Sardor Bazarbaev
4.89K subscribers
2.82K photos
304 videos
606 files
1.44K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Yana bir o‘quvchimiz "INNOVATOR" da

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli o‘quvchi yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr "INNOVATOR" jurnali bilan hamkorlik o‘rnatganimiz haqida xabar bergan edik.

Jurnalning 2022-yildagi 3-sonida faol o‘quvchilarimizdan biri Mirzo Ulug‘bek tumani 279-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchisi Alovuddinov Abduvoris haqida maqola chop etildi.

Jurnalning navbatdagi sonlariga ham platformamizda faol qatnashib kelayotgan o‘quvchilardan birini yoritishni reja qildik.

Sizningcha kimni yoritishimiz lozim😁

👉
@Innovatorjurnali
👍20🥰3🔥1
♟Shaxmatsevarlarga xushxabar!

Jahon chempioni, “Mard oʻgʻlon” va “Oʻzbekiston iftixori” davlat mukofotlari sohibi Nodirbek Yakubboyev bilan birgalikda “Yakubboyevlar shaxmat maktabi”ni ochyapmiz. Endi markazimizda matematika bilan birgalikda shaxmat sirlarini chempionlardan oʻrganishingiz mumkin!

Aytgancha, chempionning shaxsiy telegram kanaliga a’zo boʻlishni unutmang:

👉 @nodirbekyakubboyev
👍49😁4🔥2❤1😢1
⚡️Rasman: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalari e’lon qilindi!

▪️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisostlashtirilgan IT maktabi natijalari: 👉 t.me/khiso/3869

▪️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi natijalari:
🇺🇿 👉 https://t.me/khiso/3871
🇷🇺 👉 https://t.me/khiso/3873

▪️Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi natijalari:
🇺🇿 👉 https://t.me/khiso/3870
🇷🇺 👉 https://t.me/khiso/3872

📊 Shuningdek, imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinetidan ID raqamini kiritish orqali aniqlashlari mumkin mumkin.

Yaqinlaringizga ulashing: 👉 @khiso
👍14🎉2
Farzand ta’limiga tikilgan investitsiya eng yaxshisidir. (Shavkat Mirziyoyev)

✅ Hindlar Dubayda qora ishda ishlab uyiga pul yuborib, bu pulni mashina olishga emas, balki repetitorga ishlatishni natijasini ko‘rishimiz mumkin!

Dunyoning eng qudratli kompaniyalarning CEO lari hindlar!

Xo‘sh, shunda ham orzu havas deb maishiy xarajatlarni oqlaysizlarmi?

👉
@bazarbaevs
👍30🔥3😢2🤩1
Vatanni sevishni Jaloliddindan oʻrganganman…

Kecha men ham buyuk sarkarda Sulton Jaloliddin Manguberdi tarixini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan majmua ochilishida qatnashim haqida xabar topib benihoya xursand boʻldim. Zero, har bir oʻzbek oʻgʻloni borku bahodir sarkarda bobomizdan gʻururlanadi. Yoshligimizdan bobo-buvilarimizda Manguberdi bobomiz haqidagi hikoyalarni eshitib vatanni sevishni, vatan uchun kurashishni oʻrganganmiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ayni davrdagi global jahonda inson ongi uchun kurash ketayotgan tahlikali zamonda Jaloliddin siymosi orqali har bir yosh avlod ongida vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini shakllantirish har qachongidanda muhim hisoblanadi.

Ochilish marosimida qatnashar ekanman, prezidentimiz tomonidan navbatdagi xushxabarni eshitdik. Ya’ni, boshqa bir buyuk bobomiz hisob ilmi sultoni Muhammad al Xorazmiy bobomiz nomidagi shaharcha. Ayniqsa ushbu shaharchada ochiladigan universitet va maktab yosh olim sifatida meni yanada quvontirdi. 2024-yil Xiva shahri Islom mamlakatlari poytaxti deb e’lon qilinganini ham inobatga olsak, shu yilda Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasini ham yurtimizda oʻtkazishni taklif qilgan boʻlardim. Bu orqali nafaqat ilm-fanda, balki turizmdagi jozibadorligimiz ham yuksalishiga ishonchim komil.

Xalqaro olimpiadalar gʻolibi, Mard Oʻgʻlon davlat mukofoti sohibi - Sardor Bozorboyev
👍52👏8🔥7
Minnatdorchilik xatlari kelishda davom etmoqda!

Xabaringiz bor kuni kecha Prezident maktabi imtihonlari natijalari e'lon qilindi. Nafaqat o‘quv markazimizdagi o‘quvchilar, balki khiso.uz saytimiz va KUNTESTI mobil ilovamiz foydalanuvchilaridan ham minnatdorchilik xatlari kelishda davom etmoqda.

▶️Assalomu alaykum, Khisoning jonkuyar jamoasi! Kecha mening qizim Prezident maktabiga 1-o'rinda qabul qilindi! Bunda sizlarning ham hissalaringiz bor. Samarqand olimpiadasida ham 3-4-sinflar o'rtasida 2-o'rinni olgan edi. Kanallaringizda va kuntestida berib boriladigan test va olimpiadalardan unumli foydalanib, o'z bilimini oshirib bordi. Buning uchun sizlardan minnatdormiz! Doim o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rnak bo'lib, o'z bilimlaringizni berishdan charchamang! Sardor Bazarbayev martabangiz bundanda ulug' bo'lsin! Xalqimizga qilayotgan bunday ilmli ishlaringiz kelajakda o'z mevasini berishini tilaymiz!⏹

⭐️ Aytgancha, mustaqillik bayramimiz barchamizga muborak bo‘lsin!
👍38
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Tanishing, Shahlo Toʻlqinjonova - oʻquv markazimizning eng bilimdon oʻquvchilaridan biri!

Shahlo bu yil Al Xorazmiy nomidagi IT maktabi imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, oʻz orzusiga erishdi!

Endi u biz bilan xalqaro olimpiadalarga ham tayyorlanmoqchi🏆

Sizning farzandingiz ham oʻz orzusiga yetishiga yordam berishga tayyormiz🙂

📝 Darslarga yozilish: ➡️ bit.ly/3wlZ7YD

📞
+998939290006
☎️
+998555080106
👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👋 Prezident maktabida o‘qishni xohlaysizmi?

⭐️ Tanishing
, navbatdagi qahramonimiz Abumuslim Mahmudov!

Abumuslim
bu yil Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 87.5 ball bilan 2-o‘rinda qabul qilindi!

Endi u biz bilan xalqaro olimpiadalarga ham tayyorlanmoqchi🏆

Sizning farzandingiz ham oʻz orzusiga yetishiga yordam berishga tayyormiz🙂

📝 Darslarga yozilish: ➡️ bit.ly/3wlZ7YD

📞
+998939290006
☎️
+998555080106
👍16❤2
3️⃣1️⃣3️⃣1️⃣

Siz ham yuqoridagi sonni “uch ming bir yuz oʻttiz bir” deb oʻqimadingiz shundaymi😉

Xayrli kun azizlar, juma kunining barakasi sizga boʻlsin!
😁29👍9
👋 Xayrli kech bilimdon singillarim va ukalarim!

Shaxsiy akkauntimga va pochtamga qachon (onlayn va oflayn) olimpiadalar boshlanishi haqida yuzlab murojaatlar bo‘lmoqda. Nasib qilsa, bu haftadan onlayn olimpiadalar, keyingi haftadan oflayn olimpiadalar start oladi.

Sizdan esa qaysi fandan qatnashishingizni so‘ramoqchiman. Marhamat, sevimli faningizni izohlarda qoldiring.
🔥13👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli kun azizlar!

Turkiyalik mashhur matematik, 3T EGITIM maktablari asoschi Hakan Özmen bilan hamkorlikda kitob tayyorlayotganimiz haqida xabar bergandim.

Hamkorlikdagi ilk xalqaro kitobimizning nam’unasi tayyor boʻldi. Tez orada katta partiyada nashr qilinib sizlarga taqdim qilinadi.

Hozirdan aytishim mumkinki, ushbu kitoblar katta sensatsiya boʻlishi kutilmoqda⭐️
👍28🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👋 Siz viloyatdansiz, lekin KHISO da o‘qishni xohlaysizmi?

💻 Talab va istaklarga binoan onlayn darslarni ham yo‘lga qo‘ydik!

Darslarni shogirdim, xalqaro olimpiadalar g‘olibi Sarvar To‘lqinov olib boradi.

🏆 Sarvar 2020-yilda maksimal 189 ball bilan 1-o‘rinda grantga qabul qilingan!

📝 1-bepul onlayn darsga yozilish: ➡️ bit.ly/3qAemtG

📞 +998939290006
☎️
+998555080106
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👋 Endi bizda shaxmat sirlarini ham o‘rganishingiz mumkin!

⭐️ Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi va "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Nodirbek Yoqubboyev sizlarni shaxmat maktabiga chorlaydi.

🗓
Ertaga (18-sentabr, yakshanba) soat 11:00 da Nodirbek Yoqubboyev bilan ochiq dars-suhbat tashkil qilinadi!

♟Keling, shaxmat sirlarini chempionlardan o‘rganing.

📝 Darslarga yozilish: ➡️ bit.ly/3S7yoYm

📞 +998939290006
☎️
+998555080106
👍14👏2🤩2
🏆 Uzoq kutilgan oflayn olimpiada!

Yangi o‘quv yilini yangi g‘alabalar bilan boshlashga tayyormisiz?

U holda sizni 25-sentabr kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz!

✅ Gʻoliblar medallar va loyihalarimiz uchun 300.000 so‘mgacha miqdordagi vaucherlarni qoʻlga kiritishadi.

➡️ Roʻyxatdan oʻtish uchun: 👉 bit.ly/3DpaGT3

🧾Olimpiada dasturi bilan tanishing: 👉 bit.ly/3qDJ7hy

☎️
+998555080106

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq darslarimiz davom etmoqda!

🗓 Bugun (23-sentabr) markazimizda soat 15:00 da masterlarimiz bilan navbatdagi sinov darsi tashkil etiladi:

♟Keling, shaxmat sirlarini chempionlardan o‘rganing
.

📞
+998939290006
☎️
+998555080106
👍9
OLimpiada natijalari (25.09).pdf
562.5 KB
Yangi oʻquv yili munosabati bilan oʻtkazilgan oflayn olimpiada natijalari.

Jami 460 nafar oʻquvchi roʻyxatdan oʻtib, 340 nafari olimpiadada qatnashdi.

Gʻoliblar medallar, diplomlar va kitoblar bilan taqdirlandi.

🟨 - 🥇 medal
⬜️ - 🥈 medal
🟧 - 🥉 medal
🟦 - 📘 kitob.
🔥10👍3😱2🤩1
Bugungi olimpiadaning yorqin lahzalaridan iborat fotogaleriya facebook sahifamizga sifatli formatda qoʻyildi.

📱Barchasini koʻrish: 👉 FOTOGALERIYA 👈

Video rolik ham tez orada e’lon qilinadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022-2023 oʻquv yilidagi ilk oflayn olimpiadamiz haqida video rolikning introsi.

Ota-onalar, oʻquvchilarning fikrlari va olimpiada jarayonlari haqida toʻliq videoni youtube sahifamizdan koʻrishingiz mumkin:

📺 Toʻliq videoni koʻrish: 👉 youtu.be/MeJT_kWx0Os

Biroz oldin facebook sahifamizda fotogaleriya ham e’lon qilgan edik.

📱Barchasini koʻrish: 👉 FOTOGALERIYA 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12