Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

6-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yotoqxonaning foydalanishga topshirish marosimi bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyati hokimligi vakillari, hamkor tashkilotlar a’zolari, filial rahbariyati, faxriy ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar talabalarni bugungi quvonchli voqeiylik bilan tabriklab, Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi topshiriqlari, shu jumladan yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish vazifasi kun tartibining muhim yo‘nalishiga ko‘chganligini ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, turar joy 5 qavatli 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar bilim olishlari uchun qulay sharoit yaratilib, oshxona, yuvinish hamda ma’naviyat xonalari va yotoq o‘rinlari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

#talabaga_qulaylik #yotoqxona #DXSH #TDIUSF

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍31🔥3😁2👏1