Sardor Bazarbaev
7.61K subscribers
2.74K photos
220 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Kitoblar oʻz egalariga yetib bormoqda!

Kitobimiz haqida e’lon qilganimizdan keyin juda koʻp buyurtmalar boʻldi. Ochigʻi, ulgurolmay ham qoldik.

Va’da berganimizdek, dastlabki 100 ta xaridorga kuntesti mobil ilovamiz uchun 100 tanga ham sovgʻa qilishni boshladik!

Shoshiling, kitoblar soni cheklangan!

Murojaat uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli kun hurmatli ota-onalar, aziz ustozlar va bilimdon oʻquvchilar!

Yangi kitobimiz e’lon qilingandan keyin, dastlabki 100 ta xaridorga KUNTESTI mobil ilovamiz uchun 100 ta bepul tanga (bu degani 20 ta testda bepul qatnasha oladi yoki 10.000 soʻmlik bonus, chegirma sohibi boʻladi) beriladi degan edik. Bugun 2000-kitob ham oʻz egasini topdi. Lekin bonus berishda davom etyapmiz. Ba’zi kuzatuvchilarimiz mobil ilovamizdan bexabar ekanligiga guvoh boʻlyapmiz. Shu maqsadda mobil ilovamiz haqidagi rolikni qayta e’lon qilishga qaror qildim.

Ha aytgancha, ilovani yuklab olish: 📲 Android uchun
"Avval matematika, keyin hammasi" — Siz kutgan kitob nashrdan chiqdi!

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida o‘zbek va rus tilidagi jami 600 ta test va video yechimlarni o'zida jamlagan "Mantiqiy matematika testlari" to‘plami nashrdan chiqdi.

📚 Kitob uch bo‘limdan iborat;

A-bo‘lim:
Nisbatan osonroq 200 ta savol;
B-bo‘lim: Nisbatan qiyinroq 200 ta savol;
C-bo‘lim: 200 ta IQ test.

🎞 Kitobning ahamiyatli tomoni shundaki, har bir test yakunida uning javobi va video yechimlarini ko‘rish uchun maxsus QR kod berilgan.

🪙 Shoshiling, dastlabki 100 xaridorga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 tanga sovg‘a qilinadi!

🎓 Kitob Prezident va ixtisoslashgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

🥇 To‘plam Xalqaro matematika olimpiadalari g‘oliblari tomonidan yaratilgan.

🧗‍♂️ Maqsadingiz sari yana bir qadam qo‘ying!

📝 Murojaat uchun +998939290006 (@khiso_lc_admin)

👉 Telegram kanal
Forwarded from IT taʼlim
“Mantiqiy Matematika” kitobi nashrdan chiqdi

Taniqli, yosh matematik Sardor Bazarbayev Respublika taʼlim markazi hamkorligidagi “Mantiqiy Matematika” kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobning oʻziga xosligi — misol va masalalarning yechimlarini har bir mavzudan keyin qoʻyilgan QR-kod orqali YouTube da tomosha qilish mumkin.

“Oʻrganish va oʻz-oʻzini rivojlantirish koʻnikmalarini egallash yoshlar orasida trendga chiqishi uchun matbaa bozorida qoʻshimcha taʼlimiy vositalarning boʻlishi — muhim” - deydi, Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov, bu ish markazning bosh maqsadlaridan biri ekanini taʼkidlay turib.

📝 Murojaat uchun +998939290006 (@khiso_lc_admin)

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Roppa rosa uch yil oldin 30.06.2019

Aynan shu kuni Prezident qarori bilan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangandim.

Aziz va qadrli doʻstlarim, muhtaram yoshlar!

30-iyun yoshlar kuni
bayramingiz muborak boʻlsin! Olgʻa intilishdan va maqsadingiz uchun harakat qilishdan hech qachon toʻxtamang!

Cheksiz hurmat va ehtirom ila Bazarbayev Sardor!

👉
@bazarbaevs
⚡️ Bugun Prezident maktablari uchun 1-bosqich imtihon!

Barchaga uka-singillarimga omad tilayman. Mehnatingiz roʻyobga chiqib, yuzingiz yorugʻ boʻlsin!

👉
@bazarbaevs
Ikki asrning eng buyuk mualliflaridan biri, ustoz Mirfazil Mirzaahmedov bilan kitob almashdik.

Bir necha kun oldin ustoz telefon qilib, “Kitobingizdan bitta sotib olmoqchiman” deb qoldilar. Men bu mumkin emasligini, “sizga oʻz qoʻllarim bilan olib boraman” dedim. Nafaqat ustoz bilan koʻrishdim, balki ulardan sovgʻa ham oldim. Sovgʻa ham shunchalik qadrliki, menman degan olimpiadachi eng birinchi tayyorgalikni aynan shu kitobdan boshlagan. Hamma eslaydigan “Mirzaahmedovning qizil kitobi” ning yangilangan lotin tilidagi nashri. “Oltin olma, duo ol” naqliga koʻra ustozimizdan duo ham oldik.

Matematika maydonda men oddiy askar boʻlsam, ustoz biz uchun general darajasida hurmati beqiyos!

Fursatdan foydalanib, ustoz Mirfazil Mirzaxmedov ga mustahkam sogʻlik tilayman!
Bugun tugʻilgan kun!

Bugun 9-iyul kuni Xalq ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Ulfatovichning tavallud topgan kunlari.

Usmon aka TA’LIM ning T sidan boshlab M sigacha biladigan rahbar, mehribon aka va samimiy inson. Har qanday maqtov haqiqatda siz uchun yetarli boʻlmaydi.

Usmon aka sizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr va vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi xizmatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!

@bazarbaevs
⚡️ SAMARQAND OLIMPIADASI ning final bosqichining dasturi!

Olimpiada ertaga 17-iyul yakshanba kuni, Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabida o‘tkaziladi.

❗️ Faqat finalga yoʻllanma olganlargina qatnasha oladi.

Manzil: Nora Yakubova ko‘chasi, 27-uy

Xaritada ko‘rish: 👉 https://yandex.ru/maps/org/150445086423

Tashkilotchi rasmiy kanali:
@malikaeducationofficiall
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kitobimizning afzalligi qayerida?

Koʻpchilik “QR kod orqali video-yechimlarni oʻrganish mumkin” nima degani deb soʻrashmoqda!

Ushbu videoda kitobimizdagi yechimlar bilan qanday tanishish koʻrsatilgan.

Ayniqsa yozgi ta’tilda har bir testni yechib, kalitlar orqali oʻzingizning natijangizni tekshirib koʻrishingiz mumkin. Yecha olmaganlaringizni esa video yechimdan oʻrganasiz!

Izoh: Agar sizning telefoningizni kamerasi birdaniga QR kodni oʻqiy olmasa playmarketdan ixtiyoriy (QR kod deb yozsangiz chiqadi) dasturni yuklab oling.

Kitoblar juda kam qoldi, buyurtma berish uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin)
⚡️ Yaqin hamkorimiz “Innovator” jurnalidan yangi loyiha: “Vazirdan maktub

📑2020-yil xalqimiz butun insoniyat kabi murakkab davr – global pandemiyani boshdan kechirdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi ming yillar davomida shakllanib kelgan xat yozish anʼanasini aynan o‘sha kunlarda – koronavirus tufayli koʻpchilik uyidan chiqmaslikka majbur boʻlgan paytda tiklashga jazm etdi va Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik xodimlarining 7 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan farzandlariga maktub yoʻllab, ularning koʻngliga quvonch va motivatsion ruh bagʻishladi. Vazirning yoʻllagan maktubidan soʻng bolalardan ham vazirga xatlar kela boshladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligining ijtimoiy tarmoqlarida yoritib borildi.

🤩Кuchli motivatsiya va bolalar hayotida tub burilishlarga sabab boʻlgan “Vazirdan maktub” loyihasini “Innovator” jurnali oʻquvchilari uchun ham tashkillashtirishga qaror qildik.

Barchangizga vazirdan xat olish imkoniyati nasib etishini tilab qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobimiz boʻyicha bildirilgan munosabatlardan birini asl holicha keltiraman. (Video uchun alohida rahmat)

Assalomu alaykum KHISO olimpiada tashkilotchilari hamda Sardor Bazarbayev men Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sharipova Shahnoza kitobingiz bilan juda qiziqib qoldim va buyurtma berdim ☺️ Menga kitob manzur keldi 👍👍👍barchaga tavsiya qilaman, undagi mantiqiy masalalar va boshqotirmalar o‘quvchi bilim salohiyatini oshirar ekan. Sizlarga raxmat, bizlarga ilm ziyo ulashib aslo charchamanglar☺️☺️
Youtubeda joylangan video darslar ham 👍👍👍

Kitoblar juda kam qoldi, buyurtma berish uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand olimpiadasi finali haqida qisqa video-rolik.

Toʻliq video: 👉
https://youtu.be/DCCJtGxSNmw

Shu fursatdan foydalanib, hamkorimiz Malika education” oʻquv markazi va “Samarkand International school” xususiy maktablari asoschisi, rahbari Jalilov Fazliddin akaga barcha ishtirokchilar hamda jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Biz hamkorlik uchun barchaga ochiq ekanligimizni ma’lum qilamiz!
Samarqand olimpiadasi finalidan fotogaleriya facebook sahifamizga joylandi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3vaovjt
Bugun onlayn dars boʻyicha - bepul sinov darsi boʻlib oʻtdi.

Darsni eng punktual shogirdlarimdan biri - Toʻlqinov Sarvar olib bordi.

Ota-onalar va bolajonlarni fikri juda ijobiy.

Viloyatda boʻlsangiz ham professionallardan bilim olishingiz mumkin.

Murojaat uchun +998939290006
Olimpiada dasturi (final).pdf
139.6 KB
⚡️ ULUG‘BEK IZDOSHLARI olimpiadasining final bosqichining dasturi.

▪️ Matematika: 1-7 avgust kunlari yozgi maktab shaklida (5 kun dars, 1 kun olimpiada)

▫️ Fizika: 6-7 avgust kunlari 1 kunlik olimpiada shaklida o‘tkaziladi.

🇹🇯🤝 Yozgi maktabga Tojikistondan 35 nafar o‘quvchilar tashrif buyurishmoqda!

Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar darslar va olimpiadada bepul qatnashishlari mumkin.

Olimpiadaning saralash bosqichlaridan o‘ta olmaganlar qo‘shimcha to‘lov evaziga finalda qatnashishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot 📞 +998939290006 raqami orqali olishingiz mumkin.
Sardor Bazarbaev
Olimpiada dasturi (final).pdf
1-5 avgust kunlari darslarni olib boruvchi o‘qituvchilar ro‘yxati.

Ularning har biri respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishgan.

Batafsil ma'lumot 📞 +998939290006 raqami orqali olishingiz mumkin.

🧾 Yozgi maktabning o‘tkazilish dasturi: 👉 t.me/mu627/91