Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#prezident #yig‘ilish #kambagʻallikni_qisqartirish

⚡️Talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.

Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍71❤3🔥3👏2
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 11-sentyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va resurslarni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda qatnashdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida energiya tejamkorligi bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlandi.

Toshkent viloyatida joylashgan korxonalarda professor-o‘qituvchilar, ilmiy jamoalarning soha mutaxassislari bilan birga energiya samaradorlikka erishish bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda tadqiqotlar natijasida mavjud muammolar haqida ilmiy xulosalar olinib, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish muhimligi qayd etildi. Olingan xulosalar energiya sarfida texnik yo‘qotishlarni kamaytirishga olib kelishi va Toshkent tajribasi tashkil etilishi alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1🔥1😱1
❓ OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2024-yilda bo‘lib o‘tgan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

✅ So‘rovnoma natijalari oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

❔ So’rov U-Report – yoshlar muloqot platformasida o’tmoqda: 👉 @UReportUzbBot

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🎉3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #yig‘ilish

Prezident: Har bir kambagʻal oilada, ayniqsa xotin-qizlar orasida kamida bir nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit qilib beramiz


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishdan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43😁5❤3🔥2👏2
Forwarded from UzCERT Live
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡ 2024-yil 10-oktyabr kuni “CYBERKENT 2.0” respublika tanlovi doirasida “WORKSHOP” seminari bo‘lib o‘tadi

💬 Ushbu o‘quv seminarda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Seminardagi faol ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:
✅ UZCERT xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;

✅ Kiberdetektiv qanday ishlaydi?;

✅ Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;

✅ O‘zbekiston Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili;

👨‍💻 Sizni ushbu kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan o‘quv seminarga barcha qiziquvchilarni TAKLIF ETAMIZ.

📍Manzil
📱 Batafsil...

🔵 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥2👏1
#rahbar_yoshlar_uchrashuvi

Vаzir o‘rinbosari TDYU doktorantlari bilan uchrashdi


Toshkent davlat yuridik universitetining kovorking markazida tashkil etilgan uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, universitet Ilmiy boshqarmasi xodimlari, Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi xodimlari va doktorantlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va ilmiy muhitni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu yo‘nalishda yechimini kutib turgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, doktorantlar faoliyatini raqamlashtirish, e-researcher.uz platformasi va litsenziya kelishuvlari tizimini rivojlantirish, patentlar, mualliflik huquqlari, va ilmiy yutuqlarni tijoratlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuv ilmiy muhitni yaxshilash va doktorantlarning tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fikr va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤4😁2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday❓ Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi❓

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤2🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi


Bu haqda Prezidentning tegishli qarori tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan qator ilmiy-adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, turli tanlovlar tashkil etiladi. Jumladan:

🔠“Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkaziladi;

🔠Samarqand shahrida 2024-yil 10–11-oktyabr kunlari “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini tadqiq etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

🔠allomaning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, “To‘rt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi;

🔠Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi;

🔠Shuningdek, 2024-yil oktyabr oyida:
➖ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug‘bek asarlari nashrining taqdimotlari o‘tkaziladi;
➖Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lyozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
➖Mirzo Ulug‘bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤6😁2🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qo‘shma_ta’lim_dasturi

Abituriyentlar diqqatiga ❗️

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qator xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.

Ayni kunlarda 2024/2025-o‘quv yili uchun 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va
1 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayonlari davom etmoqda.

✅ Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

➖ TATU - Yeungnam universiteti
“2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud:
- “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);
- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).


✅ Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha: 

➖TATU - Sejong universiteti
“1+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

👥 Yuqoridagi barcha qo‘shma ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlari nufuzli OTMlarning chet ellik professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.Talabalar 2 yil (1-2-kurs) TATU universitetida, 2 yil (3-4-kurs) hamkor oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi.
O‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎓 Bitiruvchilarga O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomi (2 ta) beriladi.

⏳ Hujjatlar 2024-yil 20-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
📞+99833-900-07-56
📞+99871-238-55-55

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH #topshiriq_ijrosi

Toshkent  kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥5🎉3