Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆 🟦🟦🟦🟦

🥇Universitet dotsenti ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi
#Paris2024🇫🇷 #ParaJudo

Kuni kecha para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida final bahsi bo‘lib o‘tdi. Oltin medal uchun kechgan kurashda Buxoro davlat universiteti dotsenti Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqib, g‘alabaga erishdi. Bu bilan u ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Namozov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi pedagogimizni ushbu chempionlik bilan samimiy qutlaydi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🎉7🔥6👏3❤1
#malaka_oshirish #xorijiy_tajriba

Inson resurslarini boshqarishda Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda


Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida Anqara shahrida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Aytish joizki, qator davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 11 nafar mas’ul xodimi qatnashayotgan ushbu dastur Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishish, sohada o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar safar davomida inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar bo‘yicha tajriba almashishi, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullarini o‘rganishi, Turkiyaning vazirlik va idoralari Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🔥1😁1🤔1
O‘zbekiston Qahramoni nomi bilan ochilgan kasb-hunar maktabida ilk o‘quv yili boshlandi

Farg‘onadagi Ekoshaharda Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda qayt etilganidek, kasb-hunar maktabi 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 7 ta yo‘nalishda kadrlar tayyorlanadi. O‘ttizdan ortiq auditoriyalar, yettita laboratoriya, kompyuter xonalari, faollar zali va muzey barpo etilgan. Shuningdek, 180 o‘rinli turar joy, 120 o‘rinli oshxona, sport zali, mini-futbol maydonchasi, ustaxona, issiqxona va mashg‘ulotlar uchun avtodrom o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ladi.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22👏9❤1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🤔5❤4😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videolavha

🔹Farg‘ona politexnika institutida joriy yilning 4–5-sentyabr kunlari energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41❤8🔥2🥰1🤔1
#vazir
#xizmat_safari

Vazir Nukus davlat pedagogika institutida rahbar xodimlar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi


Bugun, 7-sentyabr kuni Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasa rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda mamlakatimizda oliy taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari borasida fikr almashildi, shuningdek, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi, ilmiy-pedagogik yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilindi.

Vazir professor-oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarini tingladi.

Uchrashuv soʻngida yangi oʻquv yili davomida sohada samaradorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍51❤6🔥2😁2🥰1
#dayjest #jarayon #talabaga_qulaylik #yangi_o‘quv_yili

Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025 o‘quv yili oldidan talablarni turar joy va ijara xonadonlariga joylashtirish izchil davom etmoqda.

➡️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➡️O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

➡️Nukus konchilik instituti;

➡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➡️Toshkent davlat agrar universiteti;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universieti;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti;

➡️Guliston davlat pedagogika instituti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46❤4🔥2👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt_24

“Registrator ofisi”: talabalarning vaqti va xarajatlarini tejaydigan platforma


Jumladan, Buxoro muhandislik texnologiya institutida shunday ofis tashkil etilgani natijasida 4 mlrd dan ortiq mablag‘ iqtisod qilinmoqda.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35🤔5❤2🔥2