Sardor Bazarbaev
7.52K subscribers
2.74K photos
219 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Bugun ikkinchi videoni ham youtube kanalimizga yukladim. Kecha kuzatuvchilarimizdan biri uchburchak uchun tashqi va ichki chizilgan aylana markazlari orasidagi masofani hisoblash formulasini tushuntirib berishimni so‘ragan ekan. Shu sababdan video "Eyler formulasi" haqida. Agar siz ham qaysidir formula yoki teorema haqida video tayyorlashimizni xohlasangiz, izohlarda qoldiring.

Fikr va mulohazalaringiz, qo‘shimcha takliflaringiz bo‘lsa (videoning ostida) izohlarda qoldiring. Agar sizga manzur bo‘lgan bo‘lsa har bir olimpiada savollari tahlilini jamoamiz bilan birgalikda tayyorlab boramiz.

🎞 Videoni ko‘rish uchun: 👉 youtu.be/IUCV7u0yS38
Xayrli tun azizlar!

Kecha youtube kanalimizga 3-videoni ham joyladim

🎞 Videoni koʻrish: 👉 youtu.be/sfAlx3iK5DE

Muntazam uchburchaklarga oid chiroyli xossani oddiy usulda isbotlab ko‘rsatdim. Imkon topgan vaqtimda foydali materiallar tayyorlashga harakat qilmoqdaman.

Oldinda rejalar katta, olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha mavzular, har bitta olimpiadadan keyin tahlillar va hakazo. Faqat siz qo‘llab turishingiz kerak😉

You tube kanalimizga a'zo bo‘lib, layk va izoh qoldirishda faol bo‘ling. Izohlarda keyingi videomiz qanday bo‘lishini hal qilishingiz mumkin.
Xayrli kech qadrdonlar!

Jamoamizning matbuot kotibasi, yosh jurnalist Lobarxon Turayeva yangi loyihaga qoʻl uribdi. Ya’ni eng faol qatnashayotgan, tengdoshlariga oʻrnak boʻladigan oʻquvchilar haqida video-intervyu.

Loyihaning dastlabki qahramoni - men bilgan eng iqtidorli oʻquvchilardan biri Abduqaxxarova Durdonaxon boʻlibdi. Durdonaxon nafaqat onlayn olimpiadalarda, balki haqiqiy bilimlar sinaladigan oflayn olimpiadalarda ham oʻzini iste’dodini isbotlagan qiz. Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (AFIDUM)da oʻqib, 2021-yili koʻpchilikning orzusidagi Muhammad Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabiga qabul qilindi. Shuningdek, Durdonaxon KUNTESTI mobil ilovamizda “Yilning eng yaxshi oʻquvchisi-2021” (Top10) mukofotini ham qoʻlga kiritgan.

Intervyuni koʻrishni jiddiy tavsiya qilaman: 👉 youtu.be/5TyyVAeylFk
Xayrli kech azizlar!

Jamoamizning matbuot kotibasi yangi loyiha boshlagani haqida xabar bergan edim. Loyihaning bu safargi qahramoni -yana bir eng bilimdon oʻquvchilardan biri Nizomiddinov Jalolbek boʻlibdi. Jalolbek o‘zi Navoiylik. Uni Bolajon telekanalidagi ko‘rsatuvga ham taklif qilgan edim. Shuningdek, Jalolbek KUNTESTI mobil ilovamizda “Yilning eng yaxshi oʻquvchisi-2021” (Top10) mukofotini ham qoʻlga kiritgan. Xullas yaxshisi videoni ko‘ra qoling:)

Intervyuni koʻrishni jiddiy tavsiya qilaman: 👉 youtu.be/AJkjD70ofRI
Sardor Bazarbaev
Results 13.11.2022.pdf
Yakshanba kungi oflayn olimpiadamiz haqida video rolik youtube kanalimizga joylandi.

Ota-onalar, oʻquvchilarning fikrlari va olimpiada jarayonlari haqida toʻliq videoni youtube sahifamizdan koʻrishingiz mumkin:

📺 Toʻliq videoni koʻrish: 👉 youtu.be/I23l6cLdBzQ

Shuningdek, facebook sahifamizda fotolar ham joylashtirildi.

📱Barchasini koʻrish: 👉 FOTOGALERIYA 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbekdan navbatdagi chempionlik!

Jahon chempioni, “Mard oʻgʻlon” va “Oʻzbekiston iftixori” davlat mukofotlari sohibi Nodirbek Yakubboyev eng nufuzli turnirlardan biri “Qatar masters open - 2023” chempioniga aylandi.

Eslatib oʻtami, Nodirbek @khiso_chess shaxmat maktabi asoschisi va #khiso_football_team jamoamizning eng tezkor oʻyinchisi hisoblanadi.

Aytgancha, chempionning shaxsiy telegram kanaliga a’zo boʻlishni unutmang:

👉 @nodirbekyakubboyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Takrorlash barcha bilimlarning onasi!

Kechagi olimpiadada berilgan test topshiriqlarining video yechimlarini quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🎞 1-2 sinf matematika yechimlari: ➡️ youtu.be/myS0-h1kzEk

🎞 3-4 sinf matematika yechimlari: ➡️ youtu.be/fmFBKBqTaFU

🎞 5-6 sinf matematika yechimlari: ➡️ youtu.be/y0vMP6RvZr4

🎞 7-8 sinf matematika yechimlari: ➡️ youtu.be/mhHUI9r2SKA

🎞 9-11 sinf matematika yechimlari: ➡️ youtu.be/u0JfRRZJo2c

⬆️ Ushbu videolar orqali testlar tahlili bilan tanishing va yakshanbadagi oflayn olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir katta loyihani muvaffaqiyatli yakunladik!

Quyidagi havoldagi video sizga 14-21 iyul kunlari o‘tkazilgan "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpidasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" haqida so‘ylaydi.

🎞 ➡️ https://youtu.be/zFFtSSO-eqE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Geografiyamiz kengaydi: Bu safar Buxoroda ham #khiso_olimpiadasi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, Toshkent shahar va Xorazm viloyatida tizimli ravishda #khiso_olimpiadasi yoʻlga qoʻyilgan edi. Maxsus reyting tizimi yuritilib, yuqori natija egalari “Yozgi maktab”da bepul qatnashish (yotoqxona, ovqatlanish, darslar va sovgʻalar) imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Masalan, oʻtgan mavsumda har bir ishtirokchi maxsus nashr etilgan kitob bilan, gʻoliblar esa qimmatbaho sovgʻalar (planshet, telefon va boshqa) bilan taqdirlandi.

Koʻplab murojaatlardan keyin, Buxoro viloyatida ham olimpiadalarimizni yoʻlga qoʻydik. Oldinroq Gʻijduvon tumani hokimi tashabbusi bilan “Buxoro ochiq olimpiadasi”ni birgalikda oʻtkazgan edik. Aynan shu sabab bu safar ham olimpiadamizning manzilini Gʻijduvon qilib belgiladik. Yakshanba kuni oʻtkazilgan olimpiadamizni shaxsan hokim - Sherzod Raximovichning oʻzlari kelib ochib berib, xatto savollarni ota-onalarga tahlil qilib beribdilar. Bu tanlovimiz toʻgʻri ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Mana shunday hokimlar koʻpaysin.

Darvoqe, nasib qilsa keyingi (19-yanvar) olimpiadamizga dunyo gavhari - Samarqand shahar ham qoʻshiladi.