HDV: sinovdagi davo usullarida eng oxirgi yangiliklar
1) Tobevibart + elebsiran
Hozir eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan kombinatsiya. Phase 2 natijalarda kuchli virologik bostirish ko‘rsatdi, va dastur allaqachon phase 3 bosqichiga o‘tgan.
2) Brelovitug
HDV uchun yana bir istiqbolli anti-HBsAg monoklonal antitana. Phase 3 AZURE dasturi faol davom etmoqda va 2026-yilda asosiy natijalar kutilmoqda.
3) Lonafarnib + ritonavir ± peg-IFN
Og‘iz orqali qabul qilinadigan yo‘nalish sifatida muhim. Kombinatsion rejimlarda foydali signal berib kelmoqda, lekin hozircha keng amaliyot standarti emas.
4) ABI-6250
Bu — oral entry inhibitor. Hozircha erta bosqichda, ammo HDV terapiyasida in’eksiyasiz variant sifatida qiziqish uyg‘otmoqda.
📌 Xulosa: HDV davosining eng yaqin kelajagi — anti-HBsAg antitanalar, siRNA va kombinatsion antiviral strategiyalar.
Surunkali gepatit D bo‘yicha eng kuchli yangi signal hozir HBsAg-targeted kombinatsiyalardan kelmoqda.
1) Tobevibart + elebsiran
Hozir eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan kombinatsiya. Phase 2 natijalarda kuchli virologik bostirish ko‘rsatdi, va dastur allaqachon phase 3 bosqichiga o‘tgan.
2) Brelovitug
HDV uchun yana bir istiqbolli anti-HBsAg monoklonal antitana. Phase 3 AZURE dasturi faol davom etmoqda va 2026-yilda asosiy natijalar kutilmoqda.
3) Lonafarnib + ritonavir ± peg-IFN
Og‘iz orqali qabul qilinadigan yo‘nalish sifatida muhim. Kombinatsion rejimlarda foydali signal berib kelmoqda, lekin hozircha keng amaliyot standarti emas.
4) ABI-6250
Bu — oral entry inhibitor. Hozircha erta bosqichda, ammo HDV terapiyasida in’eksiyasiz variant sifatida qiziqish uyg‘otmoqda.
📌 Xulosa: HDV davosining eng yaqin kelajagi — anti-HBsAg antitanalar, siRNA va kombinatsion antiviral strategiyalar.
🔥3❤1👍1
Jigarni “tozalaydigan” dorilar yo‘q.
Jigarni sog‘lomlashtirish uchun eng to‘g‘ri yo‘l — kasallik sababini aniqlash va uni bartaraf etish.
Ko‘pchilik “detoks”, “cleanse”, “gepatoprotektor” degan nomlarga ishonadi. Ammo bu vositalar har doim ham kasallikni davolamaydi. Ba’zan analizlarda vaqtinchalik o‘zgarish bo‘lishi mumkin, lekin bu jigar haqiqatan tuzalyapti degani emas.
Jigarni sog‘lomlashtirish mumkin.
Asosiy narsa — afsonalarga emas, to‘g‘ri va ilmiy yondashuvga amal qilish.

Jigar uchun to‘g‘ri yondashuv:
— vaznni me’yorga keltirish
— spirtli ichimlikdan voz kechish
— virusli gepatitlarni aniqlash va davolash
— to‘g‘ri ovqatlanish
— muntazam jismoniy faollik
Jigarni sog‘lomlashtirish mumkin.
Asosiy narsa — afsonalarga emas, to‘g‘ri va ilmiy yondashuvga amal qilish.
❤3🔥2👍1
🔥Assalomu alaykum. Bugun siz bilan terlash va infeksiyaning qanday bir biriga bog'liqligi haqidagi sirlarni ochamiz!!!
❤2🔥2👍1
🦠 Infeksiya va ko‘p terlash:
Ko‘pchilik o‘ylaydi: “terlash — bu issiqdan yoki asabdan”.
Lekin ko‘p hollarda bu organizmdagi yashirin infeksiyaning belgisi bo‘lishi mumkin.
🔴Qaysi infeksiyalar BEVOSITA terlatadi?
🫁 Tuberkulyoz
👉 Eng tipik belgi:
Kechasi kiyim ho‘l bo‘lib ketadi
📌 Nega?
🐄 Brutsellez
👉 Belgisi:
Juda kuchli va hatto hidli terlash
📌 Nega?
🦟 Bezgak (Malaria)
👉 Klassik holat:
❤️ Infeksion endokardit
👉 Belgisi:
🦠 OIV infeksiyasi
👉 Belgisi:
Kechasi terlash
Holsizlik
Vazn yo‘qotish

Organizm infeksiyaga qarshi kurashadi → tana haroratini boshqaruvchi markaz (gipotalamus) “adashadi” → tana issiqlikni tushirish uchun ter chiqaradi
🐄 Brutsellez
👉 Belgisi:
Juda kuchli va hatto hidli terlash
📌 Nega?
Isitma to‘lqinlab ko‘tarilib-tushadi → tushgan paytda tana “sovimoqchi” bo‘ladi → ko‘p terlaydi
🦟 Bezgak (Malaria)
👉 Klassik holat:
1. Sovqotadi
2. Isitma chiqadi
3. Birdaniga terlab ketadi
❤️ Infeksion endokardit
👉 Belgisi:
Uzoq davom etadigan isitma
Kechasi terlash
📌 Bu yurak ichki qavatining infeksiyasi
🦠 OIV infeksiyasi
👉 Belgisi:
Kechasi terlash
Holsizlik
Vazn yo‘qotish
🔥2❤1
✍️Infeksiya BOR — lekin terlash BILVOSITA bo‘ladi
Bu yerda muammo infeksiyaning o‘zi emas, balki uning oqibatlari.
🧠 B1 vitamini yetishmasligi
Beriberi
👉 Infeksiya ichakni buzadi → vitamin so‘rilmaydi
📌 Natija:
Asab tizimi buziladi
Tana “stress rejimi”ga o‘tadi
→ terlash ↑
☀️ D vitamini yetishmasligi
Vitamin D yetishmovchiligi
👉 Ayniqsa bolalarda:
Bosh terlaydi (yostiq ho‘l bo‘ladi)
🩸 Temir tanqisligi anemiyasi
👉 Belgilar:
Holsizlik
Yurak tez uradi
Terlash
📌 Nega?
Qonda kislorod kam → tana kompensatsiya qiladi → terlash kuchayadi
Yashirin viruslar”
Masalan:
Epstein–Barr virusi
Sitomegalovirus infeksiyasi
👉 Ular organizmda uzoq “yashab”, past darajada yallig‘lanish qiladi
→ natija: doimiy terlash, charchoq
👍2❤1
🔬 Oddiy qilib aytganda
Infeksiya bo‘lsa:
1. Organizm “signal beradi” (yallig‘lanish moddalarini chiqaradi)
2. Miya tana haroratini o‘zgartiradi
3. Tana issiqlikni chiqaradi
👉 NATIJADA TERLASH YUZAGA KELADI
🚨 Qachon jiddiy o‘ylash kerak?
Agar sizda:
Kechasi ko‘p terlash
Vazn yo‘qotish
Uzoq davom etuvchi isitma
Holsizlik
bo‘lsa — bu oddiy holat emas!
TB (sil)
Brutsellez
Qon analizlari
Yashirin infeksiyalar
Harrison's Principles of Internal Medicine
World Health Organization
Centers for Disease Control and Prevention

👉 Tekshiruv kerak:
TB (sil)
Brutsellez
Qon analizlari
Yashirin infeksiyalar
🧾 Manbalar
Harrison's Principles of Internal Medicine
World Health Organization
Centers for Disease Control and Prevention
❤2👍2
Ba’zan ko‘p terlash tug‘ma bo‘ladi — bu nasliy gipergidroz deyiladi.
Nasliy gipergidroz nima?
Bu tana sog‘lom bo‘lsa ham, ter bezlarining ortiqcha ishlashi.
Ya’ni:
Nega bo‘ladi?
📍Nasliy gipergidrozda shu tizim haddan tashqari faol bo‘ladi, kichik signal ham kuchli terlashga olib keladi.
📍Nega “nasliy” deyiladi?
Chunki ko‘pincha oilaviy uchraydi:
onada bo‘lsa, bolada ham bo‘lishi mumkin
odatda erta yoshda boshlanadi
Tadqiqotlarga ko‘ra, 30–50% holatda genetik moyillik bo‘ladi.
📍Qayerlarda ko‘p uchraydi?
Qachon boshlanadi?
Ko‘pincha bolalik yoki o‘smirlikda boshlanadi va uzoq davom etadi, hatto hayot bo‘yi saqlanishi mumkin.

infeksiya yo‘q
analizlar normal
lekin terlash baribir ko‘p
Nega bo‘ladi?
Terlashni miya, nervlar va ter bezlari boshqaradi. Bu yerda asosiy rolni autonom nerv tizimi, ayniqsa simpatik tizim o‘ynaydi.
📍Nasliy gipergidrozda shu tizim haddan tashqari faol bo‘ladi, kichik signal ham kuchli terlashga olib keladi.
📍Nega “nasliy” deyiladi?
Chunki ko‘pincha oilaviy uchraydi:
onada bo‘lsa, bolada ham bo‘lishi mumkin
odatda erta yoshda boshlanadi
Tadqiqotlarga ko‘ra, 30–50% holatda genetik moyillik bo‘ladi.
📍Qayerlarda ko‘p uchraydi?
kaftlarda
oyoq tagida
qo‘ltiqda
yuz va peshonada
Bu holat lokal gipergidroz deyiladi.
Qachon boshlanadi?
Ko‘pincha bolalik yoki o‘smirlikda boshlanadi va uzoq davom etadi, hatto hayot bo‘yi saqlanishi mumkin.
👍5🔥2❤1
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Bu shunchaki chiroyli iqtibos emas.
Bu — har kuni qabulda tasdiqlanadigan haqiqat.
Infeksiya, surunkali yallig‘lanish, zaif immunitet —bular boylik bilan emas, o‘z vaqtida e’tibor bilan yengiladi.
Sog‘liq yo‘q joyda:
Bugun o‘zingizdan so‘rang:
Men sog‘lig‘imni kechiktiryapmanmi yoki himoya qilyapmanmi?
Kasallikni kutib emas,
oldini olib yashash — eng to‘g‘ri tanlov.
Siz ham bu fikrga qo'shilasizmi?
Gippokrat:
“Sog‘liq — barcha ne’matlarning eng kattasidir.”
Bu shunchaki chiroyli iqtibos emas.
Bu — har kuni qabulda tasdiqlanadigan haqiqat.
Infeksiya, surunkali yallig‘lanish, zaif immunitet —bular boylik bilan emas, o‘z vaqtida e’tibor bilan yengiladi.
Sog‘liq yo‘q joyda:
— reja ishlamaydi
— pul foyda bermaydi
— hayot sifati pasayadi
Bugun o‘zingizdan so‘rang:
Men sog‘lig‘imni kechiktiryapmanmi yoki himoya qilyapmanmi?
Kasallikni kutib emas,
oldini olib yashash — eng to‘g‘ri tanlov.
Siz ham bu fikrga qo'shilasizmi?
👍4❤2
Farzandingiz — tajriba quroli emas!
Koʻp ota-onalar bola isitmalasa, qoʻshni yoki dorixonachi maslahati bilan darrov antibiotik boshlashadi.
👉🏻Natija esa — charchagan immunitet va surunkali kasalliklar.
❗️Nima uchun aynan Infeksionist-Pediatr ko'rigi zarur?
✅Aniq tashxis: Isitma sababi virus, bakteriya yoki parazit ekanini taxmin emas, tahlillar bilan aniqlaymiz.
✅Asoratlarning oldini olish: Kasallik dinamikasini nazorat qilib, ogʻir oqibatlarga yoʻl qoʻymaymiz.
✅Reabilitatsiya: Notoʻgʻri davo natijasida zarar koʻrgan ichak mikroflorasi va immunitetni qayta tiklaymiz.
✅Tabiiy yondashuv: Immunitetni dori bilan emas, toʻgʻri muolaja orqali "uygʻotamiz".
Sogʻliq borasida xavotiringiz boʻlsa, biz yechimga tayyormiz!
❤2👍2
Kasallikni davolashdan ko'ra, uning oldini olish har doim oson va arzonroq. Bugungi kuningizni infeksiyalardan xoli va immun tizimingiz uchun foydali o'tkazishingiz uchun 3 ta muhim tavsiya:
👉🏻Gidratsiya balansi:
👉🏻Tabiiy sanatsiya:
👉🏻Emotsional immunitet:
Eslatma: Har qanday o‘zgarishda o‘z bilgichlik bilan davolanmang, mutaxassis maslahatiga tayaning.
Taningiz sog‘, kuningiz unumli o‘tsin! 🛡🔬
Siz bugun immunitetingiz uchun nima qildingiz?
👉🏻Gidratsiya balansi:
Shunchaki suv ichish emas, organizmdagi toksinlarni yuvish va shilliq qavatlar himoya funksiyasini ushlab turish uchun kun davomida yetarli suyuqlik ichishni unutmang.
👉🏻Tabiiy sanatsiya:
Xonangizni tez-tez shamollatib turing. Toza havo — virus va bakteriyalar konsentratsiyasini kamaytiruvchi eng oddiy profilaktika.
👉🏻Emotsional immunitet:
Stress kortizol gormonini oshirib, immun hujayralarini kuchsizlantiradi. Shuning uchun kunni xotirjamlik bilan boshlang.
Eslatma: Har qanday o‘zgarishda o‘z bilgichlik bilan davolanmang, mutaxassis maslahatiga tayaning.
Taningiz sog‘, kuningiz unumli o‘tsin! 🛡🔬
Siz bugun immunitetingiz uchun nima qildingiz?
❤5
❌ Mif: “Gepatit B davolanmasa, gepatit D ga aylanadi.”
✅ Haqiqat: Gepatit B virusi gepatit D ga aylanmaydi. Bular ikki xil virus: HBV va HDV.
Lekin muhim joyi bor: gepatit D virusi mustaqil ko‘paya olmaydi — u faqat organizmda gepatit B virusi bo‘lsa “faollasha” oladi. Ya’ni odamda surunkali gepatit B bo‘lsa, keyinchalik gepatit D bilan ham zararlanishi mumkin. Bu holat superinfeksiya deyiladi.
⚠️
Shuning uchun:
🔹 gepatit B aniqlangan bo‘lsa, gepatit D ga ham tekshiruvdan o‘tish kerak;
🔹 o‘zboshimchalik bilan “davolanish” emas, infeksionist yoki gepatolog nazorati zarur;
🔹 gepatit B ga qarshi vaksina gepatit D dan ham himoya qiladi, chunki D virusi B siz rivojlana olmaydi.
📌

Gepatit B + D birga bo‘lsa, jigar zararlanishi og‘irroq kechishi va sirroz xavfi tezroq oshishi mumkin.
Shuning uchun:
🔹 gepatit B aniqlangan bo‘lsa, gepatit D ga ham tekshiruvdan o‘tish kerak;
🔹 o‘zboshimchalik bilan “davolanish” emas, infeksionist yoki gepatolog nazorati zarur;
🔹 gepatit B ga qarshi vaksina gepatit D dan ham himoya qiladi, chunki D virusi B siz rivojlana olmaydi.
📌
Xulosa: Gepatit B davolanmasa D ga “aylanmaydi”, lekin B bor odam D bilan qo‘shimcha zararlanishi mumkin.
❤7👍1
🫀 Yog‘li jigar endi “oddiy UTT topilmasi” emas: MASLD/MASH davri boshlandi
Ko‘pchilik bemor UTT javobida “jigarda yog‘lanish bor” degan yozuvni ko‘radi va buni jiddiy qabul qilmaydi. Aslida esa bu holat metabolik disfunksiya bilan bog‘liq yog‘li jigar kasalligi — MASLD bo‘lishi mumkin.
📌 Kimlar alohida e’tibor berishi kerak?
✅ 2-tip qandli diabeti borlar
✅ Qorin atrofida semizlik bo‘lganlar
✅ Qonda triglitserid yuqori bo‘lganlar
✅ Gipertoniya bilan yuradiganlar
✅ UTTda “jigar yog‘lanishi” chiqqanlar
✅ ALT/AST sababsiz ko‘tarilgan bemorlar
💊 So‘nggi yillarda MASH davolashida katta burilish bo‘ldi: endi ayrim bemorlarda faqat “ozing, parhez qiling” deyish bilan cheklanilmaydi. Ammo dori tanlash faqat gepatolog/endokrinolog nazorati, fibroz bosqichi va metabolik holatga qarab belgilanadi.
🍽 Eng kuchli asosiy davolash hanuz shular:
1️⃣ tana vaznini nazorat qilish
2️⃣ shakarli ichimliklar va tez hazm bo‘ladigan uglevodlarni kamaytirish
3️⃣ haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy faollik
4️⃣ diabet, lipidlar va qon bosimini nazorat qilish
5️⃣ spirtli ichimlikdan saqlanish yoki keskin cheklash
📩 Agar sizda UTTda jigar yog‘lanishi, ALT/AST ko‘tarilishi yoki diabet/semizlik fonida jigar muammosi aniqlangan bo‘lsa, gepatolog ko‘rigidan o‘tib, fibroz xavfini baholang.

⚠️ Eng xavfli jihati: bemor o‘zini yaxshi his qilishi mumkin, ALT/AST esa biroz ko‘tarilgan yoki hatto normal bo‘lishi mumkin. Ammo jigarda yallig‘lanish va fibroz jarayoni sekin davom etaveradi. MASLD chuqurlashsa, MASH — ya’ni yog‘lanish + yallig‘lanish + jigar hujayralari zararlanishi rivojlanadi.
📌 Kimlar alohida e’tibor berishi kerak?
✅ 2-tip qandli diabeti borlar
✅ Qorin atrofida semizlik bo‘lganlar
✅ Qonda triglitserid yuqori bo‘lganlar
✅ Gipertoniya bilan yuradiganlar
✅ UTTda “jigar yog‘lanishi” chiqqanlar
✅ ALT/AST sababsiz ko‘tarilgan bemorlar
🧪 Muhim eslatma: “Yog‘li jigar” tashxisi faqat UTT bilan tugamaydi. Bemorning fibroz xavfini ham baholash kerak. Amaliyotda FIB-4, elastografiya/FibroScan, metabolik ko‘rsatkichlar va klinik xavf omillari birga ko‘riladi.
💊 So‘nggi yillarda MASH davolashida katta burilish bo‘ldi: endi ayrim bemorlarda faqat “ozing, parhez qiling” deyish bilan cheklanilmaydi. Ammo dori tanlash faqat gepatolog/endokrinolog nazorati, fibroz bosqichi va metabolik holatga qarab belgilanadi.
🍽 Eng kuchli asosiy davolash hanuz shular:
1️⃣ tana vaznini nazorat qilish
2️⃣ shakarli ichimliklar va tez hazm bo‘ladigan uglevodlarni kamaytirish
3️⃣ haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy faollik
4️⃣ diabet, lipidlar va qon bosimini nazorat qilish
5️⃣ spirtli ichimlikdan saqlanish yoki keskin cheklash
❗️ Xulosa: “Yog‘li jigar” — bu shunchaki UTTdagi yozuv emas. Bu yurak-qon tomir, diabet va jigar sirrozi xavfi bilan bog‘liq metabolik signal bo‘lishi mumkin.
📩 Agar sizda UTTda jigar yog‘lanishi, ALT/AST ko‘tarilishi yoki diabet/semizlik fonida jigar muammosi aniqlangan bo‘lsa, gepatolog ko‘rigidan o‘tib, fibroz xavfini baholang.
🔥5❤2
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Xayrli kun!
Parazitlar va o‘t pufagi — ular siz o‘ylagandan ham ko‘ra yaqin bog‘liq bo‘lishi mumkin 😳
Bular oddiy holat emas, balki ichingizdagi “yashirin mehmonlar” belgisi bo‘lishi mumkin.
Bugun shu haqida ochiq va tushunarli gaplashamiz. Sizni hayron qoldiradigan faktlar bo‘ladi…
✍️Bugun siz bilan juda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan, lekin ko‘p muammolarning ildizi bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzuni ochamiz…
Parazitlar va o‘t pufagi — ular siz o‘ylagandan ham ko‘ra yaqin bog‘liq bo‘lishi mumkin 😳
❗️Sababsiz charchoq
❗️Og‘izda achchiqlik
❗️Qorin dam bo‘lishi
❗️Teri muammolari…
Bular oddiy holat emas, balki ichingizdagi “yashirin mehmonlar” belgisi bo‘lishi mumkin.
Bugun shu haqida ochiq va tushunarli gaplashamiz. Sizni hayron qoldiradigan faktlar bo‘ladi…
❤6🔥3
Siz o‘ylagan og‘riq aslida boshqa sabab…”
✍️ Siz o‘ylaysiz:
“Bu oddiy o‘t pufagi og‘rig‘i…”
Lekin haqiqat shuki — bu ichingizdagi yashirin parazitlarning signali bo‘lishi mumkin!
Ko‘pchilik bemorlarim yillar davomida:
✅Nega?
Chunki sabab boshqa joyda…
🦠 Eng ko‘p uchraydigan yashirin sabablar:
👉 Bu parazitlar o‘t yo‘llariga kirib, yallig‘lanish chaqiradi.
❗️ Natijada:
o‘ng tomonda og‘riq
og‘izda achchiq ta’m
ko‘ngil aynishi
Va siz buni boshqa kasallik deb o‘ylaysiz…
💥 Eng xavflisi — ular yillar davomida yashirin yashaydi!

— gastrit deb davolanadi
— o‘t pufagini davolanadi
— lekin NATIJA YO‘Q
✅Nega?
Chunki sabab boshqa joyda…
🦠 Eng ko‘p uchraydigan yashirin sabablar:
Giardia lamblia
Ascaris lumbricoides
Opisthorchis felineus
👉 Bu parazitlar o‘t yo‘llariga kirib, yallig‘lanish chaqiradi.
❗️ Natijada:
o‘ng tomonda og‘riq
og‘izda achchiq ta’m
ko‘ngil aynishi
Va siz buni boshqa kasallik deb o‘ylaysiz…
💥 Eng xavflisi — ular yillar davomida yashirin yashaydi!
🔥4❤3
“Statistika sizni hayratda qoldiradi”
Siz bilarmidingiz?
😨 Dunyo bo‘yicha:
O‘t pufagi muammolarining katta qismi esa:
👉 noto‘g‘ri tashxis sabab cho‘zilib ketadi
Ko‘pchilik:
Lekin NEGA og‘riqlari ketmaydi yoki kamaymaydi?
Sabab — ichkarida yashirin omil bor…
Natijada: ❗️ og‘riq qayta-qayta paydo bo'laveradi
⚠️ Siz faqat simptomni emas, SABABNI davolashingiz kerak!
Siz bilarmidingiz?
😨 Dunyo bo‘yicha:
— har 3 kishidan 1 tasida parazit bor
— ko‘pchiligi bundan BEHABAR
O‘t pufagi muammolarining katta qismi esa:
👉 noto‘g‘ri tashxis sabab cho‘zilib ketadi
Ko‘pchilik:
— UZI qiladi
— dorilar ichadi
— dietaga o‘tadi
Lekin NEGA og‘riqlari ketmaydi yoki kamaymaydi?
Sabab — ichkarida yashirin omil bor…
🦠 Parazitlar o‘t yo‘llarini:
toraytiradi
yallig‘lantiradi
o‘t oqimini buzadi
Natijada: ❗️ og‘riq qayta-qayta paydo bo'laveradi
⚠️ Siz faqat simptomni emas, SABABNI davolashingiz kerak!
👍6🥰3🔥2❤1
🛡 “Kech bo‘lmasin…”
Ko‘pchilik o‘zini sog‘lom deb o‘ylaydi…
Lekin ichkarida muammo bo‘lishi mumkin 👇
🦠 Ba’zi parazitlar (masalan, Opisthorchis)
yillar davomida jigar va o‘t tizimini zararlaydi
Natijada:
⚠️ Eng yomoni — ular ko‘pincha belgilar bermaydi
Shuning uchun himoya juda muhim:
Va ENG MUHIMI:
❗️ Vaqtida tekshiruv
💥 Eng to‘g‘ri yo‘l:

❗️ og‘riq kuchayadi
❗️ hazm buziladi
❗️ umumiy holat yomonlashadi
⚠️ Eng yomoni — ular ko‘pincha belgilar bermaydi
Shuning uchun himoya juda muhim:
✔️ Qo‘lni tez-tez yuvish
✔️ Meva-sabzavotni yaxshilab tozalash
✔️ Faqat toza suv ichish
✔️ Go‘shtni yaxshi pishirish
Va ENG MUHIMI:
❗️ Vaqtida tekshiruv
💥 Eng to‘g‘ri yo‘l:
— aniqlash
— sababni topish
— to‘g‘ri davolash
❤8🔥3
Forwarded from Sog‘liqni saqlash vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik
🔴 🟦 🟦 🟦
🍔 Ko‘pincha bu kasalliklar sezdirmay boshlanadi. Ayniqsa, ortiqcha vazn, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar (chekish, alkogol) infarkt hamda insult xavfini bir necha barobar oshiradi.
🏃🏻 Ammo buning oldini olish mumkin. Kuniga 30 daqiqa jismoniy harakat, sog‘lom ovqatlanish va muntazam tibbiy tekshiruv yuragingizni darddan himoya qiladi.
📹 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida tayyorlangan videorolik sizni sergaklikka chorlasa, ajab emas.
SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🫀Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasalliklari va ularning asoratlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
🏃🏻 Ammo buning oldini olish mumkin. Kuniga 30 daqiqa jismoniy harakat, sog‘lom ovqatlanish va muntazam tibbiy tekshiruv yuragingizni darddan himoya qiladi.
SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1🔥1
Япония Соғлиқни сақлаш вазирлиги (MHLW) сурункали гепатит B ни даволаш учун Hibsago (бепировирсен, GSK3228836) препаратини рўйхатдан ўтказишга рухсат берди.
Препарат камида 6 ой давомида нуклеозид/нуклеотид аналоглари билан даволанган ва бошланғич вирусологик маркерлари белгиланган мезонларга жавоб берадиган катта ёшли беморлар учун қўлланиши кўрсатилган.
GSK компанияси маълум қилишича, бу бепировирсен учун дунёдаги биринчи регулятор тасдиғи ҳисобланади. Компания препаратни сурункали гепатит B да функционал шифоланишга эришиш имконини берувчи биринчи тасдиқланган терапия сифатида таърифлаган.
Бепировирсен қандай таъсир қилади?
Бепировирсен — антисенс олигонуклеотид бўлиб, гепатит B вирусининг РНКсига нишонли таъсир қилади. У вирусга хос оқсиллар, жумладан HBsAg (гепатит B вирусининг юза антигени) ишлаб чиқарилишини сусайтиради.
Клиник тадқиқотлар натижалари
Препаратни рўйхатдан ўтказиш қарори III фаза B-Well клиник тадқиқотлари натижаларига асосланган.
Тадқиқотда бепировирсен қабул қилган беморларнинг 19%ида функционал шифоланишга эришилган, плацебо гуруҳида эса бу кўрсаткич 0% бўлган.
Бошланғич HBsAg даражаси паст бўлган беморлар кичик гуруҳида функционал шифоланиш даражаси **26%**га етган.
Бошқа мамлакатларда препаратни регулятор тасдиқлаш бўйича қарорлар ҳам яқин ойларда қабул қилиниши кутилмоқда.
Япониядаги тезлаштирилган регулятор жараёни
Японияда бепировирсенни кўриб чиқиш жараёни Sakigake дастури доирасида тезлаштирилган. Ушбу дастур Японияда юқори даражада инновацион ҳисобланган дори воситалари ва тиббий технологияларни тезроқ регулятор баҳолашга қаратилган махсус механизмдир.
Аввалроқ АҚШнинг Озиқ-овқат ва дори воситалари бошқармаси (FDA) бепировирсенга “Breakthrough Therapy” — “прорыв терапия” мақомини берган ва тезлаштирилган кўриб чиқиш имкониятини тақдим этган.
Хитойда эса препарат “прорыв терапия” ва устувор кўриб чиқиш мақомларига эга бўлган.
Препаратнинг яратилиши
Бепировирсен GSK компанияси томонидан Ionis Pharmaceuticals компаниясидан олинган лицензия асосида ишлаб чиқилган.
Турли мамлакатлар регулятор органлари ушбу препаратни инновацион ёндашувга эга ва сурункали гепатит B ни самарали даволашда мавжуд эҳтиёжни қоплаш имкониятига эга бўлган терапия сифатида баҳолаган.
GlobalData аналитикларининг сўнгги ҳисоботларига кўра, сурункали гепатит B да функционал шифоланишга олиб келувчи препаратларнинг пайдо бўлиши ушбу терапевтик йўналишдаги фармацевтик бозорни сезиларли даражада ўзгартириши мумкин.
Прогнозларга кўра, 2034 йилга келиб ушбу бозорнинг умумий ҳажми 3,2 млрд АҚШ долларига етиши мумкин.
Бепировирсен ушбу бозордаги асосий препаратлардан бири бўлиши кутилмоқда. Унинг йиллик савдо ҳажми 926 млн АҚШ доллари атрофида бўлиши прогноз қилинган.
Шу билан бирга, 2034 йилгача сурункали гепатит B учун бошқа истиқболли препаратлар, жумладан GSK компаниясининг siRNA препаратлари даплюсиран ва томлигисиран, Arbutus Biopharma компаниясининг имдусиран ҳамда Aligos Therapeutics компаниясининг ALG-000184 ингибитори ҳам клиник амалиётга кириб келиши мумкин.
Сурункали гепатит B да функционал шифоланишнинг аҳамияти
Сурункали гепатит B ҳозирги кунда тўлиқ бартараф этилиши қийин бўлган вирусли инфекция бўлиб, дунё бўйлаб 240 миллиондан ортиқ инсонга таъсир қилади ва ҳар йили тахминан 1,1 миллион ўлим ҳолатига сабаб бўлади.
Японияда тахминан 1 миллион киши сурункали гепатит B билан яшайди ва ушбу касаллик ҳар йили тахминан 4000 нафар инсоннинг ўлимига олиб келади.
Сурункали гепатит B гепатоцеллюляр карцинома (жигар саратони) ривожланиши хавфини оширади ва кўплаб беморларда узоқ муддатли, баъзан умрбод вирусга қарши терапияни талаб қилади.
Шу сабабли вирус репликациясини узоқ муддатли назорат қилиш билан бир қаторда HBsAg йўқолиши ва anti-HBs пайдо бўлиши билан характерланадиган функционал шифоланишга эришиш гепатит B терапиясининг энг муҳим мақсадларидан бири ҳисобланади.
Бепировирсеннинг асосий янгилиги шундаки, у вирус ДНКсини тўғридан-тўғри йўқ қилишдан кўра, вирус РНКси ва вирус оқсиллари синтезини сусайтириш орқали HBsAg миқдорини кескин камайтиришга қаратилган.

👍9❤3👏1