Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Edu.uz
Photo
#o‘quv_kursi

Malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona tumanidagi obyektlarda bajarilgan amaliy ishlar bilan bevosita tanishishdi


Dastlab, ishtirokchilar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ishlab-chiqarish kompleksi faoliyatini o‘rganishdi. Kompleks 2018-yilda tashkil etilib, “Farg‘ona tajribasi” sifatida e’tirof etilgan. Unda bugungi kunda 10 dan ziyod elektr tarmog‘iga kerak bo‘ladigan tayanch ehtiyot qismlari mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqariladi.

Shundan so‘ng, Farg‘ona tumanidagi 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

So‘ngra ishtirokchilar Farg‘ona tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan Energetika tarmoqlari energiya tejamkorligi hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Shu bilan 4-5-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi o‘z nihoyasiga yetib, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤3🤩2😁1
#dayjest #jarayon #yangi_o‘quv_yili

Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili oldidan talabalarni turar joy va ijara xonadonlariga joylashtirish izchil davom etmoqda.

➡️Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

➡️Buxoro davlat universiteti;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➡️ Toshkent davlat pedagogika universiteti;

➡️O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti;

➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;

➡️Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali;

➡️Toshkent davlat texnika universiteti;

➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➡️Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

➡️O‘zbekiston milliy universiteti;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti;

➡️Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti;

➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

➡️Geologiya fanlari universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤4
Talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish muhokama qilindi

2024-yil 6-mayda davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagan edi. Bugun, 5-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur hujjatda belgilangan vazifalar va ularning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, profilaktika nozirlari, psixologlar hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/20625

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤8🔥2😱2