Ushbu yilda nimalarga erishdim-u, nimalarga erishishim kerak” degan savol qoʻyaman. Siz ham yangi yilda faqat katta maqsad qoʻying! Mehnatdan qochmang. Mening shiorim “Qilib boʻlmas ish yoʻq, qilib koʻrilmagan ishlar bor”. Hammasi sizning qoʻlingizda, uddalay olishingizga men ishonaman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!
👍5❤3
⚡️KUNTESTI loyihamizning yana bir yutugʻi!

Sentabr oyida “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” tanlovida yarim finalda gʻolib boʻlib, finalga chiqqanimiz haqida xabar bergan edim.

Joriy yilning 18-19 dekabr kunlari tanlovning final bosqichi boʻlib oʻtdi. Yangi yil oldi tigʻiz ish grafikim sabab taqdimotga bazoʻr vaqt topgandim, xatto taqdirlashga ham bora olmadim:)

Natijalar e’lon qilingach ma’lum boʻldiki, siz-u bizning sevimli loyihamiz KUNTESTI mobil ilovasi finalda ham gʻolib boʻlibdi🙂

Tez orada mobil ilovamiz haqida xushxabar bilan boʻlishaman. Bepul tanga olish imkoniyati tiklanish arafasida🙂
🤩4👍2
Forwarded from XORAZM YOŞLARI
👋 Biz bilan har doim hamkorlikda ish olib boruvchi Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadalar maktabi asoschisi Sardor Bazarbayev bugun www.khiso.uz platformasidagi g'oliblar va KUNTESTI mobil ilovasida "Yilning eng yaxshi o'quvchisi" naminatsiyasini qo'lgan kiritgan Xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi.

🏆 Uchrashuvda olimpiadalar g'oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va loyiha egasi bilan ochiq muloqot qilib o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram kanalimiz 👉 @yoshlaragentligixorazm
👍14🎉2🤩2
🎄YIL SARHISOBI

tgstat.com sayti yangi yil bilan tabriklab, telegram kanalim statistikasini e’lon qilibdi!

🪧 1802 ta e’lon;
🚹 11840 ta obunachi;
©️ 94 ta kanal bizdan iqtibos olgan;
👁‍🗨 4 203 995 ta umumiy koʻrishlar;
👁‍🗨 1 ta e’lon qamrovi 10.000 odam;
👁‍🗨 1 kunlik koʻrishlar soni 11400 ta;
👁‍🗨 Jalb qilinganlik koʻrsatkichi 81,7 %;
🔝 Eng mashhur e’lon 32.075 marta koʻrilgan;

va boshqa natijalarga erishibmiz!

Yangi yilda yanada katta natijalarga siz bilan erishamiz degan umiddamiz!

Bayram muborak azizlar!
🎉33👍14🔥8🤩7❤6
2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”
👍137🎉34🤩29🔥24❤22
⚡️RASMIY XABAR

Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta'til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.

✔️ Oldinroq olingan chiptalar muammosiz almashtirib beriladi. 50% chegirma berish muddati ham 24-yanvargacha uzaytirildi.

P.S: Bu maktab o‘quvchilariga ham ta'til uzaytirilganini anglatmaydi!

👉
@bazarbaevs
👍45🤩23🔥9🎉6❤2
Xayrli kun azizlar!

“Toshkent Olimpiadasi”ning final bosqichiga qatnashchilar kelishni boshlashdi.

Shu oʻrinda oflayn olimpiadaga kela olmaydigan viloyatlik doʻstlarimiz uchun bugun va ertaga saytimizda onlayn olimpiada borligini eslatib oʻtmoqchiman.
👍44🤩10🔥5❤4🎉4