Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
606 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
#hamkorlik

Ko‘pchilik oflayn olimpiada haqida e'lon qilsak: "Bizning viloyatda ham o‘tkazilsin" deb izoh yozishadi. Bu albatta birgina bizga bog‘lik emas. Endi Samarqand viloyatida ham tez-tez turli loyihalar o‘tkazishimizga imkoniya paydo bo‘ldi.

"Samarkand International School" xususiy maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzoladik.

Hamkorligimizning ilk natijasi sifatida 3 bosqichli yutuqli olimpiada tashkil qilinadigan bo‘ldi. Final bosqichi 5-iyul kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Boshqa viloyat o‘quvchilarini ham Dunyoning gavhari - Samarqand shahriga taklif qilamiz. batafsil: 👉 https://bit.ly/39g62dA

👋🏻 Hamkorlik uchun har doim ochiqmiz.
👍16🎉3
Quyosh botgach soyanga qarab bo‘yinga baho bermaganing kabi, tushkun damlarda o‘zingga baho berma.

©️ Pifagor

Hech qachon harakatdan to‘xtama, keyingi g‘olib sen bo‘lishing mumkin. Har qanday g‘alaba tajribalar natijasi. Tajribalar esa mag‘lubiyatlardan olingan xulosadir.

👉 @bazarbaevs
🔥26👍22👏2😁1
Endi qabul 20 iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Joriy yil ham 5 tagacha yoʼnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi

Prezident qaroriga koʼra, abiturientlarga:

➖ test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʼlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarini hamda bir vaqtning oʼzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

➖ roʼyxatdan oʼtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʼlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Qarorning toʻliq matni: 👉 uza.uz/posts/381742

👉
@bazarbaevs
👍17👏1🤩1
Xayrli tong azizlar, juma ayyomi munosabati bilan yutuqli savol!

1849-yilda Yevropada oʻtkazilgan koʻrgazmalarning birida 🍫 plitkali shokoladni qoʻyib tagiga: “Yeyish uchun eng zoʻr shokolad" deb yozib qoʻyilgan?

Savol: Aynan nima sababdan bunday deb yozilgan edi?

Ilk toʻgʻri javob egasiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 200 tanga yoki khiso.uz platformasi uchun 20.000 soʻmlik vaucher beriladi!

⏳ Vaqt ketdi!

👉 @bazarbaevs
👍45😢3🤩2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"TRANSPLANTASIYADAN O‘TGANINGDAN KEYIN PREZIDENT MAKTABIGA IMTIHONSIZ QABUL QILINASAN" — PREZIDENT

Davlatimiz rahbari yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari holidan xabar oldi.

Prezidentimiz Markazda davolanayotgan o‘quvchimiz Saidazizxon bilan samimiy suhbatlashdi.

Ilohim, hech kim kasal bo‘lmasin!

👉
@bazarbaevs
👍31👏11😢9❤4🔥1🥰1🎉1
Chellenjga siz ham qoʻshiling!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

🏃🏻Soʻnggi bir hafta davomida har kuni kamida 10.000 qadam yurishga bel bogʻlagan edim.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan kuniga 10.000 qadam yurganlarga 3.000 soʻmdan toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan edi. Keyinchalik ragʻbatlantirish yanada takomillashtirilishi aytildi. Hozir gap bu haqida emas aslida. Oʻzim yangi chellenjni (ezgu chaqiriq) boshlashga qaror qildim.

Kimda kim har kuni davomida 10.000 dan ortiqroq qadam bosib oʻtsa Kuntesti mobil ilovasi uchun har kuni 30 ta bepul tanga beriladi. Ham sogʻlom boʻling, ham testlarda bepul qatnashing.

Buning uchun (istalgan dasturdagi) kunlik qadamlar soni 10.000 dan oshgani haqidagi skrinshotni instagram tarmogʻida istoriyangiz mening profilimni belgilagan holda qoʻyishingiz kerak.

Mening profilimni instagramdan bazarbaev_sardor_urinbaevich deb qidirishingiz yoki quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:

👉 INSTAGRAM
👍22🥰4
Sardor Bazarbaev
Chellenjga siz ham qoʻshiling! #bazarbaev_bilan_10000_qadam 🏃🏻Soʻnggi bir hafta davomida har kuni kamida 10.000 qadam yurishga bel bogʻlagan edim. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan kuniga 10.000 qadam yurganlarga 3.000 soʻmdan toʻlash amaliyoti…
Kunlik marra ortigʻi bilan bajarildi!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

Bugun kun boʻyi oʻtirib ishlashga toʻgʻri keldi. Lekin chellenjni boshlashga boshlab, oʻzim qoʻshilmasam uyat boʻlar edi. 🫣

Deyarli 2 soat toʻxtovsiz piyoda yurish natijasida 12.000 ga yaqin qadam bosdim.

Ha aytgancha, 7 nafar kuzatuvchimiz ham chellenjga qoʻshilib 30 tadan bepul tanga olishdi. Iloji boʻlsa ulardan izohda buni tasdiqlashlarini soʻrayman. Chunki bu boshqalarga ham motivatsiya beradi.

Yuring, sogʻlom boʻling va kuntestida bepul qatnashing!

Xayrli tun!
👏22👍11🔥4🤩2❤1
Kitoblar oʻz egalariga yetib bormoqda!

Kitobimiz haqida e’lon qilganimizdan keyin juda koʻp buyurtmalar boʻldi. Ochigʻi, ulgurolmay ham qoldik.

Va’da berganimizdek, dastlabki 100 ta xaridorga kuntesti mobil ilovamiz uchun 100 tanga ham sovgʻa qilishni boshladik!

Shoshiling, kitoblar soni cheklangan!

Murojaat uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin).
👍11🔥7😱1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli kun hurmatli ota-onalar, aziz ustozlar va bilimdon oʻquvchilar!

Yangi kitobimiz e’lon qilingandan keyin, dastlabki 100 ta xaridorga KUNTESTI mobil ilovamiz uchun 100 ta bepul tanga (bu degani 20 ta testda bepul qatnasha oladi yoki 10.000 soʻmlik bonus, chegirma sohibi boʻladi) beriladi degan edik. Bugun 2000-kitob ham oʻz egasini topdi. Lekin bonus berishda davom etyapmiz. Ba’zi kuzatuvchilarimiz mobil ilovamizdan bexabar ekanligiga guvoh boʻlyapmiz. Shu maqsadda mobil ilovamiz haqidagi rolikni qayta e’lon qilishga qaror qildim.

Ha aytgancha, ilovani yuklab olish: 📲 Android uchun
👏6👍3🤩1
"Avval matematika, keyin hammasi" — Siz kutgan kitob nashrdan chiqdi!

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida o‘zbek va rus tilidagi jami 600 ta test va video yechimlarni o'zida jamlagan "Mantiqiy matematika testlari" to‘plami nashrdan chiqdi.

📚 Kitob uch bo‘limdan iborat;

A-bo‘lim:
Nisbatan osonroq 200 ta savol;
B-bo‘lim: Nisbatan qiyinroq 200 ta savol;
C-bo‘lim: 200 ta IQ test.

🎞 Kitobning ahamiyatli tomoni shundaki, har bir test yakunida uning javobi va video yechimlarini ko‘rish uchun maxsus QR kod berilgan.

🪙 Shoshiling, dastlabki 100 xaridorga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 tanga sovg‘a qilinadi!

🎓 Kitob Prezident va ixtisoslashgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

🥇 To‘plam Xalqaro matematika olimpiadalari g‘oliblari tomonidan yaratilgan.

🧗‍♂️ Maqsadingiz sari yana bir qadam qo‘ying!

📝 Murojaat uchun +998939290006 (@khiso_lc_admin)

👉 Telegram kanal
👍23👏2
Forwarded from IT taʼlim
“Mantiqiy Matematika” kitobi nashrdan chiqdi

Taniqli, yosh matematik Sardor Bazarbayev Respublika taʼlim markazi hamkorligidagi “Mantiqiy Matematika” kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobning oʻziga xosligi — misol va masalalarning yechimlarini har bir mavzudan keyin qoʻyilgan QR-kod orqali YouTube da tomosha qilish mumkin.

“Oʻrganish va oʻz-oʻzini rivojlantirish koʻnikmalarini egallash yoshlar orasida trendga chiqishi uchun matbaa bozorida qoʻshimcha taʼlimiy vositalarning boʻlishi — muhim” - deydi, Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov, bu ish markazning bosh maqsadlaridan biri ekanini taʼkidlay turib.

📝 Murojaat uchun +998939290006 (@khiso_lc_admin)

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍32🔥3
Roppa rosa uch yil oldin 30.06.2019

Aynan shu kuni Prezident qarori bilan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangandim.

Aziz va qadrli doʻstlarim, muhtaram yoshlar!

30-iyun yoshlar kuni
bayramingiz muborak boʻlsin! Olgʻa intilishdan va maqsadingiz uchun harakat qilishdan hech qachon toʻxtamang!

Cheksiz hurmat va ehtirom ila Bazarbayev Sardor!

👉
@bazarbaevs
👍43👏22🎉5🔥3🥰3😱1
⚡️ Bugun Prezident maktablari uchun 1-bosqich imtihon!

Barchaga uka-singillarimga omad tilayman. Mehnatingiz roʻyobga chiqib, yuzingiz yorugʻ boʻlsin!

👉
@bazarbaevs
👍67🥰10🎉3🔥2
Ikki asrning eng buyuk mualliflaridan biri, ustoz Mirfazil Mirzaahmedov bilan kitob almashdik.

Bir necha kun oldin ustoz telefon qilib, “Kitobingizdan bitta sotib olmoqchiman” deb qoldilar. Men bu mumkin emasligini, “sizga oʻz qoʻllarim bilan olib boraman” dedim. Nafaqat ustoz bilan koʻrishdim, balki ulardan sovgʻa ham oldim. Sovgʻa ham shunchalik qadrliki, menman degan olimpiadachi eng birinchi tayyorgalikni aynan shu kitobdan boshlagan. Hamma eslaydigan “Mirzaahmedovning qizil kitobi” ning yangilangan lotin tilidagi nashri. “Oltin olma, duo ol” naqliga koʻra ustozimizdan duo ham oldik.

Matematika maydonda men oddiy askar boʻlsam, ustoz biz uchun general darajasida hurmati beqiyos!

Fursatdan foydalanib, ustoz Mirfazil Mirzaxmedov ga mustahkam sogʻlik tilayman!
👍89🔥10👏10🥰4😢2🤩2
Bugun tugʻilgan kun!

Bugun 9-iyul kuni Xalq ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Ulfatovichning tavallud topgan kunlari.

Usmon aka TA’LIM ning T sidan boshlab M sigacha biladigan rahbar, mehribon aka va samimiy inson. Har qanday maqtov haqiqatda siz uchun yetarli boʻlmaydi.

Usmon aka sizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr va vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi xizmatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!

@bazarbaevs
👍35👏7🎉3❤2
⚡️ SAMARQAND OLIMPIADASI ning final bosqichining dasturi!

Olimpiada ertaga 17-iyul yakshanba kuni, Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabida o‘tkaziladi.

❗️ Faqat finalga yoʻllanma olganlargina qatnasha oladi.

Manzil: Nora Yakubova ko‘chasi, 27-uy

Xaritada ko‘rish: 👉 https://yandex.ru/maps/org/150445086423

Tashkilotchi rasmiy kanali:
@malikaeducationofficiall
👍11🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kitobimizning afzalligi qayerida?

Koʻpchilik “QR kod orqali video-yechimlarni oʻrganish mumkin” nima degani deb soʻrashmoqda!

Ushbu videoda kitobimizdagi yechimlar bilan qanday tanishish koʻrsatilgan.

Ayniqsa yozgi ta’tilda har bir testni yechib, kalitlar orqali oʻzingizning natijangizni tekshirib koʻrishingiz mumkin. Yecha olmaganlaringizni esa video yechimdan oʻrganasiz!

Izoh: Agar sizning telefoningizni kamerasi birdaniga QR kodni oʻqiy olmasa playmarketdan ixtiyoriy (QR kod deb yozsangiz chiqadi) dasturni yuklab oling.

Kitoblar juda kam qoldi, buyurtma berish uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin)
👍16