Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Hurmatli talabalar!

Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.

Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.

Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!

Hurmat bilan,

Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍93❤19🎉7🔥4😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OTMda #dars_boshlanishi

⚡️Ertadan oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi

Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chalarida kunning tig‘iz vaqtida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash maqsadida qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 9-sentyabrdan jami 163 ta yo‘nalishda 1 556 ta avtobus ishga chiqarilib, 22 701 ta qatnov amalga oshiriladi.

Shuningdek, metro bekatlariga yaqin joylashgan 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti maqbullashtirilgan bo‘lib, bu talabalarning dars mashgʻulotlariga oʻz vaqtida yetib borishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🎉9❤5🔥2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

🌐Sunʼiy intellekt O‘zbekiston universitetlari talabalarini qanday tasavvur qiladi?

😅Jahon tillarida qizlar koʻpligi haqida sunʼiy intellektning ham xabari bor ekan.

🧑🏻‍🎓Siz qaysi universitet talabasisiz?

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54😁31🔥4❤2👏1
👍👍👍👍👍
#qo‘shma ta’lim dasturi

Abituriyentlar diqqatiga!

🔺Namangan davlat pedagogika institutida Belarus Respublikasininig Grodno shahridagi Yanka-Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan “2+2” tizimida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

🔹Talabalar 2 yil (1, 2-kurs) Namangan davlat pedagogika institutida, 2 yil (3, 4-kurs) Grodno davlat universitetida tahsil olishadi.

💻Taʼlim yo‘nalishi:
🔹Boshlang‘ich taʼlim (bakalavr);

🔺Taʼlim rus tilida olib boriladi;

🪙O‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📥Hujjatlar institutning www.namspi.uz rasmiy sayti orqali onlayn topshiriladi

📝Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Belarusning davlat namunasidagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi 2 ta diplom beriladi.

🗳Hujjatlar 2024-yil 22-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi.

☎️Qoʻshimcha maʼlumot: +998 91 347 81 71

🏘Manzil: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy.

👉 На русском: https://gov.uz/ru/edu/news/view/20836

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤5🔥3🎉1
#dayjest #live #yangi_oʻquv_yili #jarayon

Oliy ta’lim muassasalarida bugundan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan qator tadbirlar va mustaqillik darslari tashkil etilmoqda. Talaba-yoshlarga “Biz bir bo’lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz” mavzusida darslar o‘tilmoqda.


🔸Namangan davlat universiteti;

🔹Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

🔸O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

🔹Toshkent davlat pedagogika universiteti;

🔸Toshkent davlat agrar universiteti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔸Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

🔸“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;

🔹Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔸Nukus konchilik instituti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔸Namangan muhandislik-qurilish instituti;

🔹Geologiya fanlari universiteti;

🔸Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔸Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔸Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

🔹O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔹Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali;

🔸Toshkent davlat texnika universiteti;

🔹Osiyo texnologiyalar universiteti;

🔸Guliston davlat universiteti;

🔹Farg‘ona politexnika instituti;

🔸Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

🔹Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;

🔸Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

🔸O‘zbekiston milliy universiteti;

🔹Navoiy davlat pedagogika instituti;

🔸Xalqaro innovatsion universitet.

Yangi o‘quv yili barchaga muborak bo‘lsin!!!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍45❤7😁2👏1🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari Qatarning Doha shahriga ishchi tashrifi doirasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrifning birinchi kuni vazir boshchiligidagi delegatsiya Xamad bin Xalifa universiteti (HBKU) prezidenti doktor Ahmad M. Hasnah bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Tomonlar qator tashabbuslarni ilgari surib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/20851

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍44❤5😁2🤩1
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤2🥰1
#xushxabar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari bo‘lgan jamoa vakillariga “Commercialization Potential Award” mukofotini “Baykar technology” kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

“TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichi joriy yilning 5–8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tdi. TEKNOFEST doirasida o‘tkazilgan musobaqalarga jami 774 296 jamoa va 1 569 944 nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa, final bosqichida 1 270 ta jamoa va 6 514 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov ishtirokchilari sun’iy intellektdan aloqa vositalarigacha, biotexnologiyadan qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan 50 ta asosiy va 128 ta kichik kategoriyalar bo‘yicha texnologik yechimlarni taqdim etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤4👏4🔥3