Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #dxsh #yotoqxona

Navoiyda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan ilk yotoqxona foydalanishga topshirildi


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari uchun barpo etilgan ushbu turar joy binosi 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega.

📹 Batafsil videolavhada
___

Первое студенческое общежитие, построенное на основе государственно-частного партнерства, сдано в эксплуатацию в Навои

Настоящее общежитие, построенное для студентов Навоийского государственного горно-технологического университета, рассчитано на 400 мест и оснащено всеми удобствами.


📹Подробности в видео

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍18❤3🤔1
Samarqandda 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

6-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yotoqxonaning foydalanishga topshirish marosimi bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyati hokimligi vakillari, hamkor tashkilotlar a’zolari, filial rahbariyati, faxriy ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar talabalarni bugungi quvonchli voqeiylik bilan tabriklab, Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi topshiriqlari, shu jumladan yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish vazifasi kun tartibining muhim yo‘nalishiga ko‘chganligini ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, turar joy 5 qavatli 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar bilim olishlari uchun qulay sharoit yaratilib, oshxona, yuvinish hamda ma’naviyat xonalari va yotoq o‘rinlari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

#talabaga_qulaylik #yotoqxona #DXSH #TDIUSF

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍31🔥3😁2👏1
#talabaga_qulaylik #topshiriq_ijrosi #DXSH #yotoqxona

Vazir oʻrinbosari Buxoroda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan ikkita yotoqxona va sport majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi


Ayni kunlarda Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 20-aprel kuni Buxoro davlat universiteti hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida amalga oshirilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10056/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍32❤2🎉2🔥1
#talabaga_qulaylik #topshiriq_ijrosi #DXSH #yotoqxona

Buxoroda talabalar uchun yotoqxona va “Mashinasozlik texnoparki” foydalanishga topshirilishi kutilmoqda

Ayni kunlarda Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 21-aprel kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, u yerda qurilish-ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

Institut moddiy-texnik bazasi, o‘quv laboratoriya xonalari, talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilib, tez kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan talabalar turar joyi, yangi tashkil etilayotgan “Mashinasozlik texnoparki” bilan tanishib chiqdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan qurilish ta’mirlash ishlarini o‘z muddatida, sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍50🔥4❤3
#uchrashuv #xalqaro_hamkorlik #DXSH

2024-yil 1-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bilan Yaponiyaning Sojitz Europe plc., Istanbuldagi filiali bosh direktori Machida Yasuxide o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat xususiy-sheriklik (DXSh) loyihalariga o‘z qiziqishlarini bildirib, o‘zlarini bu boradagi tajribalarini taqdimot qildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish yuzasidan istiqboldagi loyihalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10739

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍10😁3🔥2
#talabaga_qulaylik #DXSH #yotoqxona

Toshkentda talabalar uchun 1500 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi


Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarini turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2023-yil fevral oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshlangan 14 qavatli 1500 o‘rinli bino qurilishi tugatilib, yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

7-may kuni ushbu zamonaviy turar joy binosining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar har tomonlama zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ushbu maskan universitet talabalarining o‘z sohasi bo‘yicha har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar universitetning 5 ta talabalar turar joyi bo‘lib, unda 1840 nafar talaba istiqomat qiladi. Ushbu yangi topshirilgan 1500 o‘rinli yotoqxona orqali turar joyga ehtiyoji bo‘lgan jami talabalarning qariyb 70 foizini qamrab olish imkoni yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍36🔥1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #yotoqxona #DXSH

Samarqandda talabalar uchun 400 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi


8-may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mehmonlar davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy turar joyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Shundan so‘ng, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov filial talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning iqtidorini yuzaga chiqarish, o‘quv jarayonlari hamda ishga joylashish bo‘yicha fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍24❤5
#talabaga_qulaylik #DXSH

Nukusda yangi talabalar turar joyi qurilishining tamal toshi qo‘yildi


18-iyul kuni Qoraqalpoq davlat universiteti 4-o‘quv binosi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi va zamonaviy talabalar turar joyi qurilishining tamal toshi qo‘yildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, universitet rektori Ahmed Reymov, universitet jamoatchiligi, “QARAQALPAQ STROY MONTUPRAVLENIE” MCHJ korxonasi va “QQTAMURLOYIHA MCHJ” loyihalash instituti xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu yotoqxona 2025-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilishi reja qilingan bo‘lib, bu orqali talabalarning turar joy bilan qamrab olish 45 %ga yetadi.

Ma’lumot uchun, oliygohda hozirda jami 2500 o‘rinli 9 ta yotoqxona talabalarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, 2024/2025-o‘quv yili davomida (oktabr, mart) universitet yana 2 ta yotoqxonani foydalanishga topshirishni maqsad qilgan.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍32❤6👏5🔥2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayramga_tuhfa #talabaga_qulaylik #DXSH

🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida TerDUda yangidan qurilgan binolar foydalanishga topshirildi

Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi va sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2175

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥6🎉4👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH #topshiriq_ijrosi

Toshkent  kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥5🎉3
#talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi #DXSH

TDIUda yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


28-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida davlat xususiy-sheriklik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

“SHAXRUZBEK HALIMJON QURILISH” MCHJ korxonasi 100% o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod etgan mazkur talabalar turar joyi 550 o‘rinli bo‘lib, talaba-yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥4👏1
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH

Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi 

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi bino 7 qavatdan iborat bo‘lib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan.

Turar joyda talabalar yashashi uchun zarur qulayliklar, jumladan zamonaviy oshxona, ma’naviyat, zakovat, IT, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.

Turar joy ochilishi ramziy belgisi – qizil bog‘ich talabalar tomonidan kesildi.

Ushbu turar joy qurilishi jami 1 400 nafar talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash imkonini berib, qamrov ko‘rsatkichini 21%dan 53%ga oshirdi.

Bundan tashqari, 2025-yil boshida yana 600 o‘rinli talabalar turar joyi ishga tushirilib, qamrovni 71%ga yetkazish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34🔥2❤1
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH

Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi 

Guliston davlat pedagogika institutida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

19-dekabr kuni institutda ushbu talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, faxriylar, institut jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

5 qavatdan iborat mazkur turar joyda talabalar yashashi uchun zarur qulayliklar, jumladan zamonaviy oshxona, ma’naviyat, IT, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu turar joy qurilishi jami 800 nafar talabani yotoqxona bilan ta’minlash imkonini berib, qamrov ko‘rsatkichi 30 foizga yetkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤5🔥3
#TTJ #DXSh

Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi

Termiz davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladigan 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, institut rektori Azizbek Hasanov, muassasa mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Marosim davomida mazkur loyihaning bosh rejasi, asosiy maqsadi, quvvati va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://www.terdpi.uz/news/view/3431

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤9👏3🤩1